Husan Tursunov Yashinlar aro yo’l



Download 317 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2017
Hajmi317 Kb.
#10785
1   2   3   4   5

HUKM

Quyosh tizimiga nimadir yaqinlasha boshladi. U shunchalar ulkan ediki, soyasi quyoshni to’sib qo’yishiga sal qolgandi. Ichidagi ikki nafar ekipaj a'zosi ham azim gavdalilar edi. Ularga qiyoslansa, inson xuddi virusdek, jilla qursa, bakteriyadek ko’rinardi. Azim gavdalilar ohista suhbatlashayotgan paytda qarshilaridagi ekran jonlanib, rang-barang tasvirlar paydo bo’ldi.

- Uchinchi nuqtada hayotning g’alati turlari mavjud.

- Ha, sen haqsan. Ammo shunchalar mitti bo’lishlariga qaramay ularning xatti-harakatlarida qandaydir qonuniyat mavjudligi ko’rinib turibdi.

- Bu organizmlarning bir turi xuddi qurtlarga o’xshashadi - bechora sayyoraning tanasidagi hamma narsani yeb bitirishmoqchi. Tez orada uni butkul gumdon qilishsa ham ajabmas.

- Qarang-a, ular juda tajovuzkor bo’lib, vaqti-vaqti bilan o’ziga o’xshagan ko’pgina jonzotlarni qirib tashlashar ekan.

Ya'ni, ularni turli galaktikalarda ko’plab uchraydigan vaqshiy organizmlar qatoriga qo’shish mumkin.

- Juda qiziq! To’g`risini aytsam, bu jajji sayyorachaga rahmim kelyapti. U shunaqangi ajoyib va go’zalki!

- O’sha organizmlar juda tez ko’payishadi. Eng qizig’i shundaki, ular tez-tez birga bo’ladilar va ko’pincha bundan maqsadlari nasl qoldirish bo’lmaydi.

- Bu ulardagi ong darajasini ko’rsatarmikan ?

- Yo’q, nazarimda, bunday emas. Mittivoydagi suyuq muhitda ham ularga tabiatan o’xshab ketuvchi va o’ziga xos ong kurtaklariga ega bo’lgan jonzotlar mavjud.

Greg tashnalikdan uyg’onib ketdi. Nazarida tomog’i xuddi qurigan charm parchasi singari tars-tars yorilib ketadigandek, har nafas olishi battar qiyinlashayotgandek tuyulardi. U o’rnidan turib, gandiraklaganicha oshxonaga chiqdi va muzlatgichdan pivo olib, bir ko’tarishda sipqordi.

"Hammasiga viski aybdor, - o’yladi u o’zicha. - Orqa-oldiga qaramay ichaverishni to’xtatish kerak. Agar shu ketishda davom etsa, jigar xastaligidan o’lishim tayin. Boshim tars yorilay deyapti. Shunday jiddiy tajriba oldidan bo’kib ichish shartmidi?".

U o’zini hayolan koyigancha kiyinib, hovliga chiqdi. Salqin okean shamoli uni hushiga keltirdi. Tushunib bo’lmas g’alati quvonch hissi yuragini to’ldirdi. U sevimli qo’shig’ini ming’irlab xirgoyi qilgancha, eskigina "Jip" mashinasining kapotini ko’tardi. Motor moyining anchaginasi oqib ketib, yerda yog’li ko’lmak hosil qilgan, tormoz suyuqligining idishi ham deyarli bo’shab qolgandi. Bularni ko’rib Gregning kayfiyati yana buzildi va u jahl bilan g’ildirakni bir tepdi.

- Jin urgur. Bu shaldiroq aravada uzoqqa borolmaysan.

U moy va tormoz suyuqligidan quydi-da, jahl bilan kapotni yopdi. Motorni o’t oldirganidan so’ng mashina ostidan buruqsib chiqqan quyuq va achchiq tutun "Jip"ni o’rab oldi. Greg delfinariy tomon ketarkan, hamon jahlidan tusholmasdi.

"Birgina mening o’zim ertalabdan tabiatga shunchalik ziyon keltirdim-ki, o’ylasang, vijdoning qiynalib ketadi. Menga o’xshaganlar esa yer yuzida milliardlab bo’lsa... Ularning bari ona tabiatni bulg’atishdan to’xtashmaydi. Agar bir kun kelib,

sayyora bir o’mbaloq oshsa-yu, hammamizni asfalasofilinga uloqtirib yuborsa, sirayam ajablanmayman".

Bnri-biridan noxush o’ylar bilan ishxonasiga yetib kelgan Gregni eng qobiliyatli o’quvchisi - Judi laqabli delfin quvnoq hushtak bilan kutib oldi-da, dumiga tiralganicha gavdasini tikka ko’tarib, shu holatda raqsga tushayotgandek chayhalib,

basseyn bo’ylab g’izillab aylana ketdi.

Voyaga yetgan Judini g’ayrioddiy sinovga tayyorlashayotgandi. Tajriba natijalari delfinlar inson fikrini o’qiy olishini isbotlashi va ularning tafakkuridagi yangi qirralarni kashf etishi lozim edi.

Greg basseyn chetiga yaqinlashdi va Judiga baliq bo’lagini uzatdi. Delfin xo’rakni chaqqonlik bilan ilib oldi va xursandligidan o’mbaloq osha boshladi. Keyin o’zining maydonchasiga sakrab chiqdi va suzgichlarini likillatgancha, ikki

oyoqli do’stining silashini kutaboshladi. Greg Judini erkalatib, g’adir-budir badanini asta silarkan, uqtira boshladi:

- Tantiqlikni bas qil. Nima, bugun imtihoning borligini unutdingmi? Iltimos, o’zingni bosib ol va mashqlarni bajarishga tayyorlan.

Delfin suzgichlarini likillatdi va hushtaksimon ovoz chiqarib bosh silkidi-da, suvga tushdi. Keyin basseyn bo’ylab g’izillaganicha bir aylanib chiqdi va suv havzasining qoq o’rtasiga borib turdi

- Yashavor, azamat!

Greg komp'yuterini yoqdi va ishlashga hozirlandi. Uning do’sti Vendi Shvars bir necha daqiqadan so’ng Venadan onlayn aloqasiga chiqib, Judi uchun oltita mashq majmuasidan iborat topshiriqlarni uzatishi lozim. Gregning vazifasi esa bu xabarlarni o’qib, topshiriq mohiyatini Judiga fikran uzatishdan iborat edi.

Kelishilgan paytda Vendi aloqaga chiqdi va komp'yuter ekranida topshiriqlar satri paydo bo’ldi.

"Salom, Greg! Boshladik. Birinchi topshiriq. Judi katta koptokni olsin va u bilan basseynda doira yasab, aylanib chiqsin. Keyin u koptokni ikki marta xalqaga tushirsin va dumi bilan urib, basseyndan chiqarib yuborsin".

Greg delfinga qaradi va topshiriqni fikran qaytardi. Judi xarakatga kelib, topshiriqni aniq bajardi: koptokni dumi bilan urib chiqarib tashlaganidan so’ng yana basssyn o’rtasida muallaq qoldi.

Shu tariqa delfin beshta topshiriqni bexato bajardi. Oltinchi xabar negadir kechikib, hadeganda kelavermadi. Greg go’shakni ko’tarib, Vendiga qo’ng’iroq qildi.

- Hozircha hammasi zo’r ketyapti. Nega so’nggi topshiriqni jo’natmayapsan? - so’radi Greg.

- Iltimos, shoshirmay tur. Bironta murakkabroq narsa o’ylab topay. Bir necha daqiqadan so’ng jo’nataman. Kutinglar.Greg komp'yuter ekranidan nigohini uzib, Judiga qaradi.

"Aql bovar qilmaydi. Qanday qilib biz - insonlar, Yerning xukmdoriga aylanib qolganmiz-a? Delfinlar esa insonlardan-da ancha kattaroq aqliy salohiyatga egaligi aniq-ravshan ko’rinib turpbdi".

Ayni shu paytda yana harakatga kelgan Judi uning hayollarini bo’ldi. U keskin dumiga tayanib, qaddini tik tutdi- da, g’izillagancha basseynni bir aylanib chiqdi. Keyin turli rangdagi koptoklar yoniga suzib keldi va faqat qizil ranglilarini tanlab, basseyn chetiga chiqarib tashladi; ikkita katta oq koptokni galma-galdan goh dumi, goh burni bilanp urib, halqadan o’tkazdi, uch marta katta halkadan va ikki marta kichik halkadan o’tdi, besh marta ungga, yetti marta chapga o’mbaloq oshdi va nihoyat, Gregning qarshisida to’xtab, uch marta dum suzgichi bilan unga suv sepib yubordi. Boshdan-oyoq shalabbo bo’lgan Greg sapchib o’rnidan turdi, ung qo’lining ko’rsatkich barmog’i bilan Judiga po’pisa qilib, noroziligini namoyish etdi. Shosha-pisha sochiq bilan artinarkan, Vendining ekranda yozilayotgan so’nggi topshirig’ini o’qiy boshladi.

Soniya o’tgani sayin Gregning taajjubi orta boshladi. Ma'lum bo’lishicha, bir necha daqiqa muqaddam Juli bu yerdan minglab chaqirim uzoqlikda bo’lgan Vendining ongida paydo bo’layotgan topshiriqning barcha mashqlarini to’liq bajargan ekan.

Topshiriqning so’nggida u delfin do’stining kiyimini ho’l qilganligi uchun uzr ham so’ragandi.

"Qoyil! Endi buni qanday tushunish kerak? - o’yladi Greg. - Yo’q, bu senga exolokatsiya emas. Bu - juda g’ayrioddiy hol.

Aftidan, delfinlar kelajakka mo’ralash qobiliyatiga ham ega shekilli. Nahotki? Bizning ularga yetishimizga yo’l bo’lsin...

Eh, menda ham shunaqangi qobiliyat bo’lganidami? har xil lotereyalarda millionlab dollarlarni yutib olgan bo’lardim.

"Kim millioner bo’lishni istaydi?" singari o’yinlarda o’z qobiliyatim bilan barchani lol qoldirardim va yana bir dunyo pul ham yutib olardim..."

Xom hayollar og’ushiga g’arq bo’lgan Greg delfinning hayritabiiy chinqirishidan o’ziga keldi. Judi suvni shaloplatgancha, tanasini kuch bilan basseyn devoriga urardi. Uning yonboshida katta jarohatlar paydo bo’lib, sharillab oqqan qon suvni alvon tusga bo’yay boshlagandi...

- ha-a, ba'zi jonzotlar o’zi yashayotgan muhitni ongli ravishda muharrar o’limga mahkum etishadi. Aslida, u yerda boshqa, ulardan-da afzalroq va, nazarimda, yashash uchun munosibroq jonzotlar ham mavjud bo’lishi mumkin. hozir ushbuning haqiqat ekanligiga yana bir marta amin bo’ldik.

- Unda hozircha bu hududda o’sha jonzotlar yashay qolishsin.

Menimcha, bu nuqtaga juda ko’p vaqt sarflayapmiz-da...

Greg jazavaga tushgan Judini tinchlantirishga harchand urinsa-da, buning uddasidan chiqolmadi va jonivorning mazkur xatti-harakati sababini topolmadi. Nihoyat, delfin bir oz tinchlandi va Gregning qulog’iga okean tomondan kelayotgan



g’ayrioddiy guvillash tovushi eshitildi. U tashqariga yugurib chiqdi-yu ... dahshat va hayratdan qotib qoldi. Okean suvlari balandligi osmono’par binolardek ulkan to’lqinlarni hosil qilib, ufqni devor kabi egallab, dahshat ila quruqlik tomon bostirib kelishardi...
Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish