Jo„natiladigan hujjatlarni ishlash tartibi
Konvertga joylashtirishdan avval hujjatlarning to‗g‗ri rasmiylashtirilganligi,
ilovalarning borligi, nusxalar sonining oluvchilar soniga muvofiqligi tekshiriladi. To‗liq
rasmiylashtirilmagan yoki noto‗g‗ri rasmiylashtirilgan hujjatlar puxta ishlash uchun
ijrochiga qaytarilishi kerak.
Buyurtma xat-xabarga jo‗natish ro‗yxati tuziladi, unga ekspeditsiya xodimi o‗zining
familiyasi va jo‗natish sanasini qo‗yadi.
Hujjatlarning ijro etish muddatlari
Ijro etish muddatlari hujjat imzolangan (tasdiqlangan) sanadan boshlab kalendar
kunlarda hisoblanadi.
Ijro etishning oxirgi sanasi hujjat matnida yoki rahbar rezolyusiyasida ko‗rsatiladi.
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari hujjat jo‗natilgan kundan boshlab 10 kalendar
kun mobaynida bajarilishi kerak, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‗lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |