Korroziyabardosh po‘latlar. Korroziyabardosh po‘latlarga 0Х18Ш0Т, 0Х18Ш0Т, Х18Ш0Т, ХШ9, X^9T, 0Х18Ш2Т, 0Х18Ш2Б, 1Х2Ш5Т, 1Х16Ш3Б, Х18Ш2Т va boshqa po’latlar kiradi.
0Х18Ш0Т, 0Х18Ш0 va Х18Ш0Т po’latlar, chok metali kris- tallitaro korroziyaga qarshi chidamli bo‘lish talab qilinmagan hol- larda, ОЗЁ—14 elektrodlari bilan payvandlanadi. Bu elektrodlar bilan payvandlaganda payvand chokida 6—10% ferrit faza bo‘ladi.
X18^9, X18^9T po’latlari, chok metaliga kristallitaro korro- ziyaga qarshi chidamlilik talab qilinadigan hollarda yoki payvand birikmasi 350°C gacha haroratda ishlatiladigan bo‘lsa (agressiv muhit bo‘lmaganida 250 dan 800°C gacha haroratda ishlatilsa) ОЗЁ—8 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand choklarida ferrit faza miqdori 3,5 dan 8,5 % gacha bo‘ladi.
Х18Ш0Т, Х18Н9Т, 0Х18Ш2Т, 0Х18Ш2Б, 1Х2Ш5Т, 1Х16Ш3Б po’latlari agar payvand choki metaliga kristallitaro korroziyaga qarshi chidamlilik jihatidan yuqori talablar qo‘yila- digan bo’lsa, ЦЁ—11 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand choklarida ferrit faza miqdori 2,5 dan 7% gacha bo‘ladi.
Х18Ш2Т po’lat ЦТ—15—1 elektrodlari bilan payvandlanadi (chokning asosi), payvand birikmasi 600—650°C haroratda va yuqori bosimda ishlatiladi. Payvand choklarida ferrit faza mi- qdori 5,6 dan 9% gacha bo‘ladi.
Х18Ш0Т, X18^9T po’latlari, agar payvand choklari 560°C ga- cha haroratlarda ishlatilsa yoki chok metaliga kristallitaro korro- ziyaga qarshi yuqori talablar qo’yilsa, ЗИО-3 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand chokida ferrit faza miqdori 2,5 dan 5% gacha bo‘ladi.
Olovbardosh po’latlar. Bu guruhga Х25Т, Х28, Х23Ш8, Х23Ш3, Х20Ш4С2, X25^20C2 va boshqa po’latlar kiradi. Agar payvandlanuvchi buyumlar 1150°C gacha haroratlarda ishlatila- digan bo‘lsa (oltingugurt gazi bo‘lmagan muhitlarda va sikliko o’zgarishlar bo’lmaganda) Х25Т va Х28 po’latlari ОЗЁ-6 elek- trodlari bilan qisqa yoy yordamida payvandlanadi. Metall chet- lari payvandlashga faqat mexanik usulda tayyorlanadi. Ferrit faza miqdori 2,5 dan 10% gacha bo‘ladi.
Agar payvandlanadigan buyumlar 850°C haroratdan yuqori haroratlarda ishlatiladigan bo'lsa, X231118, X25T va X28 po’lat- larni ЦЁ—25 elektrodlari bilan payvandlanadi. Kengligi elek- trod diametridan uch martadan ortiq bo‘lmagan valiklar tarzida payvandlanadi. Kraterlarni qisqa tutashuv yo‘li bilan to‘ldiriladi. Ferrit faza miqdori 3 dan 9 % gacha bo‘ladi.
900—1100°C gacha haroratlarda ishlatiladigan X25T, X28, Х23Ш3, Х23Ш8 po’latlarni ОЗЁ—4 elektrodlari bilan eng qisqa yoy vositasida payvandlaniladi. Chetlarni faqat mexanik usulda payvandlashga tayyorlanadi. Ferrit faza miqdori 2,5 dan 8% ga- cha bo‘ladi.
Oksidlovchi va uglerodlanuvchi muhitlarda 900—1050°C haroratlarda ishlaydigan Х23Ш8, Х23Ш3 po’latlari ОЗЁ-9А elektrodlari bilan payvandlanadi. Bu po‘latlarni payvandlashda kraterlarda yoriqlar paydo bo‘lmasligiga alohida ahamiyat berish kerak. Ferrit faza bo’lmaydi va ГОСТ tomonidan normal- anmaydi. Payvand choklari kristallitlararo korroziyaga unchalik chidamli emas.
1050°C gacha haroratda ishlaydigan Х20Ш4С2, X25^20C2 po’latlari ГС-1 elektrodlari bilan payvandlanadi (birinchi qat- lam). Eritilgan metalning olovbardoshligi 1150°С.
900—1100°C haroratda ishlaydigan Х20Ш4С2, X25^20C2 po’latlari ОЗЁ-5 elektrodlari bilan payvandlanadi. Chetlari pay- vandlashga faqat mexanik usulda tayyorlanadi. Payvand choklari issiq yoriqlar paydo bo‘lishiga qarshi chidamli. 900—1100°C ha- roratda ishlatiladigan Х20Ш4С2 po’lati ЦТ-17 elektrodlari bilan payvandlanadi, bunda juda katta kenglikda—elektrod diametri- dan 3 martadan katta bo‘lmagan choklar solib payvandlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |