18
Qonunlar loyihalari yuborilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari — 7 kalendar kun
mobaynida, qarorlar loyihalari bo‗yicha — 3 kalendar kun, farmoyishlarning loyihalari
bo‗yicha esa ko‗pi bilan — 2 kalendar kun mobaynida xulosa berishga majburdirlar.
Hujjatlarning ijro etilishini to‗xtatib qo‗yish, shuningdek ularni bekor qilish yoki
o‗zgartirish huquqiga faqat yuqori tashkilot, hujjatning muallif tashkiloti va davlat nazorat
organlari egadirlar.
Hujjat vazifalar, topshiriqlar, so‗rovlar bajarilgandan so‗ng natijalari manfaatdor
muassasalarga va shaxslarga xabar qilingandan keyin yoki ijro boshqa hujjatlar
tasdiqlangandan so‗ng ijro etilgan deb hisoblanadi va nazoratdan chiqariladi. Ijro natijalari
ro‗yxatdan o‗tkazish-nazorat kartochkalarida belgilanadi.
Nazorat kartochkalari bo‗yicha ijrochining nazorat qilinishi va tekshirilishi lozim
bo‗lgan hujjatlar ro‗yxati:
Nazorat qilinadigan hujjatlar kartochkalari (nazorat kartochkasi) hujjatlarni ijro etish
muddatlari, ijro etuvchilar, hujjatlar guruhlari bo‗yicha turkumlanadi.
Ijroning borishini tekshirish barcha bosqichlarda muddati tugagungacha quyidagi
tartibda amalga oshiriladi: keyingi yillar topshiriqlari — yiliga kamida bir marta; joriy
yilning keyingi oylari topshiriqlari — har oyda kamida bir marta; joriy oy vazifalari,
topshiriqlari — har o‗n kunda, muddati tugagunga qadar besh kun avval.
Nazorat xizmati (guruhi) tarkibiy bo‗linmalarda hujjatlarning bajarilishi bilan bog‗liq
ishlarning ahvolini doimo tahlil qiladi, tegishli rahbarlarni ular tomonidan ta‘sirchan chora-
tadbirlar ko‗rish uchun ijro intizomining ahvoli to‗g‗risida muntazam ravishda xabardor
qiladi, keyingi oyda ijro etilishi lozim bo‗lgan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti, uning
apparatining nazoratidagi topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari
ro‗yxatini har oyning 25 kunida taqdim etadi, hujjatlarni nazoratdan chiqarish to‗g‗risidagi
takliflarning o‗z vaqtida tayyorlanishini ta‘minlaydi.
Ishlar boshqarmasi, umumiy bo‗lim, kanselyariya, kotib rahbar tomonidan belgilangan
muddatda hujjatlar ijrosining borishi va ularning natijalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni
hisobga oladi va umumlashtiradi.
Ta‘lim muassasasi rahbarlari tashkilotlarida mazkur me‘yoriy hujjatlar asosida ish
olib borishda qat‘iy amal qilishlari, har bir hujjatning ijrosini to‗liq ta‘minlashlari shart.
Buning uchun ish hujjatlarini tuzishda quyidagi tartibga amal qilish lozim:
1. Chiqariladigan har qanday buyruq, chora-tadbirlar, Pedagogik kengash qarorlari va
topshiriqlarda aniq ijrochining ism sharifi, reglament asosida ijro muddati ko‗rsatilishi
lozim.
2. Ijro muddatlari umumiy tarzda emas ( ―yil davomida‖, ―chorak davomida‖, ―har
oyda‖, ―barcha sinf rahbarlariga‖, ―fan to‗garaklari rahbarlariga‖ va b.) aniq ko‗rsatilishi
lozim.
3. Ta‘lim muassasasiga oid barcha ish hujjatlari ijrosini reglament asosida olib borish
va nazorat etishni izchil ta‘minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: