143
«Ona tarbiyasi»
tushdi. Devday bahaybat bir odam bo‘lsa kerak,
degan xayolda yurdim.
Uyimizda tayyorgarlik ishlari boshlanib ketdi.
Bir kuni dadam ishdan kela solib, devor oqlashga
tushdi. Devorni oqlab turib ham xo‘jayinini bo‘ra
latib so‘kyapti.
– Nega devorlarni oqlayapsiz, dada? Xo‘jayin
ning kelishigami?
– Xo‘jayining nimasi? – Dadam qo‘lidagi cho‘tkani
zarda bilan chelakka tiqdi. –
Devorni uning uchun
oqlayotganim yo‘q. Ko‘rmaysanmi, hammayoq kir
bo‘lib ketibdi.
Oyim qo‘niqo‘shnidan likopcha, stakan, das
turxon topib chiqdi. Shanba kuni esa erta bilan
oshxonaga kirib olib, pishiriq bilan ovora bo‘ldi.
Yakshanba kuni dadam juda erta turdi. Dam
olish kunlari bemalol uxlardi, shuning uchun hay
ron bo‘ldim.
–
Mehmon shunaqa erta keladimi, dada?
– Mehmon kelarkan, deb barvaqt turganim yo‘q,
o‘g‘lim.
Nonushtadan keyin dadam derazaning oldiga
o‘tirib oldi. Ikki ko‘zi ko‘chada. Dambadam o‘rni
dan turib ketadida:
– Bu xumpar qayoqda qoldiykin? – deb g‘ijinib
qo‘yadi.
Oyim dasturxonni tuzab qo‘ydi. Shun
doq bo‘lsayam oshxona bilan uyga zir yugurib,
kam-ko‘stini qidirdi. Dadam fig‘oni oshib uyda gir
aylanib yurgan edi, birdan ko‘cha tomondan ma
shinaning signali eshitildi.
– Ana, keldi! Yuguringlar! Eshikni ochinglar!
Nimaga qaqqayasanlar?! Tezroq bo‘lsalaringchi! –
bo‘kirib berdi dadam. O‘zi
esa boshini derazadan
144
Aziz Nesin
chiqarib, ko‘chaga mo‘raladi. Dadamning ovozidan
qo‘rqib ketgan oyim jonholatda eshikka qarab
yugurdi. Ochib qarasaki, hech kim yo‘q.
Oyim ikki kundan beri Fato‘shning qulog‘iga gap
quyadi. Mehmonning oldida uni qilu buni qilma,
degan mazmunda.
Oyimning odob darslariyam
nuqul men bor paytda o‘tadi. Buning bir chekkasi
menga ham tegishli bo‘lsa kerakda.
Mana, Fato‘sh yasanib olgan. Oyim menga sekin
ko‘z qirini tashlab qo‘ydida, yana nasihatga o‘tdi.
– Mehmon borida odob saqlab o‘tirgin, oppoq
qizim. Birovning oldida og‘izga qo‘l tiqib bo‘lmaydi.
Innaykeyin, yerga tushgan narsani og‘zingga sol
ma. Ha, qulog‘ingda bo‘lsin. Yo‘talmoqchi bo‘lsang,
og‘zingga qo‘lingni tut. Yana shuni bilib qo‘yki,
mehmonning oldida nonni butunicha ushlama,
ke
ragini ushatib ol. Xo‘pmi, do‘mbog‘im? Yana
men senga aytsam, birov seni chaqirib qolsa, «ha»
deb o‘tirmagin. Uyat bo‘ladi. «Ha» degan so‘zni zin
hor og‘zingga olma.
– Bo‘lmasa nima deyishim kerak?
– Begona odamning oldida «ha» desa, ayb bo‘la
di. Labbay, deb javob berish kerak.
Oyim har zamonhar zamonda menga ko‘z qiri
ni tashlab qo‘yadi. Bundan uncha ko‘ngli to‘lmadi
shekilli, shart etib menga o‘girildi.
– Mehmonga bir nima demoqchi bo‘lsang, oldin
«afandim» degin, o‘g‘lim. Gaping tugagandan keyin
ham «afandim» deb qo‘shib qo‘y. Xo‘pmi?
Derazaning tagida xo‘jayinini kutib o‘tirgan da
dam birdaniga: «Ana, keldi!» deb qichqirganicha
eshikka otildi. Oynadan mo‘ralab
qaragan edim,
eshigimizning oldida turgan yaltiroq mashinaga
ko‘zim tushdi. Usti qizil rangga bo‘yalgan ekan.