Pedagogik amaliyot davrida


Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari



Download 0,83 Mb.
bet7/29
Sana11.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#774847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Amaliyot hisobotim tayyor

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;
kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olish;
algoritmik tuzilmalarni, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qulay olishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish orqali ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’lim­tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish.
UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARINING 6-SINFLARI UCHUN "INFORMATIKA” FANIDAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI
O’quvchilar informatikaga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malaka elementlarini egallashlari shart : informatika, kompyuterlar, axborot texnologiyalari, axborot kommunikatsiyalariga oid eng asosiy tushunchalarni bilish; axborotlarni qayta ishlashga oid asosiy amallar, usullarni bilish, konkret vaziyatda qo’llay olish; zamonaviy axborot texnologiyalariga aloqador eng asosiy dastur va texnik vositalar bilan ishlay olish; zamonaviy kompyuterlar arxitekturasi, ish mexanizmi va pritsiplarini bilish; algoritmlash asoslarini bilish; kompyuterda masalalar yechish bosqichlari haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va bu jarayonni tahlil etish elementlarini bilish; zamonaviy axborot texnologiyalari va tarmoqlarining jamiyatimiz taraqqiyotidagi istiqbollari haqida tasavvurga ega bo’lish; dasturlash asoslarini bilish; kompyuter savodxoni va mustaqil foydalanuvchi talablariga javob berish; turli axborot manba’laridan(Internet yoki boshqa) foydalana olish; davlatimizda ushbu sohaga(axborot texnologiyalariga) oid qabul qilingan farmon, qaror va qonunlar haqida ma’lumotga ega bo’lish; keyingi ta’lim bosqichida va hayotda uchraydigan o’quv yoki boshqa xildagi masalalarni yechish uchun axborot texnologiyalarini tatbiq etish haqida asos bo’luvchi tasavvurga ega bo’lish.
DAVLAT TA’LIM STANDARTIGA SHARH 1. INFORMATIKA TA'LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi, deb ta’kidlangan. Informatika va axborot texnologiyalari jahonda jadal sur’atlar bilan rivojlanib, takomillashib borayotgan sohadir.
Yangi ta’lim tizimiga o’tilayotgan hozirgi davrda har bir fanning o’qitish mazmunini qayta tahlildan o’tkazish va bunda tubdan isloh qilish nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi.
Natijada kompyuter savodining tayanch tabaqasi o’z vaqtida amalga oshadi va boshqa fanlarni o’rganish sohasida ham muayyan yutuqlarga erishish mumkin bo’ladi.
Umumiy o’rta ta’limda «Informatika » kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan xissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika ta’limining asosiy vazifalari: axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; zamonaviy kompyuter texnikasinining tuzilishi, tarkibi, ishi va qo’llash imkoniyatlari bilan tanishtirish; kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish; axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish; kompyuterda masalalalar yechish texnologiyalari bilan tanishtirish, uning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ko’nikmalarni shakllantirish; asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish; kompyuterning dastur ta’minoti tarkibi, vazifalarini va ularni o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlay bilish; kurs davomida ega bo’lingan bilim va ko’nikmalardan tipik o’quv masalalarini yechishda foydalana olish; yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri haqida tasavvur hosil qilish.
Umumiy o’rta maktab informatika ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o’rta maktabda beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi mazmunining majburiy minimumi hamda o’quvchilarning informatikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
Informatika ta’limi majburiy minimumi umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga informatikadan berilishi zarur bo’lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi.
Informatika ta’limining tayanch qismi mazmuni axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari bo’limlaridan iborat.


2. UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI INFORMATIKA TA’LIMI MAZMUNINING MAJBURIY MINIMUMI.
2.1. Axborot. Axborot va axborot jarayonlari. Informatika kursining maqsadi va vazifalari. Axborot turlari va xususiyatlari. Axborot bilan ishlash jarayonlari va vositalari. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari va bu sohadagi ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish. Axborot bilan ishlashga aloqador vositalar haqida tasavvurga ega bo’lish. Sanoq sistemasi va amallar. Axborot miqdori va uzatish tezligining o’lchov birliklarini bilish. Ma’lumotlarni kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida tasavvurga ega bo’lish.
2.2.Internetda ishlash asoslari . Axborotli olam muammolari va Internet. WWW ning asosiy imkoniyatlari va vazifasi. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida va dasturning imkoniyatlari. Internet Explorer dasturining vazifalari. Internetdan ma’lumotlarni olish usullari. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida.


3. O’QUVCHILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA QO’YILADIGAN ZARURIY TALABLAR.
3.1. Axborot.
O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlar haqida yetarlicha tasavvurga ega bo’lish. Axborot turlari va xususiyatlarini bilish. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari va bu sohadagi ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish. Axborot bilan ishlashga aloqador vositalar haqida tasavvurga ega bo’lish. Axborot miqdori va uzatish tezligining o’lchov birliklarini bilish. Axborot tarmoqlari haqida tasavvurga ega bo’lish. Jamiyatimizda axborotlashtirishga oid qabul qilingan qonunlar mohiyatini va ahamiyatini tushunish. Ma’lumotlarni kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida tasavvurga ega bo’lish.
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlarga misollar keltira olish. Axborot miqdori va uzatish tezligini hisoblashga doir sodda masalalarni hal qila olish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o’tkazishni uddalash.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajara olish. Axborotlarni kodlash malakasiga ega bo’lish.
3.2. Internetda ishlash asoslari.
O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Axborotli olam mummolari va Internet. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida, uning vazifalarini va dasturning imkoniyatlari bilan tanishtirish. Elektron pochtadan foydalanish va Internetdan ma’lumotlarni olish usullari bilan tanishtirish. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida tushuncha berish.
Quyidagi ko‘nikmalarni egallashlari zarur: Internetda haqida va Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida hamda uning vazifalarini ayta bilish; Internetda ma’lumotlarni bilish texnologiyasining bilishi, nusxa olish va saqlash qoidalari haqida tushunchaga ega bo‘lishi; Elektron pochta va undan foydalanishning qisman bilishi; axborotlarni ximoyalashni elementar usulda va komputerda antiviruslar fayliga kirib virusga tekshira olishni bilishi kerak.
Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim: O‘quvchini Internet tizimida ishlashga zarur dasturlar va ularning bajaradigan ishlari bilan tanishtirish. Elektron pochta dasturining ishlash tartibi va Internet yordamida ma’lumotlarni olish usullari bilan tanishtirish. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida tushuncha berish

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish