Payvandlash jihozlari


Qo‘lda metall elektrod bilan yoy vositasida payvandlash



Download 3,1 Mb.
bet115/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Qo‘lda metall elektrod bilan yoy vositasida payvandlash. Sof aluminiyni yoy yordamida payvandlash uchun aluminiy simdan tayyorlangan o’zakli O3A-1 rusumli elektrodlar ishlatiladi. Past- ki va vertikal holatdagi choklar teskari qutbli o‘zgarmas tokda payvandlanadi. Elektrod diametri 4 mm bo‘lganida 120—140 A, 5 mm bo‘lganida 150—170 A, 6 mm da esa 200—240 A tok ish- latiladi. Metall qalinligi 6—9 mm bo’lganida 200-250° C ga qa- dar, 9—16 mm bo‘lganida 300-350°C ga qadar oldindan qizdirib payvandlanadi.
Aluminiy elektrodning ko‘ndalangiga tebratmasdan iloji bori- cha kalta yoy bilan payvandlanadi. Payvandlab bo‘lgandan keyin chokdagi shlak qaynoq suv bilan yuvib va po‘lat cho‘tkalar bilan tozalanadi. Elektrodlarning qoplami gigroskopik bo‘lgani uchun payvandlashdan oldin ularni 150-200°C da 2 soat davomida quritish zarur. Eritib qo‘shilgan metall bilan payvand birikman- ing uzilishga mustahkamlik chegarasi 75 — 85 MPa ni, namunani egilish burchagi 180° ni tashkil etadi. Eritilgan metalning kimyo- viy tarkibi quyidagilardan iborat: 0,3—0,5% kremniy, 0,15-0,25% titan, 0,1-0,3% temir, mis qoldiqlari, qolgani aluminiy.
Elektrodlar qoplamiga aluminiy oksididan kislorodni tortib oladigan, payvandlashni qiyinlashtiradigan, aluminiy oksidini eritadigan hamda shlaklashtiradigan litiy, kaliy va natriylarning xlorli hamda ftorli tuzlari qo‘shiladi.
Qalinligi 1,5—2 mm gacha bo‘lgan aluminiy tunukalar chetlar- ini qayirib, metall qo‘shmasdan payvandlanadi. Qalinligi 3 dan 5 mm gacha bo‘lgan listlar chetlari qiyalanmasdan payvandlanadi. Tunukalar qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lganda chetlar 60° burchak ostida ochilib, bir tomondan qiyalab payvandlanadi.
Qizdiriladigan hududning uzunligi kamida 200 mm bo‘lishi kerak. Tutib turadigan tagliklarda payvandlanadi. Qalinligi 14 mm gacha bo‘lganda chok 1—2 qatlam, 14 mm dan qalin bo‘lga- nida 2—3 qatlam hosil qilib payvandlanadi.
Chok metali mayda donali strukturada bo‘lishi uchun detal payvandlagandan keyin sekin sovitilishi zarur. Soviganidan so‘ng payvand chokni salgina bolg‘alash kerak bo‘ladi.
Quyma qotishmalardan tayyorlangan detallardagi ichki kuch- lanishlarni kamaytirish uchun detallar payvandlangandan keyin 300—350°C da yumshatiladi va shundan keyin sekin-asta sovitiladi.

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish