Har kuni ishdan charchab uyga qaytgach televizor qarshisida o‘tirib jahon ayvonida ro‘y berayotgan voqyea-hodisalar, yangiliklarni kuzataman



Download 112,35 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi112,35 Kb.
#74269
Bog'liq
Har kuni ishdan charchab uyga qaytgach televizor qarshisida o


 Har kuni ishdan charchab uyga qaytgach televizor qarshisida o‘tirib jahon ayvonida ro‘y berayotgan voqyea-hodisalar, yangiliklarni kuzataman. Dunyoning turli mintaqalarida qonli to‘qnashuvlar, tabiiy ofatlar, notinchliklar haqidagi ma'lumotlarni eshitib, ko‘nglingiz xijil bo‘ladi va beixtiyor yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, barqarorlikka yana bir bor shukrona keltirasiz.

   E'tibor bergan bo‘lsangiz, qariyalarimiz duoga qo‘l ochib, eng avvalo yurt tinchligini tilaydilar. Zero, notinchlik hukm surgan joyda yaratuvchilik, bunyodkorlik ishlari to‘xtaydi, iqtisodiyot parokandalikka yuz tutadi, fuqarolar faqat qonli mojarolarda jonini asrab, tirik qolish ilinjida yashaydilar. Buni yaqin Sharq, Afg‘oniston, Ukraina va boshqa mintaqalar misolida ko‘rib turibmiz. Qurolli mojarolar avjiga chiqqan mamlakatlarda kechagina o‘z biznesi, kasb-kori, daromadiga ega insonlar bir kunda bor yo‘g‘idan, boshpanasidan, oilasidan ajralib, bir burda nonga zor bo‘lib ko‘chada qolmoqda. Bu qirg‘inbarot talato‘plarda yaqinlaridan, farzandlaridan, ota-onasidan ajralganlar qancha?

Vayronagarchiliklar tufayli taraqqiyoti bir necha o‘n yillar orqaga surib tashlangan mamlakatlarning, u yerda yashayotgan millionlab fuqarolarning kelgusi taqdiri nima bo‘ladi? Moddiy va ma'naviy yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish uchun yana qancha yillar kerak bo‘ladi?

    Bugun juda tez o‘zgarib borayotgan dunyoda ro‘y berayotgan voqyeliklar, diniy, etnik va boshqa nizolar bizni yanada chuqurroq mushohada qilishga, ogoh va hushyor bo‘lishga, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish va Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrashga undaydi.

   Joriy yil 17 iyulda mamlakatimiz Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori e'lon qilindi. Unda ta'kidlanganidek, «Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O‘zbekistonim!» degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan dasturga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilangan. Zero, bayramlar ham osoyishta yurtga yarashadi.

    Qarorda mustaqillik degan bebaho ne'matning qadr-qimmatini teran idrok etish, islohotlar, istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz mohiyatini va ahamiyatini, yurtimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida matbuot va ommaviy axborot vositalari oldiga juda katta vazifalar qo‘yilgan. Qarorni qayta-qayta o‘qir ekanman, «Biz kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?» degan savolga javob izlab xayolimda yaqin o‘tmishimiz bilan bog‘liq bir nechta voqyealar gavdalandi.

Mahallamizda o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillaridagi ocharchilik va urush yillari qiyinchiliklarini ko‘rgan nuroniy otaxon yashaydi. o‘alla o‘rim-yig‘im davrida otaxondan televideniyedagi maxsus dastur uchun intervyu olganimizda u o‘z boshidan kechirgan bir voqyeani hikoya qilib bergandi. Otaxonning ta'kidlashicha, ocharchilik yillarida dalasidan ikki qop bug‘doy hosili olgan. Kechasi bug‘doy somonini yanchib, tuproqqa aralashtirib loy qorgan, unga ikki qop bug‘doyni ham qo‘shib uy ichkari devorlarini suvoq qilib chiqqan. Uzun qish kechalarida devor suvoqlarining bir parchasini bolta bilan ko‘chirib olar va kesakni tog‘oradagi suvda ivigach, undan bug‘doyni ajratib olib, quritib, qo‘l tegirmonida tuyib, bir siqim undan farzandlariga atala qilib berar ekan. Shu tariqa u oilasini ocharchilik balosidan saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. «Otaxon, bug‘doyni devorga suvoq orasiga yashirmasdan, uyda qopda saqlasangiz bo‘lmasmidi?» deganimizda, «Eh bolam-a, u zamonda hozirgidek kechqurun uyda tinch uxlab bo‘larmidi, birinchi kechadayoq uyni talab, bug‘doyni olib ketishardi», deya javob bergandi.

   - Urush yillarida «Zaborniy kartochka» bilan bir tishlam non oldik, keyin makkajo‘xori unidan zog‘ora pishirib yedik, o‘tgan asrning saksoninchi yillari oxirida yana do‘konlarda bir buxanka non uchun soatlab navbatda turdik. Bugun yurtimiz g‘alla mustaqilligiga erishib, o‘z donimiz, o‘z nonimizga ega bo‘ldik. Shu kunlarga yetkazganiga shukr, - deydi piru badavlat otaxon.

   Shu o‘rinda g‘alla bilan bog‘liq yana bir voqyea esimga tushadi. O‘tgan asr saksoninchi yillari oxiri edi. Katta akamga yangi imorat soldik. Uy tiklangach tomsuvoq uchun bug‘doy somoni kerak bo‘ldi. U paytlarda xo‘jaliklarda bug‘doy ekilmagani bois comon izlab, uch kun ovorayu sarson kezdik. O‘shanda bug‘doy tugul uning somonini topish ham amri mahol bo‘lgan ekan.

   Tom yopishga shifer, bunga mablag‘ qayda? Unday tomsuvoqlar endi o‘tmishda qoldi. Yaqinda o‘sha akamning o‘g‘li qishloqda namunaviy loyiha asosida qurilgan yangi turar joyga hovli to‘yi qilib ko‘chib kirdi. Uy pishiq g‘ishtdan qurilgan, tomi chiroyli rangli tunuka bilan yopilgan, elektr, tabiiy gaz, vodoprovod tarmog‘iga ulangan, barcha qulayliklar muhayyo.

Akamning o‘sha saksoninchi yillarda boshlagan imorati qurilishi o‘n yillab davom etgan, o‘zi ham, oilasi ham goh qurilish materiali qidirib, goh quruvchi usta izlab, goh mablag‘ topa olmay rosa zada bo‘lgan edilar. Bugun esa farzandlari bir yilga qolmay qurib bitkazilgan zamonaviy turar-joyda maza qilib yashashyapti.

Yangi uyning ostonasiga qadam bosishimiz bilan ko‘zimiz o‘zimizda ishlab chiqarilgan maishiy texnika jihozlari, mebellar, chiroyli gilamlarga tushadi. Buni ko‘rib, bundan chorak asr muqaddam o‘zimiz yashagan ota uyimizdagi jihozlar ko‘z oldimdan o‘tadi. Uyimizda bittagina kichkina gilamcha bo‘lib, u ham avaylanib devorda osig‘lik turardi. Xonalarga palosmi, sholchami to‘shalardi. U davrlarda an'anaviy avgust kengashida yaxshi ishlagan o‘qituvchilarga choynak-piyolami, palosmi yoki bir o‘ram kamyob matonimi o‘z narxida olishga talon berilardi. Ota-onam o‘qituvchi bo‘lgani bois talonga bitta palos yoki ikki-uch metr baxmal matosi olishganda qanchalik quvonishgani esimda. Bugun bunday matohlar bozorimizda ham, har bir o‘zbekning xonadonida ham to‘lib-toshib yotibdi, tanlab-tanlab olaverasiz.

Aniq esimda, 1990 yilda mahallamizdagi 50 ta xonadonning atigi sakkiztasida yengil avtomobil bor edi. Bugun esa o‘sha xonadonlarning 32 tasida, hatto ba'zilarida ikkitadan yengil avtomobil mavjud. Yana o‘zimizning Asaka va Pitnak shaharlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillar!

Biroz oldin "Keksalarni e'zozlash yili" munosabati bilan bir guruh mehnat faxriylarini Pitnak shahridagi avtomobil zavodiga sayohatga olib borishdi. Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishgach, faxriylardan biri barchaning dilidagi gapni aytdi: «Ilgari zamonda qancha tengqurlarimiz yillar mobaynida ishlab, hatto eski bo‘lsayam shaxsiy avtomobili bo‘lishini orzu qilib, ezgu niyatlari amalga oshmay dunyodan o‘tib ketdilar. Bugun esa yurtimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarni tanlab, yaxshisini xarid qilyapmiz. Buyam istiqlol sharofatidan, azizlar!»

Sal avval yurtimizda muborak Ramazon hayiti keng nishonlandi. O‘sha kuni erta tongda oila a'zolarimiz bilan ota-bobolarimiz qo‘nim topgan qadamjolarni ziyorat qilishga otlandik. Beixtiyor bundan 30 yil burun hayit kunida bo‘lib o‘tgan voqyealarni esladim. O‘shanda respublikamizda dinga qarshi kurash avjiga chiqqan palla edi. Odamlarning qabristonga borishi, ota-bobolari ruhiga Qur'on tilovat qilishini ham taqiqlab qo‘yishdi. Ayniqsa, sobiq firqa a'zolarining bunday harakati kechirib bo‘lmas holat deb hisoblanardi.

    O‘tgan asrning saksoninchi yillarida yurtimizdan minglab yigitlar harbiy xizmatni Afg‘onistonda o‘tashiga to‘g‘ri keldi. Bema'ni va maqsadsiz urushda minglab yigitlarimiz nobud bo‘ldi, qanchadan-qanchasi nogiron bo‘lib qaytdi. O‘sha yillarda mahallamizdagi o‘g‘li afg‘on urushiga ketgan otaxonning, o‘g‘limning urushdan sog‘-omon kelishi uchun bor-budumni, butun uy-joyimni ham berishga tayyorman, - deb zorlanganlari hamon esimda. Yurtboshimiz ilgari surgan, turli harbiy bloklarga qo‘shilmaslik, askar yigitlarimizni o‘z yurtidan tashqaridagi to‘polonlarga aralashib qolishdan asrashga qaratilgan siyosat zamirida yurt tinchligi, manfaati, oddiy odamlarning ezgu istagi yotibdi, albatta. Yaqinda o‘sha Afg‘onistonda xizmat qilgan odamni uchratib qoldim. U ikkinchi guruh nogironi bo‘lib, yonida farzandi bilan kelardi. «O‘g‘lim harbiy xizmatdan tavsiyanoma olib qaytdi. Hujjatlarini Urganch davlat universitetiga topshirib kelyapmiz. Davlatimizga rahmat, jami to‘plash mumkin bo‘lgan balning 27 foizi miqdorida imtiyoz berilar ekan. O‘zi ham qattiq tayyorlanyapti. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, yuzimizni yorug‘ qiladi, albatta, - deya to‘lqinlanib gapirdi ota. - Bizning davrimizda shunday imkoniyatlar bo‘lganda men ham o‘qib, oliy ma'lumot olgan bo‘lardim», - deya afsuslanib qo‘shib qo‘ydi u.

    Hozir yozgi ta'til davri. O‘g‘lim har yilgidek tuman markazidagi oromgohda miriqib dam oldi. Ta'til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun bolalar sport majmuasiga qatnaydi. Odatda o‘g‘il bolalar futbolga qiziqadi. Oqshom tushib havo salqinlashgach, farzandim koptokni olib, tengqurlari bilan mahallamizda yangi qurilgan sun'iy qoplamali futbol o‘yingohiga otlanadi. Tun pardasi tushgan bo‘lsa-da, o‘nlab chiroqlar o‘yingohni kunduzgidek ravshan qilib turibdi. Bu shart-sharoitlarni o‘zimizning o‘quvchilik yillarimizda mahalladagi tashlandiq maydonchada to‘rtta g‘ishtni o‘zimizcha darvoza o‘rnida qo‘yib, tuproq changitib futbol o‘ynaydigan davrlar bilan taqqosladim. Bundan chorak asr muqaddam aksariyat mahallalardagi vaziyat xuddi shunday edi-da.

   Avgust ayni pishiqchilik mavsumi. Vohada qaysi bir dehqon bozoriga bormang, meva, sabzavot, poliz ekinlari mo‘lligidan rastalar egilay deydi. Bu noz-ne'matlarning asosiy qismi aholi shaxsiy tomorqalarida yetishtirilgan. 1989 yilda hali sobiq tuzum o‘z zabtini o‘tkazib turgan bir davrda respublikamiz rahbari Islom Karimovning tashabbusi bilan qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta'minlash to‘g‘risidagi tarixiy qarorning qabul qilinishi qishloqda mavjud ijtimoiy muammolarni yechish, xalq turmush farovonligini ta'minlashda muhim omil bo‘lgan edi. Bugun bozorlarimizdagi to‘kin-sochinlik, omborimiz to‘liq, dasturxonimiz butligi uzoqni ko‘zlab qabul qilingan o‘sha tarixiy qaror sharofatidandir.

     Bugun to‘y-tantanalarda, gap-gashtaklarda suhbat mavzusi yurtimizdagi ulkan bunyodkorliklarga ko‘chadi. Birgina Urganch shahridagi misli ko‘rilmagan qurilish va obodonlashtirish ishlari buning yaqqol ifodasidir. Qisqa fursatlarda bunyod etilgan «Yoshlar ko‘li», al-Xorazmiy va Yoshlik ko‘chalaridagi turar joylar, savdo va boshqa madaniy-maishiy ob'yektlar, zamonaviy aeroport va temir yo‘l vokzali, o‘nlab sport inshootlari bugungi Urganch qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Muhtasham binolar, keng va ravon ko‘chalar, ko‘priklar, obod mahallalar, jozibador favvoralar, turfarang gullar, manzarali daraxtlar shahrimiz chiroyiga yanada chiroy qo‘shdi. Bugun qadim Xorazmga tashrif buyurayotgan xorijlik sayyohlar Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, avval Urganchni tomosha qilib, keyin navqiron Xivaga yo‘l olmoqdalar. Eng e'tiborlisi, bunday bunyodkorlik ishlari nafaqat viloyat va tuman markazlarida, hatto eng chekka hududlardagi qishloqlarga ham kirib bordi. 

    Xulosa shuki, endi «Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?» degan savolga bizda to‘laqonli va muxtasar javob bor. Biz kechagi o‘z erkidan, huquqidan mahrum, tili, dini, qadriyatlari oyoq osti qilib toptalgan mazlum bir millatdan ozod va baxtiyor, hur va erkin, jahon maydonida o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘lgan millatga aylandik. Bizni dunyo tanidi va tan berdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan «Dunyoning eng baxtli mamlakatlari» mavzuida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 158 davlat orasida 44-o‘rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egallagani ana shundan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab tayyorlanayotgan teleradiodasturlarimizda ana shu jihatlarga katta e'tibor qaratmoqdamiz. 

    «Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo‘lmaymiz ham», degan shiorni maqsad qilgan mehnatkash, teran tarixiy ildizlarga ega, o‘z kuch-qudrati va salohiyatiga tayangan xalqimiz o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan hech qachon qaytmaydi. Zotan, bu yo‘l bizni buyuk kelajak sari eltishiga ishonchimiz komil!



Download 112,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish