Magniy qotishmalarini metall elektrodlar bilan uchma-uch payvandlash rejimlari
Elektrod diametri, mm
|
3,5
|
4
|
4-5
|
5-6
|
6-7
|
8-10
|
Tok kuchi, A
|
50
60
|
65-70
|
70-85
|
120
150
|
120150
|
160200
|
Payvandlab bo‘lgandan keyin detal sekin sovitiladi, iliq suvda yuviladi va ko‘mir yoy bilan payvandlashdagidek tartibda oksid- lanadi. MA1 rusumli qotishmani ana shunday usulda payvand- laganda payvand birikmaning mustahkamlik chegarasi 120—140 MPa, bolg‘alab payvandlaganda 180—190 MPa bo‘ladi. 200— 300°C da bolg‘alanadi. Magniyli qotishmalarni argon yoki geliy muhitida yoy yordamida payvandlash juda yaxshi natijalar bera- di.
Titan va uning qotishmalarini payvandlash
Titanning solishtirma og‘irligi juda kichik (4,5 g/sm3) bo‘lib, u korroziyaga g‘oyat chidamlidir. Titanning suyuqlanish harorati 1680°C. Texnik titan va uning qotishmalari tarkibida 0,08—0,6% ug- lerod, 0,3—2,15% temir, 1—4% marganets, 0,74-4% xrom bo’ladi. Bunday qotishmalarning nisbiy uzayishi 5 dan 20% gacha bo‘lgani- da mustahkamlik chegarasi 840—1260 MPa ni tashkil etadi. Titan past haroratli a — fazaga va yuqori haroratli в - fazaga ega.
Titan kislorod, azot va vodorodga kimyoviy jihatdan juda tez birikadi: 250°C da haroratdayoq vodorod bilan, 400°C da kis- lorod bilan va 600°C da azot bilan intensiv to‘yina boshlaydi. Harorat ortishi bilan titanning faolligi keskin ortadi. Titanning kislorodga nisbatan ta’sirchanligi azotga nisbatan ta’sirchanligiga qaraganda 50 marta ortiq. Kislorod titanning a — fazasida ham, в - fazasida ham oson eriydi va a — fazaning kuchli stabilizatori hisoblanadi. Azot ham titanning a — fazasida ham, в- fazasida ham oson eriydi va a — fazaning kuchli stabilizatori hisoblanadi. Titan azotda yonadigan yagona elementdir. Vodorod titanning y — fazasini stabillaydi va titan bilan qo’shilib, qattiq eritmalar va gidrid TiH2 ni hosil qiladi.
Titan 100—150°C dan past haroratda sovitilganida gidridlar (y -fazalar) hosil bo‘ladi, bu esa payvandlashda sovish vaqtida yoriqlar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Sekin sovitilganda у - faza yupqa plastinkalar ko‘rinishida, toblanganda yuqori dispersli zarralar ko‘rinishida ajralib chiqadi.
Azot va kislorod titanning mustahkamligini keskin oshiradi, plastikligini pasaytiradi (12.2-rasm).
Titandagi vodorod asosan uning yorilishga moyilligiga ta’sir qiladi. Titanning eng muhim xossalaridan biri uning ko‘pgina agressiv muhitlarda korroziyaga juda chidamliligidir. Titanning mustahkamligi normal va yuqori haroratlarda katta.
Titanni payvandlashdagi asosiy qiyinchiliklarga quyidagilar kiradi:
suyuq holatida ham, qattiq holatida ham uning kislorod, azot va vodorodga nisbatan yuqori faolligi;
в - faza donalarining o’sishga va o‘ta qizishga moyilligi;
d) sovitishda mo’rt a« — fazaning hosil bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |