Issiqqa chidamli po‘latlar. Issiqqa chidamli po‘latlardan 600°C haroratdan oshmaydigan ish zonalarida ishlaydigan buyumlar tayyorlanadi. Yanada yuqori haroratda ishlash uchun buyum- lar issiqbardosh va olovbardosh po‘latlardan tayyorlanadi. Is- siqqa chidamli po'latlarga 12MX; 20МХЁ; 34XM; 20Х3МВФ; 20ХМФ; 20ХМФЁ; 12Х1М1Ф; 15ХМФКР; 12Х2МФБ; X5M; 15Х5МФА va boshqalar kiradi. Bunday po‘latlar qoniqarli payvandlanadi. Lekin, payvandlash texnologiyasi noto‘g‘ri bo‘lganida chok yaqinidagi o‘tish zonasida mayda-mayda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Bunday po‘latlar chetlarini payvandlashga moslab aniq yig‘ishni talab qiladi. Bu- tun chok uzunligi uzra tirqish bir xil bo‘lishi va metall qalinligi 5 mm gacha bo‘lganida 0,8 mm, 5—16 mm bo‘lganida 1,5 mm va 16 mm dan ortiq bo‘lganida 4—6 mm bo‘lishi kerak. Turli rusumli issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash tex- nologiyasida asosiy metall bilan chok metalini bir xil bo‘lishi uchun payvandlanayotgan metalni qizdirish kerak. Buyumni qo‘shimcha qizdirish metall toblanishini oldini olish uchun bajariladi. Ushbu qizdirishsiz payvandlansa chok metalida va chok atrofi zonasida xrom va molibden karbidlari hosil bo‘ladi, ular payvand birikmaning mo‘rtligini oshirishi mumkin. Chok metali bilan asosiy metalning bir xil bo‘lishi, payvand buyumni ishlatish davrida yuqori harorat oqibatida hosil bo‘ladi- gan diffuzion hodisalarni bartaraf etish uchun muhimdir. Chok tubini to‘la va sinchiklab payvandlash kerak. Buning uchun birinchi qatlam diametri 3 mm elektrod bilan payvand- lanadi. Payvandlanadigan po‘lat qanday rusumda bo‘lsa, xuddi shunday rusumdagi elektrod sim ishlatiladi. Payvandlashda asosiy qoplamli elektrodlar ishlatiladi. 550°C gacha haroratlarda ishlaydigan 12MX va 20МХЁ po’lat- lardan qilingan buyumlar ЦЁ—14 elektrodlari bilan payvand- lanadi. Payvandlashdan avval buyumni 20МХЁ po’lat uchun 250—300°C gacha, 12MX po‘lati uchun 200°C gacha qizdiriladi. Payvandlashdan so‘ng 710°C haroratda bo‘shatiladi. 470°C gacha haroratlarda ishlaydigan 34XM va 20ХЗМВФ po’latlaridan qilingan buyumlar ЦЁ—30—63 elektrodlari bilan payvandlanadi. 34XM po‘latini payvandlashdan avval va pay- vandlash vaqtida 350°C gacha, 20ХЗМВФ po’latidan qilingan buyumlarni esa 400—450°C haroratgacha qizdiriladi. Payvand birikmalari 34XM po’lati uchun 600°C haroratda, 20ХЗМВФ po‘lati uchun 680°C haroratda bo‘shatiladi. 570°C gacha haroratlarda ishlaydigan 20ХМФ, 20ХМФЁ, 12Х1М1Ф po’latlaridan qilingan buyumlar ЦЁ-20—63 elektrod- lari bilan payvandlanadi. Buyumni 300—350°C gacha qizdirib qisqa yoy vositasida payvandlanadi. Payvandlangandan keyin 3 soat davomida 700—740°C haroratda bo‘shatiladi. 600°C gacha haroratda ishlaydigan 15ХМФКР va 12Х2МФБ po’latlaridan qilingan buyumlar ЦЁ-26М—63 elektrodlari bilan payvandlanadi. Ular 350—400° C haroratgacha qizdirgan holda qisqa yoy vositasida payvandlanadi va so‘ngra 740—760°C haro- ratda bo‘shatiladi. 450°C gacha haroratlardan agressiv muhitlarda ishlatiladigan X5M va 15Х5МФА po’latlaridan qilingan buyumlar ЦЁ-47-63 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvandlashdan avval va pay- vandlash vaqtida 300—450°C gacha qizdiriladi va so‘ngra 3 soat davomida 760°C haroratda bo‘shatiladi. Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlash texnologiyasi
Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalardan qilingan buyum- larni payvand birikmalariga mustahkamlik chegarasiga oid, shun- ingdek, plastiklikka oid talablardan tashqari konstruksiyaning va- zifasi va payvandlanayotgan metalning xossalariga oid talablar ham qo‘yiladi. Bu talablar quyidagilardan iborat:
korroziyabardosh (zanglamas) po’latlar uchun — kristallit- lararo umumiy suyuqlikda va kuchlanish ostida korroziyaga qar- shi turish imkoniyati;
kuyindibardosh po’latlar va qotishmalar uchun — kuyindi hosil bo‘lishiga va kristallitlararo gaz korroziyaga qarshi tura olish imkoniyati;
olovbardosh po’latlar va qotishmalar uchun — yuqori haro- rat va yuklama ta’sirida uzoq muddat mustahkamlikni ta’min- lash, siljishga qarshi qarshilik ko‘rsata olish, mikrostruktura- ning barqarorligi, mo‘rtlanishga qarshi chidamliligini ta’minlash va qirqilib ketishiga, kuyindi hosil bo‘lishiga kam beriluvchan bo‘lishini ta’minlash.
Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarni payvandlashda- gi asosiy qiyinchiliklar, payvand birikmalarining kristallanish yoriqlari hosil bo‘lishiga qarshi tura olishini ta’minlash, korro- ziyaga chidamliligini va ish haroratlar va kuchlanishlar ta’sirida birikmalarning xossalarini saqlashni ta’minlashdir. Kam uglerodli po‘latlarga nisbatan aksariyat ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kichik (1,5—2 marta) va chiziqli kengayish koeffitsienti katta (1,5 marta) bo‘ladi. Payvandlashda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffit- sientining pastligi issiqlikning to‘planishiga va buning natijasida buyum metali suyuqlanishining ortishiga olib keladi. Shu tufayli berilgan suyuqlanish chuqurligini hosil qilish uchun payvandlash toki kattaligini 10—20% ga pasaytirish lozim. Oshirilgan chiziq- li kengayish koeffitsienti payvandlashda payvand — buyumlar- da katta deformatsiyalarning paydo bo‘lishiga, ularning bikrligi yuqori bo‘lgan holda esa (nisbatan yirik buyumlar, qalin metall, payvandlanadigan detallar orasida tirqishning yo‘qligi, payvand- lashda buyumning bikr mahkamlanishi) payvand buyumda darz- lar hosil bo‘lishiga olib keladi. Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalar kam uglerodli po‘lat- larga nisbatan darzlar hosil bo‘lishiga ancha moyil bo‘ladi. Darz- lar issiqdan ko‘pincha austenitli po‘latlarda, sovuqdan esa martensit va martensit-ferrit sinfidagi toblanadigan po‘latlarda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari tarkibida titan yoki niobiy bo‘lmagan yoxud vanadiy bilan legirlangan korroziyabardosh po‘latlar 500°C dan yuqori haroratda qizdirilganda korroziyaga qarshi xossalarini yo‘qotadi. Chunki qattiq eritmadan korroziyalanish hamda kor_ roziyadan yorilish markazlari bo‘lib qoladigan xrom karbidlari ajralib chiqadi. Termik ishlov berib (ko‘pincha toblab) payvand buyumlarning korroziyaga qarshi xossalarini tiklash mumkin. Eritmadan ilgari ajralib chiqqan xrom karbidi 850°C gacha qizdi- rib austenitda qayta eritiladi, tez sovitilganda esa ular alohida fazaga ajralib chiqmaydi. Termik ishlov berishning bunday turi stabillash deb ataladi. Lekin, stabillash po‘latning plastikligi va qovushqoqligining pasayishiga sabab bo‘ladi. Payvand buyumlarning plastikligi, qovushoqligi va bir yo‘la korroziyaga qarshi xossalari yuqori bo‘lishiga metalni 1000— 1150°C haroratgacha qizdirib va suvda tez sovitib (toblab) erishish mumkin. Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlashda darzlarning oldini olish yo‘llari: chok metalida ikki fazali struktura (aus- tenit va ferrit) hosil qilish; chok tarkibidagi zararli aralashmalar (oltingugurt, fosfor, qo‘rg‘oshin, surma, qalay, vismut) miqdorini cheklash va metall tarkibiga molibden, marganets, volfram sin- gari elementlarni kiritish; asos va aralash xarakterdagi elek- trod qoplamlaridan foydalanish, payvandlashda bikrligi pastroq bo‘lgan buyum hosil qilish. Austenitli po‘lat chokini payvandlashda buyum bikrligi- ni oshirish bilan birga chok metalli tarkibidagi ferritning miq- dorini 2 dan 10% gacha oshirish zarur. Bu holda chok metalining plastikligi austenitli po‘latnikiga nisbatan ortadi va darzlar hosil bo‘lmasdan cho‘kadi (hatto payvand buyum bikr holatda bo‘lganda ham). Asos xarakterli yoki aralash qoplamli elektrodlar ishlatilganda (lekin chok metalini molibden, marganets va volfram bilan le- girlab), chok metali mayda donli tuzilishga ega bo‘ladi. Bu hol- da metalning plastik xossalari ortadi va chok metali (chok ya- qinidagi metall ham) cho‘kkanda unda issiqdan darzlar vujudga kelmaydi. Darzlari bo‘lmagan payvand birikmalar hosil qilish uchun payvandlanadigan detallarni tirqish qoldirib payvandlash va ilo- ji boricha choklarni kamroq suyuqlangan metall bilan to‘ldirish (suyuqlangan metall bilan to‘ldirish shakli koeffitsienti 2 dan kam bo‘lishi kerak) qo‘llash tavsiya etiladi. Choklarni minimal pogon issiqlik energiyasida 1,2—2,0 mm diametrli ingichka elektrodlar bilan payvandlagan ma’qul. Bir jinslimas strukturali payvand birikmalar payvandlashdan keyin ham, termik ishlov berilgandan keyin ham asosiy metal- ning mustahkamligiga nisbatan past mustahkamlikka ega bo‘ladi. Bundan tashqari, yuqori haroratlarda ishlaydigan payvand birik- malarda chok metali bilan asosiy metall orasida diffuziya bo‘la- di, bu esa chok yaqinidagi zona va qotishish zonasida sovuqdan darzlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p legir- langan po‘latlar va qotishmalarning turli rusumlarini yoy yor- damida payvandlashda elektrod turi qat’iy asoslangan holda tan- lanishi kerak. 100—300°C haroratgacha qizdirish (umumiy yoki mahalliy) asosiy metall mikrostrukturasining xarakteriga, tarkibdagi ugle- rod miqdoriga, buyumning bikrliligi va qalinligiga qarab ko‘p legirlangan po‘latlar hamda qotishmalarni payvandlashda tavsi- ya qilinadi. Martensitli po‘latlar va qotishmalar uchun buyum- ni qizdirish shart; austenitli po‘latlar uchun qizdirishdan kam qo‘llaniladi. Qizdirish payvandlash jarayonida haroratning buyum bo‘ylab ancha tekis taqsimlanishiga va sekin sovitilishiga yordam beradi, natijada payvand birikmada cho‘kish deformatsiyalarining konsentratsiyasi hamda darzlar hosil bo‘lmaydi. Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarni payvandlashda chok metali va chok yaqinidagi metalning o‘ta qizishi (donlarning yiriklashishi) uning kimyoviy tarkibi va mikrostrukturasiga qizish harorati va metalning yuqori haroratda bo‘lish vaqtiga bog‘liq. Payvandlashda, odatda, ko‘pincha bir fazali ferritli po‘latlar o‘ta qiziydi. Tarkibidagi uglerod miqdori 0,12% dan ortiq bo‘lgan ko‘p legirlangan po’latlar (17X^9, 31X^9MBBT, 36Х^25С2 va boshqalar) 300°C va undan yuqori haroratgacha oldindan qizdirib payvandlanadi, so‘ngra payvand buyumlar termik ish- lanadi.