Amir Temur va Temuriylar davri milliy davlatchilik to’g’risidagi
qarashlarida demokratik tamoyillar. XII-XIV asrlarda O’rta Osiyoni mo’g’ullar
tomonidan istilo qilinishi iqtisodiy va ma’naviy hayotga katta salbiy tahsir
ko’rsatadi. Mamlakatda jabr-zulm va zo’ravonlik kuchayadi, meqnatkash xalq
qattiq eziladi.
Juda ko’p madaniy boyliklar, ilm maskanlari, madrasa va kutubxonalar yo’q
qilinadi, sanoat va ilm-fan vakillari: olimlar, shoir va yozuvchilar, munajjimlar,
meomorlar va musavvirlar o’ldiriladi, omon qolganlari SHimoliy Hindistonga,
G’arbiy Eron va Xuroson viloyatlariga qochib jon saqlab qoladilar. Aynan mana
shunday murakkab davrda Amir Temurning (1370 yil) siyosiy saqnaga kelishi
hamda mustaqil davlat barpo etishi O’rta Osiyo xalqlarining muqul istilosidan,
ichki o’zaro nizolardan qutulishiga olib keladi. Mamlakatda o’rnatilgan barqarorlik
markaziy davlatning tez orada mustahkamlanishiga, siyosiy kuchlar tarqoqligini
bartaraf etishga, ayni paytda, turli islohotlarning amalga oshirilishiga, ilm-fan va
madaniyatning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Amir Temur – XV asrda buyuk temuriylar davlatiga asos soldi. U davlat
boshqaruvida o’zidan oldingi o’tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va
mamlakatni boshqarish xususida “Temur tuzuklari”ni yaratdi. Bu davlatni idora
qilish mehyorlari, qoidalaridan iborat bo’lgan mazkur kodeks, tuzuk 2 qismdan
iborat.
1. Sohibqiron Temurning 7 yoshidan (1342) to uning so’nggi kunigacha
bo’lgan hayoti, siyosiy faoliyati tasvirlangan. Bu qismda Amir Temurning
Movarounnahrda hokimiyatni qo’lga kiritishi va undan keyin mashhur yurishlari
asosida To’xtamishxon (1376–1395), Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389–
1402) kabi jahongir shohlarni mag’lubiyatga uchratgani, 1,5 mln.kv.km.
territoriyada Temuriylar Imperiyasiga asos solgani hikoya qilinadi.
2. Ikkinchi qism esa Jahongir Sohibqiron Temur nomidan shohzodalarga
qarata aytilgan vasiyatlar, pand-nasihatlardir. Unda davlatni idora qilish
sanoatining nozik sirlari, qoidalari haqida, amir, vazirlar va beklarni tanlash, ularni
joy-joyiga qo’yish, qo’shin boshliqlari, ularning xizmatlarini taqdirlash, sipoqlar va
ularning maoshlari kabi masalalar haqida vasiyat qiladi.
Davlatni 12 qoidaga asosan boshqardi. Davlat ishlarini 4 omilga bog’ladi: 1)
saltanat, 2) xazina (boylik), 3) qo’shin (sipoq), 4) Raiyat (oddiy qora xalq). Amir
Temur o’z imperiyasini 4 ulusga bo’lib boshqardi. 1) qobul, g’azna, handaqorni 12
ming qo’shin bilan Jaqongirmirzoga, keyinchalik PirmuHammadga, 2- ulusni
Farqona o’lkasini Umarshayxga, 3-ulusni Mironshoqga Xurosonni, 4-ulusni
SHoqruqga harbiy Iroq, Ozarbayjon hududlarini berdi. Amir Temur saltanatni
boshqarishda kengash, mashvarat, maslaqat masalalariga aloqida ehtibor haratdi.
Bu jarayon bizda ikki palatali parlamentchiligimizda keng yo’lga qo’yildi.
Bu davrda milliy davlatchilik to’g’risidagi qarashlarning rivojlanishida Amir
Temurning xizmatlari katta bo’ldi. Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish
uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalarning
toifalanishi, harbiy qo’shinlarning tashkil etilishi, jang olib borish maqoratlari,
davlat xizmatchilari raqbatini tashkil etish omillari, adolatli soliq turlarining joriy
etilishi, mamlakatni obodonlashtirish tadbirlari milliy davlatchilikning yuksak
madaniy va huquqiy darajada shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi.
Bunday siyosatning asos-mohiyati adolatli davlat, insonparvar jamiyat negizlarini
qaror toptirishga haratiladi.
Amir Temur davlat boshqaruvining demokratik asoslarini yaratishda
mamlakat ishlarini doimo kengash, mashvarad, maslahat, hushyorligu,
mulohazakorlik, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishga qaratadi. Saltanat ishlarini
Kengash asosida olib borish - bu aslida ayonlarning rizoligi va ixtiyori demak.
Bunday yondashuv bevosita davlat boshqaruvi taqsimotining ilk ko’rinishlari
to’g’risidagi qarashlarning rivojlanishiga zamin yaratgan.
Sohibqiron har bir ishda siyosatni adolat bilan amalga oshirishga va bunda
turli vositalar asosida uning izchilligini ta’minlashga erishadi. Yahni, adolatga
qaratilgan maqsadlarni adolatli vositalar bilan uyg’unlashtirish asosida davlat
boshqaruvining nazariy tahlimotlarini amaliy jihatdan boyitadiki, saltanatda
adolatni tahminlovchi siyosat muruvatlar yuzaga keladi. Masalan, u nafaqat davlat
xizmatchilarining qanday sifatga ega bo’lishini, balki shunday sifatlilarni qanday
qilib davlat boshqaruviga kelishini ta’minlashning yo’nalishi tomonlarini ishlab
chiqadi. Bu borada u shunday deydi: «Agar har narsani va har kimni o’z
martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko’p qalal va ziyon yetgay.
Demak, har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o’lchovini
belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak» deb, u davlat xizmatida
saloqiyatli shaxslarning ishtirokini amaliy tatbiqiga aylantiradi. Jumladan:
«Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib ko’rib, boshqalarnikidan
ortiqrog’ligni bilsam, uni tarbiyatimga olib, amirlik darajasiga ko’tarar edim.
So’ngra ko’rsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim» deydi.
Amir Temur o’z davridagi xizmatlarining eng asosiysi va eng buyugi - bu
uning davlat arbobi sifatida adolat g’oyalariga asoslangan milliy davlatchilik
tahlimotlarining huquqiy negizlarini yaratganligi hamda uni tatbiq etib
berganligidadir. SHu tariqa u o’z siyosiy faoliyatini shunday ifoda etadi: “har
mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar,
buzuqlar va axloqsiz odamlarni mamlakatiimdan quvib chihardim. Pastkash va
razil odamlarga o’zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda qadlaridan oshishlariga
yo’l qo’ymadim. Ulug’larini va sharaf-eotiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini
oshirdim. har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo’lini to’sdim».
Do'stlaringiz bilan baham: |