ABU ALI IBN SINO (980-1037). Ibn Sino 57 yil umr ko’rgan. “Tib
qonunlari” kitobi X11 asrda arab tilidan lotin tiliga o’girilgandan so’ng butun
dunyoga tarqaldi. 1493 yilda frantsuz tiliga, 1593 yilda italyan tiliga, XV asrda rus
tiliga o’girildi. XII asrdan XVIII asrgacha u 40 marta qayta nashr etildi. 1X-X1
asrlarda “Tibbiyot qonunlari”ni yaratganligi boisdan ham uni harbda Avitsenna
nomi bilan tan olishadi. Ibn Sino jamiyat aholisini 1) boshqaruvchilar maomuriy
ishlar bilan shug’ullanuvchilar, 2) meqnatkashlar ishlab chiqaruvchilar, 3)
harbiylar jangchilarga ajratadi. Uning fikricha, davlatsiz qonun-qoidalar
bo’lmaydi.
Ibn Sino O’rta Osiyo tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlarning buyuk
namoyondasi, tibbiyot, falsafa, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy taolimot tarixiga ulkan
hissa qo’shgan mutafakkirdir. Uning “Ishorat va Tanbixot”, “Risolatu tadbiri
manzil”, “qush tili” kabi asarlari bevosita davlat boshqaruvining adolatparvar va
axloqiy asoslariga baqishlanadi.
Ibn sino yozgan 450 dan ortiq asardan: «Tib qonunlari», «Donishnoma»,
«Najot kitobi», «Turar joyning tuzulishi», «Insof kitobi», «Tibbiy ko’rmatmalar
haqida» kabi 160 ga yaqini bizgacha yetib kelgan.
Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish
borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o’rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi
Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni
axloqiy fazilatlariga harab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni
davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish,
faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to’g’risidagi qarashlari
bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning «Ko’pchilik bo’lib qabul qilingan
tadbir eng savobli bo’ladi va shunday yo’l tutish kerak» degan fikrlari
ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlariga katta ehtibor
berganligidan dalolatdir.
O’rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik tahlimotida erkinlik va adolat.
Mahlumki, islom dini ijtimoiy dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan
uning nazariy, falsafiy, huquqiy tomonlarini ishlab chiqishga ehtibor ham tobora
ortib borgan. SHu tariqa IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan, madaniyat,
islom falsafasining nazariy jihatdan yuksak darajada rivojlangan davri bo’ldi.
Ulardan Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Al-Motrudiy, MuHammad Imom-
Fazzoliy, Maqmud az-Zamaxshariy, Burqonuddin al-Marqiloniy, Aqmad
Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abdulqoliq Fijduvoniy, Baqovuddin Naqshband,
Jaloliddin Rumiy kabi buyuk allomalar o’zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan jaqon
madaniyatiga ulkan xissa qo’shdilar. Diniy-ilmiy tadqiqotlarda borliq, iloqiy
qudrat, inson komilligi, adolat, insof, diyonat, vijdon kabi g’oyalar inson
ruqiyatini poklash orqali erkin jamiyatga chorlanadi. Bu borada J.Rumiy shunday
deydi: “Inson buyuk bir mo’ojiza va uning ichida Hamma narsa yozilgan. Biroq
zulmat va pardalar bor-ki, ular yozuvlarni o’qishga imkon bermaydi. Zulmat va
pardalar, turli-tuman mashqulotlar insonning dunyo ishlari borasida olgan
tadbirlari va ko’ngilning so’ngsiz orzularidir.” Darhaqiqat, J.Rumiyning
qarashlarida insonning farqi uning komilligiga asoslanadi. U dunyoga irqi, dini,
millati, tabaqasidan qatoiy nazar, barcha insonlarga barobar murojaat qiladi.
“Menga vahdai mayini tutgil, o’zgalarni ham ondin baqramand etgil, toki jamoat
jam bo’lib, faqat suvratda bo’lmish tafovutlarni bartaraf etaylik. Biz Hammamiz
yagona oqochning butoqlari, yagona qo’shinning navkarlarimiz”. Jaloliddinning
bashariyat birligi haqida gapirishi o’sha davr uchun mislsiz jasorat edi.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot rivojining ma’naviy asoslarini o’rganishda O’rta
Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik oqimining ahamiyati ham aloqida muhim
o’rin tutadi. Tasavvuf garchi islom bag’rida nish urib, quroon va hadislar
hikmatidan oziqlangan, ko’p qollarda shariat aqkomiga suyangan bo’lsada, lekin u
rasmiy diniy aqidaparastlik va mutaassiblikka hamda hokim tabaqalarning ayshuishratlarga
g’arb turmush tarzi, talonchilik va manfaatparastlikka zid o’laroq,
mehnatkash xalq noroziligini ifodalab keldi. Ushbu ta’limotning el orasida yoyilib,
fikriy yangilanishlarga qanoat bergani, haq va haqiqatga tashna ziyolilar yuragini
band etganiga sabab shu. Tasavvuf tahlimoti asosida adolat, haqiqat, to’g’rilik,
mexr-shafqat, insof, iymon, ehtiqod, ilm, meqnatsevarlik, vatanparvarlik kabi
umuminsoniy g’oyalarni tarqibot qiluvchi futuvvatga asoslangan bir qancha diniy,
siyosiy oqimlar paydo bo’ladi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga g’oyaviy
kuch sifatida qarshi qo’yiladi. Bu borada, O’zbek milliy davlatchiligimiz
negizlarining qadimiyligi haqida buyuk bobokalonimiz Yassaviyning hikmatlarida
jamiyatda yetakchi shaxslarning sifatlari to’g’risidagi talqinlar, ayni paytda,
achchiq tanqidiy munosabatlari ijodining asosini tashkil etadi. CHunki shu davrda
shayxlar siyosatga bevosita aralashib kelganlar.
Bu borada Amir Kulolning o’g’li Amir Umarning qarashlari (1406 y.o’lgan)
siyosatning nazariy va amaliy mohiyatini ochishda ehtiborlidir. Unda siyosatga
shunday nisbat beriladi: “Bilgilkim siyosat - tutib turish va tartibga solishdir...,
yomon kishilarni qo’rqinch va titroqda tutmoq, yaxshilarni taqdirlamoq kerak.
Agar siyosat bo’lmasa, davlatning muhim ishlari amalga oshmaydi; agar tartibot,
jazo qonunlari bo’lmasa, davlat ishlari ham o’nglanmaydi, chunki qukmdorning,
jamoaning ko’rki, davlat va dinning rivoji siyosatdir”. Yahni, din orqali siyosatda
umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilishi va bunday siyosat esa bevosita davlat
qonunlari orqali amalda o’z tasdig’ini topishiga erishmoq lozim, deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |