Ma'ruza konstitutsiya doc


yil 6 may. O’zbekistonning yangi qonunlari 6-son. T. “Adolat” 1994 yil



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/99
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#97280
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99
Bog'liq
ozbekiston konstitutsiyasi

yil 6 may. O’zbekistonning yangi qonunlari 6-son. T. “Adolat” 1994 yil.  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
28 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
29 
Shaxsiy huquq va erkinliklar –insonning ajralmas huquqi 
Shaxsiy huquq va erkinliklar insonning tabiiy, asosiy ajralmas huquqlaridir. Ular 
tabiiy yashash huquqidan va erkinliklardan kelib chiqqan, har bir kishi tug`ilgandayoq 
shunday  huquqlarga  ega  bo`ladi.  Ular  kishining  shaxsiy  erkinligiga  kafolat  beradi, 
davlatning va boshqa kishilarning uzboshimchaligidan himoya qilinadi. 
O`zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  Konstitutsiyaviy  huquqlari,  erkinliklari 
tizimining  asosini  tashkil  qiluvchi  fuqarolarning  shaxsiy  huquq  va  erkinliklari 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VII bobida mustahkamlangan bulib, ular 
xalqaro huquqning barcha hujjatlari talablariga mos keladi. 
Shaxsni  himoya  qilish,  shuningdek  uning  hayotini  ijtimoiy  xavfli  tajovuzdan 
muhofaza qilish har bir demokratik davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shaxsiy 
huquq  va  erkinliklarning  boshqa  turdagi  huquqlardan  muhim  farqi  shundaki,  ular 
kishining  individual hayotiy  extiyojlarini ta'minlashga  qaratilgan  bulib,  ularning  uzlari 
tomonidan  mustaqil  amalga  oshiriladi.  Ular  uz  mohiyati  bilan  inson,  ya'ni  har  bir 
shaxsning  huquqlari  hisoblanib,  ular  qaysi  davlatning  fuqaroligiga  mansub  ekanligiga 
bog`liq bulmaydi. Shaxsning mazkur huquqlari daxlsiz va har bir shaxs ularga tug`ilishi 
bilan  ega  buladi.  Inson  huquqlari  ichida  eng  ulug`i  va  muqaddasi  uning  yashash 
huquqidir.  Konstitutsiyamizning  24-moddasida  kursatilganidek,  «Yashash  huquqi  har 
bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og`ir jinoyatdir». Inson 
huquqlari umumjauon Deklaratsiyasining 3-moddasida: «Har bir inson yashash, erkinlik 
va  shaxsiy  daxlsizlik  huquqiga  egadir»  deb,  Fuqaro  huquqlari  va  siyosiy  huquqlari 
tug`risidagi  Paktning  6-moddasida  esa,  «Har  bir  insonning  yashash  huquqi  uning 
ajralmas  huquqidir.  Bu  huquq  qonunlar  bilan  muhofaza  etiladi.  Hech  kim 
uzboshimchalik  bilan  insonni  yashash  huquqidan  mahrum  qila  olmaydi»  deb 
belgilangan.  Xalqaro  huquqning  insonparvarlik  qoidalaridan  kelib  chiqib,  O`zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  insonning  yashash  huquqini  uzviy  va  ajralmas  deb  e'lon 
qiladi hamda kafolatlaydi. Bizda insonning yashash huquqi qonunlardagina e'lon qilinib 
qolmasdan,  balki  juda  kup  vositalar  bilan  ta'minlanadi.  Birinchidan.  O`zbekiston  va 
uning hukumati tomonidan olib borilayotgan barqarorlik va tinchlikni saqlash siyosati, 
yurtimizda  hukm  surayotgan  tinchlik  va  osoyishtalik  insonning  yashash  huquqini 
ta'minlovchi eng muhim garovdir. 
Ikkinchidan.  O`zbekistonda  yashash  huquqining  muhim  kafolatlaridan  yana  biri 
inson  umrini  uzaytirish,  ulimni  kamaytirish,  qulay  va  munosib  turmush  sharoitini 
vujudga  keltirish  kabi  maqsadlarni  nazarda  tutuvchi  kuchli  ijtimoiy  siyosat  yurgizish 
hisoblanadi. Uchinchidan. O`zbekistonda insonning yashash huquqi turli qonunlar bilan 
muhofaza  qilinadi.  Bular  ichida,  ayniqsa  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  Kodeksi 
muhim  urin  tutadi.  Unda  inson  hayotiga  suiqast  qilish,  hayotga  qarshi  jinoyatlar  eng 
og`ir jinoyat sifatida qaralib, buning uchun qattiq jazo choralari belgilangan. JKning 97-
moddasiga  kura,  qasddan  odam  uldirganlik  uchun  15  yildan  20  yilgacha  ozodlikdan 
mahrum  qilish  yoki  ulim  jazosi  bilan  jazolanadi.  Tinchlik  va  xavfsizlikka  qarshi 
qaratilgan  jinoyatlar,  ya'ni  urushni  targ`ib  qilish  (JKning  150-moddasi),  agressiya 
(JKning  151-moddasi),  ya'ni  bosqinchilik  urushini  rejalashtirish,  boshlash  uamda  olib 
borish  15  yildan  20  yilgacha  ozodlikdan  maurum  qilish  yoki  ulim  jazosi  qullaniladi. 
Chunki  bunday  jinoyatlarning  barchasi  insonning  yashash  huquqiga  tajovuz  qiladi. 
Insonning yashash huquqini kafolatlaridan yana biri, Jinoyat Kodeksining 51-moddasiga 
muvofiq ulim jazosi ayolga va 18 yoshga tulmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan 
tayinlanishi  mumkin  emas.  Bundan  tashqari  O`zbekistonda  ulim  jazosiga  mahkum 
qilinganlar Respublika Prezidentiga avf etilishini surab murojaat etish huquqiga egadir.  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
30 
Shunday qilib, har qanday demokratik va adolatli davlatda jumladan O`zbekiston 
Respublikasida  ham  insonlarning  yashash  huquqi  kafolatlangan  tabiiy  va  muqaddas 
huquq  bulib,  unga  nisbatan  har  qanday  tajovuz  eng  og`ir  jinoyat  hisoblanadi.  Insonga 
qarshi  jinoyatlar  deb,  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  bilan  ta'qiqlangan, 
ijtimoiy xavfli qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) ya'ni inson hayotiga, sog`lig`iga, 
shaxsning  ozodligi,  sha'ni,  qadr  qimmatiga,  fuqarolarning  Konstitutsiyaviy  huquq  va 
erkinliklariga  qarshi  qaratilgan  jinoyatlarga  aytiladi.  Shaxsga  qarshi  jinoyatlar  Jinoyat 
Kodeksi bo`yicha quyidagi turlarga ajratilgan: 
- hayotga qarshi jinoyatlar; 
- sog`liqqa qarshi jinoyatlar; 
- hayot yoki sog`liq uchun xavfli jinoyatlar; 
- nomusga qarshi qaratilgan jinoyatlar; 
- oilaga, yoshlarga va ahloqqa qarshi jinoyatlar; 
- shaxsning ozodligi, sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar; 
- fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar.  
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida:  
«Hech  kim  qiynoqqa  solinishi,  zuravonlikka,  shavqatsizlik  yoki  inson  qadr-
qimmatini  kamsituvchi  boshqa  tarzdagi  taziyiqqa  duchor  etilishi  mumkin  emas.  Hech 
kimda  uning  roziligisiz  tibbiy  yoki  ilmiy  tajribalar  utkazilishi  mumkin  emas»ligi 
mustahkamlab  quyilgan.  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi  hamda  O`zbekiston 
Respublikasi Jinoyat Kodeksining eng muhim vazifalardan biri fuqarolarning sog`ligi va 
jismoniy  daxlsizligini  jinoyatkorona  tajovuzlardan  muhofaza  qilishdir.  O`zbekiston 
Respublikasi  Jinoyat  Kodeksining  101-111-moddalarida  sog`liqqa  qarshi  jinoyatlar  va 
ularga qarshi jazo belgilab quyilgan.  
 Har qanday kishining hayoti qonunchilik bilan himoya qilinadi va qo`riqlanadi. 
Shaxs  huquq  va  erkinliklarini  turli  tajovuz  soladigan  xavfdan  himoya  qilish  davlat 
organlari  tizimlari  tomonidan  amalga  oshirilmoqda.  Jamiyatda  jinoyatchilikning 
kuchayishiga yo`l qo`ymaslik shu jamiyat a'zolarining inson haq-huquqlarini  
poymol etuvchi illatlarga birgalikda kurash olib borishiga bog`liqdir. Shu bilan bir 
qatorda  fuqarolar  ham  o`z  huquqlariga  qarshi  qaratilgan  xavfdan  o`zini  himoya  qila 
olishi kerak.  
Inson  huquq  va  erkinliklariga  rahna  soladigan  jinoyatlarga  qarshi  kurashda  va 
jinoyatlarning oldini olishda har birimiz faol ishtirok etishimiz lozim.  

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish