Payvandlash jihozlari


-rasm. Bevosita yoy bilan plazmali kesish



Download 3,1 Mb.
bet103/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

9.5-rasm. Bevosita yoy bilan plazmali kesish:
1 — metall; 2—tok manbayi; 3 — ossillyator; 4 — qo’shimcha qarshilik; 5—elektrod; 6—mundshtuk; 7 — yoy ustuni.
O‘zgarmas tok elektr yoyi (7) erimaydigan volfram elektrod (5) bilan kesiladigan metall (1) o‘rtasida hosil bo‘ladi. Ostki uchi konus shaklida yo‘nilgan elektrod suv bilan sovitib turiladigan mundshtuk 6 ichiga joylangan. Bu mis mundshtuk kanaliga gaz, ya’ni argon, geliy, azot, vodorod yoki ularning aralashmalari bosim ostida yuboriladi. Gaz mundshtukdan chiqayotganida yoy ustuni- ni siqib, chiziq shaklga keltiradi. Elektrod bilan metall orasida yonadigan yoyni yondirish uchun volfram elektrod (5) bilan mis mundshtuk (6) orasidagi yordamchi (navbatchi) yoydan foydala- niladi. Elektrod tok manbayi (2) ning manfiy qutbiga, kesiladigan metall esa musbat qutbiga ulanadi (to‘g‘ri qutblilik). Uchlikka tok qo‘shimcha qarshilik (4) orqali keltiriladi. Yoy barqaror yonishi uchun ossillyator (3) qo‘llaniladi.
Kesilgan kesik chetlari va elektrodni oksidlanishdan saqlash, shuningdek, aluminiy va uning qotishmalarini kesish uchun yor- damchi yoyning yonishini osonlashtirish maqsadida argon ish- latiladi. Lekin sof argon bilan kesishda eritilgan metall unchalik suyuq-oquvchan bo‘lmaydi va kesilgan joydan uni chiqarib tash- lash qiyin bo‘ladi. Ana shu kamchiliklarni bartaraf etish uchun argonga issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi katta bo‘lgan vodorod qo‘shiladi. Vodoroddan foydalanilganida yoy ustuni torayadi, kesishda ish unumi ortadi, chetlari tozaroq chiqadi. Chunki vodorod yoyning issiqlik energiyasini metalga juda yaxshi o‘tkazadi. Vodorod molekulalari yoyda atomlarga parchalanadi, atomlar esa metalning ancha sovuq yerlarida yana birikib mole- kula hosil qiladi. Bunda metalni eritadigan ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi.
Bevosita yoy bilan qalinligi 40 mm gacha bo‘lgan uglerod- li hamda zanglamaydigan po‘latlarni, 90 mm gacha bo‘lgan cho‘yanni, 120 mm gacha bo‘lgan aluminiy va uning qotishma- larini, 80 mm gacha bo‘lgan misni kesish mumkin. Latun bilan bronza ham kesiladi.
Aluminiy bilan uning qotishmalarini kesish uchun 65-80% argon va 35—20% vodoroddan iborat aralashmadan foydalanish tavsiya etiladi. Tarkibidagi vodorod miqdori 35% dan ortiq ara- lashma ishlatilmaydi, chunki bunday holda kesish yuzasi sifat- siz chiqadi. Tarkibida 35% vodorod bo‘lgan aralashma mexani- zatsiyalashgan tarzda kesishda, 20% vodorod bo‘lgan aralashma esa, dastakli kesishda ishlatiladi. Chunki aralashmadagi vodorod miqdori kamroq bo‘lganida va mundshtuk bilan metall orasidagi masofa o‘zgarganida yoyning bir xil yonishini ta’minlash oson bo‘ladi.
Zanglamaydigan po‘latlarni kesish uchun argon ishlatish tav- siya etilmaydi. Bunday hollarda argon o‘rniga sof azot ishlatiladi. Azot ham vodorod singari yoydan o‘tishida yoy issig‘ini o‘ziga singdirib, atomlarga parchalanadi, keyin issiqlik atomlarni metall chetlariga o‘tkazadi. Bu yerda ular birikib azot molekulalarini hosil qiladi.
Bilvosita yoy bilan plazma kesish jarayonining sxemasi 9.6- rasm- da ko‘rsatilgan. O‘zgarmas tok manbayi 3 dan keladigan tokning manfiy qutbi uchi konus shaklida ishlangan, volfram elektrod 4 ga, musbat qutbi esa yoyni shakllovchi mis soplo 2 ga ulangan. Soplo suv bilan sovitib turiladi. Elektrod bilan soplo orasida vu- judga keladigan yoy (6) mundshtuk (5) orqali puflanadigan gaz (argon, geliy, azot yoki vodorod) oqimi ta’sirida plazmaning xan- jarsimon tili (1) ni hosil qiladi. Plazma tili yuksak haroratgacha qizdirilgan gazning juda kuchli ionlashgan zarrachalaridan iborat bo‘lib, kesiladigan material (7) ni eritish uchun ishlatiladi. Kesil- adigan buyum yoyning elektr zanjiriga ulanmaydi.


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish