1. Qachon mamlakatimizda Arab xalifaligi o‘rnatildi?
A) VIII asrning boshlari B) VII asrning boshlari
C) VIII asrning oxiri D) IX asrning boshlari
2. Qachon xorazmshoh o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko’chiradi?
A) 305-yil B) 306-yil C) 307-yil D) 308-yil
3. Qaysi xorazmshoh o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko’chiradi?
A) Kayxusrav B) Saksafar C) Farasman D) Afrig’
4. Qachon Zog’ariq, Bo’zsuv, Darg’om kanallari barpo etilgan?
A) V asr. B) VI asr. C) VII asr. D) IV asr.
5. Toshkent vohasi va Janubiy Qozog’iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan kanallar?
A) Zarafshon va Vaxsh.
B) Darg’om va Parak.
C) Zog’ariq va Bo’zsuv.
D) Norin va Murg’ob.
6. Qachon Bumin “xoqon” deb e’lon qilindi?
A) 549-yil B) 550-yil C) 551-yil D) 552-yil
7. El Arslon kim?
A) Bilga xoqon. B) To’ng yabg’u.
C) Qoracho’rin. D) Sheri Kishvar.
8. Abruy boshchiligida xalq qo’zg’oloni nima uchun sodir bo’lgan?
A) Turk xoqoni zulmiga qarshi
B) Mahalliy hukmdorlarning bedodligi, soliqlarning ko’pligiga qarshi
C) Qashshoqlik, jabr-zulm, dehqonlar asoratiga qarshi
D) Aholi qo’lidagi yer-suvning tortib olinishiga qarshi
9. Qachon hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg’adan nusxa olib, o’sha davlat qurolsozlari qo’shinni temir qalpoq (dubulg’a) lar bilan ta’min etganlar?
A) 680-yilda B) 718-yilda C) 736-yilda D) 627-yilda
10. Hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg’adan nusxa olib, qaysi davlat qurolsozlari qo’shinni temir qalpoq (dubulg’a) lar bilan ta’min etganlar?
A) Xitoy. B) Vizantiya. C) Eron. D) Hindiston
11. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlar qayerda bo’lgan?A) Sug’d. B) Xorazm. C) Choch. D) Farg’ona.
12. Qayer Sug’ddagina emas, balki butun O’rta Osiyoda nasroniylik markazlaridan hisoblanardi?
A) Xorazm viloyatining Urganch tumani.
B) Farg’ona viloyatining Rishton tumani.
C) Samarqand viloyatining Urgut tumani.
D) Toshkent viloyatining Chinoz tumani.
13. Qadimgi turklar o’z dinini nima deb yuritganlar?
A) “Toq”. B) “Ayl”. C) “Lak”. D) “Qam”.
14. Qaysi din Ko’k Tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini?
A) Nasroniylik. B) Zardushtiylik.
C) Buddaviylik. D) Shomoniylik.
15. Hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarni arablar qanday ataganlar?
A) Yettisuv. B) Kavkaz. C) Xuroson. D) Oltoy.
16. Qutaybaning Xorazmga harbiy yurishi davrida Xorazmni kim boshqargan?
A) Chag’on. B) Divashtich. C) G’urak. D) Tug’shoda.
17. Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig’i nima deb atalgan?
A) Xiroj. B) Ushr. C) Zakot. D) Jiz’ya.
18. Qaysi xalifa murakkab vaziyatni hisobga olib, bo’ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo’ldi?
A) Umar ibn Abdulaziz.
B) Umayya ibn Abdulloh.
C) Qutayba ibn Muslim.
D) Ubaydulloh ibn Ziyod.
19. 720-yilda qayerda arablarga qarshi qo’zg’olon boshlandi?
A) Sug’d. B) Xorazm. C) Choch. D) Farg’ona.
20. 720-yilda Sug’dliklarga yordam berish uchun qayerdan turk lashkarlari keladi?
A) Yettisuv. B) Kavkaz. C) Xuroson. D) Oltoy.
21. “Movarounnhar” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima?
A) arabcha “ikki daryo oralig'i”
B) turkiycha “ikki daryo oralig'i”
C) arabcha “daryoning narigi tomoni”
D) forscha “daryoning quyi qismi”
22. Quyidagi qaysi voqeadan so‘ng arablar Termiz shahrini egallaydilar?
A) Arablarning turli xil o‘ljalar bilan Buxorodan Marvga tomon qaytishi
B) Arablarning Poykand va Romitonni egallangandan so’ng
C) Qutaybaning Naxshab va Keshni bosib olishi
D) Arablarning Marv shahrini egallashlari
23. 661-680-yillarda kim Arab xalifasi bo’lgan?
A) Marvon II. B) Mansur. C) Muoviya I. D) Mu’tazid.
24. 673-yilning kuzida Ubaydulloh ibn Ziyod qayerlarni egallab, Buxoro hukmdori qo’shinlarini yengadi?
A) Karmana va Zandana. B) Varaxsha va Iskijkat.
C) Poykand va Romiton. D) Afshona va Vardona.
25. Ilk o’rta asrlarda san’at sohasida qayer naychilari shuhrat topgan edi?
A) Xorazm. B) Samarqand. C) Buxoro. D) Toshkent.
26. Ilk o’rta asrlarda san’at sohasida qayer raqqos va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan edi?
A) Xorazm. B) Samarqand. C) Buxoro. D) Toshkent.
27. V-VII asrlarda O‘rta Osiyo hududida xat,hujjat va axborotlar kabi maktubotlar asosan nimaga bitilardi?
A) Charm, sopol, qog’ozga B) Qog’ozga
C) Mum surkalgan taxtachalarga
D) Charm, yog’och, sopolga
28. Qayerni tangalarining old betida hukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg’a tushirilgan?
A) Sug’d.B) Xorazm. C) Choch. D) Farg’ona.
29.Toxariston sharqda qaysi tog’lar bilan chegaralangan?
A) Pomir. B) Zarafshon. C) Hisor. D) Hindikush.
30. Sharqiy turk xoqonligi aholisining asosiy qismi nima
bilan shug’ullangan?
A) Dehqonchilik B) Hunarmandchilik. C) Chorvachilik D) Savdo-sotiq.