13.1-rasm. Yig‘ish sifatini tekshirish:
a — chetlarini ochish burchagi; b — to’g’ri burchagini; d — chetlarining past-balandligini; e — uchlarini ustma-ust qo’yib payvandlashda tunuka- lar orasidagi tirqishini; f — tavr qilib va uchma-uchiga payvandlashdagi tirqishni.
Buyumlarni payvandlashga yig‘ish aniqligi ularning konstruk- siyalari va vazifasiga, shuningdek, payvandlash usuliga bog‘liq- dir. Payvandlash usuli, odatda, chizmalarda va texnik shartlarda ko‘rsatiladi. Yo‘l qo‘yilgan chegga chiqishlar payvandlash usuli va payvand birikma turi, chok turiga bog‘liqdir.
Detallarning payvandlashga to‘g‘ri yig‘ilganligi andazalar, o‘lchov chizg‘ichlari va shchuplar (13.1-rasm) bilan tekshiriladi.
Payvandlab yig‘ish vaqtida qizishi va eritilgan metalning cho‘kishi natijasida buyum keyinchalik deformatsiyalanishi mumkinligini hisobga olish zarur. Shuning uchun ham, masalan, burchak choklarni payvandlash uchun yig‘ishda detallar orasida- gi burchakni 2—3° kattaroq olish kerak, chunki chok metall cho‘kkanda burchak kichrayadi.
Yig‘ish jarayonida detallar kalta, bir qatlamli choklar yordami- da biriktirib, ya’ni chatib olinadi. Bunda buyumni payvandlashda ishlatiladigan elektrodlardan foydalaniladi. Chatim chok kesimi asosiy chok kesimining uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Chatim chokning eng katta kesimi ko‘pi bilan 25—30 mm2 bo‘lishi lozim. Chatim uzunligi, odatda, 20 mm dan 120 mm atrofida, chatimlar orasidagi masofa esa 500—800 mm bo‘ladi. Chatim chokini asosiy chokning birinchi qatlami yotqiziladigan tomonga teskari tomondan yotqizish tavsiya etiladi. Mas’uliyatli konstruksiyalarni dastaki yoki muhofaza gazlari muhitida pay- vandlashda asosiy chokni yotqizishdan oldin chatimlari kesib yoki eritib yo‘qotiladi. Flus qatlami ostida payvandlashda cha- timlar qoldiriladi.
Asosiy chokni payvandlashda chatim choklar avvalo shlak qoldiqlaridan yaxshilab tozalanishi va to‘la payvandlanishi kerak.
Agar payvandlash jarayonida cho‘kish kuchlanishlari ta’siri os- tida chatim choklar vayron bo‘lsa, ular batamom kesib tashlanadi va bu joy asosiy chokni bajarishda payvandlanadi.
Panjarali konstruksiyalar va balkalarni payvandlash
texnologiyasi
Panjarasimon va balka konstruksiyalar qurilishda bino va ko‘priklarning fermalarini, tayanchlar, elektr tokini uzatish lini- yalari, issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari va boshqa inshoot- larning konstruksiyalarini tayyorlashda, shuningdek, ko‘tarish kranlari, vagonlar, teplovozlar, avtomobillar, qishloq xo‘jalik
mashinalari, poydevor romlari va boshqa buyumlar tayyorlashda, mashinasozlikda qo‘llaniladi. 13.2-rasmda panjarasimon qurilish fermalarining uzellari misol tariqasida ko‘rsatilgan.
Bunday konstruksiyalarda bir yoki ikkita burchaklikdan ibo- rat o‘zaklar juda ko‘p tarqalgan (13.2-rasm, a va b). Payvand tavr birikmalar (13.2-rasm, d) hamda quvurlardan iborat fermalar (13.2- rasm, e) ham ishlatiladi. Bu xildagi konstruksiyalar dastaki yoki yarim avtomatik tarzda payvandlanadigan kalta, to‘g‘ri chiziqli uchma-uch yoki burchak choklar juda ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Qoplamli elektrodlar bilan dastaki yoki karbonat angidrid gazida yarim avtomatik payvandlash usullari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |