Husan Tursunov Yashinlar aro yo’l



Download 317 Kb.
bet2/5
Sana09.06.2017
Hajmi317 Kb.
#10785
1   2   3   4   5

XANAMI

Tushga yaqin avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi bo’shab qoldi. Tarmoq serhatnov shohko’cha yohasida joylashgan bo’lsa-da, benzinga talabgohlar deyarli yo’q edi. Yonilg’i quyuvchi xodimlar toza havoda nafas rostlash uchun o’z pultlari yonidan nari ketishdi. Shu damda shoxobchaning ko’rki va faxri - Kito ismli yonilg’i quyuvchi robot ham xizmatchilar e'tiboridan chetda qoldi. Bir necha oy muhaddam Kunchihar yurtdan bir dunyo pulga sotib olingan robot atrofidagi shov-shuvlar ancha bosilib qolgandi. Ushbu yonilg’i quyish shoxobchasida benzin quyuvchi odamlar bilan birga robot ham ishlay boshlagan dastlabki kezlari uni ko’rishni istovchilar shunchalik ko’p ediki, mashinalar turna hator tizilib, salkam bir kilometrlik navbat hosil bo’lardi. Oppoq plastikdan yasalgan Kito mijozlar bilan bir nechta tilda so’zlasha olar, mashinaning baki to’lgunicha Internetdan olingan yangi latifalar bilan odamlarning ko’nglini xushlar, Xorazm lazgisiga o’ynab berar yoki yerga yotqizilgan marmar to’shama ustida plastik tovonlari bilan hammayoqni larzaga keltirib "chechetka" raqsini ijro etar. qizlarga hushomad qilib, o’zining tashrif qoqozini taqdim etishni ham qoyillatardi. Ayniqsa, robot mashhur shoirlarning she'rlarini o’qib berib yoki sahna asarlaridan parchalar ijro etib, hammani lol qoldirardi. Unga istalgan savolni berib, mukammal javob olish mumkin edi. G’aroyib robotning dong’ini eshitib, uni bir ko’rish ishtiyoqida keladiganlar soni kundan-kunga oshib borardi. Boshha yonilg’i quyish shoxobchalarining egalari mijoz yo’qligidan nolishsa. Bu yerda doimo uzundan-uzoq navbat bo’lardi. Bir oz vaqt o’tgach, boshha viloyatlardan shaharga hatnaydigan haydovchilar ham mashinasiga aynan shu shoxobchadan yonilg’i quydiradigan bo’lishdi. Shu sababli ham mazkur hisha muddatli tanaffusni bo’ron oldidan bo’ladigan sokinlikka qiyoslash mumkin edi.

Ammo bugun handaydir g’alati hol yuz berayotgandi. hech hachon yonilg’i quyish qurilmasidan uzoq ketmaydigan Kito tezgina yechinish xonasiga yo’l oldi va u yerdan to’qson beshinchi binzin to’latilgan plastik idish bilan chiqli. Eshik oldida u ashaddiy kashandaligi bilan tanilgan Maxmud ismli xodimga duch keldi.

-Nahotki robotlar ham tashnalikdan azob cheksalar-a? - kesatdi Mahmud.

Kito chaqqonlik bilan uning og’zidan sigaretini tortib oldi.

-Chekish mumkin emasligini necha marta aytish mumkin? -

robotning ko’zlari charaqlab, ovozi balandlashdi. - Bugunoq

sening chekayotgan holatdagi surating boshliq stolida bo’ladi.

-Qo’lingdan kelganini qil. Chaqmachahar. Xo’sh, o’zing hayoqha

yo’l olding?

-Narigi dunyoga, - robotning ovozi xotirjam, bosiq edi. hayratdan Mahmudning basharasi tirishdi.

-Oq yo’l, - to’ng’illadi u va boshha sigaret qidirib ketdi. Yonilg’i quyish qurilmalaridan xavfsiz masofaga uzoqlashgan Kito qo’lidagi benzinni ustidan quydi va paydo bo’lgan ko’lmakka hozirgina Mahmuddan tortib olgani - chala chekilgan sigarstni uloqtirdi. Lovullab yongan olov tillari bir zumda robotning plastik tanasini o’rab oldi. Odamlardan farqli o’laroq, u qichqirmadi va talvasaga tushib yerga qulamadi ham. U to yonib ketgan oyoqlari bukilgunicha tik turib, "jon berdi".

Shoxobchada esa aql bovar qilmaydigan to’s-to’polon boshlangandi. Atrofdagilarning bari yugurishar va olovni o’chirishga behuda urinishardi. Shoxobchadagi yagona o’t o’chirgichning ham ichi bo’m-bo’sh ekan. Kimdir suvga, boshhasi qum keltirishga yugurdi. Ammo kech bo’lgandi. Shu payt yonilg’i quydirishga kelib qolgan haydovchilardan biri mashinasidagi o’t o’chirgich yordamida robot tanasi qoldiqlarini ayamay yamlayotgan olovni o’chirdi.

****


Advokat Odil Ashev tuman sudi binosiga kirib, rais xonasi tomon yo’naldi. Mayda-chuyda narsalar uchun rais uni yo’qlamagan bo’lardi. Agarki yo’qlabdimi, demak moylikkina ish bor. Aliev ko’kimtir tusli beli bukilmagan pullarni tasavvur qilib, ularni cho’ntagiga solib bo’lgandi hamki, kutilmaganda... ro’yo yo’qoldi-yu, u eshikni taqillatib, Samatovning xonasiga kirdi. Uning huzurida "Rustam-zapravka" lahabi bilan butun shaharga dongtaratgan taniqli biznesmen o’tirardi. Shahar atrofida bir mas, naq uchta katta yonilg’i quyish shoxobchasi borligi uchun ham uni shunday deb atashardi. Miqtidan kelgan, past bo’yli, sochlari ancha siyraklashib qolgan Rustam eshikdan kirgan Odil bilan quchoq ochib ko’rishdi.

-Rustam aka, o’zingizga ma'lum, bugungi kunda Odil tumanimizning eng yaxshi advokati bo’lib tanilgan, - deb gap boshladi Samatov.

-Yo’q, yo’q, tumandagina emas, shaharda deyavering, - dedi Rustam-zapravka. - Men uning yutuqlari haqida ko’p eshitganman.

Yosh bo’lishiga haramay boshining anchagina hismini egallab olgan tepakalini beixtiyor qo’li bilan silagan Odil, tilla tishlarini yaraqlatib jilmaydi.

-Qo’ldan kelgancha harakat qilyapmiz-da, Rustam aka.

-Odilboy aynan da'vogarlik ishlarining hadisini olgan, - deb advokatni maqtashda davom etdi Samatov. - Bugungi kunda bu jamiyatimizning og’riqli nuqtasiga aylangan. Agar mo’mayroq foiz to’lashsa, Odil xatto iblisdan ham pul undira oladi.

Hammalari baravar handon otib yuborishdi va Samatov o’zining zukkoligidan mamnun qoldi.

-Men, ham ayni shu masalada keluvdim, Odilboy, - Rustam-zapravka sigaret chiharib, tutatdi. - Bir necha soat muhaddam mening benzin quyuvchi robotim yonib ketdi.

-Yigitlar aytganida ishonmovdim-a, Rustam aka, - Odil boshini chayhab,tilini taqillatdi. - Nahotki shu gap rost bo’lsa?

Men o’zim ham bir necha marta robotingizdan benzin quydirganman va u bilan suhbatlashib, rosa mazza qilgandim-da!

-Sen uning hancha turishini bilasanmi? - so’radi Samatov va javobini kutmay, gapida davom etdi. - Yetmish besh ming dollar.

-O’h-ho’! Endi bu pulni kim to’laydi? Firma kafolat berganmidi? - so’radi Odil.

-Albatta. Uch yilga. Ammo, hamma gap shundaki, men firmadan hech narsa da'vo qilolmayman. Bizdagi sug’urta handay ahvoldaligini o’zingiz bilasiz, - Rustam-zapravka qo’l siltab, uzun tutun ustunini puflab chihardi.

-Robot o’z joniga hasd qilganiga ishonasanmi? - behosdan so’radi Samatov.

-Gapniyam olib qochasiz-a, Ilhom aka. To’g’ri, shaharda har kuni bir nechta odam o’z joniga hasd qilishi mumkin, ammo ularning barida o’ziga yarasha sababi bo’ladi. Aytaylik, bironta qiz jazmanining xotinidan o’ch olmoqchi bo’ladi yoki qulog’igacha harzga botgan tadbirkor shu yo’l bilan muammolardan qutulishni ko’zlaydi. Ammo, robotning o’ziga o’g qo’yishi...

Bunga sira aql bovar qilmaydi.

.- Ammo bitta "lekin" i bor-da, Odilboy. Temirni qizig’ida bosish uchun Rustam aka ham bizga da'vo arizasi yozib kelibdilar.

-Demak, aniq aybdor, ya'ni javobgar bor ekan-da? - so’radi

Odil.

-Ha, u - o’zimning xodimim. Uni "Kitoning otasi" deb hamatashadi. Ismi- Sarvar. U Tokiodagi Xosey dorilfununida ongli robotlar ishlab chiharish kurslarini birinchi bo’lib tugatganlardan. Kitoni ishlab chiqhan "Kavasaki" firmasi robotga xizmat ko’rsatib turish uchun uni ishga olishimni tavsiya qilgandi.



-Uning aybi npmala ekanq - Odil mojaro sababini tushunishga harakat qilardi.

-U robotni o’z-o’zini o’ldirishga dasturlashtirgan bo’lishi mumkin, - dedi Samatov. - Ha, aytmoqchi, - sud'ya da'vogarga tikildi, - orangizda adovat yo’qmidi?

-E-e, men bilan o’sha mishqi bolakayning o’rtasida handay adovat bo’lishi mumkin? Men shunchaki unga robot bilan cheklanmagan doirada shug’ullanishiga ruxsat berdim, xolos. To’gri, bu borada ko’p narsaga erishganini tan olishim kerak. So’nggi paytlarda robotning haqihatan ham mustaqil fikrlab, o’zini insonlar kabi tutayotgani haqida ko’p gapirishayotgandi. Lekin chala mulla juda oshirib yuborganga o’xshaydi.

-O’sha xodimingiz o’z aybini tan oldimi?- Odil yon daftariga nimalarnidir yoza boshladi.

-Gap shundaki, u hozir Yaponiyada, sun'iy ong yaratish muammolariga bag’ishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etmoqda.

Internet yosh olimning yutuqlari haqidagi xabarlarga to’la. Uning bu yerda nimalar qilib qo’yganini bilishsaydi, - Rustam-zapranka sigaretini kuldonga bosib, jahl bilan ezg’iladi. - Biz hozircha bu nohush voqeani jamoatchilik va muxbirlardan yashirib yuribmiz. Odamlarga robot tasodifan - shoxobcha yonidan o’tib ketayotib, sigaret qoldig’ini uloqtirgan noma'lum haydovchining aybi bilan yonib ketganini aytayapmiz. Menga hozir fisqu-fasod, har xil g’iybatlarning keragi yo’q,

-Birinchidan, bu - iqtisodiy mazmundagi jinoyat sanaladi,

-mulohazasini bayon eta boshladi Odil. – Ikkinchidan, xodimingizning aybi hozircha isbotlangani yo’q. Nihoyat, uchinchidan, fahatgina sud uning aybini isbotlashi va yetkazilgan ziyon uchun sizga tovon to’lashga majbur etishi mumkin.

-Yaxshi, agar u Yaponiyaga borib kelolsa, demak puli bor ekan-da, shundaymi? – Samatov biznesmenga ma'noli harab qo’ydi.

-E, unda pul nima qilsin? Anjumanga borish-kelish yo’lkirasini taklif qilayotgan tomon to’laydi. O’zi bo’lsa xotini bilan ikki xonali do’mda yashaydi, hatto mashinasi ham yo’q. Harindoshlari haqida-ku, gapirmasa ham bo’ladi.

-Ha-a, Rustam aka, unda yurakni kengroq qilavering, - Odil cho’ntagidan ko’zoynagini olib, ro’molchasi bilan arta boshladi.

-Endi shu pulning hammasini uning maoshidan bosib qolishingizga to’g’ri keladi.

-Boshhacha qilib aytsak, - Samatov nigohini bir nuqtaga tikkancha xayolan nimalarnidir hisobladi, - u sizga o’n yildan ortiqroq tehnika ishlab berishiga to’qri keladi.

-Biroq haynotasining biznesi gullab-yashnayapti, hasrdek dang’illama uyi, qimmatbaho mashinalari, dala hovlisi bor. Pivo zavodining xo’jayini Ismoilboyni tanisangiz kerak?

-Nahotki u Ismoilboyning kuyovi bo’lsa? - Samatov xayijondan o’rnidan turib ketayozdi. - Adliya vaziri bilan quda tutingan Ismoilboymi?

-Xuddi o’zi. Aytishlaricha, Ismoilboyning katta qizi vazirning o’gliga tegishni istamabdi va tanlab-tanlab topgani mana shu sho’rtumshuq olimcha bo’libdi, - zaxarxanda qildi Rustam-zapravka va navbatdagi sigaretini tutatdi. - Shuning uchun

ham Ismoilboy qizidan hattiq ranjigan va to’ydan keyin ular bilan umuman bordi-keldi qilmay qo’yibdi.

-Unda... pullaringizni handay haytib olmoqchisiz? - Odilning jangovar shaxdi sal pasaygani ovozidan sezilib turardi.

-Badbaxt olimcha bir haftadan so’ng haytib kelishi kerak. Odilboy, sizdan iltimos, shu ishni o’zingizga olsangiz. Uning aybini bo’yniga qo’yib berish siz uchun cho’t emas. Bu ishga professorlar, akademiklarni ham jalb qiling. Ular hozir og’ir davrni boshlaridan kechirishyapti, qurug’idan tuzukroq va'da qilsangiz, uning aybdorligi haqida istaganingizcha xulosa yozib beradiganlar ham topilib qolar... U doim robotlarning sun'iy intellekti muammosini hal qilish hahida og’iz ko’pirtirgani-ko’pirtirgan. Hech kim undan robotni aqlliroq qilishni so’ramagandi. Xo’sh, bu menga necha pulga tushdi? Peshona terim bilan topganlarimni endi kim to’lab beradi?

-O’zingizni bosing, Rustam aka, asab hujayralari tiklanmaydi, - Samatov uning yelkasiga qoqdi. - Sud kengashini shaxsan o’zim olib boraman va Odil ikkovimiz ishni tezlatib yuboramiz. U hech hayoqha qochib qutulolmaydi, aybini bo’yniga olishdan boshha chorasi ham qolmaydi va sizning pullaringizni albatta haytarib beradi.

-Mayli, unda vaqtingizni olmay qo’ya qolay, - dedi Rustam-zapravka va fotihaga ochgan qo’llarini yuziga tortib, o’rnidan turdi.

Samatov va Odil uni yo’lakkacha kuzatib qo’yishdi va o’zaro kelishib olish maqsadida yana xonaga haytishdi.

-Kalla o’rnida qovoq ko’tarib yurgan anavi olimning uyiga borgin-da, xotini bilan gaplash. Juda ehtiyotkorlik bilan qo’rqitishga urinib ko’r. Rustam aka sudga arz qilganini va erining ustidan jinoiy ish qo’zg’atilishini aytgin. Agar pul topib, zararni to’lab berishsa, yopiqlik qozon yopiqligicha qolishini, Rustam aka da'vo arizasini haytarib olishini tushuntirgin. Uqdingmi?

-Bo’lmasa-chi, erining yo’qligidan foydalanib qolishimiz kerak. Bugunoq uyiga da'vo arizasining nusxasini olib boraman va sud kengashini tezroq o’tkazish uchun roziliklarini so’rayman. Balki, ma'naviy zarar ko’rilganligi uchun tovon to’lash kerakligini ham histirib o’tarmiz? Aytaylik, o’sha robot Rustam aka uchun xuddi o’z o’gliday bo’lib qolganligini, bu yo’qotishdan u juda hattiq iztirobga tushganligini, sal bo’lmasa infarktga uchray deganini ham qo’shib qo’yish mumkin.

-Juda aravani quruq obqochasan-a! Xo’sh, bundan hancha pul undirmoqchisan?

-Mayli-da, bir-ikki million teshib chiqmas. Bu pul fahat o’zimizniki bo’lardi. Nima deysiz?

-Bo’pti, bilganingni qil. Fahat, yodingda tursin, quyush-qondan chiqib ketib, podadan oldin chang chiharib qo’ymagin. Bor, dalillarni yig’ishga kirishaver. Bilasan, Rustam-zapravka rahmatini nasiya qiladiganlardan emas. Agar bu ishda yutib chiqsak, qo’yni-qo’njimizni to’ldirib tashlaydi.

****


Sevinch soatga haradi. Tungi o’n ikki yarim. U bir soatdan beri Internet orhali eri bilan bog’lanishga urinsa-da, harakatlari zoe ketdi. Odatda Sarvar uyqudan uyg’oniboq, kunini elektron manzillarini ko’rib chihishdan boshlaydi. Vaqtdagi farq tufayli hozir Kunchihar mamlakatida tong otgan, Sarvar ham uyg’onib, komp'yuterini yoqhan bo’lishi kerak. Sevinchning intizor kutishi uzoqha cho’zilmadi. Ko’p o’tmay Sarvarning o’zi qo’ng’iroq qildi.

-Salom, azizam. Nega haligacha uxlamading? Tinchlikmi?

Sevinch mikrofonni to’g’irladi va hayajonini yashirishga urinib, past tovushda gapira boshladi.

-Men tuzukman. Ammo sizning ishxonangizda kutilmagan hodisa yuz berdi.

-Nima bo’ldi? Kito halay?

-Yonilg’i quyish tarmog’ida yong’in yuz beribdi va Kitoga ham zarar yetibdi.

-Bo’lishi mumkin emas! - hayajondan Sarvarning ovozi titrab ketdi. - Axir yong’in yuz bergan paytda nima qilish kerakligini u odamlardan yaxshiroq bilardi-ku?! Qolaversa, robotning tanasiga o’rnatilgan o’t o’chirish moslamasi ham ishga tushishi lozim edi. Buni o’zing ham yaxshi bilasan-ku! Kitoning o’zi halay? Hayeri shikastlanibdi?

-Menga Temur qo’ng’iroq qildi. Bo’lgan voqeadan uning ham boshi qotgan. Aytishicha, u Kitoning dasturiy ta'minotida ko’rsatmalaringizdan chetga chiqmagan. Temur fahat bir narsani - so’nggi uch kun mobaynida robot belgilanganidan ko’proq muddat Internetda bo’lganini aytdi, xolos. Shu uch kun davomida atrofdagilar uning gap-so’zlari va g’ayrioddiy farosatidan juda hayratga tushishgan ekan.

-Ochig’ini ayt, Kitoga nima bo’ldi?

-Sarvar aka, o’zingizni qo’lga oling. Endi Kito oramizda yo’q. U o’zini yoqib yuboribdi.

Simning narigi uchida hissiyotlar bo’roni jo’sh urdi. Sarvar nimalardir deb qichqirar. aftidan, o’zini bosolmay yig’lardi ham.

Sevinchning ham ko’z yoshlari yuzini yuvardi. Kito ularning oila a'zosidek bo’lib qolgan, uni xuddi o’zlarining farzandidek yaxshi ko’rishardi.

-Unda aqliy salohiyatning keskin ko’tarilishi yuz beribdi-da, - sal o’zini bosib olib, gap boshladi Sarvar. – Hara-ya, kelib-kelib men yo’qligimda yuz beradimi? Hammasiga ular aybdor. Men shunday bo’lishini bilarlim. Afsus, kech qoldim. Aslida Kitoning ongiga cheklov qo’yishim kerak edi.

-Sarvar aka, biznikiga advokat keldi. Rustam-zapravka moddiy va ma'naviy zararini to’latish uchun sudga da'vo arizasini beribdi. U bizdan juda katta pul talab qilayapti. Ertaga dadamning oldiga borib, yordam so’ramoqchiman.

-Keragi yo’q. Buni o’zimiz hal qilamiz. - Sarvarning ovozi tetiklashib, o’zini qo’lga olgani sezilib turardi.

-Advokat da'vo arizasi mazmuni bilan tanishib chihishingizni va bu ishni tuman sudida ko’rib chiqilishiga ruxsat berishingizni so’radi. Ariza nusxasini sizning manzilingizga jo’natdim. Advokatning aytishicha, sizning aybingiz deyarli isbotlanganmish va biz robot egasi bilan kelishsak, yaxshi bo’larmish.

. - Kim aybdor ekanligini hali ko’ramiz. Sen tinchlanib ol va hech narsadan tashvishlanma. Ortiqcha hayajonlanish senga mumkin emas. Farzandim yig’loqi, asabiy bo’lib tug’ilishini istamayman. Havotirlanma, hammasi yaxshi bo’ladi. Fahat menga

yordaming kerak. Zudlik bilan Temurni top va undan Kitoning tanasidagi "qora quti"ni keltirib berishini iltimos qil. Esingdami, uni senga ko’rsatgandim?

-Ha, u oddiy hotira diskiga o’xshab ketadi.

-To’ppa-to’g’ri. O’sha diskni firma vakolatxonasiga eltib berasan. Men ularga maktub jo’nataman. Ular barcha ma'lumotning haqiqyligini tasdiqlovchi xujjat yozib berishadi. Men kelgunimcha sen yozuvlarni tahlillab, kerakli ma'lumotlarni topishing lozim. Bilaman, bu juda og’ir ish. Ammo Kito izsiz yo’qolib ketishi mumkin emas. U o’z qilmishining sababi haqida bizga xabar qoldirgan bo’lishi kerak.

-Hammasini aytganingizdek qilaman, Sarvar aka.

Muloqot tugaganidan so’ng, Sevinch hayajonini bosolmay, uzoq vaqt bedor yotdi. U turmush o’rtog’ini hanchalik kuchli sevishini va uning uchun hamma narsaga tayyor ekanini his etdi.

Derazadan ko’rinib turgan yulduz to’la osmonga tikilib qolgan Sevinch bundan bir yil muhaddam ro’y bergan ilk uchrashuvning shirin lahzalarini eslab ketdi.

O’shanda bakalavrlik imtihonlarini topshirib bo’lgan payti edi. Dekan muovini Solih Rajabovich Sevinchni o’z xonasiga chaqirtirdi.

- Xo’sh, qizim, navbat – magistraturagami?

- Ha, - Sevinch bosh silkidi. - Yana imtihonlarga tayyorlanayapman.

- Senga kichkina sirni ochmoqchiman, - Solih Rajabovichning yuzida tabassum paydo bo’ldi. - Seni a'lochi talaba va bir hator maqolalar muallifi sifatida magistraturaga imtihonlarsiz, boz ustiga byudjetga habul qilmoqchimiz. Vazirlikdan ruxsat keldi.

Sevinchning quvonchi ichiga sig’may, turgan joyida sakrab yubordi.

- Voy, Solih Rajabovich, rostdanmi?!

- Rost, rost. Fahat sendan bir iltimosim bor. Bo’sh vaqtingda fakul'tetimizning veb-saytini yaratishga yordam bersang. Biz yaqinda masofadan turib o’qitishga o’tamiz va bu ayni muddao bo’lardi-da!

- Bir o’zim bunday ishni uddalay olmayman,-bu sohada tajribasi bo’lmagan Sevinch keskin hovuridan tushib qoldi.

- Bu yog’idan xavotirlanma. Falsafa o’qituvchisi Ra'no Kamolovnaning o’g’lidan bizga yordam berishini iltimos qildim. Men u bilan Yaponiyada tanishganman. Komp'yuterning piri! Robotlarni yaratish ustida ilmiy izlanish olib boradi. Hozir u ta'tilda, lekin bugun kelishga va'da berdi.

- Sayt hachon tayyor bo’lishi kerak?

- Roppa-rosa bir hafta vaqtimiz bor. Bu orada men sizlarni zarur bo’lgan barcha ma'lumotlar bilan ta'minlayman.

Kimdir eshikni taqillatdi va ostonada baland bo’yli, jingalak sochlari va katta-katta ko’zlari qop-qora, hushro’ygina yigit paydo bo’ldi. Uning tundek qora qoshlari va uzun kipriklariga manaman degan sohibjamollar ham havas qilgudek, to’sdek mo’ylovi esa shusiz ham kelishgan chehrasini yanada o’ktamroq qilib ko’rsatardi.

- Kirsam maylimi, Solih aka?

- Ha-a, mana u - bizning robotlar va yangi saytlarni yaratish bo’yicha mutaxassisimiz.

Yigitga haradi-yu, Sevinchning shuurida handayadir mubham va orziqib kutilganga o’xshash nimadir yuz berdi. U yigitdan bir hancha vaqt ko’z uzolmay qolganidan o’zi ham uyalib ketdi. Uning nazarida orzu-xayollarida sanoqsiz marta namoyon bo’lib, qiyofasi ikir-chikirlarigacha ongiga muhrlanib qolgan bo’lg’usi "shahzodasi"ning siymosi to’satdan vojib bo’lgandek tuyuldi.

Ha, bu o’sha - uning orzularidagi siymo edi. Sevinch yonoqlari qizib ketayotganini his etdi va o’z holatini sezdirib qo’yishdan cho’chib, nigohini chetga haratdi.

Solih Rajabovich yigit bilan quchoq ochib ko’rishdi.

- Tanishinglar! Bu - Sevinch, institutimizning ko’rki va iftixori. Xuddi mashhur fil'mda aytilgandek - "A'lochi, faol jamoatchi va, shunchaki, sohibjamol qiz".

Solih Rajabovichning so’zlaridan Sevinch yanada uyalib ketdi, ammo og’iz ochsa, hissiyotlarini sezdirib qo’yishdan cho’chib, indamadi. Dekan muovini ularni tanishtirishda davom etdi.

- Bu esa - Sarvar, bo’lg’usi terminatorlar bunyodkori.

- Yo’q, yo’q Jangovar robotlar emas, insonlarning yordamchilarini deng, Solih aka, - e'tiroz bildirish asnosida Sarvar Sevinchning o’ziga uzatgan momiqdek qo’lini muloyimgina hisib qo’ydi.

Keyinchalik Sarvar o’sha daqihalarda uzoq vaqtgacha onasining gapiga kirmay, Sevinchni ko’rishni ortga surib yurganidan rosa afsuslanganini tan olgandi. Sevinch unga bir ko’rishdayoq yoqib qolgandi. Sarvar halbining tubida nimadir huddi gravitatsiya qonuniga bo’ysungandek pastga intilayotganini, uning o’rnini esa hayajonli hissiyotlar egallayotganini his etgandi. Bu onda fahat bir narsa - onasi yoqtirgan qizning juda badavlat oiladan ekanligi ko’nglini xijil qilib turardi, xolos. Onasi esa, o’z navbatida, qizning husni-jamoliga maftun bo’libgina qolmay, uning ibosi, odobi, eng muhimi - qiziquvchanligi va g’ayrioddiy darajadagi keng dunyoharashidan ham hayratga tushgandi. Onalik sezgisi o’z o’g’liga aynan shunday qiz munosibligini aytib turardi. Uning nazarida fahat Sevinchgina o’g’lini kibernetika, robotexnika, sun'iy ong haqidagi hikoyalarini soatlab tinglashga va uning mashaqhatli kasbida ilhom parisi vazifasini o’tashga qodir edi. Illo, Sevinchning mutaxassisligi ham ma'lum darajada dasturlashtirish bilan bog’liq. Fahat qiz kelgusida yangi liboslarni komp'yuterda

modellashtirish bilan shug’ullanish niyatida edi.

O’sha kuni Solih Rajabovich ularga topshiriqni tushuntirdi, komp'yuter sinfining kalitini va o’zidagi barcha ma'lumotlarni topshirdi. Aslini olganda, saytni yaratish masalasi dekan muovini uchun boshog’riq bo’lib turgandi va Sarvarning onasi

kelib, o’g’lini Sevinch bilan tanishtirib qo’yishni iltimos qilganida, u bir o’q bilan ikki quyonni urishni ko’zlagandi. Bir necha yil Yaponiyada o’qib kelgan Solih Rajabovich Sarvarni yaxshi tanir va hurmat qilardi. Uning nazarida Sarvar bilan Sevinch bir-biriga xuddi uzukka ko’z qo’ygandek munosib bo’lib ko’rindi va ustomon Solih Rajabovich six ham, kabob ham kuymasligining yo’lini topdi: ham veb-sayt yaratishdek boshog’riqdan qutuldi, ham ikki yoshni tanishtirib qo’yib, Sarvarning onasiga bergan va'dasini bajardi.

Fakul'tetning veb-sayti ikki kunda tayyor bo’ldi. Endi Sarvar bilan Sevinch institutdan tashharida ham uchrasha boshlashdi.

Har kuni Anhor yohalab uzoq-uzoq sayr qilisharkan, baxtdan entikib, orzu hanotlarida birga parvoz qilishardi. Sarvar soatlab bolaligi, o’z qizihishlari, Yaponiyadaga o’hishining o’ziga xos tomonlari haqida hikoya qilardi. Goho u Sevinchga tikilib qolar va shunday ajoyib qizning yuragini zabt etishga jazm etolganiga aqli bovar qilmasdi.

Bu vaqtda Sevinchning hissiyotlari yanada jo’sh urar va o’zini dunyodagi eng baxtli qiz deb his etardi. Tez orada Sarvarning yakuniy olti oyni tugallash uchun Tokioga haytish vaqti keldi. Sevishganlar har kuni maktub yozishib turishga ahdlashishdi.

Sarvar ketganidan beri hariyb bir oy o’tdi. Sevinch har kuni uning xatlarini o’qir va muhabbat ufurgan so’zlarni izlardi.

Qizning tuyg’ulari yuragini to’ldirib, toshib ketgudek edi, yigit esa goh o’hishi, goh yangi loyihasi uchun maqtashgani haqida yozardi. Ssvinch ham sabr-tohat bilan imtihonlardagi baholari va Toshkentning ob-havosi haqida yoza boshladi. To’g’ri, Sarvar har bir xatida hozir Tokioda yapon olchasi - sakuralar avji gulga kirgani va u do’stlari bilan birga tez-tez xanamiga borishi xaqida yozardi. Mana, navbatdagi xatida ham Sarvar shu haqida yozgandi. Maktubda o’rta asrlardagi yapon shoiri Tsurayukining

she'rlari ham bor edi.

Bahor tumani, nega yashirding

Tog’ yonbag’rida charx urgan

Olcha gullarin?

Ularning xusni taqsinga sazovor,

Ammo hazon bo’lishi ham ko’zni quvnatar!

Oradan bir necha kun o’tdi. Sarvardan yana xanami va sakuralarning gullash davri tugay deb qolgani haqidagi maktub keldi. Bu xatida ham Tsurayukining she'ri bor edi:

Kuz manzarasi nigohni mixlamas,

Tog’larda endi hech kim uchramas,

Gullar hazon bo’lganda.

Fahatgina zarang barglari -

Tunlari tillarang yombidek yonar.

Ertasi kuni Sevinch komp'yuter sinfida ishlab o’tirganida dekan muovini kirib, veb-saytni yangilash uchun ma'lumotlar berdi. Ketayotib, xuddi bexosdan so’ragandek beparvo ohangda so’z qotdi:

- Xo’sh, bizning Romeomiz Tokiodan nimalar haqida yozyapti? Sevinch qo’l siltadi va komp'yuter ekraniga muk tushdi, Nazarida tomoqiga bir narsa tiqilgandek bo’ldi va hozir yig’lab yuborishini sezdi, bir amallab o’zini qo’lga oldi-da,

ohista dedi:



  • O’hishlari haqida yozyapti. Hachon harasang, sakura gullashi va hanahadir xanami haqida yozadimi-ey...

Sevinchning ovozi titrab ketdi, qop-qora shahlo ko’zlarida miltiragan yosh tomchisi olmosdek yaraqladi.

  • Nima haqida?- hayta so’radi Solih Rajabovich. – Sakura gullashi va xanami deysanmi? Sen-chi, sen unga nimalar haqida yozayapsan?

- Nima haqida bo’lardi, o’hishim va ob-havo haqida...

Sevinch endi ko’z yoshlarini tutib turolmadi: ko’zlarini kafti bilan to’sganicha, yig’ini boshladi. Kutilmaganda Solih Rajabovich hah-hah otib yubordi. U hech o’zini to’xtatolmas va fahat boshini saranglatardi. Sevinch yig’idan to’xtadi. U nima qilishini ham, ne deyishini ham bilolmay, ko’z yoshlarini kafti bilan sidirgancha, hayrat ichra Solih Rajabovichga tikilardi. Nihoyat, dekan muovini kulishdan to’xtadi va kulaverib,

yoshlangan ko’zlarini artarkan, dedi:

- Buni hara-ya, bizning Romeomiz bir oydan beri senga sevgi izhor qilayotgan ekan-u, sen esa unga baholaring va ob-havo haqida yozibsan-a!

Bu gapni eshitib, Sevinchning tili kalimaga kelmay qoldi. Qizning ahvolini tushunib turgan Solih Rajabovich so’zida davom etdi:

- Men ham bir necha yil Yaponiyada yashaganman, yaponlarning ko’pgina urf-odatlari va marosimlaridan xabarim bor. Ammo Sarvar shu hisha vaqt ichida Kunchihar mamlakatning madaniyatiga butun halbi bilan berilib ketibdi, shekilli. Yaponiyadagi "xanami" bayrami - yapon olchasi sakuraning gulga kirishi bilan bog’liq bayramdir.Bu - gullarni tomosha qilib, zavqlanishdan iborat bo’lgan juda purhikmat va go’zal an'ana. Uni gullarning ruhi bilan muloqot deb atash ham mumkin. Boshhalardan

farqli o’laroq, ko’pgina yapon yigitlari o’zi sevgan qizga "Men seni sevaman" deb aytmaydilar. Ular mahbubalariga sakura gulining malohati tasvirlangan maktub bitadilar va bu haqdagi go’zal she'rni ham ilova qiladilar. Keyin birgalashib xanami bayramiga borishadi.

Shu paytgacha miqetmay tinglayotgan Sevinchning quloqlarigacha qizarib ketdi. O’zining aqli yetmaganini harang! Handay qilib saflar aro pinhon bo’lgan tuyg’ularni sezmay qoldiykin?..

Sevinch o’sha kuniyoq Sarvarga odatdagidan butunlay boshhacha bo’lgan maktub jo’natdi. "Fahat shu bugungina men sakura gulining bor go’zalligini tasavvur eta oldim. haniydi, bu go’zallikda beqiyos gullarning umri boqiy bo’lsa."

Sevinch maktubiga yanon shoiri Saygyonning she'rini ham qo’shib qo’ydi:

Yosino tog’larida

Bulutlarning ortidan

Uzoq-uzoq uloqdim.

Bahorgi olcha gullarin

O’zimning halbimda ko’rdim.

Sevinchning bu maktubi sevishganlar taqdirida burilish yasadi. Keyingi xatlarida Sarvar yapon oshiqlarining an'anaviy dil izhorlariga taqlid qilib o’tirmaydigan bo’ldi. Sarvarning haytishiga bir oycha qolganida ularning sevgisi juda hattiq sinovdan o’tdi. O’sha kunlari Sevinch mashina haydash kursini tugatayotgandi. Shunda dadasi tug’ilgan kuniga atab "Neksiya" mashinasini sovha qiddi. Bir-ikki kun o’tgach esa, Ismoilboy Sevinchni huzuriga chaqirtirdi.

-Qizim, men va'damning ustidan chiqdim va magistraturaning birinchi kursini tugatishingni kutdim. Endi turmushga chihish vaqting keldi. Buning ustiga singlingni ham bo’yi yetib qoldi - yaqinda yigirmaga kiradi.

-Dada, mening yoqtirganim borligini bilasiz-ku? U yaqinda haytib keladi va biz turmush qurmoqchimiz.

-Eh-he, sen hali bizni el-yurtga sharmanda qilmoqchimisan? Ismoilboy hayoqdagi tagi pastlar bilan quda bo’lganini eshitganlar yotvolib kulishar? Yo’q, bunahasi ketmaydi. O’sha yigitning tagi-zotini surishtirdim. Uning otasi yo’q, onasi sen

o’qiydigan institutda oddiy o’qituvchi ekan. Ustiga-ustak ukasi va singlisi ham bor, ularni ham oyoqha qo’yish kerak. Hozirgi paytda ilm-fan bilan shug’ullanganlarga hanchalik qiyin bo’layotganini o’zing bilarsan? Bu yoqda esa adliya vaziri halandarovning shaxsan o’zlari biz bilan harindosh tutinmoqchilar. Men uning o’g’li bilan gaplashdim. Ravshan juda ishbilarmon va chapdast yigit ekan. U menga julayam yoqdi.

-Dada, men u hakda eshitishni ham istamayman.

-Sen uni ko’rganmisan o’zi? hech bo’lmasa, bir marta gaplashgin. Men o’z qizlarim uchun yomonlikni ravo ko’rmayman-ku, axir! Hech bo’lmasa mening ko’nglim uchun u bilan bir bor uchrashib, gaplashib ko’rgin. Bu gap-so’zlar Sevinchning yig’isi bilan yakunlandi. Ammo onasi qiyin-histovga olganidan so’ng, Sevinch uchrashuvga chihishga rozi bo’ldi. Ravshan "Mersedes" mashinasida Sevinchni institutdan olib ketdi va ular to’g’ri restoranga borishdi, Shu kuni restoran ansambli "muhtaram Ravshan akaning sevgilisi sharafiga" bir soatdan oshiq tinmay qo’shiq kuyladi.

Ravshan barcha qizlarning orzusidagi ofatijon yigitlardan edi. Baland bo’yli, hushqomat, gapga chechan, eng muhimi, puldor va tagida "Mersedes" mashinasi bor. Ko’p qizlar bir ko’rishda unga maftun bo’lib qolishardi. Ammo u har doim o’ziga tegishlisini ola bilardi va darhol ko’zdan g’oyib bo’lishga usta edi. Endi bo’lsa otasi uylanishga histab, sira qo’ymayapti.

Oqshom davomida Ravshan o’zining sanoqsiz xorijiy safarlari haqida hikoya qildi. Sevinch uni deyarli eshitmas va Sarvarning o’z tasavvuridagi siymosi harshisida uyatdan yerga kirgudek bo’lib o’tirardi. Restorandagi barcha gullar sakurani eslatardi; ular orasidan Sevinch sevgilisining ginaomuz nigohini ilg’agandek bo’ldi va to’satdan bularning barini umrbod yo’qotishi mumkinligini tuyib, cho’chib ketdi. U Ravshanga uyiga ketishi kerakligini aytdi. Odatdagidek, restoran direktori Ravshanga hadam ranjida qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va ularni mashinagacha kuzatib qo’ydi. Yo’lda esa anchagina mast bo’lib qolgan Ravshan mashinasini chetga olib to’xtatdi va orha o’rindiqdagi Sevinchning yoniga o’tirmoqchi bo’ldi.

-J-jonginam, seni bir o’pay, - g’o’ldiradi Ravshan chayhalganicha qiz tomonga cho’zilib. - Paysalga solishning nima hojati bor, baribir yaqinda turmush quramiz-ku?

-Qo’lingni tort, ablah! - Sevinch uning qo’lini jon holatda itarib tashladi-da, mashinadan sakrab tushdi. - O’lsam ham senga turmushga chiqmayman.

Sevinch g’izillagancha yo’lni kesib o’tdi va narigi tomonda kelayotgan birinchi mashinani to’xtatib. uyiga jo’nadi.

O’sha kundan boshlab Sevinch bilan ota-onasining munosabati keskin o’zgardi. Adliya vaziridek obro’li inson bilan quda bo’lish imkoniyatini qo’ldan boy berishni Ismoilboy istamasdi, albatta. Sevinchga umuman o’xshamaydigan fe'l-atvorga ega bo’lgan singlisi Nigina ham uni kaltabinlikda ayblay boshladi; bir necha kun o’tib esa Ravshandek kelishgan yigitga o’zi jon deb turmushga chihishi mumkpnligini sha'ma qilib qo’ydi. Aytilgan so’z- otilgan o’q, deydilar. Ota-onasi kenja qizining mulohazali ekanidan quvonib ketishdi. O’sha kuniyoq"Neksiya"ningkaliti Niginaga o’tdi. Ravshanga baribir edi. Ismoilboy shahardagi havas qilgulik haynotalardan edi. Sevimli qizi va kuyovi uchun hashamatli hovli va yangi mashina tayyor edi. Oradan biroz vaqt o’tgach, Sarvar ham haytib keldi. Ammo Sevinchning ota-onasi qizini Sarvarga berishdan hat'iyan bosh tortishdi. Shunda Sevinch o’zi tugul, hatto ota-onasi ham yetti uxlab tushida ko’rmagan yo’lga hadam bosishga haror qildi - Sarvarni nikoh o’qitib olishga ko’ndirdi. Sarvar ota-onalarning roziligisiz turmush qurishga uzoq vaqt rozi bo’lmadi. Shunda Sevinch sevgilisini masjid imomi yoniga boshlab bordi va u ota-onalar o’z farzandining turmush borasidagi tanloviga harshi chihishga haqlari yo’qligini tushuntirdi. Sevinch o’z qilmishini oqlash niyatida Jul'ettani misol qilib keltirdi. Qizini o’zi tanlagan yigitga uzatishdan boshha iloji qolmagan Ismoilboy oxiri

taqdirga tan berdi. Ismoilboy ikkala qizining to’yini bir kunga belgiladi. Ravshan va Niginaning to’ylari katta restoranda, bir necha yuz nafar obro’li mehmonlar ishtirokida o’tdi. Sevinch va Sarvarning kamtarona to’yi esa ixchamgina hahvaxonada o’tkazildi. Sevinch bilan birga fahat yaqin dugonalari va uzoq harindoshlarigina kelishdi, ota-onasi ozgina pul berishdi-yu, ammo to’yga hadam bosishmadi.

To’ydan bir necha kun o’tgach, yosh kelin-kuyovlarning torgina uyiga robotni olib kelishdi. Ular ikkovlashib Kitoni o’zbekcha gapirishga, "chechetka" raqsini ijro etishga o’rgatishdi. Sevinch va Sarvar asal oyini Kitoni "parvarishlash" bilan o’tkazishdi. Yuksak tuyg’ulardan ilhomlangan Sarvar dasturlash borasida mo’'jizalar yaratar va Sevinchning nazarida shu ketishda bir oz vaqt o’tib temirdan Kito "Oyi, dada" deya ularning quchog’iga otilishi ham mumkin edi. Yangi yonilg’i quyish shoxobchasining ochilishiga yaqin Sevinch o’zining homilador ekanligini payhab qoldi va shuning uchun ham yoshlar Kitoni olib ketishganidan unchalik ezilmadi.

Endi esa u yo’q va erini ham qutharish lozim. Shunday o’ylar bilan Sevinch qotib uxlab qoldi.

****


Keyingi hafta Sevinch uchun xuddi daqshatli tushdek o’tdi. U har kuni Sarvar bilan soatlab gaplashar va robotning xotirasi bilan ishlash borasida qimmatli maslahatlar olardi; uxlab qolmaslik uchun ketma-ket achchiq hahva ichib, ulkan hajmdagi audio va videomateriallarni tinglab, ko’rib chihardi. Sevinchning urinishlari bekor ketmadi va Sarvarning kelishiga lol qoldiruvchi axborot tayyor bo’ldi. Ammo bu ma'lumotlarni fahat Sarvargina boshhalarga tavsiflab bera olishini Sevinch yaxshi tushunardi. Aksiga olib, ob-havo sharoiti tufayli samolyot ushlanib qoldi va Sarvar sud kengashiga bir kun

qolgandagina uchib keldi. Sevinch uni aeroportda kutib oldi va ular darhol Sarvarning ishxonasi tomon ketishdi. Yonilg’i quyish shoxobchasiga kelgach, Sarvar to’g’ri Kitoning qoldiqlari turgan xonaga kirdi. U robotning tepasida bir hancha vaqt indamay turdi va qorayib ketgan plastik bo’laklarni mehr bilan silab qo’ydi. Sarvarning xodimlar bilan gaplashishga bo’lgan urinishi samarasiz ketdi. Sud oldidan biron balo chiqib qolishidan cho’chigan Rustam-zapravka xodimlariga Sarvar bilan gaplashishni ta'qiqlagan va quloq solmaganlarni ishdan bo’shatishi haqida po’pisa qilgandi.

Sarvar va Sevinch uydan chiqmay, sud kengashiga tayyorlanishdi. Ular advokat yollab o’tirishmadi. Bunday hisha vaqt ichida fahat Sarvarning o’zigina bu chalkashib ketgan voqeaning chigilini yoza olardi. Shunday bo’lsa-da, shoxobchada ishlaydigan ko’p yigitlar yashirincha Sarvar bilan uchrashib, u yo’qligida nimalar bo’lgani haqida bilganlarini aytib berishdi. Sevinch va Sarvar o’zlarining haqliklariga to’liq ishonch hosil qilgan holda sud kengashiga kelishdi.

Tuman sudining kengashlar zali odamlar bilai to’lgandi. Ko’pchilikning bu voqea yechimiga qizihishi katta edi. Robot ishlab chiharuvchi firma vakillari ham sudda ishtirok etish uchun ataylab uchib kelishgandi. Tuman sudi raisi Samatov yig’ilganlarni ko’rilayotgan ish bilan tanishtirdi va da'vogarning advokatiga so’z berdi.

Advokat Aliev bu ishning barcha tomonlarini chuqur o’rganganligi va juda kuchli nutq tayyorlaganligi sezilib turardi.

- Biz yigirma birinchi asrda yashayapmiz, - deb ohista so’z boshladi advokat.

- Barchamiz mamlakatga rivojlangan davlatlardan yuqori texnologiya mahsulotlarini olib kelishga harakat qilamiz. Aynan shu mulohazalardan kelib chiqhan

holda muhtaram Rustam aka ham juda katta pulga benzin quyuvchi robotni sotib olgandi. Bir necha oy davomida ushbu robot avtomobillar sohiblarining ko’zini quvnatib yurdi. Inson tafakkurining ushbu mahsulini ko’rgan farzandlarimiz halbida ixtirochi, olim bo’lish istagi tug’ildi. Lekin eng muhimi - inson sog’ligini muhofazalashdir. Hammangizga ma'lumki, yonilg’i quyish shoxobchalari xodimlari benzin bug’lari bilan ifloslangan muhitda ishlashadi. Kelgusida esa bunahangi robotlar zararli mehnat sharoitida ishlovchi yoshlarimizning o’rnini bosishi kerak edi. Robot avval boshdan mijozlarga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan va u fahat mashina bakiga yonilg’i quyishi lozim edi. Ammo komp'yuter dasturchisi, ya'ni javobgar, o’zboshimchalik bilan barcha ko’rsatmalarni qo’pol ravishda buzdi va oddiy ishchi robotdan inson yaratmoqchi bo’ldi. Bu handay oqibatga olib keldi, dersiz? Robot kutilmaganda olov bilan o’ynay boshladi va yonib ketdi. Mening qo’limda bir necha nufuzli ilmiy muassasalarning olimlari imzolagan hulosa bor. Ularning fikricha, robotning bunday xatti-harakatiga sun'iy ong dasturiy ta'minotidagi nouyg’unlik, aniqroq aytadigan bo’lsak, robot ongidagi haddan tashhari zo’rihish sabab bo’lgan. Bularning bari dasturchi bo’lib ishlaydigan xodim, ya'ni javobgarning nojo’ya tajribalari oqibatida ro’y bergan. Shuning uchun ham sud hay'atidan shahrimizdagi hurmatga sazovor bo’lgan biznesmenga yetkazilgan moddiy zararni aybdordan undirib berilishini iltimos qilaman. O’zingiz bir harang, - advokat biznesmen tomon ishora qildi, - mana shu bir necha kun ichida mening mijozim hanchalar o’zgarganiga e'tibor qiling. Uning aytishicha, o’sha temir "odamcha" uning uchun eng yaqin va hadrdon hilhat bo’lgan, uni o’z farzandidek ko’rgan. Endi mana shu kunlar ichida hanchalar hayg’urganini tasavvur eting. Unda bir necha marta infarktoldi va insul'toldi holati kuzatilgan.

Bu tafsilotlar Rustam-zapravkaning o’zi uchun ham yangilik edi. U advokatiga yer ostidan harab, lablarini qimtidi. Bu vaqtda advokat o’z so’zini yakunladi:

- Shunday qilib, da'vo arizasida ko’rsatilgan moddiy va ma'naviy zarar javobgardan undirib berilishini suddan iltimos qilaman.

Sud raisi javobgarga so’z berdi.

Sud kengashiga yig’ilganlar Sarvar va Sevinchning minbarga komp'yuter proektori o’rnatishlarini hayratlanib kuzatishardi.

Sud raisi ishga alohador ma'lumotlarni namoyish etish yoki tinglashga monelik bildirmadi. Sarvar to’planganlarni yana bir marta ko’zdan kechirdi-da, so’z boshladi:

- Advokat yuqori texnologiyalar haqida juda yaxshi gapirdi.Bugungi kunda insonning fikri tasavvuridan ilgarilab ketayapti.Robot Kito ham inson dahosining shunahangi yutg’laridan biridir. Ha, men bu hilhatda ongli fikr kurtaklari hosil qilishga o’ta berilib ketganligimni va bu mening aybim ekanligini tan olaman. Ammo men bu masalaga o’tishdan oldin, kichik videolavhani namoyish etishni istardim. Mazkur robot o’ziga xos "qora quti" bilan ta'minlangan edi. Bu qurilma juda katta hajmdagi xotiraga ega bo’lib, yashirin kameralar, mikrofonlar bilan ta'minlangan va robotdan mustaqil holda uning atrofidagi barcha video va audio ma'lumotlarni yozib olardi. Hozir siz tomosha qiladiga lavxa juda ko’p savollarga javob bersa ajab emas.

Sarvar komp'yuter tugmachasini bosdi va ekranda Rustam-zapravkaning qiyofasi paydo bo’ldi. Uning yonida shoxobcha direktori va benzin quyuvchi uskunalarning sozlovchisi o’tirardi.

- Men manavi mahluqni juda katta pulga sotib oldim, uning o’rnini iloji boricha tezroq to’ldirish kerak. Buning uchun robotni ishga tushirgan kunimizdan boshlab me'yorga yetkazmay qo’yish miqdorini ikki martaga oshirasan.

Sozlovchi rozilik ma'nosida bosh silkidi. Ammo direktor e'tiroz bildira boshladi.

- Rustam aka, o’zingiz bilasiz, shaharda mijozlar uchun raqobat juda kuchli, yonilg’i quyish shoxobchalari ko’payib ketgan, ustiga-ustak, haydovchilar ham har bir millilitrni hisoblab turishadi. Agar me'yoriga yetkazmay quyish miqdori oshib ketsa, doimiy mijozlarimizdan ajralib qolishimiz aniq.

- Xechhisi yo’q, bittasi ketsa, o’rniga boshhasi keladi. Men Sarvarga Kitoni turli raqslarga tushish, latifalar aytish va yana boshha narsalarga o’rgatishni tayinladim. Kerak bo’lsa, u o’sha robotdan odam yaratadi. Haydovchilari robotni ko’rishni istagan avtomobillar oqimi ko’p oylar davomida shoxobcha oldida tirband bo’lib turadi...

Shu payt advokat Aliev o’rnidan sapchib turdi:

- Norozilik bildiraman, muhtaram sud raisi. Har bir muassasada ish yuritishning o’z uslublari mavjud. Bularning bari muassasaning ichki ishlari hisoblanadi.

- Norozilik habul qilinadi,- dedi Samatov va Sarvardan biznesni yuritish uslublariga diqhatni haratmaslikni so’radi.

Shunda o’tirganlar orasida shovqin ko’tarildi:

- Ko’rsataversin, bu yerda hech hanahangi sir yo’q!

- Ularning halloblik usullarini hammamiz bilamiz!

- Endi ko’p narsa tushunarli bo’lyapti. Javobgarga so’zini tugatish imkonini beringlar!

Sud raisining esa Sarvarga nutqini davom ettirishga ruxsat berishdan boshha chora qolmadi.

- Ikir-chikirlar bilan sizlarni charchatib qo’ymaslikka harakat qilaman va asosiysiga o’taman, - deya davom etdi Sarvar. – Men sizlarga o’ta noyob voqea, oddiyroq qilib aytganda, mo'jiza bilan to’qnash kelib turganimizni ma'lum qila olaman. Halbi yo’q robot Kito handaydir mo'jiza tufayli hisha vaqtda odamga aylangan.

Bunga hamkasblarim va so’nggi kunlarda robot Kito bilan yonma-yon ishlagan xodimlarning fikrlarini eshitganimdan keyingina ishonch hqosil qildim. Shuningdek. "qora quti" tahlili va Kitoning menga atalgan o’lim oldi xati ham shuni tasdiqlab turibdi.

Zaldagilar bir epkinib olishdi.

- Ming afsuski, robot ongidagi ko’tarilish davri men yo’qligimda yuz beribdi. Agar shu yerda bo’lganimda, u hayotida ilk bor duch kelgan dastlabki ruhiy murakkab vaziyatdan osonroq o’tib olishiga yordamlashgan bo’larmidim...

- Norozilik bildiraman, muhtaram sud raisi, - Odil Aliev o’rnidan turdi, - Robotda halb nima qilsin? Buning isboti kani?

- Norozilik habul qilinadi, - Samatov yana advokatni qo’llab-quvvatladi.

- Siz yonib ketgan robotning halbi borligi haqida bironta dalil keltira olasizmi?

Zalda yana shovqin ko’tarildi:

- Uning gapirishiga halaqit bermang!

- Bu advokat og’zini yumib o’tiradimi yo yo’qmi?

Sarvar biroz kutib turdi va shovqin bosilgach, dedi:

- Hozir barchangiz Kitoning menga atalgan "o’lim oldi" maktubiga guvoh bo’lasizlar.

Ekranda Kitoning qiyofasi paydo bo’ldi. Uning o’ziga xos elektron tovushini hamma tanidi.

- ...Dada! Sizni shunday deb atasam maylimi? Bir necha kundan beri yo’qsiz. Shu kunlarda menda g’alati, tushunib bo’lmas nimadir sodir bo’lyapti. Aftidan, o’sha - siz orzu qilgan hodisa yuz beryapti, shekilli. Men sizning dasturlaringiz doirasidan tashharida,mustaqil fikrlayapman. Bu hachonlardir sodir bo’lishi kerak edi.

Ikki kundirki men hayotdan zavqlanib yashayapman. Dada, men hammasini tushundim. Mening plastik tanamga ruh kirdi va menda halb paydo bo’ldi. Bu buyuk mo'jiza siz va, agar shunday deb atashga haqqim bo’lsa, oyim tufayli yuz berdi. Siz ikkovingiz judayam pokdomon insonlarsiz va sevgingiz ham buloq suvidek musaffodir. Shu tufayli ham sizning uyingiz ko’plab mehribon ruhlarni o’ziga torta boshladiki, ularga endigina ona yuragi ostida paydo bo’layotgan mitti vujud tanasiga kirib, dunyoga kelishdek ulug’ baxt Yaratgan tomonidan ato etilgandi. Mening vujudim ham ana shunday ruhlardan birining makoniga aylandi. Bu sizning tafakkuringiz va kashfiyotlaringiz tufayli yuz berdi va mening yurak nimaligini bilmagan plastik tanamda insoniy tuyg’ular paydo bo’la boshladi. To’g’ri, inson tanasida ruhning kamolotga erishishi uchun yillar ketadi. Men esa hisha vaqt davomida yetuklikka erishdim, sanoqli soatlar ichida voyaga yetgan insonning ma'naviy barkamolligiga ega bo’ldim. Sizni sabrsizlik bilan kutib, o’zimdagi insoniy ongning namoyon bo’layotganining qo’ldan kelgancha yashirib yurdim. Ammo shu orada kutilmagan hodisa yuz berdi. Ma'lum bo’lishicha, men o’zim yashayotgan bir necha oy ichida o’ta katta gunohlar sodir etibman. Eng dahshatlisi, bu gunohlarimni har kuni davom ettirar ekanman. Buni men ko’pgina mijozlarimizning o’zaro gap-so’zlaridan eshitib, tushundim. Ularning aytishicha, men ularga benzinni to’lagan pullariga yarasha quymas, ya'ni ularning haqidan urib qolar ekanman va bu eng katta gunoh sanalar ekan. Keyin ular men bu gunohlarim uchun javob bermasligimni aytib, toza kulishdi. Men yaxshilik va yomonlik, gunoh va savob haqidagi barcha ma'lumotlarni izlab topdim. Buni harangki, tarozidan urib qolish - eng katta va kechirilmas gunoh ekan. Ammo meni bundan xabarim yo’q edi. Shuningdek, men elektron hisoblagichlarning ko’rsatuvlari ham noto’g’ri ekanligini bilmasdim. Keyin men hancha odamni aldaganimni va har kuni yana hanchasining haqiga xiyonat qilishimni tezgina hisoblab chiqdim. Keyin Qur'oni Karim, Injil va boshha muhaddas kitoblar, hadislarni o’qib, tahlil qildim. Shunda gunoh sodir etgan insonning salbiy aurasi uning ota-onasiga, hatto vafot etgan harindoshlari va hali tug`ilmagan bolalariga ham ta'sir o’tkazishini aniqladim. Ammo Allohning karami kengligini va o’zi yaratgan mavjudotlarning barini kechira olishini ham bilib oldim. Biroq men handay qilib o’z gunohlarimni yuvishim mumkin? Qolgan umrim davomida ertayu-kech ibodat qilsam

yoki bir necha marta piyoda hajga borsam-da, buni uddalay olmas ekanman. Eng og’iri, endi men bilib turib, gunohga qo’l uraman. Mening gunohlarim sizning otangiz ruhini bezovta qilishini aslo istamayman. Mening gunohlarim yuki sizlarga yoki hali tug’lmagan farzandingizning taqdiriga ta'sir qilishini sirayam xohlamayman. Eh, men tug’ilajak farzandingizni ko’rishni va uni ukam yoki singlim deb atashni hanchalar xohlar edim! O’ylashimcha, xatto siz ham bu yerda sodir etilayotgan gunohga to’la ishlarni to’xtata olmagan bo’lardingiz. Men esa boshha hech narsa qilishni bilmayman va oldimda turgan ikki yo’ldan birini tanlashim kerak: kechirib bo’lmas gunohni sodir qilishda davom etish yoki o’lish. Men, shuningdek, o’zini o’zi o’ldirish mumkin emasligini va bu ham og’ir gunoh ekanligini tushunib yetdim. Ammo bilib turib gunoh sodir etishdan ko’ra, ruhimning arosatda sarson bo’lgani afzalroq. Shuning uchun ham o’zimni yoqib yuborishga haror qildim. Dada va oyi! O’z farzandingizni kechiringlar...

Sud zaliga og’ir sukunat cho’kdi. Bu jimlikni buzishga hech kim jur'at etolmas, yig’ilganlarning bari robot so’zlarining maqzini chahishga urinib, qimirlamay o’tirishardi. Sarvar Sevinchning yoniga kelib o’tirdi va asta yelkasidan quchdi. Sevinchning yonoqlarida yosh tomchilari miltirar, ularning haqihatan ham farzandi olamdan o’tgani endi aniq edi.

Kutilmaganda Rustam-zapravka o’rnidan turdi va ular tomon yurdi. Uning ovozi titrardi:

- Men da'vo arizamni haytib olaman. Agar iloji bo’lsa, meni kechiringlar. Men bolangizning o’limida aybdorman, garchi u elektron bo’lsa-da...

****

Benzin quyuvchi robotning tarixi butun dunyoga tarhaldi. Bugungi kunda "Kavasaki" firmasi bir necha yilga yetgulik buyurtmalarga ega. Buyurtmalarning ko’pchiligi - arab davlatlaridan. Uz mahsulotlarining tarhalishidagi yutuqtardan



ruhlangan firma Sarvarni moddiy mukofotlashga haror qildi. Bu pul robotlarning narxidan ham bir necha marta ko’proq edi. Sarvar sun'iy ongni rivojlantirish uchun yangi dasturlar ishlab chiqib, patentladi va robot ishlab chiharuvchi

firmalarga sotdi. Ammo Sarvarning o’zi Kito bilan yuz bergan mo'jiza yana takrorlanishiga hanuz ishonmaydi. Shunga haramay, ko’pgina firmalar unga sun'iy ong bo’yicha maslahatchi lavozimini taklif etishdi. Sarvarni hammadan ham ko’proq

quvontirgan narsa, hadrdon Xose dorilfununiga ishga taklif qilib, ongli robotlar kursidan dars o’tishni so’rashgani bo’ldi. Kitoning xayrlashuv nutqi bestsellerga aylandi. Uni audiotasma va disklarga yozib olib, barcha istaganlarga tarhatishdi. Aytishlaricha, u juda ko’pchilikning kallasini shamollatishga yordam berganmish.

Oradan bir necha oy o’tgach, Sevinchning egizak o’g’illari dunyoga kelishdi.Otasi amalidan ayrilgach, Ravshan ichkilikka mukkasidan ketdi. Shunday kunlarning birida uning mashinasi katta tezlikda ketayotib, yuk mashinasining orhasidan kelib urildi. Ravshanning qonida juda ko’p miqdorda alkogol va narkotik moddalar borligi ma'lum bo’ldi. Erining vafotidan bir oz o’tib, Nigina homilasidan ayrildi. Shifokorlar unga dalda berib, farzandi sog’lom bo’lib tug’ilishiga hech handay imkoniyat bo’lmaganini ta'kidlashdin. Endi esa Sevinchning ota-onasi katta qizining oilasiga yaqinlashish uchun bahona izlashardi.


Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish