13.19-rasm. Neft idishi korpusini yoyish va tomonining formulalarini montaj qilish.
rasm. Shar rezervuar:
a—yig‘ish va payvandlash; b — tayyorlangan «barglar».
Rezervuarlar oldindan zavodda payvandlanib yiriklashtirilgan alohida elementlardan yig‘iladi (13.20-rasm).
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
Payvand konstruksiyalar qanday klassifikatsiyalanadi?
Payvand konstruksiyalarni ishlab chiqish texnologik jarayoni qanday asosiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi?
Fazoda joylashishiga qarab quvurlarning qanday tutashmalari bo‘ladi?
Aylanadigan, aylanmaydigan va gorizontal tutashmalarga chok yotqizish usullari bir-biridan nima bilan farq qiladi?
14-BOB. PAYVAND BIRIKMALARNING NUQSONLARI VA
SIFAT NAZORATI
Payvand birikmalar nuqsonlari va ularni bartaraf etish
usullari
Payvand birikmalarning nuqsonlari deb, ГОСТ me’yorlari, texnik shartlar va loyiha chizmalaridan chetga chiqishlarga ay- tiladi. Bu me’yorlarda quyidagilar: payvand choklarining ge- ometrik o‘lchamlari (balandligi va eni), chokni tashkil etuvchi metalning yaxlitligi, germetikligi, mexanik mustahkamligi, plas- tikligi, kimyoviy tarkibi va strukturasi nazarda tutiladi.
Payvand choklar va birikmalarning nuqsonlari hosil bo‘lish tabiati va joylashishi jihatidan turlichadir. Nuqsonlarning hosil bo‘lishi jihatidan quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
yig‘ish texnologiyasining buzilishi oqibatida kelib chiqqan nuqsonlar (payvandlanadigan qirralarning, quvur o‘qlarining sil- jishi, payvandlab biriktiriladigan detallar orasidagi tirqishning mos kelmasligi va boshqalar);
payvandlanadigan detallar metalida (yoriqlar, qatlamlanish- lar, ezilgan joylar), payvandlanadigan qirralarda yoki choklar ya- qinida nuqsonlar bo‘lishi; bu nuqsonlar chokning shakllanishiga ta’sir etishi mumkin;
asosiy metalning yomon payvandlanishi keltirib chiqara- digan nuqsonlar (asosiy birikmada sovuq va issiq yoriqlarning paydo bo‘lishga moyilligi);
qo‘shimcha ashyolarning kimyoviy tarkibi hamda tex- nologik xususiyatlarining mos kelmasligi natijasida paydo bo‘la- digan nuqsonlar;
payvandlashning texnologik jarayoni yoki termik ishlash- ning buzilishi natijasida vujudga keladigan nuqsonlar (strukturaviy tashkil etuvchilarning mos kelmasligi, kesiklar, mayda g‘ovaklar, (payvandlanmay qolgan joylar, kuygan joylar, shlak qo‘shilmalari, bo‘shashgan choklar);
payvandlash yoki konstruksiyani sovitish vaqtida siqish mos- lamalarining, konduktorlar va boshqa uskunalar mos kelmasligi natijasida vujudga keladigan nuqsonlar;
konstruksiyalarni ishlatish vaqtida hosil bo‘ladigan nuqson- lar.
Payvand birikmalardagi nuqsonlarni joylashishiga qarab tashqi va ichki turlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |