Korporativ boshqaruv to’grisidagi qonunlar qabul qilingan yili bilan birgalikda ketma-ketlikda tuzilgan
№
|
korporativ boshqaruv to’g’risidagi qonunlar
|
qachon iqabul qilingan
|
1
|
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi
|
O’zb. Res. Vaz.
M 02.07.2014
|
2
|
Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish
|
PF-4720
24.04.2015
|
3
|
Korporativ boshqaruv xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish
|
V.M.421
21.07.2015
|
4
|
Davlat ulushi ustuvor bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish
|
PQ-2635
17.10.2016
|
5
|
O’zbekiston respublikasi ayrim qonunlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
|
V.M. 421
30.12.2016
|
6
|
O’zbekiston respublikasida xususiylashtirilgan korxonalarga komak va raqobatni rivojlantirish
|
U. M 1012
22.12.2017
|
7
|
Korporativ loyiha boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
|
PQ-3930
05.09.2018
|
8
|
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to’g’risidagi nizomini tasdiqlash haqida
|
M.B 3254
30.06.2020
|
9
|
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to’g’risidagi nizom shuning o’zgartirish va kuchini yo’qotish
|
M.B 3254
30.06.2020
|
10
|
Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish munosabati bilan o’zbekiston respublikasi ayrim qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida
|
OLIY MAJ. Q-P
1712-V 28.12.2021
|
11
|
Korporativ boshqaruv kodeksi
|
31.12.2015 9-Son
|
“AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1−2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-may,
O‘RQ-370-son
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |