Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

Aziz Nesin
– Umri bilan bergan bo‘lsin. Qoyil, o‘g‘ilchangiz 
juda aqlli bola ekan, – dedi muhandis.
Buni eshitib amakim yana erib ketdi.
– Nimasini aytasiz, afandim. Shaytonga dars be­
radi bu xumpar. Hatto uyda kim qaysi ishga qodir 
ekanini ham biladi...
Bu bola menga qarindosh. O‘zi mendan bir 
yarim yosh kichik. Durust bola. Ammo uning da­
dasiga ma’qul tushgan qiliqlari o‘taketgan tarbiya­
sizlikning o‘zi. Men shunday deb o‘ylayman.
Gapi chala qolgan qo‘shnimiz kelgan joyidan 
boshlab yubordi.
– Qizchamiz hozirdanoq rassom bo‘lib qolgan. 
Chizgan rasmlarini ko‘rsangiz, havasingiz keladi. 
Juda antiqa.
– Qizimning qo‘li gul, ishqilib yomon ko‘zdan 
asrasin, – qo‘shib qo‘ydi onasi.
Navbat kichik amakimga tegdi.
– Shu zamonning bolalari juda o‘tkir bo‘lib 
ketyapti­da. Hammasi bir­biridan o‘taman deydi. 
Shu bizning o‘g‘ilcha deng...
Bilsak, amakimning o‘g‘ilchasi juda xushovoz 
ekan.
– Bizning Fato‘shimiz raqqosa bo‘ladiganga 
o‘xshaydi, – dedi dadam ham gapga qo‘shilib. – 
Tvist degan bir o‘yin bor ekan. Shuni biram boplab 
tashlaydiki, asti qo‘yaverasiz.
Qizimni yallachi qilmayman, keragi yo‘q, – 
e’tiroz qildi oyim.
– Xomlik qilma, xotin. Raqqosa boshqa, yallachi 
boshqa. Farqi bor. Qizimiz yallachi emas, raqqosa 
bo‘ladi.
– Baribir begonaning oldida yechinib o‘ynay­
di­da, xohlamayman buni!


129
«Ona tarbiyasi»
Shu gaplarni eshitib o‘tirib, miyamga g‘alati bir 
fikr keldi. Aytaylik, o‘tirganlardan biri yana o‘g‘il­
chasini maqtab ketadi. «O‘g‘lim tushmagur endi 
yigirmaga chiqdi. Tunov kuni onasini emib o‘tir­
ganida menga qarab: «Dada, menga xotin olib 
bering!» deb qolsa bo‘ladimi. Yo tavba! Shu yosh­
da bolaning tili chiqqanini ko‘rganmisiz?! Voy 
zamonangdan o‘rgilay shunqorlar­ey!» Buni eshi­
tib, hamma yoqa ushlaydi. Shu narsaning bo‘lishi 
mumkinmi? Albatta mumkin. Boyagi gaplarni ayt­
gan odamlarning shunga aqli yetmasmidi? 
Qaysi bir kuni qo‘shnimiz yangi gap topib keldi. 
Bir yarim yashar bolasi atak­chechak qilayotgan 
emish. Oyimga shuni quvona­quvona gapirdi. Men 
hayron bo‘ldim. Nima, bir yarim yashar bola yur­
masdan uchishi kerak ekanmi?
Yosh bola nima hunar ko‘rsatsa, hammasi­
ga ajablanaverishar ekan­da. Qiziq, go‘dakning 
tili chiqqanigayam hayron bo‘lishadi. Bola degan 
odamga o‘xshab gapirmay, bo‘riga o‘xshab uvil­
lashi kerak ekanmi?! Tavba.
Miyasi butun bolalar birpasda uyimizni boshga 
ko‘tarib, to‘s­to‘polonini chiqarib yuborishdi.
Boyagi muhandisning Toriq degan o‘g‘li bor. 
Kap-katta bola, o‘rta maktabning ikkinchi sinfida 
o‘qiydi. Muhandis shu o‘g‘lidan gap ochdi.
– Yoshligida Toriq juda ajoyib bola edi. Nimaga­
dir keyin o‘zgarib qoldi.
– Qani, qani, nimasi ajoyib edi? – qiziqib so‘radi 
kichik amakim.
Injenerning o‘g‘li ham shu yerda. Otasi gapiryap­
ti­yu, men unga razm solaman: turqi sovuq, so‘tak 
bir bola, xolos.


130
Aziz Nesin
Toriqni onasi chaqirib qoldi. Uning uch­to‘rt 
marta ovozi eshitilgan bo‘lsayam, Toriq miq etmay 
o‘tiraverdi. Oxiri derazani ochib o‘shqirdi:
– Ha! Nima deysan?
Ota­onalar o‘z farzandlari nimalarga qodir 
ekanini bir ko‘rsatib qo‘yishmoqchi edi. Hamma 
shu fursatni sabrsizlik bilan kutardi. Oxiri katta 
amakining sabri chidamadi. U besh yashar qizini 
imlab chaqirdi.
– Qani, qizim, amakilaringga ashula aytib ber­chi. 
Maza qilib bir eshitsin. Qizcha jilpanglab, noz qildi.
– E-e...
– Bo‘la qol, oppoq qizim.
– Aytgim kelmayapti.
– Aka­singilning musiqaga juda ixlosi baland, – 
qistirib o‘tdi kelinoyim. – Kuyni darrov ilib olishadi. 
Pianino chalganda qo‘llari biram kelishib turadiki. 
Pianino bo‘lganda o‘g‘lim boplab menzurka chalib 
berardi­ya.
– Menzurka emas, mazurka, xonim, – dedi 
amakim uni tuzatmoqchi bo‘lib.
– Menzurkami, manzurkami – hammasi bir go‘r 
emasmi... Yoshligimda men ham musiqa shaydosi 
edim, ikkovi menga tortgan. Qizlarini yana qistab 
ketishdi. – Bo‘l endi, qizim. Aytmasang, hay olib 
bermayman.
– Obermasangiz obermang. Navbat poraga keldi.
– Ashula aytib bersang, bitta shokolad beraman.
– Nimani aytay?
– «Bey o‘g‘lining qizlari»ni.
Amakim tunuka choynakni olib, qopqog‘ini 
tiqillatdi. Kelinoyim barmoq shiqillatdi. Nihoyat, 
chi yillagan bir ovoz eshitildi. Qo‘shiq boshlandi. 
«Bey o‘g‘lining qizlari, yor­ey, Bey o‘g‘lining qizlari, 
  yor­ey, Suzilib turar ko‘zlari, yor­ey...»


131

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish