Ilk qadam
SHUNCHAKI
Yana olam ko‘zimga tortadi xira,
Dunyoni kezadi unsiz kuylarim.
Muhabbatdan kuymoqlik emas bu sira,
Shunchaki sarson kezar so‘ngsiz o‘ylarim.
Tabiatda aslida hukmron bahor,
Lekin qalbimda nechuk kuzning mezoni.
Yurakda mavj urar ajib bir viqor,
Dilda darbadar yana kuzning to‘zoni.
Yil nafasi yonimdan o‘tadi shundoq,
Talpinadi qalbim osmon, ziyoga.
Xiyonat azobi emas bu mutloq,
Yurak o‘zga ishq bilan kelgan dunyoga.
Yig‘layman oqshomlar gohi-gohida,
Shafaqdek qizarar ikki yanog‘im.
Osmonga quyosh yuz tutgan chog‘ida
So‘nar tunni yorug‘ etgan chirog‘im.
82
Ilk qadam
Zayniddinov Muhiddin 1996-yil Surxon-
daryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. Qo-
zog‘iston Respublikasi “Bolashak” akademi-
yasi farmatsevtika fakultetiga o‘qishga kirgan
va 2019-yildan o‘qishini Samarqand tibbiyot
institutining farmatsevtika fakultetiga ko‘chirib
kelgan, hozirda shu institut talabasi. Samar-
qand yosh ijodkorlar Kengashi faol a’zosi.
KERAKMAS
Daryolar, dunyolar menga kerakmas,
Kerakmas tog‘-u tosh, cho‘llar ham o‘rmon,
Kerakmas soxtalik to‘lgan nigohlar,
Faqat siz keraksiz menga onajon.
Tog‘lar ham qulasin, daraxtlar sinsin,
Faqat siz egilmang, suyangan tog‘im.
Qadoq kaftingizdan mehrlar ensin,
Siz-la qaddim tikdir ey otajonim.
Yoqtirsam aybmikan ayting o‘zingiz
Yodimdan ketmaydi aytgan so‘zingiz.
Doimo sog‘ bo‘ling, illo ikkingiz,
Sizlarga sog‘lik tilovchi o‘g‘lingiz.
NELAR DEDINGIZ
Bir bor ko‘riboq sevdim-ku netay,
Sevgim aytay dedim, qo‘ymadi ko‘ngil.
Dilimni men ochgan chog‘da hoynahoy,
Sevgimga ishonmay nelar dedingiz.
Xamon yuragimni qiynaydi xijron,
Xamon sizni so‘rab qo‘ymaydi yurak.
Yuragimni sizga berib ochgan on,
83
Ilk qadam
Unutish qiyindir nelar dedingiz.
Iztirobda qoldi yuragim mani,
Nahot sevgimga siz ishonmadingiz.
Rost ekan yuragim sevib qolgani,
Sevgimga ishonmay nelar dedingiz.
BAHOR
Bahorning havosi keldi yurtimga,
Daraxtlar uyg‘ondi uzoq uyqudan.
Bahorning nafasin tuygan onimdan
O‘zgacha iliqlik egallar tanam.
Keladi bir zumda Navro‘zi olam
Bahor havosidan yayraydi jonim.
Navro‘zing muborak bo‘lsin-ki, har dam
Bayraming muborak O‘zbekistonim.
YO‘QDIR
Ne qilaman yuragim seni,
Faqat seni, seni deydi-ku.
Sevishimni aytay deyman-u
Aytolmayman, tillarim yo‘qdir.
Dilimni men ochgim keladi
Yo‘llaringni to‘sgim keladi.
Qo‘llaringdan tutgim keladi,
Ushlolmayman qo‘llarim yo‘qdir.
Oshiqlaring ko‘pdir bilaman,
Men ham axir seni sevaman.
Sevishimni isbotlay deyman,
Qilolmayman jur’atim yo‘qdir.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |