9.8-rasm. Gaz-lazerli kesish jarayoni chizmasi:
1 — kesgich; G — gaz; vk — kesish tezligi.
Gaz sharrasi kesilgan yo‘l oralig‘iga tushib undan suyuq metal- ni puflab chiqaradi. Bundan tashqari po‘latlarni kesishda, havo yoki kisloroddan foydalanishda metall oksidlanadi va qo‘shimcha issiqlik ajralib kesish jarayoni tezlashadi.
Energiya qiymatini rostlash uchun impulsli-davriy lazerlar ishlatiladi, ularda nurlanish impuls davomiyligini va pauzalarni o‘zgartirish mumkin. Bu bilan detallarni aniqlik bilan kesishda mahalliy qizishga yo‘l qo‘ymaydi va kesish shaklini rostlash mum- kin bo‘ladi. Gaz-lazerli kesish rejimlari parametrlari: nurlanish chastotasi, impuls davomiyligi, nurlanish quvvati va gaz sarfi.
Suv ostida elektr yoyi vositasida kesish
Suyuq muhitda, jumladan, suvda anchagina turg‘un yoy zaryadsizlanishi hosil qilish mumkin, bu zaryadsizlanishning harorati juda yuqori va solishtirma issiqlik quvvati juda katta bo‘lgani uchun atrofidagi suyuqlikni bug‘lantiradi va parchalaydi. Yoy zaryadsizlanishida hosil bo‘ladigan bug‘ va gazlar payvand yoyi atrofida gaz pufagi tarzida gazli himoya hosil qiladi, ya’ni mohiyati jihatidan gaz suv ostida emas, gaz muhitida yonadi. Gaz asosan suv bug‘ining termik dissotsiyalanishidan hosil bo‘ladigan vodoroddan iborat bo‘ladi, dissotsiatsiyada hosil bo‘lgan kislorod elektrodlarning materialini oksidlaydi.
Payvandlash yoyini ta’minlovchi odatdagi energiya manbalari- ni qo‘llab ko‘mir yoki metall elektrodlardan foydalanganda pay- vandlash yoyi barqaror bo‘lishi mumkin.
Suv ostida kesishda ishlatiladigan elektrodlarning suv o‘tmay- digan qalin qoplamasi bo‘lishi kerak, bu qoplama suv bilan soviti- lib turgani uchun elektrod o‘zagi sekinroq suyuqlanadi va elek- trod uchida pesh to‘siq hosil qiladi. Bu pesh to‘siq kichik bir idish shaklida paydo bo‘lib, gaz pufaklarining barqaror turishiga va yoyning yonishiga yordam beradi.
Qoplamaning suv o‘tkazuvchanligi yoyning barqaror yonishi- ga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki elektrod o‘zagining issiq sirti- da bug‘lanuvchi suv qoplamani parchalab, uni o‘zakdan bo‘lak- bo‘lak qilib tushirib yuboradi. Qoplama suv shimadigan bo‘lishi uchun unga parafin shimdiriladi. Qoplama sifatida temir surigi (80%) va bo‘r (20%)dan iborat tarkib qo‘llaniladi, ular bir-bi- riga yaxshi bog‘lanishi uchun shixta og‘irligining 30% miqdorida zichligi 1,4 bo‘lgan suyuq natriy shishasi qo‘shiladi. Qoplamani botirish yo’li bilan surtiladi. Elektrod o’zagi sifatida Св-08 yoki Св-08ГС payvandlash simlari ishlatiladi.
Tok kattaligi elektrod diametrining har bir mm ta 60—70 A hisobidan tanlanadi. Yoyning kuchlanishi suv ostida havodagidan ko‘ra birmuncha katta bo‘ladi. Suv ostida kesish kemalarni remont qilishda, turli gidroinshootlar qurishda va hokazolarda keng qo‘llaniladi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
Elektrod bilan kesishning qanday usullari bor?
Elektr yoyi vositasida kesish usulining mohiyati nimada?
Elektrod bilan elektr yoyi vositasida kesish qayerda qo‘llanila- di?
Kislorod-elektr yoyi bilan kesishning mohiyati nimada?
Kislorod-yoyi vositasida kesishning mohiyati nimada?
Havo-elektr yoyi vositasida kesish qayerda qo‘llaniladi?
Plazma deb nimaga aytiladi?
Plazma vositasida kesishning mohiyati nimada?
Plazma vositasida kesishda qaysi gazlar ishlatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |