Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 9,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/392
Sana30.12.2021
Hajmi9,09 Mb.
#95110
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   392
Bog'liq
2020. 2-tuplam 03.02.2020

 
№  F.I.Sh. 
Lavozim 
Bo‗yruq 
sanasi  va 
raqami   
Mazmuni 
Mehnat 
shartnomasining 
sanasi va raqami  
Izoh 

Axmedov 
Said 
Xakimovich 
Matematika  
fani 
o‗qituvchisi  
22-k 
17.08.08 
y.  
17.08.08 
yildan 
matematika 
fani 
o‗qituvchisi 
stavkasiga 
qabul qilindi  
17.08.08 
 22/08-son 
 
 
O‗zR  MKning  74-moddasiga  ko‗ra  mehnat  shartnomasi  bir  xil  kuchga  ega  bo‗lgan 
kamida ikki nusxada tuziladi hamda tomonlarning har biriga saqlash uchun beriladi, ta‘lim 
muassasasida mehnat shartnomasi xodimning shaxsiy delosida saqlanadi. 
Mehnat  shartnomasi  xodimning,  ta‘lim  muassasasi  rahbarining  imzolari  bilan 
tasdiqlanadi va imzolangan sanasi ko‗rsatiladi. 
Ta‘lim muassasasi rahbarining imzosi muhr bilan tasdiqlanadi. 
O‗zR MKning 75-moddaga ko‗ra Mehnat shartnomalari: 
nomuayyan muddatga; 
besh yildan ortiq bo‗lmagan muayyan muddatga; 
muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‗ljallab tuzilishi mumkin. 
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‗rsatilmagan bo‗lsa, mehnat 
shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan, deb hisoblanadi. 
Nomuayyan  muddatga  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  xodimning  roziligisiz  muayyan 
muddatga,  shuningdek,  muayyan  ishni  bajarish  vaqtiga  mo‗ljallab  qayta  tuzilishi  mumkin 
emas. 
Ta‘lim  muassasasi  rahbari  xodimlar  bilan  mehnat  shartnomasini  nomuayyan 
muddatga tuzadi. 
Kelgusi  ish  xususiyati,  uni  bajarish  shartlarini  hisobga  olib  mehnat  shartnomasini 
nomuayyan muddatga tuzish mumkin bo‗lmagan holatlarda, u muayyan muddatga tuzilishi 
mumkin. Muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi muddatli shartnoma hisoblanadi. 
Muddatli  shartnomalar  mavsumiy  xodimlar  bilan  (pechka  yoquvchi,  o‗t  yoquvchi  va  h.k.) 
shu  ishni  bajaruvchi  ayollar  bola  tug‗ish  ta‘tilida  bo‗lishi  muddatiga  tuzilishi  mumkin  va 
h.k. 
Mehnat shartnomasi imzolangan kunidan boshlab kuchga kiradi. Xodim shartnomada 
belgilangan kundan boshlab mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishishi shart. 
Agar  mehnat  shartnomasida  ishni  boshlash  sanasi  ko‗rsatilmagan  bo‗lsa,  xodim 
shartnoma imzolangandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ishga kirishishi kerak.  


 
24 
Xodimning talabiga ko‗ra mehnat shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilda tuziladi va 
davlat tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt) bilan bir xil kuchga ega bo‗ladi. 
Qonun  hujjatlari,  jamoa  shartnomasi,  mehnatga  haq  to‗lash  to‗g‗risidagi  nizom  va 
boshqa  mahalliy  normativ  hujjatlarga  nisbatan  xodimning  ahvolini  yomonlashtiradigan 
mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
Jumladan,  mehnat  shartnomasi  (kontrakt)  tuzishda  quyidagi  shartlar  belgilanishi 
mumkin emas: 
mehnat shartnomasini bekor qilishning qo‗shimcha asoslari, qonun yo‗l qo‗yadigan 
hollar bundan mustasno; 
qonun hujjatlari bilan nazarda tutilmagan intizomiy jazolar belgilash; 
sinov  muddatini  Mehnat kodeksi bilan  belgilangan  eng  yuqori  muddatdan  ortiqcha 
belgilash; 
o‗rindoshlik asosida ishlashga qo‗shimcha cheklashlar joriy qilish; 
qonunda nazarda tutilganidan ortiqcha ish vaqti muddati belgilash; 
xodimlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda moddiy javobgarlik 
joriy etish. 
Mehnat  shartnomasi  imzolangandan  so‗ng  lavozimga  tayinlash  to‗g‗risida  buyruq 
chiqarilishi  kerak.  Buyruq  chiqarish  uchun  xodim  bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  asos 
bo‗ladi. 
Ishga qabul qilish to‗g‗risidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga 
to‗la  muvofiq  ravishda  chiqariladi.  Buyruq  xodimga  tilxat  olinib  e‘lon  qilinadi.  Buyruqlar 
davlat tilida yoki o‗zbek va rus tillarida rasmiylashtiriladi. 
 
 
Ishga qabul qilishda  ishga  kiruvchidan qonunda  ko‗zda  tutilmagan hujjatlarni talab 
qilish taqiqlanadi. 
 
Masalan,  ayrim  ta‘lim  muassasalari  ishga  kiruvchidan  turar  joydan  ma‘lumotnoma 
talba  qiladilar,  bunga  zarurat  yo‗q,  chunki  ishga  kiruvchi  pasportining  kseronusxasini 
taqdim qiladi, unda esa ro‗yxat (propiska)ga olish to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, ya‘ni turar joyi 
ko‗rsatilgan bo‗ladi. 
 
 

Download 9,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish