himoya gaz muhitida payvandlash. Misni himoya gazlari mu- hitida payvandlashda geliy va argon kabi inert gazlar ishlatila- di. Misni yoyli payvandlashda azot ham ishlatiladi, u mis bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Payvandlash to‘g‘ri qutbli o‘zgarmas tokda, buyumni 350—400°C haroratgacha butunlay qizdirib, volfram eletrodlari bilan bajariladi. БрКМцЗ—l va boshqa rusumli bron- zadan tayyorlangan sim qo‘shimcha ashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Payvandlash chap yoki o‘ng usullar bilan olib boriladi. Pay- vandlashni boshlashdan oldin yoy grafit yoki ko‘mir plastinada yoqilib, so‘ngra buyumga ko‘chiriladi. Yoyni bevosita buyumda yoqish tavsiya etilmaydi, chunki bunda volfram elektrodi suyuqla- nadi va ifloslanadi. Payvandlashni pastki, vertikal va yuqorigi (ship) vaziyatlarda bajarish mumkin.
Argonli muhitda misni o‘zgaruvchan tok bilan ham payvand- lash mumkin, bunda payvandlash tezligi ancha past, chokning tashqi ko‘rinishi esa o‘zgarmas tok bilan payvandlashdagiga qara- ganda yaxshi bo’ladi. БрКМцЗ—l simi bilan o’zgaruvchan tok- da payvandlashda oksidlash uchun bura talab qilinmaydi, chunki suyuqlangan metalning sirtida parda bo‘lmaydi: katodning yoni- shi natijasida u yo‘qotiladi. Katodning yonishi musbat ionlarning katta tezlik bilan katodga tomon harakat qilib, uni bombardimon qilishidan iborat. Payvandlash jarayoni turg‘un boradi va barcha fazoviy vaziyatlarda payvandlash mumkin.
Metall elektrod bilan flus ostida payvandlash A^—20C, A^— 26C, A^—348A va OCC-45 eritib tayyorlangan fluslar bilan teskari qutbda o‘zgarmas tokda bajariladi. 4—10 mm qalinlikdagi mislarni shu fluslar bilan payvandlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bundan ham qalin bo’lgan metallarni payvandlashda A^—26C va A^—20C fluslar aralashmasini 80 va 20 % nisbatda olina- di, yoki maxsus fluslar masalan Al I-M13 ishlatiladi. Quyidagi tartibli ЖМ—1 sopol fluslarni qo’llash ham yaxshi natija beradi: marmar — 28%; dala shpati — 57,6%; plavikli shpat — 8%; yog’och ko’miri — 2,2% bor shlaki — 3,5%; alumin kukuni — 0,8%.
Misni БрКМцЗ-1, БрОС4-3, БрХ 0,7, БрХТ 0,6—0,5 ru- sumli kislorodsiz mis va bronzali elektrod simlar bilan payvand- lanadi. Payvandlash bir o‘tishda tutashuvchi qirralarni to‘liq eritib bajariladi.
Latunni payvandlash A^—20C flus ostida, ЁК80-3 latunli va БрКМцЗ-1, БрОС4-3 bronzali payvandlash simlari ishlati- lib past yoy kuchlanishida bajariladi. Payvandlashdan so‘ng chok darz ketishini oldini olish va ichki kuchlanishlarni bartaraf etish uchun past haroratda (300°С) kuydirib yumshatiladi. Bronzalarni payvandlashda payvandlash simlari asosiy metall tarkibiga nisba- tan tanlanadi, hamda flus A^—20С rusumli katta donadorli (2,3— 3 mm) tanlanadi. Chok shakllanishini yaxshilash uchun flus qat- lamining balandligi 25—30 mm gacha chegaralanishi kerak.
Nikel va uning qotishmalarini payvandlash
Nikel erish harorati 1453°, zichligi 8,9 g/sm3, havoda korro- ziyaga qarshi chidamliligi, plastikligi va mustahkamligi yetarlicha yuqori, shuningdek, issiqbardosh va om qarshiligi katta bo‘lgan metaldir. Nikel, texnikada toza holida va turli qotishmalar tarzi- da ishlatiladi. Texnik toza nikel—l 10, Ш, ^3 va ^4. Nikelning qotishmalari mis-nikelli, nikel-xromli (nixromlar), nikel-molib- denli, nikel-kobaltli bo‘ladi.
Nikelni payvandlashdagi asosiy qiyinchiliklar metall choki- ning g‘ovaklik va kristallanishda yoriqlar hosil qilishga moyilligi tufayli yuz beradi. Nikelni payvandlashda metall chokida g‘ovak- lik hosil bo‘lishiga sabab, gazlarning, ayniqsa, vodorod va kislo- rodning yuqori haroratlarda juda eruvchanligi va kristallizatsiya paytida ularning ajralib chiqishidir.
Metall chokida kristallizatsion yoriqlar hosil bo‘lishiga sabab, oson eruvchan evtektika Ni—NiS ning hosil bo‘lishidir. Kristalli- zatsion yoriqlar hosil bo‘lishining oldini olish uchun suyuqlangan metalga payvandlash jarayonida oltingugurtni NiS ga qaragan- da qiyinroq eriydigan birikmalarga bog‘lovchi elementlar kiriti- ladi. Bunday elementlar marganets va magniy bo‘lib, ular qiyin eruvchan MnS va MgS birikmalarini hosil qiladi. Shu maqsadda payvand chokka biroz titan qo‘shilsa ham foydali bo‘ladi. Erish harorati 1650°С, ya’ni asosiy metalning suyuqlanish haroratidan yuqori bo‘lgan nikel oksidi pardasi ham payvandlashni qiyin- lashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |