Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

Aziz Nesin
kan. Hamma narsani shundoqqina ko‘rib turar­
kan. Shuning uchun imtihon bo‘lib qolsa, oldingi 
qatorda o‘tirgan bolalar nuqul past baho olishar­
kan. Orqada o‘tirganlarning ishi durust bo‘larkan: 
ular oldingi qatorda o‘tirgan bolalarning orqasiga 
kitobni qo‘yib, bemalol ko‘chirib olishaverarkan...
Navbat dadamga keldi.
– Nofis quruqning imtihoni yodingizdami?
– Ha, anavi pashsha voqeasimi? Unutib bo‘ladi­
mi uni...
Ma’lum bo‘lishicha, Nofiz quruq deganlari kimyo­
dan dars berarkan. Ko‘zi uzoqni yaxshi ko‘rmas 
ekan. Bir kuni imtihonlardan oldin o‘quvchilar­
dan biri katta­katta pashshadan tutib, quticha­
ga joylab olibdi. Imtihon boshlanibdi. Haligi bola 
yupqa qog‘ozdan shpargalka tayyorlapti, keyin uni 
ingichka ip bilan pashshaning oyog‘iga bog‘lab, 
uchiraveripti. Ma’lumki, yuki bor pashsha uzoq­
qa ucholmaydi, bir ko‘tarilib, bir qo‘nadi. Bolalar 
pashshani tutib, shpargalkani ko‘chirib olishar, 
keyin esa boshqa tomonga uchirib yuborisharkan. 
Hammalari shunday qilishibdi. Bir payt to‘satdan 
eshik ochilib, sinfga litsey direktori kirib kelibdi. 
Tasodifni qaraki, oyog‘iga shpargalka bog‘langan 
bir pashsha ikki marta havoda gir aylanibdi­da, 
to‘g‘ri direktorning tepakaliga qo‘nibdi.
– Sizlarga hech narsa bo‘lmadimi o‘shanda? – 
so‘radi Metin.
– Bir bolani maktabdan haydashmoqchi bo‘li­
shuvdi, arang qutulib qoldi.
– O‘sha o‘rtog‘imiz hozir professor bo‘lgan, – 
qo‘shimcha qildi Nurtonning dadasi.
– Siz ham maktabda shu ishni qilganmisiz, 
beyafandim? – so‘rashdi buvamdan.


153
«Ona tarbiyasi»
– E, qaysi maktab ko‘rgan bola shpargalkani bil­
maydi, janoblar, – deb buvam boshqa bir voqeani 
gapirib berdi.
Kimyodan og‘zaki imtihon ketayotgan ekan. 
Ichkariga uch kishidan kirib turishibdi. Navbat 
buvamga kelibdi. Ikki o‘rtog‘i bilan ichkari kirib­
di. Ikkitasi orqaroqda­yu, bir bola oldinda turgan 
ekan. O‘sha oldinda turgan bola sinfning eng qoloq 
o‘quv chisi ekan. O‘qituvchining savollariga si rayam 
javob berolmabdi. Nimani so‘ramasin, churq et­
may turaveribdi. Buni ko‘rib o‘qituvchining xuno­
bi  oshibdi. Qani, osonroq narsani so‘ray­chi, zora 
javob  bersa,  degan  fikrda  stolda  turgan  grafinni 
ko‘rsatibdi­da: «Xo‘sh, buning ichidagi nima?» deb 
so‘rabdi. Bola bezrayib turaveribdi. Shunda orqa­
roqda turgan o‘rtog‘i g‘ijinib: «To‘nka», debdi sekin­
gina.
– Grafinda nima bor, o‘g‘lim?
– To‘nka, afandim...
O‘sha kuni eshitgan gaplarim meni qattiq o‘ylan­
tirib  qo‘ydi.  Ertasiga  tanaffusda  voleybol  o‘ynab 
turgan edik, o‘qituvchimiz ham bizga qo‘shildi. 
O‘yindan keyin dam olib o‘tirgan edik, miyamdan 
nari ketmay turgan savolni o‘qituvchiga berdim.
– Nima, shpargalka deysanmi? Bu ishni men 
ham qilganman, albatta. Ammo bir o‘zim emas, – 
deb javob berdi o‘qituvchi. – Sinfimizda bir a’lochi 
bola bo‘lardi. Bir kuni yozma imtihon paytida o‘sha 
bola hammamizdan oldin ishini yozib tugatdi­da, 
tashqari chiqib ketdi. Keyin katta karton qog‘oz­
ga butun javoblarni yozib, tayoqqa ilibdi. Hovli to­
mondagi derazaning oldiga borib, tayoqni baland 
ko‘tarib turdi. Biz ham javoblarni boplab ko‘chirib 
oldik...


154
Aziz Nesin
Ertasi  kuni  o‘qituvchi  oilashunoslik  darsidan 
yozma ish oladigan bo‘lib qoldi. O‘ng tomonda 
Turkon, chapda esa Murod o‘tiradi. Murodni bil­
sang kerak, qaysi bir xatimdayam uni senga ga­
pirib bergan edim. O‘qituvchi chaqirib qolsa, men­
mi,  deb  anqovsiraydigan  bola-chi?  Endi  esing­
ga tushdimi? Murod sinfdan o‘tolmay, o‘tgan yili 
sheriklaridan qolib ketgan. Endi biz blan o‘qiyapti. 
O‘zi ancha tirishqoq bola­yu, lekin miyasiga dars 
kirmaydi. Ammo yaxshigina o‘rtoq u. O‘sha kuni 
Turkon ham nimagadir dars qilmay kelgan ekan. 
Yozma ish bo‘lishini eshitib, ikkovi mendan najot 
so‘rab qolishdi.
– Shpargalka uzatolmayman­u, ammo kerak 
bo‘lsa sekin aytib turishim mumkin, – dedim ularga.
O‘qituvchi savollarni aytib turdi, hammamiz 
yozib oldik. Mana o‘sha savollar:
«Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq 
kerak?»
«Kasalning oldini olish uchun bolaning o‘zi nima 
qilmog‘i kerak?»
«Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlar bi­
lan o‘yinchoqlarni aytib bering?»
«Jismoniy jazoning biror tarbiyaviy ahamiyati 
bormi?»
Kecha kechqurun va bugun ertalab oilashunos­
lik kitobi qo‘limdan tushmagan edi, shuning uchun 
qaysi savolga qaysi betdan javob topish mumkin­
ligini bilaman. Bundoq qarasam, Turkon kitobni 
tizzasiga qo‘yib olgan ekan.
–  Elliginchi  sahifani  ochinglar.  Elliginchidan 
ellik ikkinchi betgacha ko‘chiraveringlar, – sekin 
shipshitib qo‘ydim Turkon bilan Murod ikkoviga.
O‘zim ham ishga kirishib ketdim.


155
«Ona tarbiyasi»
– Meni laqillatibsan­ku, – deb qoldi bir payt 
Murod.
– Ha, nima bo‘ldi?
– Elliginchi betda suyak haqida yozilgan-ku!
– Keyingi sahifani och!
– Ochib ko‘rdim. Mushak, qon tomirlari bor ekan. 
Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish