Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin


Partaning tagida ushlab turgan kitobiga ko‘z qirimni



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878


Partaning tagida ushlab turgan kitobiga ko‘z qirimni 
tashladim. Qo‘lidagi «Anatomiya» darsligi ekan.
– Bunga balo bormi? «Oilashunoslik»ni ol!
Murod boshqa kitobni olib shipillatib yoza ketdi.
Saldan keyin Turkon ikkovi ishni topshirib 
chiqib ketishdi. Orqalaridan men chiqdim.
– Menikida elliginchi bet umuman yo‘q ekan, – 
deb qoldi bir payt Murod.
– Nega endi? Albatta bo‘lishi kerak, – dedim hay­
ron bo‘lib.
– Yo‘q, xudo haqqi. Qirq sakkizdan oltmish to‘rt­
gacha ko‘rinmadi.
Keyin kitobni ko‘rsatdi. Gapi to‘g‘ri chiqdi. Ayt­
gan betlari chindan ham yo‘q edi. Buning evaziga 
oldingi bobdan ikkita berilibdi. Har holda kitobni 
muqovalash paytida xato ketgan ko‘rinadi.
– Xo‘sh, keyin nima qilding?
– Qirq sakkizdan uyog‘ini ko‘chiraverdim. Ta­
vakkalda.
Ertasiga  o‘qituvchi  yozma  ishlarimizning  nati­
jasini o‘qib berdi. Turkon bilan menga a’lo qo‘yibdi.
–  Endi  men  sizlarga  sinfdoshingiz  Murodning 
yozma ishini o‘qib bermoqchiman, – dedi u kutil­
maganda. – Mana, eshitinglar. Birinchi savol: «Bo­
lani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq kerak?» 
Javob: «Tez eskirmasligi, bejirim va ozoda bo‘lishi 
uchun ularni ehtiyot qilish, vaqti­vaqti bilan daz­
mollab turish kerak».


156
Aziz Nesin
Hamma sharaqlab kulib yubordi.
– Jim bo‘linglar! Endi ikkinchi savolga o‘taman. 
«Kasalning oldini olish uchun bolaning o‘zi nima 
qilmog‘i kerak?» Mana, Murodning yozgan javobi: 
«Uni tez­tez cho‘tkalab turish kerak. Changini qo­
qib bo‘lgach, qoziqqa ilib qo‘ying. Mavsumi o‘tgan­
dan keyin esa bo‘xchaga tugib, sandiqqa solib 
qo‘yish kerak. Mabodo u qattiq kirlangan bo‘lsa, 
qaynoq suvga solib, sovun bilan ishqalab yuvish
keyin oftobda yoyib quritish lozim».
Kulaverib bolalarning ichagi uzilayozdi. Murod­
ning sha’niga har xil kesatiq gaplar yog‘ilib ketdi. 
Boyoqish qattiq o‘sal bo‘ldi.
– Axir bu gaplarni men o‘zim to‘qiganim yo‘q, ki­
tobdan olib yozdim­ku, – dedi u oxiri yig‘lamsirab.
– Ha, balli, kitobdan ko‘chirgansan, bilaman, – 
dedi o‘qituvchi. – Ammo shunda ham yanglishib­
san. «Bola tarbiyasi» o‘rniga «Kiyim­boshga qarash» 
degan bobni ko‘chiribsan.
– Zaynab menga shundoq degan edi. 
O‘qituvchi yalt etib menga qaradi.
– Iya, Zaynab, o‘rtog‘ingga ko‘chirmachilikni 
o‘rgatganing yetmaganidek, yana aldaysanmi ham?
Endi orqaga chekinib bo‘lmaydi. Shuning uchun:
– Men hecham aldaganim yo‘q, afandim, – de­
dim. – Savollarga kitobning qaysi betidan javob to­
pish mumkinligini aytib berdim, xolos.
O‘qituvchimiz Murodning kitobini ochib ko‘rgan 
edi, masala ravshan bo‘ldi.
– Baribir buni oyingga aytib bermasam bo‘lmay­
di, – deb o‘qituvchi menga po‘pisa qildi.
Oyimni maktabga chaqirib, nima yomonlik qil­
ganimni aytishdi. Kechqurun uyda toza dashnom 
eshitdim. Dadam:


157
«Ona tarbiyasi»
– Juda noma’qul ish qilibsan, qizim, chakki 
bo‘pti, – deb koyib berdilar.
Yaxshiyamki o‘sha kuni buvam biznikida edi. 
Buvam jonimga ora kirdi.
– Bo‘ldi endi, bolamni ko‘pam koyiyvermanglar, 
– dedi buvam yonimni olib. – O‘rtog‘iga aytib ber­
gan bo‘lsa nima qipti, osmon uzilib yerga tushib­
dimi? O‘zi kitobdan ko‘chirib olmapti­ku, axir.
– Birovga aytib berdi nima­yu, ko‘chirib oldi nima, 
ikkoviyam bir go‘r, – dedi oyim hovuridan tushmay.
– Bas endi, bo‘ldi... Maktabda bu ishni kim qil­
magan deysan...
Metin luqma tashladi:
– Lekin hammayam qo‘lga tushavermaydi­da. 
Ilojim qancha, bo‘lar ish bo‘ldi endi. Shundoq 
bo‘lsayam o‘rinsiz ta’nalar eshitib, dilim xufton 
bo‘ldi. Ayniqsa, Metinning gap­so‘zi oshib tushdi. 
Ikki gapning birida nuqul: «Chakki bo‘pti­da. Buni 
eplagan odam qiladi. Qo‘lga tushib, sharmanda 
bo‘lishning nima keragi bor!» deb piching qiladi.
Xatingni kutaman. Iloji boricha to‘laroq yoz. 
Maylimi?
Xo‘p, yaxshi qol. Senga muvaffaqiyat tilab
Zaynab Yolqir,  
Anqara, 16-fevral, 1964-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish