Payvandlash jihozlari


-rasm. Cho‘yanni qizdirib payvandlash



Download 3,1 Mb.
bet112/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

11.1-rasm. Cho‘yanni qizdirib payvandlash:
1 — elektrod; 2, 5 — ko’mirplastinalar; 3 — payvandlanayotgan detal;

    1. - qoliplovchi massa; 6 — opoka.

Nuqson maydoni katta bo‘lsa alohida hududlar qoliplanadi. Payvandlangan hudud qotgandan keyin grafitli plastina boshqa hududga o‘rnatiladi, shu tariqa uzoq tanaffussiz butun nuqson maydon payvandlanguncha olib boriladi. Detalni payvandlab bo‘lgandan so‘ng uni ustiga quruq qum yoki mayda daraxt ko‘mir bilan sepiladi va pech bilan birga sekin-asta sovitiladi.

    1. Yarimqizdirib payvandlash

Payvandlanayotgan detalni 300—400°C gacha qizdirish pay- vandlashdan so‘ng chok metali va uning atrofidagi hududlar so- vishini ancha sekinlashtiradi. Sekin sovishi oqish hududlarning paydo bo‘lishini nisbatan bartaraf etadi, bu esa payvand birikma- ni mexanik ishlov berish uchun sharoit yaratadi. Detallarni pay- vandlashdan oldin termik pechlarda, gornlarda yoki gaz gorelkasi yordamida atsetilen — kislorod alangasi bilan qizdiriladi. Gaz gorelkasi bilan qizdirishda qizdirilayotgan yuzaning bir tekis qi- zishini nazorat qilish kerak.
Cho’yanni yarimqizdirib payvandlashda OMM—5, MP—3 va УO^И—13/45 turdagi himoya-legirlovchi qoplamali kam uglerodli po‘lat elektrodlari, maxsus qoplamali po‘lat elektrodlar, cho‘yan elektrodlar va cho’yanli qo’shimcha simlar bilan atsetilen — kislo- rod alangasini qo‘llash mumkin. Detal qirralarida joylashgan oraliq darzlar yoki nuqsonlarni qoplashda grafitli qoliplarni qo‘llash ke- rak, ular payvand vannadan suyuq metalni oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Payvandlash paytida erigan metall hajmini uzluksiz bir xil qilib ushlab turish kerak va elektrod uchi yoki qo‘shimcha o‘zak bi­lan uni aralashtirib turish lozim. Sekin sovishi uchun esa payvand- langan detallarga mayda daraxt ko‘miri yoki quruq qum sepiladi.

    1. Nikel, mis va murakkab mis-po‘lat elektrodlar bilan
      sovuqlayin payvandlash


Suyuq vannada faol grafitizatorlar elementlari mavjud bo‘lsa chok atrofi hududi oqarishini oldini olish mumkin. Shuning uchun metalga keyinchalik mexanik ishlov talab etilsa va asosiy metall bilan notekis birikishga yo‘l qo‘yilsa, payvandlashda rangli metali tarkibida nikel va mis mavjud bo‘lgan elektrodlar ishlatiladi.
Eng ko‘p qo‘llanishga ega bo‘lgan metall-monelli elektrodlar, ularda nikel aralashmasi (65—70%) va mis aralashmasi (25—30%) hamda elektrodlar ЦЧ-4А o’zagi Cв—08^50 simdan va qoplamasi ftor-kalsiyli qoplamadan iborat. Simga metall-moneldan diametri 2-4 mm li maxsus tarkibli qoplama qoplanadi, masalan 40% grafit, 60% bo‘r yoki marmar va boshqalar. Bu elektrodlar bilan eritib qoplash 50—60 mm li valiklar yordamida amalga oshiriladi.
Misli elektrodlar bilan uncha katta bo‘lmagan statik kuchla- nishda ishlaydigan hamda zich chok talab etilgan buyumlar pay- vandlanadi.
Sanoatda murakkab mis-po‘lat elektrodlar keng qo‘llanilmoq- da, masalan: mis o‘zak yumshoq po‘lat to‘qima bilan, mis va po‘lat elektrodlar dastasi, mis o‘zak tarkibida temir kukuni mav- jud qalin qoplama bilan, masalan, ОЗЧ-1 markali elektrodlar va boshqalar.
Murakkab elektrodni erishi va cho‘yan bilan kirishishi sifatli chok hosil bo‘lishiga sharoit yaratadi, chunki mis uglerod bilan birikmaydi — u mayin va qovushqoqligini saqlab qoladi, po’lat esa uglerodlashib mustahkamligini oshiradi.
Murakkab elektrodlarni misning xohlagan rusumidan tayyor- lasa bo‘ladi. Eng oson tayyorlanadigan elektrodlar bu mis o‘zakli yumshoq po‘latli to‘qimalardan tayyorlanadigan elektrodlardir. Ularni tayyorlash quyidagicha kechadi: 300-350 mm uzunlikda- gi mis o’zakka yumshoq tunukadan 5-10 mm kenglikda kesilgan spiral o’raladi. Mis o’zakning diametri 4-7 mm qilib olinadi. Agar spiral o‘ramlari orasida ozroq interval bo‘lsa, unda elektrod- da temir miqdori 8—12% ni tashkil etadi. Tayyorlangan o‘zakka bo‘r qoplamasi qoplanadi.
Qoplama tarkibida temir kukuni mavjud misli elektrodlar keng va effektiv qo‘llaniladi. Bunday elektrodlar bilan payvandlash oson kechadi. Bunday elektrodlarni tayyorlashda УO^И—13/55 qoplamasi shixtasiga 40—50% temir kukuni qo‘shiladi.


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish