Rim fuqarolari o'z mulkiga nisbatan o'ziga bog'liq bo'lmagan holda egalik
huquqini yo'qotgan bo'lsa yoki o'z
ashyolarini, mulkini tashlab yuborgan bo'lsa
va o'z ixtiyoridan chiqib ketgan bo'lsa qonuniy asosda egallash natijasida mulk
huquqi vujudga keladi. Bu vujudga kelgan egalik huquqi boshqa shaxslarning
egalik huquqi bilan butunlay bog'liq emas, ana shunday ashyoga, ob'yektlarga,
mulkka bo'lgan egalik huquqining vujudga kelishi dastlabki usul asosida mol-
mulkka egalik huquqining vujudga kelishi deb tushuniladi.
Dastlabki usuldan tashqari mulkka bo'lgan egalik huquqining vujudga
kelishi hosila usulida ham amalga oshirilgan. Mulkka
egalik qilish huquqining
hosila usuli deganda mol-mulk, ashyo yoki biror ob'yekt shaxslardan shaxslarga
kelishuv, shartnomalar asosida qonun-qoidalarga rioya qilingan holda egalik
huquqi birinchi sotuvchidan oluvchiga ixtiyoriy asosda belgilangan narxni
to'lash asosida o'tkaziladi. Bunday hollarda mol-mulk o'zining dastlabki sifatini
yo'qotmaydi, faqat sub'yektlar o'zgaradi xolos. Ya'ni sotuvchi ushbu ashyoga
mol-mulkka nisbatan mulk huquqi egaligini yo'qotadi, sotib oluvchi esa yangi
mulk huquqining sub'yekti bo'lib hisoblanadi.
Huquq va burchlarning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tishi huquq
vorisligi deyiladi. Mulk huquqining vorislik bo'yicha bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga o'tishi hosila usuli doirasida amalga oshadi.
Rim huquqi mulk huquqining vujudga kelishini doimo yangi narsalarni
yaratish, o'zlashtirilmagan tabiat boyliklariga ega bo'lish kabi munosabatlar
bilan ko'proq bog'lagan. Ayniqsa, mulk huquqiga ega bo'lishning eng asosiy va
ko'p qo'llaniladigan hamda oddiy usulda
amalga oshiriladigan turini, ya'ni
shartnomalar tuzish asosida mulk huquqining vujudga kelishiga katta e'tibor
qaratilgan.
Mulk huquqini shartnomalar asosida o'tkazish deb, rimliklar «shaxslar
o'rtasida biror-bir ashyoni, mulkni bir-biriga shartnomalar, bitimlar asosida,
meros tariqasida, vasiyatnomalar va qonunga binoan merosxo'rlik
munosabatlarini qo'llagan holda tirik shaxslar
bilan birgalikda qilingan
harakatlar ya'ni o'tkazish, berish, ashyoni topshirish yoki unga ega bo'lish
layoqatlari»ga tushunishgan.
Bulardan tashqari, mulk huquqiga ega bo'lishga qonun bilan nazarda
tutilgan yuridik faktning vujudga kelishi, mulkka egalik qilish uchun asos mulk
huquqini vujudga keltiruvchi muddat, yoki uning o'tib ketganligi va boshqa
huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi harakatlar ham asos bo'lgan.
Rim davlatining sinfiy davrida shartnomalarda
mulkka egalik qilish
huquqining vujudga kelishi uchta usul asosida amalga oshirilgan. Bu usullar
mansipasio, inyurechessio va tradisiolarga bo'linib har biri o'zining
mazmunlariga, mulkni o'tkazish usullariga ega bo'lgan.
Imperator Yustinian davriga kelib mulkka egalik qilish huquqining
usullaridan traditio (an'anaviy) usuli keng tarqalgan. Bu usulning o'ziga xos
xususiyatlaridan biri shu ediki, mulkni o'tkazuvchi shaxs yoki sotuvchining
bo'lishi hamda u o'tkazayotgan yoki sotiladigan ob'yektga nisbatan mulk
huquqiga ega bo'lishi shart bo'lgan, shuningdek, o'ziga o'tkazib olayotgan
shaxsning yoki sotib oluvchining bo'lishi lozim edi, ya'ni sub'yektlari bo'lishi
shart bo'lgan. Agar ulardan biri mulk huquqining egasi bo'lib hisoblanmaydigan
taqdirda, bunday harakat mulk huquqining egaligini yangi sub'yektini keltirib
chiqarmagan.
Shartnomalar asosida mulk huquqining vujudga kelishi uchun
tomonlarning o'zaro erklari bayon qilinishi, ya'ni roziligi bo'lishi hamda
mulkning mavjud bo'lishi, unga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishini
amalga oshiradigan munosa-batlarning yuzaga kelishi shart bo'lgan.
Rim davlati huquqida sinfiy davr mobaynida mulk huquqiga ega bo'lish
usullaridan biri aytib o'tganimizdek, tradisio hisoblanib, bu usul eng qulay,
oddiy va norasmiy xarakterga ega bo'lganligi uchun boshqa usullardan farq
qilib, eng asosiy usul bo'lib qolgan.
An'ana usulida mulk huquqi ashyoning faqat adolatli, ya'ni qonuniy
asoslarda mavjudligi sharoitida amalga oshirilgan. Mansipasio usuli bu qadimgi
usullardan va kviritlar huquqiga taalluqli bo'lib, mulkni, ashyoni beshta guvoh
oldida kelishilgan narx asosida torozibon ishtirokida
bu jarayon amalga
oshirilib, xuddi olish-sotish shartnomasiga o'xshash bo'lgan qoidalar asosida
vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: