~ ~
9-MAVZU: MAVAROUNNAHRNING ARABLAR TOMONIDAN
ISTILO QILINIShI. XALQ QO’ZG’OLONLARI.
9.1.MA’RUZANI OLIB BORISh TEXNOLOGIYaSI
Talabalar soni:
O’quv vaqti: 2 soat
Mashg’ulot shakli:
Informatsion ma’ruza
Ma’ruza rejasi:
1.Arab xalifaligining tashkil topishi.
2.Movarounnahrning arablar tomonidan istilo qilinishi.
3.Arab xalifaligining mustamlakachilik siyosati.
4.Arab xalifaligiga qarshi xalq qo’zg’olonlari.
Mashg’ulotning maqsadi: Mavarounnahrning arablar tomonidan istilo qilinishi. Arab bosqiniga qarshi
Xalq qo’zg’olonlari. Islom dininning keng tarqalishi haqida chuqur bilimlar hosil qilish.
Ma’ruza mazmuni: Arab halifaligining tashkil topishi va Movarounnaxr yerlarining arab
bosqbnchilari tomonidan istilo qilinishi. Mavzuning tarixshunosligi. Arabiston yarim orolida arab
halifaligining tashkil topishi. Arablarning qo’shni xududlarga tajovo’zkorlik yurishlari.
Mustamlakachilarning o’zlarini "sahobalar" deb mahalliy aholining urf-odatlarini, e’tiqodlarini va
madaniyatini mensimasligi. Arab yozuvi, arab tilining davlat maqomini olishi, Boshqaruv. Soliqlar:
"'Jiz’ya", "Xiroj", "Zakot" va boshqalar. Islomning majburan mahalliy aholiga qabo’l qildirilishi.
Moddiy boyliklarning halifalik markaziga tashib ketilishi. Aholining iqtisodiy-ijtimoiy ahvolining
yomonlashuvi. Arablarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi mahalliy xalq qo’zg’olonlari
So’g’ddagi 720-722 yillardagi Gurak va Divashtichlar boshchiligidagi qo’zg’olonlar. Ko’zg’olonning
bostirilishi, Divashtichning qatl qilinishi. 723 - 728 yillardagi Farg’ona, Shosh, Nasaf, Xuttolon,
So’g’dda ko’tarilgan ko’zg’olonlar. 736-737 yillarda Toxariston va So’g’dda ko’tarilgan
qo’zg’olonlar. Arab halifasi Nasr ibn Sayyorning moliya islohoti. Arab mustamlakachilarining
mahalliy aholi bilan yaqinlashishi. Halifalikning ijtimoiy va siyosiy hayotidagi keskin o’zgarishlar.
Sulolaviy kurashning boshlanishi. Ummaviylarga qarshi Abu Muslim boshchiligidagi ko’zg’olon va
uning ahamiyati. Mahalliy xalq axvolining og’irlashuvi. Buxoroda Sharik ibn Shayxulmaxri
boshchiligidagi qo’zg’olon. Qo’zg’olonning bostirilishi. Muqanna boshchiligidagi "Oq kiyimlilar"
qo’zg’oloni. Qo’zg’olonning yengilishi sabablari va oqibatlari.
Pedagogik vazifalar: Arablarning qo’shni xududlarga tajovo’zkorlik yurishlari haqida to’liq ma’lumot
beradi. iqtisodiy-ijtimoiy ahvolining yomonlashuvi sabablarini yoritib beradi. Muqanna
boshchiligidagi "Oq kiyimlilar" qo’zg’oloni va bu qo’zg’olon nima sababdan bunday nomlanishini
talabalarga tushuntirib berish.
O’qitish vositalari:
Interfaol usul, tarqatma materiallar.
O’qitish usuli va shakli
Ma’ruza, savol va topshiriqlar, aqliy xujum, guruhlar bo’lib ishlash.
O’qitish sharoiti
Elektron darsliklar tashkil etish.
Monitoring va baholash
Og’zaki nazorat, test usuli, o’z-o’zini nazorat qilish va reyting tizimi
asosida baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |