Qo‘lda ko‘mir elektrod bilan payvandlash. Metalning qalin- ligi 1,5 dan 20 mm gacha bo‘lganda va aluminiy hamda uning qotishmalari quymalaridagi nuqsonlarni payvandlashda (metall eritib to‘ldirishda) ko‘mir elektrod bilan payvandlash qo‘llaniladi.
Qalinligi 2 mm gacha bo‘lgan metall qirralari ishlanmasdan va qo‘shimcha simsiz payvandlanadi. Metall chokiga aluminiy oksid pardasi tushishining oldini olish uchun АФ- 4A flusi ishlatiladi.
Argon-yoy bilan payvandlash. Payvandlash uchun oliy va bi- rinchi navli argon ishlatiladi.
Payvandlash volfram elektrodi bilan o‘zgarmas tokda bajarila- di. Oksid pardasining ketkazilishi buyum katod bo‘lganida, ya’ni katodning yonishi natijasida sodir bo‘ladi.
6 mm gacha qalinlikdagi detal chetlari qiyalanmasdan, 8—12 mm qalinlikdagi detal chetlari V-simon, 12—20 mm qalinlikdagi X-simon, 20 mm dan qalini X-simon yoki U-simon ko‘rinishda qiyalab payvandlanadi. Sim sifatida payvandlanadigan qotish- ma tarkibi kabi tarkibli qotishmada tayyorlangan sim ishlatiladi. Payvandlanadigan tunukalar buyumni kerakli holatda qisib tu- radigan moslamada payvandlanadi. Tunukalar chok chizig‘i uzra chok orqa tomonining shakllanishini ta’minlaydigan ariqchasi bor zanglamaydigan po‘lat taglikka yotqiziladi.
Payvandlash jarayonida eritib qo‘shiladigan chiviq payvand- lash tekisligiga nisbatan 10—30°, elektrod esa 70—80° burchak os- tida tutiladi. Elektrod va sim ko‘ndalangiga tebratilmaydi. Eritib qo‘shiladigan sim metall chetlariga normal erib birikadigan eng katta tezlikda payvandlanadi.
Agar yondosh yuzalari qirralari ishlanmasdan biriktiriladigan bo‘lsa, tok quyidagi formula bo‘yicha tanlanadi:
Ipay=50*s
bu yerda: Ipay — payvandlash toki, A;
s — metalning qalinligi, mm.
mm dan qalin metallarni payvandlashda volfram elektrodi diametri 1 mm bo’lganda tok kuchi 35 — 40 A hisobidan olinadi.
Magniy qotishmalarini payvandlash
Magniy eng yengil metall bo‘lib, uning zichligi 1,74 g/sm3, erish harorati esa 651°C. Quyma magniyni mustahkamlik chegarasi 100— 130 MPa, nisbiy uzayishi 3—6%. Magniy kislorod ta’siridan juda tez oksidlanadi, kukun yoki tasma holida bo‘lgan magniy havoda oson yonadi. Magniy zichligi 2 g/sm3 ga va mustahkamlik chegarasi 270 MPa ga yaqin magniy qotishmalari tariqasida ishlatiladi.
МЁ1, МЁЗ va МЁ6 gacha bo’lgan boshqa quyma magniy qotishmalari tarkibida 9 % gacha aluminiy, 3 % gacha rux, 2% gacha marganets, qolgani esa magniy bo‘ladi. MA1, MA2 va MA5 gacha bo‘lgan deformatsiyalanadigan magniy qotishma- lari kimyoviy tarkibi jihatidan magniyli quyma qotishmalarga yaqindir. Deformatsiyalanadigan magniy qotishmalaridan ish- lanadigan buyumlar qizigan holatida shtamplanadi va keyin termik ishlanadi. Magniyli qotishmalardan tayyorlangan detal- larni korroziyadan saqlash uchun ular xrompik va azot kislo- ta eritmalarida ishlashda hosil bo‘ladigan muhofazalovchi ok- sid plyonka bilan qoplanadi. 600°C va bundan ortiq haroratda magniy qotishmalarining donalari yiriklashadi va mo‘rtlashadi. Qizdirishning noqulay ta’sirini kamaytirish maqsadida magniy qotishmalari titan (0,2—0,4 %) bilan yoki selen (0,5 %) bilan legirlanadi.
Yoy yordamida payvandlash. Magniy qotishmalarini aluminiy- ni payvandlashda ishlatiladigan fluslardan foydalanib ko‘mir yoy yordamida payvandlash mumkin. Tarkibida 50 % ga qadar ftorli birikmalar bo‘lgan fluslar juda yaxshi natija beradi. Flus suv- da qoriladi va bevosita payvandlashdan oldin metall chetlariga cho‘tka bilan surtiladi. Metall chetlari va chiviq magniy oksidi qatlamidan shaber vositasida yoki azot kislotaning 10 % li erit- masida 50—60°C da 2—3 daqiqa davomida tutib tozalanishi kerak. Shundan so‘ng o‘yuvchi kaliy yoki natriyning 10 % li eritmasida, so‘ngra oqar suvda yuvilishi kerak. Payvandlashda o‘zgarmas tok ishlatiladi. Uchma-uch choklarni payvandlash rejimlari 12.1-jad- valda keltirilgan.
12.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |