3
KIRISH
Pedagogik amaliyot - pedagogika, psixologiya va didaktika sohalarida
mavjud bo„lgan va ta‟lim jarayonida o„quvchilarni intellektual qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun matematik bilim, ko„nikma va malakalarni shakllantirish
usullari va matematik ta‟limning umumiy qonuniyatlarini va o„qitishga zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini amalda qo„llashga xizmat
qiluvchi qudratli qurol hisoblanadi. Ma‟lumki, hozirgi davrda «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» va «Ta‟lim to„g„risidagi» qonun talablaridan kelib chiqib, oliy
malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni har tomonlama takomillashtirishni
talab etmoqda.
Kasb-hunar kollejlari yoshlarning tobora ko„prog„iny kasb mehnatiga,
ishlab chiqarish, ta‟limdagi va madaniyatdagi faoliyatga tayyorlash vazifalarini
amalga oshirishi zarur. Akademik litseylar esa talabalarda nazariy va amaliy
bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda intellektual faoliyatga qiziqishga
qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy o„quv yurtlariga kirish va ilmiy faoliyat bilan
shug„ullanishni maqsad qilib qo„yganlarini tarbiyalab etishtirishlari lozim. Bunday
sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika bo„yicha o„quv-tarbiya
jarayonini tashkil eta oladigan matematika o„qituvchilariga katta ehtiyoj
tug„ilmoqda, ular turli oliy ta‟lim muassasalarida ularning xususiyatlarini hisobga
olgan holda o„qita oladigan o„qituvchilar ham bo„lishi zarur. Shuning uchun
universitetlarning mexanika-matematik fakultetlarida yuqori malakali matematik
o„qituvchilarni tayyorlashga imkon beruvchi pedagogik amaliyot o„tkazish sifatini
oshirish zamon talabi va juda ham zarur hisoblanadi.
Pedagogik amaliyot kiritishdan maqsad talabalarga umumta‟lim maktab
(AL, KHK) larida matematika va informatika o„qitish qonuniyatlari va ushbu
qonuniyatlardan o„quv jarayonida qo„llanish usullarini amaliyotda va bevosita
o„quv jarayonida o„rgatish, ularda kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy
jihatdan pedagogik faoliyatda qo„llay olish ko„nikma va malakalarni shakllantirish,
qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Pedagogik amaliyot jarayonida talaba-amaliyotchilardan pedagogika,
psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalar
kabi matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va natijalaridan keng
foydalanish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: