Husan Tursunov Yashinlar aro yo’l



Download 317 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2017
Hajmi317 Kb.
#10785
1   2   3   4   5

YASHINLAR ARO YO’L

Qo’qhisdan yuz bergan tungi gumbirlash ovozi uyqudagi Alisherni garang qilayozdi. Uning yuragi tez-tez ura boshladi. Avvaliga u hovlidagi elektr podstansiyasi portlagan bo’lsa kerak, deb o’yladi. Bir kuni hishda uning tomidan chakka o’tganida shunday holat yuz bergan edi. Lekin "yarq" etib chaqnagan yashin uning tahminlari noto’griligini ko’rsatdi. Kuchli shamol ko’tarilib, bir nechta qo’shni uylarning oynalari qarsillab sindi. Yirik tomchilar paydo bo’lib, yomg’ir sharillab quya boshladi. Momaqaldiroq gumburlab, chaqnagan yashin tillari ulkan chiroqdek zim-ziyo tun qo’ynidagi ko’p qavatli uylarning suvratini bir zumga yoritardi. Atisher yuragining tinchlanishini kutdi, keyin ozon bilan boyigan havodan chuqur nafas olib, oynani berkitdi va laboratoriyasiga o’tdi. Lang ochilib yotgan xona ichidan yorqin nur taralib turardi. "Yong’in!" deb o’yladi Alisher va ichkariga yugurdi. U xona ichida kattalasha boshlagai ko’kimtir sharni ko’rdi, ammo nimalar bo’layotganini tushunisha ulgurmayoq u bilan to’qnashib, qattiq zarb ta’sirida burchakka otilib ketdi va boshi bilan shkafga urildi. "Nahotki bu sharsimon yashin bo’lsa?" o’yladi u hushini yo’qota turib...

Alisher yoshligidan uzluksiz energiya ishlab chiqara oluvchi abadiy dvigatel yaratishni orzu qilardi. Maktabda o’qib yurganidayoq bu sohada yaratilgan sanoqsiz qurilmalarni tahlillab chiqdi. O’zi qandaydir yangi narsa ixtiro qilish istagi uni sira tinch qo’ymasdi. Ba'zan tushkunlikka tushsa ham, qalbining allaqaerida bu masalaning yechimini borligi va aynan o’zi shunday mexanizmni yarata olishga qodir ekanligiga bo’lgan ishonch yana alangalanardi.

Maktabda uni "fizik" deb atashardi. Bu uning fizikaga qizihishi va... qizlarga umuman e'tibor bermasligi bilan ham bog’liq edi. Ha, u "lirik" emasdi va faqat o’z orzulari og’ushida yashardi. Baland bo’yli, hushro’y, a'lochi, qolavsrsa, maktabning shaxmat bo’yicha chempioni va eng yaxshi basketbolchisi bo’lgan yigitga ko’p qizlar ko’ngil qo’yishardi. Ulardan ba'zilari dugonalari orqali unga dil izhori ham qilishardi. Lekin Alisher faqat o’z orzulari bilan yashab, hamma vaqtini kutubxonalardagi kitob javonlarini titkilab o’tkazardi. Ota-onasi komp'yuter olib berganlaridan so’ng u soatlab

Internetdan chiqmay, o’zini qiziqtirgan ma'lumotlar bazasini yarata boshladi. O’sha vaqtlarda u yaratilishi lozim bo’lgan qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipini tasavvur qila olmasdi. Bu narsalar unga universitetda o’qiy boshlagan kezlarida ilk bor ayon bo’ldi.

Birinchi kursda talabalar Alisher va fizika o’qituvchisi - yosh professor Nig’monov o’rtasidagi savol-javoblar raqobatini qizihish bilan kuzatishardi. Alisherdek iqtidorli talabaning ko’plab kutilmagan savollari manaman degan o’qituvchini ham

dovdiratib qo’yishi mumkin edi. Lekin Moskva fizika-texnika institutini tamomlab, Angliyadagi qachonlardir shaxsan Rezerford tomonidan asos solingan laboratoriyada malaka oshirib, nazariy fizika bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini qoyillatib himoya qilib kelgan Nig’monov ham anoyilardan emasdi. Va, talabalarning fikricha, tafakkurlar to’qnashuvida yosh professorning posangisi bosibroq turardi. U aniq va lo’nda javoblarini boshqa talabalarga ham tushunarli qilib yetkaza olardi. Kunlarning birida yuz bergan voqea Alisherning izlanishlari shakllanishiga sabab bo’ldi.

Gazlarning fizikaviy xususiyatlariga bag’ishlangan ma'ruzasini tugatgan Nig’monov doimgidek talabalarning savollarini kutardi. Lekin bu safar ham talabalar og’izlariga talqon solgandek jim qolib. allanimalarni yozib o’tirgan Alisher tomon boqib, umid bilan mo’ltirashardi.

Nihoya, professorning o’zi u tomon yaqinlashib, so’radi:

- Sizning savolingiz bormi?

Alisher qog’ozlaridan bosh ko’tarib, formulalar bilan : doskaga tikilganicha o’rnidan turdi.

- Siz molekulalar tinimsiz xarakatlanib, sanoqsiz marta bir-birlari va idish devorlari bilan to’qnashib turadilar, dedingizmi?

Bu vaqt davomida doska yoniga qaytib ulgurgan ustozi tasdiq ma'nosida bosh silkidi.

- Molekulalar bu uzluksiz energiyani qaerdan olishadi?

Auditoriyaga suv quygandek sukunat cho’kdi. Nig’monov jilmayib,bosh chayqadi.

- Men buni bilmayman. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsam,buni faqat xudo biladi, - Nig’monov talabalar orasida boshlangan shivir-shivirga e'tibor bermay, gapida davom etdi. -

Fizikada oq dog’lar, ya'ni, yechimi topilmagan muammolar juda ko’p. Bugunga kelib ham olimlar gravitatsiya, elektr-magnetizm, elementar zarrachalar tabiati kabi ko’plab masalalar mohiyatini to’liq anglab yetishmagan. Bugungi fanni ochilmagan poyonsiz qo’riqqa qiyoslash mumkin. Ishontirib aytamanki, "fizikadagi barcha kashfiyotlar qilib bo’lingan" deguvchi olimlar mutlaqo noxaqdirlar.

Hanuzgacha joyiga o’tirmagan va biroz hayajondagi Alisher savol berishda davom etdi.

- Molekulalarni tartibli xarakat qilishga majburlash ehtimoli bormi? Men ularning o’z kinetik energiyasini nazarda tutayapman.

- Bu olovni bo’ysundirishdan ham qiyinroq masala, - dedi Nig’monov. - Dunyodagi nom chiqargan ilmiy laboratoriyalar ko’p yillik tadqiqotlarga qaramay xanuzgacha bu sohada arzigulik natija ololmaganlar.

- Balki bu masala yechimini bizning "Eynshteynimiz" topar? - dedi talabalrdan biri.

- Shubhasiz, shunday bo’lishi ham mumkin, - dedi Nig’monov Alisherga "o’tiring" degandek ishora qilib. - Har bir insonda avvaldan ma'lum aqliy salohiyat mujassamlangan. Men yosh ilmiy xodim bo’lgan paytimda mamlakatimizdagi g’aroyib insonlar xaqida ro’znomalarga ko’p maqolalar yozganman. O’rta maktabni tugatgan Farhod ismli yigit to’kilgan paxtani tera oluvchi yangi shpindelga patent olgan. Yana u oqim energiyasi hisobiga ishlab, suvni cheksiz balandlikka uzatib bera oluvchi nasos ixtiro qilgan. Oddiy, nafaqadagi injener choyxonadan bo’sh vaqtida samolyotlar uchun reaktiv dvigatelning mutlaqo yangi turini yaratib, bu sohada yetakchi bo’lgan davlatlarda patentlagan. Akademik va professorlar bu ilmiy echimlarning oddiyligidan rosa hayratga tushishgan. Yaqinda sizning rossiyalik tengdoshingiz avtomobil dvigatelining mutlaqo yangi konstruksiyasini ixtiro qilgan va uni minglab mutaxassislari bo’lgan korxonalar sotib olishdi. Fan tarixidagi ko’plab olamshumul ixtirolarni diletantlar, ya'ni shunchaki qiziquvchilar amalga oshirishgan. Izlaganga tole yor, deyishadi. Har biringiz biror yangi narsani ixtiro qilishingiz mumkin. Buning uchun esa intilib yashash lozim.

O’sha kuni Apisher basketbol o’ynay turib, sakrayotgan koptokni molekulaga qiyoslab, uzoq kuzatdi. Natijada, o’z fikrlari bilan band bo’lgan Alisherning komandasi mag’lublik alamini totdi.

O’yin tugaganidan so’ng odatga ko’ra do’stlari bilan birgalikda hiyobondagi kafega borishdi.

- Sening hayolparastliging oqibatida biz bugun yutqazdik, -

dedi mallasoch Usmon.

-Biroq bugun u professorni mag’lubiyatga uchratdi,- dedi to’ladan kelgan Rauf kotlet chaynarkan. - Yashavor, do’stim! Hisob sening foydangga biru-nol'.

-Sen molekulalarni nima qilmoqchisan? - o’zini jiddiy tutishga urinib, o’smoqchiladi hazilkash Abbos.

- O’ttiz-qirq yildan so’ng sayyoramizdagi neft' va gaz zaxiralari tutashi hammaga ma'lum. O’shanda hech kimga oson bo’lmaydi. Bu barchaga taalluqli bo’ladi va biz hozirdan global energetik inqirozga tayyorlanib borishimiz lozim, - Alisher bu mavzu o’rtoqlari uchun qiziq bo’lmasligini anglab turardi.

- Shu ham muammomi? - so’z qotdi Usmon. - O’sha vaqtga kelib kimdir yangi quvvat manbaini topadi va biz uni sotib olamiz.

- Buning bahosi qhancha bo’lishini tasavvur qila olasanmi? - Rauf ko’rsatkich barmog’i bilan yuqoriga ishora qildi. - Hozirning o’zida neft' va gaz bahosi atrofida turli mojarolar bo’lmoqda. Nima bo’lganda ham Alisher xaq ko’rinadi. Biz qirq yoshllarlan so’ng otaxonlar choyxonasida yotib, suyaklarimizni qanday qizdirish haqida hozirdan qayg’urishimiz lozim.

Hammalari Raufning aytganlarini bir zum tasavvur qilib, qah-qah otib kulib yuborishdi. Nazarlarida qarilik ularni chetlab o’tadigandek edi.

- Menda boshqa taklif bor, - Abbos kompotni dast ko’tarib ichib, lablarini artdi. - Bu molekulalardan kotlet yoki...- u atrofdan kelayotgan islarni hidladi, - qovurilgan jo’jani sintez qilishning iloji yo’qmikan? Qirq yildan so’ng ham odamlar mazali ovqatni suyib iste'mol qilishsa kerak. Asosiysi, biz, qoramol, qo’y, jo’ja kabi jonivorlarning hayotini saqlab qolamiz.

- O’sha vaqtgacha pul yig’ib, Afrika yoki Avstraliyaga jo’nab ketish ma'qulroq emasmi? - dedi qorachadan kelgan, ozg’in, do’stlari hazillashib "polvon" deb atashadigan Mo’min.

- Hammayam ko’chavermaydi-ku, - dedi Alisher. - Qolaversa, bizsiz ham millionlab insonlar sovuq o’lkalardan ketish istagida bo’lishlari aniq. Shunday vaziyat yuz bersa, ayozli hish kunlarida bizning farzandlarimiz va nabiralarimiz sovuqdan aziyat chekishlari mumkinligi haqida kim o’ylashi kerak? Vatanimiz kelajagi haqida biz hozirdan qayg’urishimiz va uning rivojlanishi uchun baholiqudrat harakat qilishimiz lozim.

Shu payt, qo’shni stol atrofida qizlarning sho’x kulgusi yangrab, yigitlarning e'tiborini tortdi. Alisherning nigohi oq libosli qizda to’xtadi. Uning ingichka lablari va bejirim burni, qora qoshlari va shahlo ko’zlari, jingalak sochlari sohibasiga ajib bir malohat baxsh etib turardi.

- Nahotki bu amalga oshdi? - so’radi bu manzarani zimdan kuzatib turgan Abbos. - Qaranglar-a, bizning "fizik" oshiq bo’lib qoldi!

- Bo’lmagan gap, - dedi Usmon bo’sh likopchani nari surib. - Osmon uzilib yerga tushsa ham bizning do’stimiz qizlar tomon qiyo boqmaydi.

Bu payt qizlar guruhi eshik tomon yo’naldi.

- Menga qara, og’ayni, - dedi Rauf Abbosga.-Zing’illab borib, o’sha qiz haqidagi barcha ma'lumotni bilib kel. Do’stlar har qanday sharoitda ham bir-birlariga yordam qo’lini cho’zishlari zarur.Abbos qizlarning ortidan ketdi. O’ng’aysizlanib qolgan -Alisher do’stlaridan ko’zini olib qochib, suhbatni davom ettirishga urinib ko’rdi:

- Fikrimcha, eng yaxshisi, vakuum yoki yo’naltirilgan molekulalar ta'sirida elektr toki ishlab chiqara oluvchi generator yaratgan ma'qul.

- Demak, hozirgi elektr toki generatorlaridagi yonilg’ini vakuum yoki siqilgan havoga almashtirsa bo’ladi, demoqchimisan? -so’radi Mo’min.

-Hozircha bu g’oya, holos, - dedi Alisher xursand ohangda. - Men shunday qurilmani ixtiro qilish uchun laboratoriya yaratmoqchiman. Hozircha uni qaerda ochishni bilolmay turibman.

- Ilk komp'yuterlar ixtirochilari garajlarda ijod qilishgan, - luqma

tashladi Rauf.

Abbos halloslab kelib, Alisherga bir parcha qog’oz uzatdi.

- Bu yerda uning ismi va guruh raqami yozilgan. Yuridik institutda tahsil olishar ekan. Hamma qonunlarni yod olishayotgan bo’lsa kerak.

Bunday bilag’on qizga uylanishni dushmanimga ham ravo ko’rmayman.

- Sendaqa masxaraboz bilan turmush qurish ishtiyoqida yurganlar ham ko’p bo’lmasa kerak, - dedi Rauf. - Bo’pti, biz ham turdik. Sen esa, Alisher, imkoniyatni boy berma. Erkak kishi o’z qovurg’asidan yaratilgan ayol bilan har kuni to’qnash kelavermaydi.Nazarimda sizlarning suyaklaringiz tarkibi birdek tuyuldi.Hamma kulib yubordi va Abbos do’stini qo’llashga urinib ko’rdi:

- Uning ismi Barno va u ham dugonalari orasida yetakchi ekan. Qizlardan birining so’ziga qaraganda, ko’p yigitlar rosa urinishib, hanuzgacha uning yuragiga yo’l topa olmabdilar.

- Unda mening maslahatimga quloq sol, do’stim, - dedi Mo’min.

-Bunday qizlarning boshini aylantirish juda mushkul. Ular o’zgacha fikrlashadi va bu masalaga boshqacha yondoshuv talab qilinadi. Men senga biror ishqiy she'r, esse yoki shunga o’xshash narsa to’hishni va muhabbatga to’la satrlar orqali uning qalbiga yo’l topishni maslahat beraman. Agar qo’lingdan kelmasa bir og’iz ayt, - Mo’min do’stining yelkasiga qoqdi, - qotirib tashlaymiz.

Alisher qog’oz parchasini cho’ntagiga soldi, ammo do’stlarining haziliga e'tibor ham qilmadi. U bugun mo'jiza ro’y berganini - orzusi yechimining tasavvuridagi in'ikosi qalbini sevgi uchun ochib berganini his etib turardi.

Bu voqeadan so’ng Alisher o’sha kafega tez-tez kirib, Barnoni kuzatib o’tirishni odat qildi. Uning dugonalari Alisher tomon qarab hiringlashar, nimalarnidir pichirlashishardi. Barno esa unga umuman e'tibor bermasdi. Alisher bir necha marta qizni institut yonida poylab, gapga solishga urinib ko’rdi. Yo o’zining no’noqligi yoki qizning g’ururi tufayli bu urinishlari natija bermadi. Shunday qilib, oradan bir oy o’tib ketdi. Uhishdan kelganidan so’ng Alisher buyum bozoridan sotib olgan eski generatorlarni hismlarga ajratish bilan mashg’ul bo’lardi. Ko’p o’tmay ularni qo’l ostidagi materiallardan yig’ishni o’rganib oldi. Endi o’qni aylantiruvchi hism tuzilishini o’ylab topish kerak edi. Lekin Barno bilan yaqindan tanishish istagi bir daqiqaga ham uning hayolini tark etmasdi va u nihoyat qizga noma yozishga qaror qildi.

Uning nazarida seviklisi baland qoyada mag’rur turar va u tomon qarashni istamasdi. Ruchkani chaynay-chaynay do’stlarining maslahatini esladi. Tongga yaqin mo'jazgina muhabbatga yo’g’rilgan esseni yakunladi, matnni komp'yuterda terib, xatolarini to’g’riladi va hayajon bilan o’zining ilk adabiy asarini o’qiy boshladi.
Qoya

U baland qoya ostiga kelib, uning cho’qhisiga nazar tashladi. Bulutlardan balandda, mag`rur tanholikda uning sevgilisi turardi. Qizning birgina nigohqi uchun u jonini ham berishga tayyor edi. Unga o’z sevgisi haqida aytish uchun qoya cho’qhisiga

chihishi lozim edi va u hech ikkilanmay balandlikni zabt etishga kirishdi.

Quyoshning iliq nurlari yonoqlarini siypalab, yordam berishga urinardi. Shamol esa uni turtib yuborishdan qo’rqib, butun qudratini daraga yo’naltirdi. Bir necha soniyadan so’ng uning tanasini oshiq qalb iforidan mast bo’lgan ajib va go’zal

kapalaklar o’rab olishdi va shu zahotiyoq vodiy gullariga uning ilohiy tuyg’ularini yetkazish uchun uchib ketishdi. Odamlar ko’zidan berkinishni odat qilgan bulbullar esa toshlar aro tomir otgan shoxlarga qo’nib, ishqqa to’la qo’shiqlari ila

mashaqqatli ko’tarilishga quvvat baxsh etishardi. U oshiq tabiat mo'jizasi bilan uyg’unlashib, ancha tepaga ko’tarilganini ham sezmay qoldi; qiyinchshik bilan nafasini rostlab, cho’qqiga qaradi va quyosh nurlarida uning ta'rifga sig’mas go’zal ko’zlari, go’zal siymosi va nurga to’la jilmayishini ko’rdi. Sevgilisi qaylargadir, uzoq-uzoqlarga tikilar va xuddi uni his etmayotgandek edi. Lekin shunday go’zal va katta qorachiqlarda qoya osti aks etmayotganiga ishonish qiyin edi. Bu ko’zlarning birgina nigohi mo'jiza yaratishga va undan kuch olgan muhabbat tuyg’usi yerning tortish kuchini yengib, uni o’z qanotlarida qoya cho’qqisiga, sevgilisi yoniga ko’tarishga qodir edi. U tomrlarida taralgan muhabbat tuyg’usidan zavqlanib, yangi kuch bilan tepaga intilishda davom etdi. Toshlarning o’tkir qirralari kaftlarida chuqur yara hosil qildi va qurib qolgan butalarga uning qoni tomib, mo'jiza yuzberardi: qon tomchilari alvon gullarga aylanardilar va bu gullarning hushbo’y isi va go’zalligidan mast bo’lgan bulbullarning ilhomi qaynab, yanada to’lib-toshib, muhabbat qo’shig’ini kuylardilar.

Axiyri u katta do’nglikka yetdi, umid va muhabbat bilan yaqin qolgan cho’qqiga nazar tashladi, U sevgilisining birgina nigohini, balki, daqiqalik e'tiborini kutardi. Shamol esa nigohi hamon boshqa tomonlarda bo’lgan sevgilisining sochlarini siypalardi.

U o’z baxti yo’lidagi oxirgi to’siqni zabt etishga qaror qildi. Lekin oldinda qariyb tekis devor bor edi va u sezilmas bo’rtiqlarga tirmashib, asta-sekinlik bilan yana cho’qqi tomon intildi. Pastdagi sovuq daradan ulkan bulut parchasi ko’tarila boshladi; tezda u juda mayda va shaffof suv tomchilari og’ushida qoldi, mashaqqat bilan muvozanat saqlab, cho’qqiga yetishga urinib ko’rdi. Lekin urinishlari zoye ketdi va u quyoshni kutib, qimirlamay qoldi. Quyuq tuman uni o’z og’ushidan chiqarmasdi va u sevgilisini qayta ko’ra olmadi.

Birdaniga u sovuq qotdi. Muzdek suv tomchilaridanmi, quyosh nurlari tark etganidanmi, nazarida, yuragi to’xtab qolganidanmi vujudi soviy boshladi. Uvushib qolgan qo’l va oyoqlari toshlar uzra asta-sekin sirpana boshladi. Uni sovuqlik qurshab oldi, endi unga baribir edi va u qoyadan pastga quladi...

Asarining yakuni juda fojialidek tuyuldi. U o’zining jarlikka qulayotganini his etdi... lekin o’zgargirmaslikka qaror qildi. Chunki ayni shu damda sevgilisining munosabatiga nisbatan unda ham g’urur, ham ukinch hissi uyg’ongan edi. "Unda meni

qutqarish imkoniyati bor" deb hayolidan o’tkazdi Alisher. "Agar qutqarmasa-chi?" Alisher uf tortdi va... yuragining allaqayerida yana shirin orzular uyg’onganini his etdi. "Men tarki dunyo qilib, kashfiyotlarim olamida yashay boshlayman".

Ertasiga u Barnoni metro yonida kutib turdi va qiz ko’rinishi bilan dadil u tomon yurdi.

- Men qizlarning bunchalik band bo’lishlarini bilmas ekanman.

- Zamon shunaqa, - dedi Barno yurishdan to’xtamay.

- Sizning ismingiz Barno ekanini bilaman. Men esa Alisherman.

- Tanishganimdan xursandman, - Barno to’xtaydiganga o’xshamasdi.

- Men siz xaqingizda kichik hikoyacha yozdim, - Alisher qizga buklangan qoqozni uzatdi. - Olavering, qo’rqinchli joyi yo’q.

Qiz to’xtab, uning ko’zlariga tik qaradi:

- Hali siz yozuvchilik ham qilasizmi?

Uning o’tli nigohidan Alisherning hushi boshidan uchayozdi.

- Y-yo’q. Ba'zida biron narsa to’qimasam...

- Mayli, o’qib ko’ramiz, - Barno qog’ozni olib, metro eshigi tomon yurdi. - Men seminarga shoshayapman. Keyingi safar uchrashganimizda adabiy mashqingiz haqidagi fikrimni albatta aytaman.

Shu bir zumlik muloqot ham Alisherni cheksiz baxtiyor qilgandi. U asarini fikran takrorlar va uning satrlari sevgilisini xafa qilib qo’ymasligiga umid qilardi.

Oradan ikki kun o’tib, ular yana kafeda uchrashishdi va Barno unga essesini qaytarib berdi. Qoqozning tagida chiroyli dastxat bilan "Men uning qulashini istamayman" deb yozilgan edi.

Alisher uchun ushbu satrlardan qimmatliroq narsa yo’q edi olamda. O’sha kuniyoq u asarining davomini yozdi: sevgilisining nigohi mo’'jiza yaratib, toshlarga urilishidan bir daqiqa oldin yigit yuqoriga - cho’qqi tomon parvoz qilgan edi.

Bakalavriatura tugagunicha ular qariyb har kuni birga bo’ldilar. Keyin Barno magistraturada tahsil olish uchun Fransiyaga ketdi...

Mana, uni tugallaganidan so’ng oradan ikki yil o’tdi va u xalqaro huquq bo’yicha doktorlik dissergatsiyasini yoqlash arafasida.

Alisher universitetni tugallab, yirik qo’shma korxonaga ishga joylashdi. Ko’p o’tmay o’ziga uy va mashina sotib olib, ota-onasidan alohida, sevgilisini kutib yashay boshladi. Do’stlaridan Usmon va Abbos tadbirkorlikka berilib ketdilar.

Faqat Rauf va Mo’min Alisher kabi o’z soxalari bo’yicha ishlashardi, lekin qay sohada ishlashlaridan qat'i nazar, ular o’rtasidagi do’stlik rishtalari saqlanib qolgandi.

... Alisher asta-sekin o’ziga kela boshladi va ko’z oldidagi parda orqali sodir bo’lgan voqeani anglashga urinardi. U sharsimon yashin bilan to’qnashganini eslab, qimirlashga ham cho’chirdi, chunki qayerdadir bunday voqeadan so’ng odamlarning halok bo’lgani yoki bir umrga majruh bo’lib qolgani haqida o’qigan edi. Avval u oyoq va qo’lining barmoqlarini qimirlatib ko’rdi, keyin asta boshini ko’tarib, o’tirdi va qo’llari bilan tanasini paypasladi, shunda ensasida yong’oqdek g’urra paydo bo’lganini payqadi. U tahlikaga tushib o’tirmay, go’shakni oldi va do’sti Raufga qo’nqiroq qilib, vaziyatni tushuntirdi. Oradan ko’p o’tmay Rauf va Abbos uning tepasida o’zlari bilan olib kelgan tez yordam shifokorining hulosasini kutardilar. Havotirli hech narsa topmagan vrach Alisherga bir necha kun yotib dam olishni tavsiya qildi.

- Xayriyat, bu sharsimon yashin emas ekan, - dedi Rauf.

- Bilmadim, - Alisherning ovozi bo’g’iq chiqdi. - U katta edi va ko’kimtir tusda tovlanardi. Menimcha, laboratoriyani yana bir ko’zdan kechirib chiqishimiz kerak, shekilli. Shunday narsa mening ensamdagi g’urraga aylanib qolmagandir, - u boshiga bosib o’tirgan mis tangani olib tashlab, o’rnidan turdi.

- Yo tavba, qoyil!

Laboratoriyadan Abbosning hayrat to’la ovozi eshitildi. Bu uning navbatdagi haziliga mutlaqo o’xshamasdi. Xonaning hamma tomonida kul sochilib yotardi. Sirli sharsimon narsa maketning bir qismini yondirib yuborib, komp'yuter qobig’ida qora iz

qoldirgandi.

- Ha, sen g’urrangdan bir oz qimmatroq narsalarni ham orttirganga o’xshaysan, - dedi Rauf. - har safargidek komp'yuterni o’chirishni unutibsanda?

- Buni yasashga qancha pul sarflaganding? - Abbos atrofga tikilib, maket parchalarini izlardi.

- Juda ko’p, - Alisher ruhan toliqqandek edi. - Nahotki komp'yuter ham ishdan chiqhan bo’lsa?

- Buni endi aniqlaymiz, - Rauf asboblarini olib, komp'yuter g’ilofini yecha boshladi. - Men hotirasini tiklab beraman. Hunarim shu ekanini bilasan-ku.

- Ma'lumotlarim bazasini yo’qotmasam bo’lgani. Ikki haftadan so’ng yangi modelni sinamoqchi edim. Bu ishlar menga nasib qilmagan bo’lsa kerak.

-Kallang butun-ku,- Abbos ayni shu damda do’sti yordamga muhtoj ekanini his etib turardi. - Demak, gap bunday. Biz Usmon bilan yangi maket xarajatlarini o’z bo’ynimizga olamiz. Rauf va Mo’min qismlarni yasash va qurilmani yig’ishda yordam

beradilar. Kerak bo’lsa aviatsiya zavodi va koinot uchun ishlovchi korxonalar mutaxassislarini jalb etamiz.

Bu voqeadan bir necha kun o’tib, do’stlari Alisherga yangi komp'yuter yig’ib berishdi. Rauf avvalgi xotira blokining kichik bir qisminigina tiklashga muvaffaq bo’lgandi. Bu ma'lumotlarni ko’ra turib, Alisher "Yangi maket" deb nomlangan papkani topib oldi. Xarchand urinsa ham uni qachon yaratganini eslay olmadi. Sharsimon ob'yekt bilan sodir bo’lgan o’sha voqeadan so’ng u ba'zi narsalarni eslashda qiynala boshlagandi. Tavsif va texnik chizmalar orasida uning Barnoga yo’llagan satrlari ham bor edi va aynan shu yozuvlarni o’qib, bu ma'lumotlarni o’zi yaratganiga ishonch hosil qildi. O’ta mukammal va yangi yechimlar mag’zini chaqqan Alisher o’zi orzu qilgan qurilmasiga juda yaqin ekanidan xursand bo’ldi. Yangi nusxani yaratishga juda ko’p vaqt va mablag’ sarfladi. Izlanishlari og’ushida qolgan Alisher vaqtincha ishdan bo’shab, dam olmay mehnat qila boshladi. Do’stlarining moddiy yordamiga qaramay, qurilmaning qimmatbaho qismlarini yaratishga pul yetmadi va Alisher mashinasini ham sotishga majbur bo’ldi.

Yangi model bekamu-ko’st bo’lib, ko’plab texnik yechimlar nom chiqargan olimlarning tushiga ham kirmagandi. qurilma aylanuvchan o’q bilan birlashuvchi ikki qismdan iborat edi. Birinchisi molekulalarni tuynukli tezlashtiruvchi vakuum-magnit-rezonans kamerasi bo’lib, ikkinchisidan elektr toki ishlab chiqaruvchi oddiy generator joy olgandi. O’qning qisqa muddatli majburiy aylanishi natijasida elektr toki ajralib chiqa boshlardi. Bu quvvatning bir qismi zarrachalarni majburiy xarakatlantiruvchi kichik quvvatli "yashin"ni yaratishga sarflanardi. qolgan elektr quvvati qurilmaga ulangan lampochkani yoritishi lozim edi. qurilma tayyor bo’lganidan keyingi o’tgan ikki oy ichida Alisher uni ishlatishga behuda urindi. Ba'zida qurilma abadiy ishlash rejimiga o’tib, lampochka uzluksiz nur tarata boshlaydigandek tuyular, ammo ko’p o’tmay o’q aylanishdan to’xtar va u o’chib qolardi.

Shunday omadsiz tajribalarga to’la kunlarning birida Barno qo’ng’iroq qildi.

- Meni tabriklashingiz mumkin! Dissertatsiyamni yoqladim.

- Tabriklayman, azizam! himoya qanday o’tdi?

- Ishimga yuqori baho berishdi. Ha, yana bir yangilik. Meni Parijga, YUNESKO ofisiga ishga taklif etishdi.

- Men seni rosa sog’indim. qachon kelasan?

- Bir oylarda borib qolsam kerak. O’zingizning ishlaringiz yaxshimi? Men nufuzli ilmiy jurnalda tadqiqotlaringizga berilgan ijobiy taqrizni o’qidim.

- Yana qanaqa taqriz? Mening izlanishlarim natija berganicha yo’q. Men bu tadqiqotlarni to’xtatib, oddiy odamlar kabi yashamoqchiman. Ertagayoq ishga joylashib, to’yimizga tayorgarlikni boshlamoqchiman.

- Men sizga bu maqolani jo’natib yuboraman. U qanday qilib mening elektron adresimga tushib qolgani ham qiziq.

Siz yuborgan bo’lsangiz kerak, deb o’ylagandim. Balki do’stlaringiz hazillashishgandir?

"Abbos bo’lsa kerak" o’yladi Alisher.

- Uni menga hoziroq jo’natib yubor. Demak, kelishdik! Men esa sening qaytishingga tayyorgarlik ko’raman.

Bir necha daqiqadan so’ng Alisher o’z talqiqotlari xaqidagi g’aroyib maqolani o’qirdi. Ingliz tilida yozilgan qishacha ma'lumot nusxasi qandaydir ilmiy jurnaldan ko’chirib olingandi. Unda yosh olim Alisher Umarovning kelajakni o’zgartirib

yuborishi mumkin bo’lgan olamshumul ixtirosi haqida yozilgandi.

"Nahotki bu Abbosning hazili bo’lsa? - xayolidan o’tkazdi Alisher. - U maqolani Barnoga qachon jo’natib ulgurgan? Men uning adabini berib qo’yishim kerak. Go’xta, to’xta... U ingliz tilini yaxshi bilmaydi-ku?! Maqolaning yozilish uslubi ham jula

boshqacha. mutaxassis odam yozgani ko’rinib turibdi. Bu yerda qandaydir sir bor"...

Alisher noma'lum muddatga o’z tadqiqotlarini to’xtatib, maketini bir chekkaga olib qo’ydi. qiyinchilik bilan yangi ishga joylashib, qallig’ining kelishiga tayyorlana boshladi.

Samolyot Parijdan erta tongda uchib kelishini bilgan Alisher, aeroportga chiqish vaqtini belgiladi, uxlab qolishdan qo’rqib tun bo’yi chiroqni yoqib, soatiga qarab chiqdi va... tongga yaqin qotib uxlab qoldi.

Uning tushiga qallig’i kirdi. Barno gullarga burkangan maydondan o’tib, Alisher tomon kelardi. Alisher u tomon chopa ketdi.

Lekin uning oyoqlari baland va xo’l o’tlarga o’ralashib. yurishi qininlashdi. Birdaniga osmonni qora bulutlar qoplab, momaqaldiroq gumbirladi, Ketma-ket tushayotgan yashinlar olovli nayazalar kabi Barnoni o’rab olishdi. U sevgilisi tomon intilib, unga "yerga yotib, boshini qullari bilan yopib olishini" aytib qichqirardi. Nihoyat, Barnoga yetay deganida olovli nayzalar ko’kimtir tusda tovlanuvchi sharlarga aylanib, uning yo’lini to’sishdi. Alisher qizning oldiga o’tishga urinib, ularga borib urildi va sharlar qattiq ovoz chiqarib yorila boshlashdi. Vujudga kelgan fusunkor olovli manzara ichida u Barnoni yo’qotib qo’ydi va... uyg’onib ketdi. Xuddi shudamda ko’chada nur yaraqlab, ketidan momaqaldiroq qattiq gumbirladi.

Alisher soatiga qaradi: aeroportga chiqish vaqti bo’lgandi. U sakrab turib, kiyindi. Uyidan chiqa turib, yana momaqaldiroq ovoziga e'tibor qildi va tuyqusdan laboratornyasining eshigiga nigohi tushdi. Nazarida xona ichida haqiqiy mushakbozlik

boshlangandi. U xavotir bilan eshikni turtib ochdi va hayrat ila ostonada qotib qoldi. Xona ichi tennis koptogidek keladigan qizil va ko’k sharlarga to’lib ketgandi. Ular katta tezlikda uchib, bir-biriga va xona devorlariga tinimsiz urilishardi. Alisherning ko’z o’ngida ko’p martalab tasavvur qilgan manzarasi- zarrachalar o’yini yuz berardi. Birdaniga Alisher o’z tanasiga atrofdan nazar tashlagandek bo’ldi va... o’zi ham sharchaga aylanib, zarrachalarning quvnoq o’yini va parvozlariga qo’shilib ketdi. U ham fazoda uchar, boshqa sharlar va xona devorlari bilan to’qnashardi. Bir oz vaqt o’tib ularning tartibsiz parvozi to’xtadi, ko’rinmas kuch ta'sirida sharlar bir qatorga tizilib, mislsiz tezlanish oldilar va uning maketi tomon uchib ketdilar. Alisher ham bu oqimda uchib borar va o’z qurilmasidagi o’qni aylantirish qismidan o’tardi. Sharlar to’plami bu hajmla uzluksiz aylana boshladi va ... o’q xarakatga keldi. Uning aylanish tezligi orta bordi va generatorda tok paydo bo’ldi. Alisher zarrachalar oqimidan chiqib, lampochkaga qaramoqchi bo’ldi. Tuynukdan chiqaverishda qandaydir kuch uni turli tomonga silkita boshladi...

... - Alisher aka, ko’zingizni oching, sizga nima bo’ldi?

Uni hushi o’ziga kela boshladi va asta-sekin ko’zlarini ochdi.

U laboratoriyasi ostonasida o’tirar va... Barno uni yelkasidan silkitardi.

- Hayriyat, o’zingizga keddingiz! - hayajonlanib ketgan Barno beixtiyor uni quchoqlab oldi.

- Bu – senmi? u yerga qanday kelib qolding?

- Siz kutib olishga chiqmaganingizdan xavotirga tushib, dadamlarni uyingizga kirib o’tishga ko’ndirdim. Ko’cha eshigi ochiq, o’zingiz esa behush yotgan ekansiz. Sizga nima bo’ldi o’zi?

Alisher og’irlashib qolgan qo’llarini ko’tarib, qallig’ini asta quchdi.

- Men ular bilan... -Alisher ko’rsatkich barmog’ini xavoda bir necha marta aylantirdi, - molekulalar bilan uchdim.

Men qurilmaning handay ishlashi lozimligini tushundim.

- Menimcha u shundoq ham ishlayapti.

- Nima-a?!

Alisher sakrab turib, qurilmasi yoniga keldi. Shaffof qopqoq ostidagi magnitli o’q tez aylanar va lampochka tinimsiz nur sochardi...

* * * *


... - Endi u talqiqotlarini to’xtatmasligi aniq.

- Ma'lumotlarning o’tmishga taqlikali uzatilishi unga zarar

yetkazmaganiga ishonsam bo’ladimi?

- Hammasi joyida. Buning uchun biz yashinlarda mujassamlangan mislsiz elektr quvvatidan foydalandik, xolos.

Asosiysi - sening o’tmishga aralashishga ruxsat olganing bo’ldi.

O’shanda, qirq yil avval men masala yechimiga juda yaqin edim.

Lekin izlanishlarimni to’xtatib qo’ydim. Endi u izlanishda davom etadi va tez orada o’z orzusiga erishadi.

- Bu sayyoramizni, insoniyatni asrab qolish yo’lidagi katta qadam bo’ladi.

- Endi men do’stlarim yoniga borib, bo’lgan ishlarning hammasini aytib bersam bo’ladi. Ular meni kutib qolishgandir.

Men o’qishni tugatganimizga qirq yil to’lishi munosabati bilan choyxonada osh damlab berishni va'da qilgan edim. Fahat Abbos yana o’z diydiyosini boshlamasa bo’lgani. Nuqul "Gulnoraga yanglish uylanganman, aslida Mahfuzani sevardim" deb hammamizning boshimizni qotiradi. Bunga sen nima deysan?

- Menimcha, insonlarning shaxsiy hayotiga aralashish na o’tmish va na kelajakda odobdan bo’lmaydi...


Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish