Aim.Uz
Qatlamlarning hosil bo’lishi. Qatlamlanish
Reja:
Cho’kindi jinslar qatlamlarining hosil bo’lish jarayonini
Cho’kindi jinslar qatlamlarining hosil bo’lishida tektonik harakatlar o’rni
Stratigrafik va petrografik gorizontlar
Adabiyotlar
1. X.Chinniqulov, X.S. Xo’jaev va b., Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash. T. 2007.
2. T.N.Dolimov, V.I.Troiskiy, «Evolyusion geologiya», Tashkent, Universitet, 2005.
3. E.X. Xolismatov, R.T. Zokirov, Strukturalar geologiyasi va geotektonik izlanishlar. O’kuv qo’llanma, TDTU. Toshkent, 2004.
Mixaylov A.E. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra, 1973.
5. M.A. Axmadjonov, Q.Q. Nabiev va b., Geologik xaritalash. «O’qituvchi», T. 1990
6. SH. Sultonmurodov. Stukturalar geologiyasi va xaritalash. Toshkent, Konstuktor. 1992.
7. Pavlinov, Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979, chast’ 1 i 1990 chast’ 2.
8. Sokratov G.I. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979.
9. www.geologiya.ru
Cho’kindi jinslar qatlamlarining hosil bo’lish jarayonini birinchi marta rus geologlari asoslab berdilar. 1869 yilda Golovkinskiy Perm yotqiziqlarini o’rganib qatlamlarni hosil bo’lish ta’sir ko’rsatadigan sabablarni aniqladi. Golovkinskiy ilgari surgan fikrlarini misolda ko’rib chiqamiz.
Ma’lum bir vaqt oraliqida cho’kindi hosil bo’layotgan qirg’oqda A nuqtani ko’rib chiqamiz (10-rasm).
10-rasm. Qatlamlarni hosil bo’lishi
Umumiy holda qirqoqqa yaqin joylarda daqal bo’lakli jinslar, masalan shaqallar. CHuqurlik oshishi bilan cho’kindilarning bo’laklari maydalashib boradi. Masalan shaqallardan keyin qumlar hosil bo’ladi, qumdan keyin o’z novbatida gillar, gillardan keyin esa karbonat illari hosil bo’ladi. Keyinchalik quruklikning chekishi natijasida trangressiya (suv bosishi) ro’y bersa qirqoq quruqlik tomonga suriladi. Va bir qancha vaqtdan keyin rasmdagi B nuqtani egallaydi. Qirqoq chiziqining siljishi bilan cho’kindi hosil bo’ladigan maydon ham siljiydi. SHaqallar qirqoq chiziqi bo’ylab suriladi. Ular ilgari to’plangan joyda qumlar, qumli joyda gil, gilli joyda karbonatli illar to’planadi.
Ketma ket ravishda transgressiyaning rivojlanishi natijasida cho’kindi maydonlarida bir turdagi cho’kmalar qirqoq chiziqi bo’ylab uzluksiz suriladi. Rasmdagi V, G, D nuqtalar.
Regressiya natijasida cho’kindi maydonlarining surilishi teskari yo’nalishda bo’ladi. Rasmda E, J, Z, I nuqtalar. Bunda shaqallar qumlarning ustida, qumlar gillarning ustida va xkz hosil bo’ladi.
Ushbu sxema bo’yicha Golovkinskiy stratigrafik va petrografik gorizontlar tushunchalarini kiritdi.
Uning fikricha stratigrafik gorizont sifatida bir xil yoshdagi (sinxron) va har xil tarkibli qatlamlar gruppasi qabul qilinadi. Stratigrafik gorizontlarda qatlamlar asta sekin gorizontal yo’nalishga o’tadi. Masalan GDIK, VGLK, BVLM nuqtalar.
Petrografik gorizont deb tarkibi bir xil bo’lgan, lekin vaqt bo’yicha har xil yoshdagi (asinxron) qatlamlarga aytiladi. Masalan ADEN, NEJM, MJZK nuqtalar. Petrografik gorizontlarning asinxron yoshlari cho’kindi hosil bo’lish prosessidan kelib chiqadigan asosiy belgidir, hamda u cho’kindi hosil bo’lishi fazodagi surilishi bilan xarakterlanadi.petrografik gorizontlar orasidagi chegara shartli yuzani tashkil qiladi, chunki ularning tuzilishi juda murakkab.
Golovkinskiyning sxemalaridan shu narsa kelib chiqadiki, qatlamlarning hosil bo’lishida vertikal tektonik harakatlar asosiy rol o’ynaydi. Bunday harakatlar natijasida qirqoq chiziqi xamda cho’kindi to’planishining fasial zonalari suriladi. Agar qirqoq chiziqining yo’nalishi davriy o’zgarib tursa murakkab kesmalar hosil bo’ladi. Ularda vertikal yo’nalishda suvning past chuqurligidagi fasiyalar chuqrlikdagilari bilan almashib keladi ya’ni migrasion katlamlanish hosil bo’ladi (10-rasm).
Tektonik xarakatlardan tashqari qatlam hosil bo’lishida fiziko-geografik sharoit va fiziko-ximiyaviy prosesslar ham muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari suv tarkibining ximiyaviy o’zgarishlari ham qatlam hosil bo’lishida ta’sir ko’rsatadi. Suv tarkibining ximiyaviy o’zgarishlari natijasida hosil bo’ladigan qatlamlanish mutasion katlamlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |