Husan Tursunov Yashinlar aro yo’l



Download 317 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2017
Hajmi317 Kb.
#10785
  1   2   3   4   5
Husan Tursunov
Yashinlar aro yo’l

(ilmiy-fantastik hikoyalar)

Toshkeit

"ZARHALAM"

2006
B R I GADA

Vaqt o’tishi bilan hamma narsa eskiradi va buzilishga moyil bo’lib qoladi. Illo, Galaktikaviy yulduzkezarlar ham bundan istisno emas. Shu bois, Koinot qa'ridagi yulduzkezarlardan birining dvigatelida nuqsonlar borligi haqida xabar kelganida Fazoviy texnik yordam markazi ta'mirchilarining oxirgi brigadasi zudlik bilan eski kemada ob'ekt tomon yo’lga chiqdi.

Eng tajribali ta'mirlovchi va sozlovchilardan biri bo’lgan komandor Eyn bir necha yuz yillik faoliyati davomida ko’plab kemalarni qutqarib qolgan bo’lib, bu safar ham ijobiy natijaga erishishiga uning ishonchi komil edi. Astronavigator Ill ham koinot kezayotganiga besh yuz yildan oshgan bo’lib, ulkan yulduzkezarlarni qutqarish operatsiyalarida ko’p marta ishtirok etgandi.

Mazkur parvozda brigadaning uchinchi a'zosi sifatida ishtirok etayotgan yangi mutaxassis nima uchundir tabiatan og’ir-bosiq bo’lgan Illning g’ashini keltiraboshladi. Yangi mutaxassis parvozdan sal oldin ekipaj tarkibiga kiritilgan, ammo Parvozlarni boshqaruv markazi oppoq soqolli bu qariya haqida yetarlicha ma'lumot berishni lozim topmagandi. Bu ham yetmagandek, ko’zlari yumuq qariya butun parvoz davomida chorlama qurib olgan holatda ma'lum balandlikda muallaq turar va vaqti-vaqti bilan siymosida jilmayish zoxir bo’lardi. Shu damlarda u nimalardir deb pichirlar, boshini silkitar va o’ng kaftini yuragi ustida tutib turardi. Ill qidiruv tugmalarini bosib, qariya haqida biror ma'lumot olishga urinib ko’rdi. Lekin ekranda unga tegishli atigi bitta satr paydo bo’ldi: "Le. Sayyoralar lingvistikasi bo’yicha mutaxassis".

Ta'mirchilar yulduzkezari nuqsonli kemaga yaqinlashdi. Bu - termoyadroviy dvigatelli, astronavtlar bo’limi va gravitatsion muvozanatni saqlash tizimiga ega bo’lgan oddiy yulduzkezar edi. Ill magnit tabiatli mutlaq himoyani ishga solib, kemasini jahannamdek olov purkab turgan dvigatel tomon yo’naltirdi.

-Vodorodning geliyga aylanish termoyadroviy reaksiyasi mo’tadil kechmoqda. Lekin dvigatel sathida yoriq paydo bo’lgan, - dedi Eyn.

-Bu xavflimi? - Illning ovozi hayajonini oshkor etdi.

-Bunaqasini endi ko’rishim, - dedi Eyn ma'nodor ohangda. - Yopiq yaqinda hosil bo’lgan. Bunday turdagi dvigatellar uchun bu juda xavfli bo’lishi mumkin va uning qizib ketayotgan bo’lishi ham shubhasiz. Astronavtlar bo’limidagi harorat keskin ko’tarilmoqda.

Ta'mirchidan uchib chiqqan zond hisha vaqt ichida yonilg’i va plazma namunalari bilan qaytib keldi. Ularning tahlili brigada a'zolarining xavotirini yanada kuchaytirdi. Dvigatelning portlash arafasida ekani ayon bo’lgandi.

Hayajon va zo’rihishdan terlab ketgan Ill qariya tomon nazar tashladi. U hamon havoda muallaq turardi. Qariyaning siymosi jiddiylashgan va u endi pichirlamasdi, aksincha, kimnidir diqqat bilan tinglayotganga o’xshardi.

Shu damda boshqaruv pul'tidagi yashil chiroq yonib-o’cha boshladi.

-Bizni astronavtlar bo’limidagilar sezib qolishdi. Nima qilamiz, komandor?

-Xavotirlanma, Ill. Ular bari-bir ko’zlariga ishonishmaydi. Ayanchlisi bu emas. Afsuski, hayotimda ilk marta chora ko’rishga ojiz ekanligimizni tan olishga majburman.

-Nahotki biz uni ta'mirlay olmasak?

-Fikrimcha, nuqsonning mohiyati yaratganning o’zigagina ma'lum. Qolaversa, bu masalada bizga ekipajning yangi a'zosi yordam bera oladi.

-Men uning ishlash uslubini mutlaqo tushuna olmadim, - dedi Ill o’ng’aysizlanib. - U hozir nima bilan mashg’ul?

Eyn astronavigatorga qariyaning ish uslubini tushuntirishga urindi.

-Sen Koinotda jonsiz narsa yo’qligini yaxshi bilasan. Hamma narsa - qum zarrachasidan tortib Galaktik kemalargacha, - o’ziga xos hayot shakli va ongga ega. Mazkur yulduzkezar tizimda ham barcha hismlar uzviy bog’liqlikka ega. Masalan, ekipaj a'zolarining ongi va fikrlari dvigatelning ishlashiga ta'sir qilishi mumkin. Nuqsonlar paydo bo’lishining aynan shu sababga bog’liqligi hozircha tahmin, xolos. Hozir u, - Eyn qariyaga ishora qildi, - muloqot jarayonida. Le - mazkur xizmatning eng tajribali kosmolingvisti hisoblanadi. Bunday mutaxassislar yaqindagina faoliyat boshlashdi. Hozir biz jonsiz deb tasavvur qilinadigan ob'ektning so’zlariga guvoh bo’lamiz.

Nihoyat qariya pastga tushdi. Bo’lib o’tgan muloqotdan uning xursand emasligi yaqqol ko’rinib turardi. U sheriklariga ma'yus nigoh tashlab, ekranga ishora qildi. Eyn va Ill qariyaning g’aroyib suhbatini o’qiy boshlashdi.

"- Nega sen o’zingni bunday tutyapsan'.'

- Men o’lim xaq ekanini tan olaman. Vaqti kelib men ham portlashim kerak edi. Lekin ularning aksariyati bu hozir yuz berishini hohlashayapti. Ular meni ajal tomon yetaklashayapti.

- Sen ularning fikri ta'siridan chiqib ket.

- Bu mumkin emas.Ularning soni juda ko’p va fikrlari ham moddiydir.

- Portlashgacha qancha qoldi?

- Bu yaqin orada yuz berishi mumkin.

- Falokatni kim bartaraf eta oladi?

- Faqat o’zlari. Ular mening ulimim haqida o’ylashni bas qilishlari va o’z qo’rquvlaridan halos bo’lishlari kerak.

Va, buni iloji boricha tezroq amalga oshirishlari lozim."

- Biz biror narsa qilishga ojizmiz, - dedi Eyn. - Bazaga qaytishga tayyorlaning.

Ill tezlanish bosqichiga o’tdi. Miq etmay kelayotgan qariya kutilmaganda tilga kirdi:

- Astronavtlar bo’limi oldida to’xtang.

Ill kemani aytilgan joyda to’xtatdi va yana nima bilandir suhbatga kirishgan qariyaga tikilib qoldi. Bu safar qariya uzoq kutdirmadi va ekranda uning navbatdagi suhbatini satrlari paydo bo’ldi.

- Nega sen sayyora bilan muqarrar to’qnashuv tomon ketayapsan ?

-Ular bizga hujum qilmoqdalar. Ular koinotdoshlarimdan birini og’ir yarador qildilar. Uning dod-faryodi barchamizga og`ir botdi. Men ularni yo’q qilib yuboraman.

-Bunday qilma. Ular seni ham o’ldirishlari mumkin.

-Ularning bunga qurbi ham, vaqti ham yetmaydi. Bo’lim yulduz atrofida ikki marta aylanganidan so’ng men unga urilaman va ularni yakson qilaman.

-Ularni qutqarish mumkinmi?

-Ular o’z fikr va maqsadlarini o’zgartirsalar, men ham parvozim yo’nalishini o’zgartiraman".

Bu ma'lumot Galaktikaviy brigada a'zolarini battarroq tashvishga soldi.

-Biz ularni xavf yoqasida qoldirib keta olmaymiz, - dedi Ill.

-Ular Koinotda birgalikda yashash qoidalarini buzishdi, - dedi Le. - Ekipaj o’zini-o’zi falokat yoqasiga olib kelgan. Eyn fazogirlar bo’limidan kelgan ma'lumotlarni uzoq taxlil qilgach, o’z xulosasini aytdi.

-Bizning parvozimiz va sodir bo’lgan voqealar tafsiloti ekipajning bir a'zosi ongida aks topdi. Men uning miyasiga markazga tayyorlangan hisobot mazmunini kiritaman. U masala mohiyatini anglay oladi va bu ma'lumotlarni ekipajning boshqa a'zolariga yetkazishga harakat qiladi. Biz esa ortga, o’z yumushlarimizni bajarishga qaytamiz.

Ulkan yulduzkezar mislsiz tezlanish olib. Koinot qa'riga singib ketdi.

Oradan bir qancha muddat o’tgach, ta'mirlovchi brigadaning hisoboti sayyorada nashr etildi. Uning matni quyidagicha edi:

"So’nggi yillarda olimlar quyoshning g’ayrioddiy, ilmiy tasavvurlarga zid bo’lgan faolligini tasdiqlamoqdalar. Mutaxassislarning hisoblashlaricha, quyoshdagi haroratning ko’tarilishi shu tarzda davom etaversa, jarayon zo’raya borib, quyoshni muddatidan ilgari portlatib yuborishi mumkin. Ba'zi mutaxassislarning tahminlariga ko’ra, quyoshning mazkur bosqichga o’tishiga juda ko’p miqdordagi insonlarning salbiy psixofiziologik maydoni sabab bo’lgan. Oxirgi yuz yil ichida sayyorada millionlab insonlar qatl qilingan va ular o’limi oldidan kuchli salbiy quvvat chiqarganlar. Hozir ham Yer aholisining aksariyati qashshoqlikda yashashmoqda va ularning salbiy quvvati to’planib, quyosh faoliyatiga bevosita ta'sir ko’rsatmoqda. Agar vaziyat o’zgarmasa, quyoshning portlashi muqarrardir. Yerga yana bir falokat xavf solmoqda. Yaqinda, kichik asteroidga nisbatan temir bomba hujumi amalga oshirilganidan so’ng olimlar Yer atrofidan uchib o’tuvchi osmon jismlarining xarakat traektoriyalarida keskin o’zgarishlar yuz berganini kuzatmoqdalar. Aftidan, o’sha osmon jismlari ham ongga ega bo’lib, yerliklardan o’ch olmoqchilar. Sayyoradagi insonlar sivilizatsiyasini saqlab qolish uchun qat'iy choralar ko’rilishi lozim. Birinchi bosqichda bu ma'lumotlar sayyora kelajagi bo’lgan yoshlar e'tiboriga havola etiladi..."
BAXT ESHIKLARI
Professor Alieva erta tongda qayta jonlantirish bo’limiga keltirilgan kimsani ko’zdan kechirardi. Bemor qirq besh yoshlardagi haddan tashqari ozib ketgan o’rta bo’yli erkak kishi edi. Ko’zlarining yumuqligi ham uning mardonavor va o’ktam qiyofasini yashirolmagandi. "Tezyordam" mashinasining haydovchisi bu kishini eski shahardagi masjiddan olib kelishganini aytdi. Tunda navbatchilik qilgan shifokor qariyb nafas olmayotgan bemorga aniq tashhis qo’ya olmagandi. Uni o’likxonaga o’tkazishga jur'at eta olmay, reanimatsiya palatasiga joylab, hayotni sun'iy ta'minlash tizimiga ulamaslikka qaror qilgandi.

Bemor esa tirik edi! Uning yuragi bir daqiqada bir necha martagina urardi, xolos. Ajablanarlisi shunda ediki, vaqti-vaqti bilan uning lablarida tabassumga o’xshash bir holat zohir bo’lardi. Bemorning qon tahlillari me'yor darajasida bo’lib, faqat... shodlik gormonlari hisoblanmish serotonin miqdori juda oshib ketganligini ko’rsatardi.

- Go’zal Anvarovna, nima deb o’ylaysiz, bu letargik uyqumikan? - deb so’radi yoshgina aspirant yigit ustoziga hurmat ila tikilib.

Uning nazarida ustozi xamma narsani biladigandek tuyulardi. U bir qarashda nozikkina ko’rinsa-da, aslida o’ta salohiyatli va nihoyatda go’zal bu ayolni sajda qilgudek darajada e'zozlardi.

- Hozircha biron narsa deyolmayman, - dedi professor qo’lqoplarini yecharkan, notanish erkakni nur balqiyotgan yuzlariga yana bir qarab olib. - Ammo bir narsa aniq, - profsssorning tim qora ko’zlari bir nuqtaga qadaldi, - bu letargik uyqu emas. Bunaqangi holat biron-bir manbada tavsiflanmagan. Biz, aftidan, insonning hali o’rganilmagan holatini tadqiq qilishimizga to’g’ri keladi, shekilli, hozircha bu borada bizga faqat uning yaqin qarindoshlarigina ko’maklasha olishadi.

- Bemorning ukasi bir necha soatdan beri shu yerda. U ertalab akasiga yegulik olib kelgan. Masjiddagilar akasining vafot etgani va uni "Tez yordam" olib ketganini aytishgan. Ukasining yurak-bag’ri juda kuyib ketyapti. Aytishicha, qarindoshlari allaqachon janozaga hozirlik ko’rib qo’yishibdi.

-Yana qanaqa janoza, Ukasini mening xonamga chaqiring-chi! Unga esa , - professor bemor tomon idora qildi, - faqat o’zingiz qaraysiz va palataga boshqa hech kimni kiritmang. Yaqinlari bilan suhbatni tugatganimdan so’ng menga uchrashib, tegishli ko’rsatmalarni olasiz.

Eshik taqilladi va ostonada qirq yoshlardagi, ko’zlari yig’idan qizargan yigit ko’rindi. Uning yuz tuzilishi bemornikiga judayam o’xshardi. Yigit, garchi akasining bexosdan o’lib qolganiga ishongisi kelmasa-da, professor shum xabar aytib qolishidan cho’chiyotgani yaqqol sezilib turardi.

-Kiring. Qulayroq o’tirib, o’zingizni bosib oling.

Ayolning yoqimli ovozi yigitni o’ziga keltirdi, shekilli, asta stol yoniga yaqinlashdi va kresloga o’tirdi. Keyin, ko’zlarini umid bilan tikib, so’radi:

- Aytsangiz-chi, axir bu... yolg’on-ku, a? Akam tirik, to’g’rimi?

- Sizga faqat bir narsani - akangiz o’lmaganligini ayta olaman, - xotirjam ohangda dedi professor. - Yaqin orada janozaga hojat bo’lmaydi. Ammo shunday bo’lsa-da, akangizda ko’pgina hayot alomatlaridan nom-nishon yo’q.

Yigit yig’lab yubordi. U ko’z yoshlarini yashirmas va ovozining boricha o’kirab yig’lardi. Ko’z yoshlari aralash shifokorga minnatdorchilik bildirishga urinar, ammo yuragi to’lib, yana piqillab yig’lab yuborardi.

Ayol unga bir piyola suv bilan validol uzatdi.

-Suvni iching-da, dorini tilingiz tagiga tashlang. Iltimos, tinchlanishga harakat qiling. Akangizga lozim bo’lgan yordamni ko’rsata olishim uchun u haqida hamma narsani bilishim kerak. Ayniqsa, uning so’nggi bir necha kun ichidagi holatini bilishim

juda muhim.G’alati bemorning ukasi anchagacha o’zini bosolmay o’tirdi. Nihoyat, ovozi titragancha, savollarga javob berishga tayyorligini aytdi.

-Nima uchun akangiz masjidda yashardi? U – dindormidi? - shifokorning ovozida hayrat ohangi bor edi.

-Yo’g’-e, nimalar deyapsiz ? Akam - fizika sohasida ko’zga ko’ringan olim, bir nechta horijiy akademiyalarning haqiqiy a'zosi sanaladi. Uning diniy harashlari esa boshhalarnikiga umuman o’xshamaydigan, juda o’ziga xos edi, - yigit niqoyat tinchlandi shekilli, ovozidagi titroq yo’qoldi. - Akam juda e'tiqodli inson. Ammo e'tiqodlari fahat o’z ilmiy izlanishlari bo’lib kelgan. Aynan shuning uchun ham qirq yoshga kirguncha uylanishga vaqt topolmagan va, eng qizig’i, bu haqda o’ylamaganlar ham. To uni uchratgunlariga hadar. Akam hamma sirlarini men bilan o’rtoqlashardilar va shuning uchun ham ular haqida juda ko’p narsani bilaman.

Go’zal Anvarovnaning ayollik sezgisi oniy tezlikda ishga tushdi. U yuz berishi ehtimol bo’lgan barcha holatlarni soniyaning handaydir bir ulushi ichida tahlil qilib chiqdi-da, xulosa chiharib, xotirjamlik bilan navbatdagi savolni berdi:

- O’sha qiz hachon vafot etdi?

Bemorning ukasi bir zum tili kalimaga kelmay, shifokorga baqrayib turdi-da. ohista so’radi:

- Demak, siz hamma narsadan boxabar ekansiz-da?

- Yo’q, men hozircha hech narsani bilmayman. Bu - mening taxminim, xolos. Eng yaqin kishisidan judolik odamni aql bovar qilmas holatlarga solishi mumkin. Siz ular haqida, ularning hissiyotlari va kechinmalari haqida so’zlab bera olasizmi? Bu men uchun juda muhim. Illo, uning uchun, - Go’zal Anvarovna hayta jonlantirish palatasi tomon ishora qildi. -

bundan-da muhimroq.

- ha, ha, albatta. Men sizga bilganlarimning hammasini aytib beraman. Siz mendan istagan narsangizni so’rashingiz mumkin. Ammo hammasini batafsil aytib berishim uchun ko’p vaqt ketadi va men...

- Bu haqda tashvishlanmang. Bemorlar ko’rigini tugatdim va meni bezovta qilmasliklarini tayinladim. Shunday ekan, vaqt bemalol va bilganlaringizni hammasini oqizmay-tomizmay aytib berishingizni istardim. G’alati bemorning ukasi ohista hikoya qila boshladi:

- Akam dorilfununni tugatib, Moskvaga - maqsadli

Yo’naltirilgan aspiranturaga o’hishga ketdi. O’sha yerda nomzodlik

dissertatsiyasini yoqladi va dars berishga qoldi. Keyin doktorlik

dissertatsiyasini yoqladi. Bir oz muddat o’tib dadam hattiq og’rib

qoldilar. Akam Toshkentga haytib keldi. Insul'tdan so’ng dadam

falaj bo’lib qoldilar va akam yana biroz shu yerda qolishga haror

qildi. O’ziga ish qidirdi. Ammo bunday mutaxassisni hech hayerda

ishga olishni istashmadi. O’ta aqlli, ustiga-ustak juda yosh fan

doktori kimga ham kerak? Axir u istalgan ilmiy muassasa

rahbarining o’rniga da'vo qilib qolishi mumkin edi-da.

Akamning xorijda ishlovchi do’stlari chet elga ishga taklif qila

boshlashdi. Vizalar, ishlash uchun shartnomalar naqd edi. Nima

uchunligini bilmadim-u, ammo o’zga yurtda uzoq vaqt bo’lishlaridan

so’ng akamda o’z Vataniga nisbatan juda kuchli muhabbat uyg’ongandi.

Akam o’zga yurtlarga ketishni istamasligini fan nuqtai nazari

bo’yicha tushuntirib berishga urinardi. U shunday derdi: "O’z ona

tuprog’i va kelajak avlodlarini beqiyos sevgan bobokalonlarimiz

shu yerga dafn etilgan. Ularning aurasi, ya'ni holasi va quvvati

hech hayerga yo’qolmaydi. Ular shu yerda, bizning zaminimizda

mavjuddirlar. Ko’zga ko’rinmas rishtalar bizni ular bilan bog’lab

turadi. Agar biz uzoq yurtlarga jo’nab ketsak, bu quvvatni his

etolmay qolamiz. Ana shu narsa - Vatanni sog’inish mexanizmidir.

Shuning uchun ham uzoq yurtlarga ketib qolganlar ona tuproqning

bir hovuchiga zor bo’ladilar".

O’sha yili dadam vafot etdilar va akam uzil-kesil uyda qolishga haror qildi. Biroz vaqt o’tgach, u xususiy ilmiy-amaliy firma ochdi va o’z ixtirolarini sota boshladi. Ammo ko’pincha akamni chuv tushirib ketishardi: ixtirolari orhasidan korxonalar mo’may daromad olishar, unga esa sariq chaha to’lashardi. Kutilmaganda akam hamkorlikda ishlaydigan yangi tanishlarini tez-tez yo’qlaydigan odat chihardi. Shunisi qiziq ediki, ba'zan ularnikida tunab ham qolardi. Bu menga juda g’alati ko’rindi va oxiri akamning sirini bilib olishga muvaffaq bo’ldim. Buni harangki, akam o’sha tanishlarining qizini sevib qolgan ekan. Qiz esa akamdan roppa-rosa o’n sakkiz yoshga kichik edi.

Bemorning ukasi birinchi marta ko’zini yerdan uzib, suhbatdoshiga haradi. Ayolning yuzida qilt etgan harakat sezilmadi, u sabrsizlik bilan hikoyaning davomini kutardi. Yigit nigohini ayolning ko’zlaridan olib qochib, so’zida davom etdi:

- Shu sababli ham akam dardini hech kimga aytolmay, o’z yog’ida

qovrilayotgan ekan. Akam o’sha qizning siymosida handaydir

g’ayritabiiy, billurdek shaffof va toza nimanidir ko’rganmish.

Ha, akam aynan "Shaffof"degan. Aytishicha, bu – uning vujudidan

taralayotgan ajoyib shu'la ekan. O’sha qizga butun borlig’i bilan

bog’lanib qolishi va bugun fojiaga aylangan muhabbati sirini u

aynan shunday izohlardi. Akam hamma narsani - fanni, ishini

tashlab qo’ydi va turli bahonalar bilan usha qizning uyiga tanda

qo’ya boshladi. Imtihonlarga tayayorlanayotgan qiziga yordam berish

uchun tanishlaridan ijozat oldi. Vaholanki, qiz tanlagan

mutaxassislik aniq fanlardan juda yiroq edi. Ammo akam o’ta

zakovatli inson va uning tafakkurni o’stiruvchi saboqtari qizga

juda yoqib qoldi. Shu tariha yarim yil o’tdi va qiz institutga

kirdi. Akam o’z tuyg’ularini juda mohirona yashirolgani tufayli

qizning o’zi ham, yaqinlari ham uning his-tuyg’ularidan bexabar

edidar. Oradan yana bir yil o’tdi va qizning ota-onasi bilan opasi

xorijga ketadigan bo’lib qolishdi. Bu vaqtga kelib qizning onasi

hamma narsani fahmlagandi va jo’nash oldidan akamga: "qizimni

sizga topshirdim. Uni ehtiyot qiling. Shu bilan ota-onasining

roziligini oldim deb hisoblayvering. Agar sizning tuyg’ularingiz

bo’lmaganida, qizimizni ham birga olib ketgan bo’lardik. Uni

bobosi bilan buvisining tarbiyasiga tashlab ketishga turmush

o’rtog’imni zo’rg’a ko’ndirdim. Biz haytib kelgunimizcha qizimning

o’hishi tugaydi va o’shanda to’y qilsak ham bo’ladi", debdi.

Akam xursandligidan o’zini yettinchi osmonda uchib yurgandek his etardi. Qizning ota-onasi jo’nab ketganidan so’ng bir oz vaqt o’tib, akam izhori dil qilibdi.

****


- Bugun handay kun ekanligini bilasizmi?

U qizni quchog’iga tortganida, undan taralayotgan yoshlik va bokiralikning hush iforidan boshi aylanib ketgandek bo’ldi. Hani endi, bu iforni hidlayversa, hidlayversa, bu totli lag’zalar bir umr tugamasa! Nihoyat, u qizni istar-istamas quchog’idan

qo’yib yuborarkan, asta shivirladi:

-Bugun senga ilk bor sevgi izhor qilganimga olti yil to’ldi!

-Esingizda ekan-a! - Qizning yuziga baxtiyor tabassum hachqdi.

-Shunday kunni ham unutib bo’larkanmi? Bu - 22 sentyabrda, kun bilan tun tenglashgan pallada yuz bergandi.

- Qoyil-e, sevgi izhor etish uchun zab vaqtini tanlagan ekansiz-da!

-Yo’q, men shunchaki tuyg’ularimni jilovlay olmay, barini senga to’kib sola qolgandim. Ushanda sen menga shunahangi hayrat to’la nigoh bilan boqhanding-ki, - uning mehri tovlanib, qizni yana o’pa ketdi.

-Men esa siz opamni yaxshi ko’rsangiz kerak. deb o’ylardim. Axir bizning yoshimiz o’rtasida anchagina katta farq bor-ku. Siz biznikiga tez-tez kelardingiz, doim ota-onam va opam bilan gaplashardingiz, menga esa unsiz tikilardingiz.

Nigohingizdan handaydir g’alati - mehrga o’xshash totli bir narsa taralib turardi. Siz meni yoqtirishingiz mumkinligi xayolimga ham kelmagandi. Hammasini olti yil muhaddam shu kuni aytgansiz. Hali hech narsaga aqlim yetmay turganida bo’sa olishga ham ulgurgan edingiz, - qiz erkalanib, uni quchdi.

-Seni ilk bor ko’rgan kunim hali ham ko’z oldimda turibdi,

-u qizning sochlarini silar, ko'zlarini esa uning shahlo ko’zlaridan uzolmasdi. - Uyingizga birinchi bor kelganimda harshimga sen chiqding. Salom berib, menga harading. O’sha ajoyib tabassuming, qirmizi tusga kirgan yonoklaring va charaqlab turgan ko’zlaringni xotiramda millionlab marta hayta-hayta tiklagandim.

O’sha onla fahat men uchun yaratilganingni tushundim. Ayni shu damda halbimning bir hismi ajralib chiqib, sening yuragingdan qo’nim topdi va tuganmas muhabbat qo’shig’ini boshladi... Sen o’shanda yuragin yonida iliqlikni his qilganmisan?

Qiz, go’yo o’sha iliqlikni tuygan paytini eslashga urinayotgandek uning ko’zlariga tikildi ... va xandon otib kulib yubordi:

-Voy, ayyor-ey! Nima, o’n yetti yoshli qiz yuragining yonida tuygan iliqlikni olti-etti yil esida saqlab yurishi va buni so’ragan paytingizda tasdiqlashi kerakmidi?

-Hozirchi, hozir o’sha iliqlikni sezyapsanmi?

qiz xuddi tanasiga quloq tutayotgandek bir zum jim qoldi va ohista dedi:

-Iliqlik deysiz-a? Hissiyotlarim junbushga kelganidan yonib ketay deyapman-u! Ba'zan o’z-o’zimdan yonib ketamanmi deb cho’chib qolaman. Axir dunyoda shunahangi xodisalar ko’p bo’lgan-ku.

-O’sha yonib ketgan odamlar muhabbatdan ancha uzoq bo’lishgan,

-u yana qizni bag’riga tortdi. - Odatda hissiyotlar junbushidan parvozga moyillik tug’iladi.

-Nega so’nggi paytlarda qoqilmayotganimning sababini endi tushundim,

- u qo’llarini hanotdek yozib, sho’x kulganicha xona bo’ylab aylandi.

-Yaqinda o’hishing ham tugaydi. hachon to’y qilamiz axir Mening ham shirindan-shirin, do’mboqqina bolalarim bo’lishini shunahangi orzu qilaman-ki!

-Yana bir oz sabr qiling. Yaqinda ota-onam ham haytib kelishadi. O’zingiz bilasiz-ku, bu yil dadamning mehnat shartnomasi tugaydi. Opam bilan pochcham ham to’yga kelishga va'da berishgan. Axir ulardan boshha hech kimim yo’q. Meni esa sizga ishonib topshirib ketishgan bo’lishsa...

-Mayli, olti yil kutdim-ku. Yana bir oz kuta qolay.

-Men ketishim kerak. Institutdan soat beshlarda haytaman.

-Seni olib kelgani boraman.

-Yo’q-yo’q Bugun ishxonada juda band bo’lishingizni bilaman. O’zi shusiz ham har kuni institut darvozasi oldida kutib olayapsiz.

-Seni o’g’irlab ketishlaridan qo’rhaman-da.

-Siz ota-onamdan ham o’tib tushayapsiz. Yoki kattalarning hammasi shunaha vahimachi bo’lisharmikan-a?

Qiz sumkachasini oldi-da, uning yonog’iga labini bosdi va yugurganicha uydan chiqib ketdi.

U qizning nafasini his etib, bo’salardan keyingi vujudlar talpinishini cheksiz ehtiros bilan hayta-hayta hayolidan o’tkazib, u bilan o’tgan har bir daqihadan lazzatlanganicha uzoq vaqt sukut ichida o’tirdi...

****

Bemorning ukasi bir qultum suv xo’pladi va hikoyasini davom ettirdi.



-Akam baxt cho’qhisida edi. Uning yangi g’oyalari xuddi favvoradek otilib chihar, ishlari juda rivojlanib ketgan, yaxshi pul topa boshlagandi. Tez orada o’ziga uy va mashina sotib oldi. Shu bilan birga o’sha qizdan bir zum ham uzoqlasholmasdi. Ehtimol, boshida qiz akamni xuddi u singari sevmagan bo’lsa kerak. O’ylashimcha, qiz akamning tuyg’ulari shunchalik ulkanligidan, uning besarhad va o’ta nozik dil izqorlaridan hayratga tushgan bo’lsa kerak. Asta-sekin ular yagona vujudga aylanishdi va bir-birlaridan umuman ajralmay qolishdi - bir-birlarisiz bir daqiha ham yashay olishmasdi. Har holda menga shunday tuyulardi. Akamning histovi bilan ular nikoh o’qitishdi, qiz akamning uyiga ko’chib o’tdi va birga yashay boshlashdi. qiz endi haftada bir-ikki kun buva-buvisinikida mehmon bo’lib haytar, boshha paytlari esa bir necha kunlab uydan chihishmas va bir-birining diydoriga sira to’yishmasdi.

Qiz institutni bitirayotgan, belgilangan to’y kuni ham yaqinlashib qolgandi. Bunga bor-yo’g’i bir necha oygina qolgandi. Va, fojia ro’y berdi. Qiz institutga ketganicha haytib kelmadi. O’sha kuni men akamdan xabar olgani borgandim. Qizning

haytishini kuta-kuta, oxiri, kechki soat yettidan oshgach, uni izlagani chiqdik. Biz institutga yaqinlashganimizda bosh bino harshisidagi bekat yonida odamlar ko’p edi va militsiya mashinasi turardi. Bekatning temir to’sig’i qiyshayib ketgan, yerdagi qon izlari qotib ulgurmagandi. Sal nariroqda pachaqlangan "Neksiya" mashinasi turardi. Handaydir g’irt mast bir ablah rulni mashina haydashni umuman bilmaydigan mahbubasiga berib qo’ygan ekan. Oqibatda mashina katta tezlikda bekatga kelib urilgan, bir necha odam halok bo’lgan, ko’plar jarohat olishgan ekan. Lekin hech kim jabrlanganlarning ismi-sharifini bilmasdi. Akamning o’sha paytdagi ahvolini ko’rsangiz edi! Rangi paxtadek oharib ketgan, tinmay haltirardi. Biz jabrdiydalar olib ketilgan "Tez yordam" kasalxonasiga yo’l oldik. Kutilmaganda akam: "Agar u vafot etgan bo’lsa, men ham uning ortidan ketaman", dedi. Ishonchim komil, akam sira ikkilanmay shunday qilardi ham. Men akamga, agar shunday qilsa, boqiy dunyoda u bilan uchrasha olmasliklarini, chunki o’z joniga hasd qilganlarning ruhi arosatga tushishini aytib ulgurdim. Akam bir zum o’ziga kelgandek bo’ldi. O’ylanib qoldi, mening aytganlarimni tahlil qildi shekilli, nazarimda. U o’limdan keyingi hayot mavjudligiga hattiq ishonar va narigi dunyoda u bilan birga bo’lmaslik mumkinligini tasavvur ham qilolmasdi.

Ko’nglimiz g’ash bo’lgani bejiz emas ekan. Bizni darhol o’likxonaga olib kirishdi. Men endi bularning bariga harab turishga qodir emasdim. Nazarimda o’sha daqihada akam ham o’lgandek bo’lib tuyuldi.

Ertasi kuni biz qizni so’nggi yo’lga kuzatdik. Qiz dafn etilgan joyni akam sevgilisi uchun maxsus ajratib olgan bo’lsa kerak. Xilxona mashhur shayxning maqbarasiga yaqin bo’lib, shiyponning chetiga tahalib turardi. Dafn marosimidan so’ng akam hech kimga quloq solmay seviklisi habri yonida qoldi. Kechga tomon men uni uyga olib ketgani keldim. Shunda akam tuyqusdan: "U o’lim va qoronqulikdan juda qo’rhardi. Men uning yonida bo’lishim kerak, U mendan shuni iltimos qildi. Uning ruhi to bu dunyoni tark etguniga hadar men qirq kecha-kunduz davomida uninng yonida o’tirishga haror qildim", deb qoldilar. Akamni fikridan haytarish judayam mushkul, shuning uchun ham e'tiroz bildirolmadim. Shutariha akam shiyponda o’tirganicha tlovat qildi, o’zicha Xudoga iltijo qilib, sevgilisining azoblarini

yengillatishni, boqiy dunyoga o’tishini osonlashtirishni o’tindi. Men har kuni akamga yegulik keltirardim. Akam taomga deyarli qo’l tekkizmay, go’rkovlarga berardilar. Ba'zan akam uyiga borib, yuvinib kelishga rozi bo’lar va darhol ortiga haytardi. O’sha kunlarda akam hech kim bilan gaplashishni istamasdi. qizining dardida kuyib ado bo’layozgan ota-onasi ham akamni habristonni tark etishga rozi qilisha olmadi. Kecha akam habristonda o’tkazishi kerak bo’lgan oxirgi tun edi. Mana, aftidan

aytganini qilib, hallig’i huzuriga ketibdi, shekilli. To’satdan Go’zal Anvarovnaning ko’z o’ngida g’alati manzara ro’yo bo’ldi.... Zulmat ha'riga cho’kkan habriston. Tuprog’i qotmagan yangi habr yonida sal egilganicha bir kishi tilovat qilyapti. To’satdan shayxning maqbarasi ichida yorqin shu'la charaqladi va u o’ymakor eshikdan o’tdi. Tilovatdagi kimsa tomon siljigan quvvat ko’lankasi yaqinlishgani sari baland bo’yli. oppoq soqolli mo’ysafid ko’rinishini oldi.

-O’g’lim, uni ortiga haytarish mumkin emas.

U shayxning ko’lankasiga haradi va tili kalimaga kelmay qoldi. U shunchalar o’tingandiki, nihoyat ohi ko’kka yetib boribdi va endi o’zi sodir etgan mo’jizaga ishonishga qodir emasdi. Shayxning arvohi so’zida davom etdi:

-Sening faryodingni ortiq eshitib tura olmayman. Men sening ruhingni o’tmishga- hayotingning u bilan birga yashagan onlariga ko’chirishgagina qodirman. Ammo tanang shu yerda qoladi va istagan paytingda unga haytib, hayotingni davom ettirishing mumkin bo’ladi. Hozir men duo o’qiyman va harshingda eshik paydo bo’ladi. Agar ichkariga kirsang-yaqin o’tmishingga haytasan. Fahat ruhiy hayotingni haytadan boshlash kunini ko’z oldingga keltirsang bas. Agar buni istamasang- qo’lingni duoga ochma. Shayx qo’lini ko’tardi va duo o’qiy boshladi. Ular ikkovi "Omin" deyishdi va qo’llarini yuzlariga tortishdi. Shu zahotiyoq erkakning chalajon tanasi yerga quladi...

****

-Sizga nima bo’ldi? Mazangiz qochdimi?



Go’zal Anvarovna ko’zlarini ochdi va rangi quv o’chgan suhbatdoshini ko’rdi.

-Xuddi hushdan ketib qolgandek bo’ldingiz.

-Yo’q. hammasi joyida, - ayol dilida shayxning ruhiga minnatdorchilik bildirdi. Endi unga xammasi ayon edi. Aftidan, shayx shu yo’l bilan bemorning tanasini ehtiyotlash lozimligini anglatgandi.

-Hikoyangiz uchun rahmat, - dedi ayol va o’zga dunyo bilan muloqotlar keyingi holatini idrokladi. U bugunoq shayx maqbarasini ziyorat etishni ko’ngliga tugdi.

-Ular haqida bilganlarim shu, xolos.

-Yuring. akangizni oldiga boraylik. O’sha yerda unga nima bo’lganini tushuntirishga xarakat qilaman.

****

...U qizning bugun haytmasligini bilardi. U qotil-mashinani to’xtatish mumkin emasligini ham bilardi. U sirli eshikning paydo bo’lishini sabrsizlik bilan kutardi. U uzining bu eshikka hayta-hayta kirishini va mahbubasi harshisida cheksiz marta paydo bo’lishini ham bilardi. Qiz unga salom beradi. Shu damda uning halbidan bir parchasi ajrab chiqib, qizning yuragidan qo’nim topadi. Va, u qizni o’zi uchun yaratilganini anglaydi...



****

Deyarli nafas olmay yotgan bemorning yuzida yengil tabassumga o’xshash holat zohir bo’ldi. Uning siymosi jozibador bir nur taratayotganga o’xshardi. Ammo bu nur va tabassumni fahat billurdek shaffof yurak va halbga ega bo’lgan. muhabbat otlig’ buyuk tuyg’uga oshno tutinganlargina ko’ra olar edilar, xolos. Bularning barini o’z ko’zi bilan ko’rib, baxtiyor bemorining holatini sezib turgan ayolning kipriklariga yirik ko’z yoshlari sizib chihishdi va tez orada yuzlaridan sho’x irmoqchalardek duvillab oqib tusha boshlashdi. Endi g’alati bemorning tepasida uning ukasi va notanish asl ko’z yoshlarini yashirmay, baralla yig’lashardi. Illo, bu ayol o’z bemorining ruhi tanasiga haytishini hech hachon istamasligini va to mahshar kuniga hadar ikki sevishganning ruhlari o’zlari yaratgan jamiatda birga bo’lishlarini aniq bilardi...


Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish