Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

NOITTIFOQ MAKTAB VA OILA
Do‘stim Ahmad!
Hozirgina 22­yanvarda yozgan xatingni oldim. 
Kecha ukol qildirgan edim, shuning uchun bugun 
o‘qishga bormadim. Xatingni o‘qib, qattiq kulib 
yuborgan ekanman, oyim:
Bekordan bekorga nega kulasan, qizim? – deb 
hayron bo‘ldi.
Sendan xat kelganini aytdim.
– Nima deb yozibdi o‘rtog‘ing?
Yozganlaringni oyimga ham o‘qib berdim. Rosa 
miriqib kuldi...


118
Aziz Nesin
Senga men «Maktab va oila ittifoqi»ning bir maj­
lisini gapirib bermoqchi bo‘lib yurgan edim. Mana, 
bugun shunga imkon tug‘ildi, vaqt juda bemalol. 
Ukol sal og‘rib, isitma chiqarib turibdi­yu, lekin 
chidasa bo‘ladi.
Yaqinda maktabda ota­onalar majlisi bo‘ldi. O‘zi 
har oyda bir marta o‘tkazib turiladi. Beshinchi sinfdan 
besh bola navbatchilik qiladigan bo‘ldik. Uchta qiz va 
ikkita o‘g‘il bola. O‘sha kuni majlisda bo‘lgan hamma 
gaplarni o‘z qulog‘im bilan  eshitdim. Juda g‘alati gaplar 
bo‘ldi. Senga shularni aytib bermoqchiman.
Navbatchilarning ishi majlis tugaganidan ke­
yin mehmonlarga choy, limonad, pecheniy ula shib 
chiqishdan iborat. Shuning uchun bizni ichkari 
qo‘yishmadi. Koridorga chiqib turdik. Zal ota­ona­
lar bilan liq to‘lgani uchun dimiqib ketdi, axiyri 
 eshikning ikkala tavaqasini lang ochib yuborishdi. 
Koridorda turib, hamma gaplarni eshitib oldik.
Direktor janoblari majlisda birinchi bo‘lib nutq 
so‘zladi. U nutqni muloyim ohangda boshlagan 
bo‘lsa, keyin o‘dag‘aylashga o‘tdi. Gapning asosiy 
mazmuni shu bo‘ldi: ota­onalar farzandlarini o‘z 
holiga tashlab qo‘yishgan, natijada, hamma og‘irlik 
maktabga tushyapti. Shuni unutmaslik ke rakki, 
maktab aslida oiladan boshlanadi. Ota­ona uyda 
bolani tergab turishi, vaqtida dars qildirishi, mak­
tabga kelib, uning o‘qishidan, yurish­turishidan 
xabar olib turishi lozim.
Zalda pichir­pichir gaplar o‘ralashib qoldi. Di­
rektor maktab ishlariga sho‘ng‘ib ketgani uchun 
o‘ziga vaqti qolmayotganidan nolib gapirdi.
– O‘g‘lim litseyning birinchi sinfida o‘qiydi. Shu 
maktab ishlaridan bo‘shab litseyga borolmayman. 
O‘g‘limning o‘qishlari qanaqa, bilmayman. Bir ke­


119
«Ona tarbiyasi»
lib keting, deb ko‘p xat yuborishdi, ammo vaqt qani 
bunga... Ishim boshimdan oshib yotgan bo‘lsa...
«Maktab va oila ittifoqi»ning raisi qilib bir ayol 
saylangan. Direktordan keyin u ota­onalarga so‘z 
berdi. O‘tirganlardan biri minbarga chiqdi. Bu 
odam o‘quvchilar ona tillarini yaxshi bilmaydilar, 
deb shikoyat qildi.
– Bu qandoq gap, afandim, o‘g‘limga nima uchun 
ona tilini yomon o‘qitishadi?
Bu kishining tili biram g‘alati ekanki... Gaplari 
poyma­poy, hecham tushunib bo‘lmaydi. Bir jum­
laning o‘zida uchala zamon fe’li ketma­ket keladi. 
Gapi qayerda boshlanib, qayerda tugaganini bilol­
maysan.
– Aslo mumkin bo‘lmaydi, afandim. Fransuz tili 
bo‘lganida go‘rga erdi, nega bo‘sh saboq olishini bil­
masdim. Balki to‘g‘ri bo‘lajak bu. Ammo­lekin ona 
tilidan yomon o‘qidi, mumkin emas. Adolatsizlik 
bo‘ladi... Innaykeyin, mening o‘g‘lim boshqa millat 
farzandi bo‘ldi, turkcha bilmay qolajak. U mening 
o‘g‘lim, binobarin, turk farzandi, shundoq ekan, 
turkcha bilgan shart... Nega u ona tilini bilmaya­
jak? Tilni g‘oyat zo‘r o‘qitadi, demaganmishman... 
Lekin har qanday turk bolasi kerak kamida o‘rta 
tilni biladi. O‘g‘lim gapiradi, turkcha tushungan­
man, uni onasi tushundi, o‘rtoqlari tushunajak, 
demak, o‘qituvchisi ham tushungan kerak, albat­
ta. Tildan kamida o‘rta baho olgan kerak.
– Kechirasiz, gapingizga tushunolmadim, – luqma 
tashladi sinf o‘qituvchisi. – O‘g‘lingiz turk bo‘lgani va 
turk tili unga ona tili bo‘lgani uchun bu fandan ka­
mida o‘rta baho olish kerak, demoqchimisiz?
– Ha, to‘g‘ri, shuni gapir. O‘g‘limning gapiga ham­
ma tushundi, o‘qituvchisi ham tushungan lozim...


120

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish