Bayonnomani rasmiylashtiruvchi amaliyotchi: ________
28
VII-BOB. MA‟NAVIY -MA‟RIFIY ISHLARNING TASHKIL ETILISHI
7.1. Sinov ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarning namunaviy turlari
1. 1- sentyabr - O„zbekiston Respublikasining mustaqillik bayramiga
bag„ishlangan darsga tayyorlanish va tashkil qilish. 2. 1-sentyabr –“Bilimlar
kuni”ga tayyorgarlik ko„rish va tashkil qilish. 3. “Tinchlik darslari”. 4. O„zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, madhiyasi, gerbi va bayrog„i haqida suhbatlar. 5.
Sinf axboroti. 6. Siyosiy axborot. 7. Suhbatlar. 8. Ma‟ruzalar. 9. Kitobxonlar
anjumani. 10. Kechalar. 11. Sahna ko„rinishlari. 12. Tarbiyaviy mavzudagi
ma‟ruzalar. 13. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati majlislari. 14. “Mo„jizalar
maydoni” o„yini, xalq o„yinlari. 15. Sinf yoki guruh yig„ilishi. 16. Ota-onalar
majlislari. 17. Har xil o„yinlar, sport musobaqalari, slyot, olimpiada, tez (topqirlik,
uddaburonlik, zukkolik) o„yinlari. 18. 21-mart- “Navro„z “ bayrami, “Ramazon va
Qurbon hayiti” bayramlari, 9-may-Xotira va qadrlash kuni, 1-yanvar - Yаngi yil
bayrami, 8-mart -Xotin-qizlar bayrami, “Alifbe” bayrami, 1 oktabr- Ustoz va
murabbiylar kuni, 14-yanvar -Vatan himoyachilar kuni kabi bayramlarga
tayyorlanish va tashkil qilish. 19. Urush va mehnat faxriylari, yozuvchi, shoir,
rassomlar va artistlar, ijodkorlar, olimlar, sport ustalari, ta‟lim muassasasi
bitiruvchilari, ishbilarmonlar, tadbirkorlar bilan uchrashuvlarga tayyorlanish va
tashkil qilish. 20. Ishlab chiqarish, zavod va fabrikalarga, tabiat qo„yniga,
muzeylarga, teatr va kinoteatrlarga, tarixiy joylarga sayohat va tashriflarni tashkil
qilish. 21. Savol-javob kechalari, ertaklar kechasi, adabiy kechalar, “Hech kim,
hech narsa unutilmaydi” kabi kechalar uyushtirish. 22. O„quvchilarning jamoat
ishlariga, shanbaliklarga, yolg„iz va nogironlar, faxriylarni homiylikka olishga,
o„quvchilarning har xil albom, sinf burchagi, devoriy gazetalar va ko„rgazmalar
chiqarishini tashkil qilish va rahbarlik qilish. 23. Tarbiyasi “og„ir”, “murakkab”
o„quvchilar bilan ishlashish. 24. Yoshlar, bolalar va o„smirlar va sinf faollari bilan
ishlashi. 25. Past o„zlashtiruvchi o„quvchilar bilan ishlashish. 26. To„garak
mashg„ulotlariga rahbarlik qilish. 27. Vedeofilm, kino, spektakllarni tamosha
qilish va tahlil qilishni uyushtirish. 28. Tarbiyaviy mavzularda ko„rgazmali
qurollar tayyorlash. 29. Ota-onalar bilan ishlash. 30. Iqtidorli, qobiliyatli
o„quvchilar bilan ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: