Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Jo‗natiladigan va ichki hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish



Download 9,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/392
Sana30.12.2021
Hajmi9,09 Mb.
#95110
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   392
Bog'liq
2020. 2-tuplam 03.02.2020

Jo‗natiladigan va ichki hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish 
 
Hujjatlar  tegishli  blankalarga  yoziladi.  Tashkilotlarning  blanklaridagi  doimiy 
rekvizitlari davlat tilida yoziladi. 
Hujjat  muallifi  tashkilot  nomi  va  uning  kodi  tashkilot  to‗g‗risida  nizom  (ustav)ga 
korxonalar  va  tashkilotlar  umumiy  klassifikatoriga  muvofiq  ko‗rsatiladi.  Ular,  qoidaga 
ko‗ra, blankni tayyorlashda yozdirilgan bo‗lishi kerak. 
Har bir hujjatda (xatlardan tashqari) uning turi (qaror, farmoyish, buyruq, bayonnoma, 
ma‘lumotnoma va shu kabilar) ko‗rsatilishi kerak. 
Aksariyat  hujjatlar  uchun  hujjat  mazmunini  aks  ettiruvchi  qisqa  va  aniq  sarlavha 
bo‗lishi  shart.  Masalan:  buyruq  (nima  to‗g‗risida?)  «korxona  tashkil  etish  to‗g‗risida»; 
bayonnomasi (nimaning?) «Pedagogik  kengash majlisining». 
148x210  o‗lchamdagi  hujjatlarda  va  telegrammalarda  matnga  sarlavha  qo‗yilmasligi 
mumkin. 
Hujjat  mazmuni  imkoni  boricha  lo‗nda,  qisqa  iboralar  bilan,  qiyin  bo‗lmagan  so‗z 
tuzilishida bayon etiladi. 
Qisqartirish  Davlat  organlari.  jamoat  tashkilotlari  va  muassasalar  nomlarini  yozish 
bo‗yicha ma‘lumotnomaga muvofiq qo‗llaniladi. Agar matnda familiyalar, geografik nomlar 
yoki ayrim ma‘muriy-hududiy birliklar sanab o‗tilsa, ular alfavit tartibida joylashtiriladi. 


 
16 
Agar uzluksiz bog‗langan matn bir nechta qarorlar, xulosalardan iborat bo‗lsa, uni arab 
raqamlari bilan raqamlanadigan bo‗limlarga, kichik bo‗limlarga, bandlarga ajratish lozim. 
Hujjatlar  matnlarini  ikki  qismga  ajratish  tavsiya  etiladi:  birinchi  qismda  hujjat 
tuzishning  asoslari  yoki  sabablari  ko‗rsatiladi,  ikkinchisida  —  qarorlar,  farmoyishlar, 
takliflar, fikrlar, xulosalar, iltimoslar bayon etiladi. 
Agar  hujjat  mazmunini  tushuntirish  va  asoslash  zarurati  bo‗lmasa,  matn  bitta  xulosa 
qismdan  iborat  bo‗lishi  mumkin:  buyruqlar  ta‘kidlash  qismisiz  qaror  qismi,  xatlar  — 
tushuntirishsiz iltimos qismi va shu kabilar. 
Hujjatning  uzluksiz  bog‗langan  matni  doimiy  axborotni  saqlovchi  va  uzluksiz 
axborotlarni kiritish uchun bo‗sh joylar trafaret asosida tuzilgan bo‗lishi mumkin. 
Bayonnoma  matni  uchinchi  shaxs  nomidan  («eshitdilar»,  «so‗zga  chiqdilar»,  «qaror 
qildilar»)  ko‗plik  sonda  bayon  qilinadi,  nutqlar  mazmuni  uchinchi  shaxs  nomidan  birlik 
sonda bayon qilinadi. 
Huquqlar  va  majburiyatlarni  belgilab  beruvchi  (nizom,  yo‗riqnoma  va  boshqa), 
shuningdek faktlarni bayon etish yoki baholashda (dalolatnoma, ma‘lumotnoma va boshqa) 
iborat bo‗lgan hujjatlarda matnni uchinchi shaxs nomidan birlik yoki ko‗plik sonda («bo‗lim 
funksiyalarni amalga oshiradi», «birlashma tarkibiga kiradi», «komissiya belgiladi») bayon 
qilish shakli ishlatiladi. 
Xatlarda quyidagi bayon etish shakllaridan foydalaniladi: 
birinchi shaxs nomidan ko‗plik sonda («jo‗natishni so‗raymiz», «ko‗rib chiqish uchun 
jo‗natmoqdamiz»); 
birinchi  shaxs  nomidan  birlik  sonda  («zarur  deb  hisoblayman»,  «ajratishni 
so‗rayman»); 
uchinchi shaxs nomidan birlik sonda («vazirlik qarshi emas»,  ―Ta‘lim markazi amalga 
oshirsa bo‗ladi deb hisoblaydi») 
Agar  hujjatda  matnda  qayd  etilgan  ilova  bo‗lsa,  u  holda  ilovalar  borligi  to‗g‗risidagi 
belgi quyidagi shakl bo‗yicha rasmiylashtiriladi: 
Ilova: 10 varaqda, 2 nusxada. 
Agar  hujjatda  matnda  ko‗rsatilmagan  ilova  bo‗lsa,  ularning  nomi  har  bir  ilovadagi 
varaqlar soni va nusxalar soni ko‗rsatilgan holda sanab o‗tilishi kerak. Masalan: 
Ilova:  
1.  Yangi  o‗quv  yiliga  maktablarning  tayyorgarligi  to‗g‗risida  ma‘lumotnoma  8 
varaqda, 2 nusxada.  
2. Maktablar ro‗yxati 3 varaqda, 2 nusxada. 
Agar  hujjatga  ilovasi  bor  boshqa  hujjat  ilova  qilinsa,  u  holda  ilovaning  borligi 
to‗g‗risidagi belgi quyidagi shakl bo‗yicha rasmiylashtiriladi: 
Ilova:  Mamlakatlararo  munosabatlar  masalalari  bo‗yicha  doimiy  komissiyaning  2010 
yil 25 yanvardagi xulosasi va unga ilova, jami 21 varaqda, 2 nusxada. 

Download 9,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish