~ ~
O’RTA OSIYODA YANGI IJTIMOIY IQTISODIY- (DEHQON)
MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHI.
ILK O’RTA ASR DAVLATLAR
(Xorazm, Xioniylar, Kidariylar, Eftallar davlati).
Reja:
O’rta Osiyoda feodal munosabatlarning shakllanishi.
O’rta Osiyoda feodal yer egaligining tashkil topishi.
O’rta Osiyodagi ilk feodal davlatlar.
Tayanch tushunchalar:
Dehqon, feodal munosabatlar, feodal yer egaligi, kadivar, kashovarz, chokar,
xioniylar, kidariylar, eftallar.
Назорат учун саволлар:
Kushon davlatining parchalanish sabablarini aniqlang.
O’rta Osiyoda feodal munosabatlarning shakllanishi haqida ma’lumot bering.
Feodal yer egaligi nima?
O’rta Osiyodagi ilk feodal davlatlar.
Xorazm davlatining tashkil topishi.
Xioniylar davlatining hududi va tashkil topishi.
Kidariylarning joylashgan hududi.
Eftallar davlatining tashkil topishi va hududi.
Adabiyotlar:
1. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V
asrigacha) T, 1994.
2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991.
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994.
4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.
5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994.
6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.
7. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992.
Xorazmshohlar davlati қадимги даврдан 13-а. ўрталарига қадар Хоразм ҳудудида
ҳукмронлик қилган sulolalar (siyovushiylar, afrig’iylar, ma’muniylar, oltintoshlar,
anushtiginiylar). Xorazmshohlar davlatini xorazmshohlar boshqargan. Markazi, asosan,
Amudaryoning quyi oqimida joylashgan bulsa ham, rivojlangan davrlarida, ayniqsa, 13- a.
boshlarida shim.da Kaspiy dengizining shim.sohillari, jan.da Xindukush tog’lari, sharqda
Qashqargacha yetgan. Arxeologik ma’lumotlar Ko’zaliqir, Qo’yqirilgan qal’a, Tuproqqal’a Kat
qalьalarini poytaxt shahar bo’lgan shahar deb taxmin kilishga imkon beradi. Yozma manbalar Kat
qal’asini afrig’iylar sulolasi vakillarining so’ngi qarorgohi bo’lganligini tasdiqlasa, Gurganj (Kuhna
Urganch) sh. ma’muniylar va anushteginiylar sulolasining poytaxti bo’lgan.
Abu Rayxon Beruniy ma’lumotlariga qaraganda, xorazmshoh unvonini olgan dastlabki sulola
siyovushiylar hisoblanadi. Mil. av. 8-a.da shakllangan Qadimgi Xorazm (q. Xorazm) davlatida
~ ~
axomaniylar va undan keyingi afrig’iylar sulolasi asoschisi Afrig’gacha (305 y.) bo’lgan
Xorazmshohlar davlati haqida to’la va aniq ma’lumotlar yo’k.
Beruniy bu haqda: “Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning
naslining Xorazimda podshohlik qilishlaridan tarix oldlar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga
ko’chib, Turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurg’uzgan edi”, deb yozgan.
Kayxusrav bilan Afrig’ davri oralig’ida “xorazmshoh” unvoniga sazovor bo’lgan shohlardan
bizga Kayxusrav (taxm. mil. av. 1200—1140 y.), Saksafar (taxm. mil. av. 519—517 y.), rasman
(taxm. mil, av. 329—320 y.), Xusrav (taxm. Mil. av. 320 y.) nomlari ma’lum. Bu davrlarga oid
arxeologik manbalar Xorazmshohlar davlatida suniy sug’orishga asoslangan dehqonchilik, savdo-
sotiq ancha rivojlanganidan darak beradi. 1938—40, 1954—56 va 1965—75 y.lardagi arxeologik-
etnografik ekspeditsiyalar natijasida o’rganilgan yodgorliklardan topilgan moddiy-madaniy
topilmalar Xorazmda ilm-fan, san’at, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlanganidan darak beradi.
Bu yodgorliklarning yuqori qatlamlari va hozirgacha saqlanib qolgan qismlarning ko’pchiligi
asosan, afrig’iylar sulolasi davrida qurilgan.
3-a.da Xorazm hududida iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bo’lib olgan bir nechta
hokimliklar vujudga kelgan. Tuproqqal’a saroyi zallarining birida boshiga toj kiygan va qo’lida
burgut ushlagan podsho haykalining topilishi, shuningdek, Anqaqal’a yaqinida ham boshida toj,
qo’lida burgut ushlagan kishi rasmi solingan tanganing topilishi va shu joyda earb qilinganligi
mahalliy sulola hokimiyati o’rnatilganligidan guvohlik beradi. Topilgan tangalarda lotin
alifbosidagi “S” harfiga o’xshash siyovushiylar tamg’asining borligi, bu sulola siyovushiylar
avlodidan bo’lishi mumkinligini kzrsatadi. Mil. 3- a. o’rtalarida Kushon podsholigidagina emas,
balki butun o’rta Sharqda katta siyosiy o’zgarishlar ro’y beradi. Kushonlar sulolasi bilan bir vaqtda
arshakiylarning hukmronligi yemirilai. Xorazmda kushonlar bilan kurash va ichki siyosiy larzalar
qudratli mahalliy sulolani vujudga keltiradi. Bu sulola o’z tangalarini zarb qiladi va shaharlarda
o’zlariga saroylar quradi. Shunday qilib, 3-a.da Xorazmda kushonlar bilan kuraщda g’olib chiqqan
siyosiy guruh — afrig’iylar sulolasiga asos solinadi.
Xorazm eftaliylar (5-a.ning 2- yarmida — 6-a.ning o’rtalari) davrida ham, turklar (6-a.ning 2-
yarmi — 7- a.ning 1—yarmi) davrida ham o’zining siyosiy mustaqqilligini saqlab qoldi.
Vizantiyalik tarixchi Menandr, Xorazm 6-a.iing 60-y.larida Vizantiya va turklar bilan
diplomatik aloqalar olib borilganligi to’g’risida to’liq bo’lmagan ma’lumot beradi.
Xioniylar — turkiy qabila. Ba’zi tadqiqotchilar fikriga ko’ra, dastlab Oltoy tog’lari atrofida
yashashgan va 4-a.ning 1-yarmida jan.-g’arbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oralig’iga kirib
kelishgan. Bu yerda dastlab ular Zarafshon vohasini egallab, jan.ga harakat qilishgan va ancha
zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram bo’lib qolgan Kushon podsholigi o’rnini egallaganlar hamda
markazi Toxariston bo’lgan Shim. Hindiston, Afg’oniston, Xurosonnshg bir qismini ham o’z ichiga
olgan XIONIYLAR (Xionitlar) davlatini (4-5-a.lar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh
tadqiqotchilar esa XIONIYLARning dastlab Orol dengizi shim.da yashaganligi va yirik massaget
qabilalar ittifoqiga mansub bo’lib, xunlar bilan aralashganligni ta’kidlaydilar (L.N. Gumilevn, S.P.
Tolstov, K.V. Trever). Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda XIONIYLAR “oq hunlar”
deb atalgan. 4-a.ning 70-y.larida XIONIYLAR sosoniylar Eroniga eroniga qarshi xujum uyushtirib,
muvaffaqqiyatga erishganlar. Shuningdek, sosony podsholar Varaxran (418— 438), Yazdigard II
(438—457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. xioniylar hukmronlik davom
etayotgan bir paytda yangi bir sulola — kidariylar o’rtaga chiqqan. Ular Oltoy tog’lari va Sharqiy
Turkiston oralig’idan jan.-g’arbga siljib 420 y.da Bolo (Naxshab) sh.ni o’ziga qarorgoh qilishgan va
Xioniylar davlati bilan qo’shni bo’lib qolganlar.
~ ~
5-asrning 2-yarmida xioniylar va Kidariy lar davlati hududini o’z ichiga olgan yangi bir
davlat eftaliylar sulolasi o’rtaga chiqadi va 6-a.ning 60-y.lari- gacha Markaziy Osiyodagi eng yirik
davlatga aylanadi.
Tarix fanda eftaliylarning kelib chiqishi xaqida xozirgacha yagona fikr mavjud emas. Bir
qancha olimlarning, tadqiqotchilarning fikrlariga ko’ra eftaliylar mahalliy xalqlardan, boshqalari
Xorazmdan, yana birlari esamassagetlarning yetita urug’i orasidagi yYetakchi qabila bo’lganligini
ta’kidlaydilar.
Xitoy manbalari esa, eftaliylar yuechjilarning bir tarmog’i yoki Kangyuy avlodlari sifatida
talqin etiladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra Eftaliylarning Vatani Baqtriya-toxariston hududlari
bo’lgan.
Yunon manbalarida yozilishicha, eftaliylar yagona podsho boshqaruviga, rivojlangan obod
fuqarolik jamiyatga ega bo’lishgan. Ichki va tashqi munosabatlarda adolat ular uchun asosiy mezon
sanalgan. Eftallarda patriarxat boshqaruvi tartibi jaxatlari ustun bo’lgan. Shuningdek, eftallarning
harbiy qo’shinlari eng qudratli qo’shinlardan xisoblangan.
Eftaliylar davlati hududiy jixatdan O’rta Osiyoning asosiy qismi, Sharqiy Turkiston va
Shimoliy Xindiston hamda Gandxara viloyatlari ustidan xukumronlik qilgan.
Eftaliylar davlatidagi asosiy shaharlar So’g’diyona shaharlaridan iborat bo’lib, ular orasida
Kushoniya (Kattaqo’ron yaqinida), Rivdad, Poykand, Tallikon, Termiz, Gurgon, Varaxsha kabi
shaxarlar eftaliylar xukumronligi yillarida aloxida axamiyatga ega bo’lgan shaharlar sanalgan va
iqtisodiy jixatdan ancha taraqqiy etgan. V asrdan boshlab Samarqand ham taraqqiy eta boshladi.
Bu vaqtda davlatning siyosiy markazi Poykand shaxri, xukmdorlar qarorgoxi esa varaxsha shaxri
bo’lganligi taxmin qilinadi. Eftaliylar yirik davlat tizimini vujudga keltirdilar. Davlat hududlari
Kushonlar davlatidan kengroq edi. Eftaliylar davrida Eron sosoniylarning sharqqa yurishlariga chek
qo’yildi va sosoniylar uzoq yillar davomida Eftallarga tobe bo’lib keldilar. Eftallar xaqidagi
dastlabki ma’lumotlar asosan V asr o’rtalariga taalluqlidir.
Eftaliylarda axolining asosiy qismi dexqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan qolganlari esa
chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Dexqonchilik bilan shug’ullanuvchi axoli asta-sekin maxalliy
axoli bilan aralashib borib, o’rtoq xayot tarziga o’ta boshlagan. Jamiyatda «sara kishilar»-
zodagonlarning mavqei kuchayib borgan va ular ko’proq shaxarlarga kelib yashay boshlaganlar.
Oddiy axoli va zodagonlar o’rtasidagi farq hamma tomonlama yaqqol ko’rinib turgan.
Eftaliylarda diniy e’tiqodlar hilma xil bo’lgan. Eftaliylar xukmronlik qinlgan xudularda
zardo’shtiylik va buddizm, ayrim shaxarlarda nestorianlar va yaxudiylar jamoalari diniy e’tiqodlari
ham mavjud bo’lgan. Eftaliylar qisman buddaviylikka e’tiqod qilsalarda otashparastlikdagi
ma’budalarga, bud va sanamlarga sig’inishi ustunroq bo’lgan. Xar kuni tongda ular quyoshga
sig’inganlar. Eftaliylarda kushon yozuvining rivoj topgan shaklini ko’rish mumkin. Eftallar yozuvi
o’zining shakli bilan qisman boshqalardan farq qilgan va so’zlar chapdan o’ngga qarab o’qilgan.
Alifbosida 25 ta xarf bo’lgan. Shuningdek so’g’d yozuvi va so’g’d tili ham ayrim hududlarda
yYetakchilik qilgan.
VI asr o’rtalariga kelib, eftallar davlati inqirozga uchray boshladi. VI asr o’rtalarida O’rta
Osiyoda Turk xoqonligi xukumronligi o’rnatildi. VI asrning 60-70 yillariga kelib esa, O’rta
Osiyoda jumladan O’zbekiston hududlarida bir necha mustaqil, rasman xoqonlikka bo’ysunuvchi
davlatlar shakllandi. Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo xavzalarida 9 ta aloxida mulkiy hudud
mavjud bo’lgan. Manbalarda yozilishicha bu mulklarning barchasi Kan (Samarqand So’g’dining
xitoycha nomi) sulolasiga bo’ysungan. Bular Maymurg’, Ishtixon, Kushoniya, Buxoro, Naqshab,
Amul, Andxoy va Samarqand (Kan). Bular orasida Samarqand eng yirigi bo’lgan.
~ ~
VII asr birinchi choragida Kesh viloyati kuchayib, qudratli davlatga aylanib boradi. VII asr
o’rtalarida Kesh xukumdori-ixshid Shishpir butun So’g’dda xukumronlikni qo’lga kiritadi. U o’z
nomidan tangalar zarb ettiradi va Xitoy bilan diplomatik munosabatlarni o’rganadi. VII asr ikkinchi
yarmida Keshda Axurpat xukumronlik qilgan vaqtida Kesh va Samarqand o’rtasida kurashlar
kuchayib ketadi va Samarqand xukumronlikni qaytarib oladi. Endilikda Kesh ixshidi Samarqand
ixshidiga tobe bo’lib qoldi va unga ixrid unvoni beriladi. Bu vaqtda Samarqand xokimi Varxuman
bo’lgan. So’g’diyonaning mahalliy xokimlari Choch va Xorazmning mustaqil xokimlari bilan
birlashgan edilar. Yirik siyosiy birliklar ma’lum muddatlarda shaxarlardan birida o’z quriltoylarini
o’tkazib turganlar.
Xorazm boshqa shaxar-davlatlarga nisbatan mustaqil edi. Mamlakatda Afrig’iy hoxlar
sulolasi shohlari xukumronlik qilganlar. VI-VIIasrlarda Xorazmda iqtisodiy inqiroz xukm surgan
bo’lishiga qaramay u Sharqiy Yevropa davlatlari bilan muntazam savdo aloqalari olib borgan.
Xorazm madaniyati esa o’z qiyofasini saqlab qolgan hech qanday tashqi ta’siriga uchramagan.
So’g’diyona hududlari xozirgi panjikentdan Karmanagacha bo’lgan hududlardan iborat bo’lgan. Bu
vaqtda Buxoro mustaqil davlat sifatida ajralib chiqdi va buxorxudotlar boshchiligida yashay
boshladi. Farg’ona Kan siyosiy ittifoqidan mustaqil bo’lib, afshin tomonidan boshqarilgan va Tyan-
Shanь xalqlari bilan o’zaro aloqada bo’lgan.
VI-VII asrlarda So’g’diyona, Xorazm va Farg’ona va ularga qarashli tarixiy-geografik
hududlarda dexqonchilik va bog’dorchilik, uzumchilik va paxta yetishtirish,uy chorvachiligi
yetkachi o’rin tutgan. Iqtisodiy xayotning muxim soxalari sanalgan xunarmandchilik va savdo-sotiq
yaxshi taraqqiy etgan.
Dexqonchilik sun’iy sug’orishga asoslangan. Arablar bosqiniga qadar sug’orish tizimi
yaxshi taraqqiy etgan va bu yerga kelgan arablar ham obod va ko’kalamzor bog’-rog’lar, dalalarni
ko’rib, xayratda qolganlar. Samarqand shaxrini suv bilan ta’minlaydigansug’orish tarmog’idan
tashqari Kushoniyaning Narpay, Buxoro vohasining Shopurkom, Samarqand atrofining Raboti Xoja
kabi uchta suv tarmog’i mavjud bo’lgan.
Lalmikor dexqonchilik ham xo’jalikda asosiy o’rin tutgan. Ziroatchilikda an’anaviy donli
ekinlar va paxta ko’p yetishtirilgan. So’g’dda ipak tolasi yetishtirilgan.
VI-VII asrlarda savdo-sotiq ishlari janubdan shimolga ko’chgan va bundagi vositachilik
so’g’diylar qo’liga o’tgan. Konchilik ishlari kengayib, xunarmandchilik turlari kengayib borgan.
Mug’ tog’ida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan 150 turdagi mato bu yerlarda
to’qimachilik ham g’oyatda rivojlanganligidan dalolat beradi.
VII asrda harbiy to’qnashuvlarning ko’payishi iqtisodiy xayotda katta o’zgarishlarni yuzaga
keltirdi. Birinchidan, markazlashgan xokimiyat zaiflashdi, ikkinchidan, siyosiy vaziyatning
notinchligi iqtisodiy tanglikni yuzaga keltiradi.
So’g’d viloyati aholisi ijtimoiy qatlamlari asosan savdogarlari, xunarmandlar, taqvodorlar,
harbiy askarlar, ziroatkorlar va chorvador axolidan tarkib topgan. Ularning orasida dexqonlar
mavqe jixatdan yuqoriroq turgan. Chunki ular zodagon sanalib, katta yer egalari xisoblangan.
Jamiyatda dindorlarning ham axamiyati yuksak bo’lgan.
VI-VII asrlarda madaniy taraqqiyot jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy voqealar
ta’sirida rivojlanib borgan. Turli xalqlarning til va yozuvlari alohida o’ringa va mavqega ega
bo’lgan. Arab yozuviga qadar O’rta Osiyo hududlarida turk - runiy (miloddan avval shakillangan)
uyg’ur (taxminan VI asr), moniviy, (milodiy III-VIII asrlar), so’g’d, barxam va suriyoniy yozuvlari
mavjud bo’lgan. Bular orasida Xorazm yozuvi aloxida o’ringa ega bo’lgan. Diniy e’tiqodda
zardo’shtiylik dini yYetakchi o’rin tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |