O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Turk xoqonligi va Eron o‘rtasidagi munosabatlar



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Turk xoqonligi va Eron o‘rtasidagi munosabatlar. 
Mug‘an xo­
qon sharqdagi manchjur, mo‘g ‘ul qavmlarini, quriyalik (koreys) lami 
bo‘ysundirgandan keyin, g‘arbdagi oq xunlami itoat ettirish harakatiga 
tushdi. U 554-yili Eron Sosoniylar sulolasi shahanshohi Xusrav Anus- 
hirvonga elchi jo ‘natdi. Borgan elchilar Eron bilan Turk xoqoniigining 
oq xunlarga qarshi ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. 
Bu ittifoqni kafolatlash uchun Istami yabg‘u qizi Asna bekani Xusrav 
Anushirvonga (531-579) nikohlab berdi. Bu paytda Eron Sosoniylar 
sulolasi oq xunlarga qaram edi. Eron shohi bu qaramlikdan qutulish 
uchun ham Turk xoqonligi bilan ittifoq tuzishga darrov rozi bo'la qol­
di. Ko‘k Turk xoqonligidek qudratli ittifoqchiga ega bo‘lgan Eron mi- 
lodning 554-yilidan boshlab har yili oq xunlarga berishi lozim boTgan 
o‘lponni to‘lashdan bosh tordi. Shu yili Eron oq xunlarga hujum qilib, 
Afg‘onistonni bosib oldi. Shu yili Istami yabg‘u ham Mug‘an xoqonning 
ko‘rsatmasiga binoan oq xunlarga hujum qilib, ulami Tarim vodiysidan 
quvib chiqardi. 557-yildan boshlab oq xunlarga qarshi rasman urush 
boshlandi. Turk qo‘shinlari bilan oq xunlar o‘rtasidagi urush asosan, 
hozirgi Afg‘oniston hududida yuz berdi. Mug‘an xoqon besh yil ichida 
(557-562) oq xunlar sulolasini yo‘q qildi. Mug‘an xoqon milodiy 565- 
yili oq xunlaming qolgan-qutganini uzil-kesil yo‘qotisli va xoqonlikning 
g‘arbiy chegaralarini yanada mustahkamlash ishlarini Istam yabg‘uga 
topshirib, o‘zi Qoraqurumga qaytib ketdi. Istami yabg‘u 565-yilgacha 
oq xunlaming qolgan kuchlarini yo‘qotdi va sulolaning hududini Ko‘k 
Turk xoqonligiga qo‘shib oldi. Eron ham oq xunlar hududining bir qis- 
mini boTib oldi. Istami shu uch yil davomida yana oq xunlar hududiga 
oid masalani Eron bilan bir yoqli qilishga harakat etdi. U Balxash koTi 
bilan Orol dengizi bo‘ylaridan tortib Qora dengiz bo‘ylarigacha bo'lgan 
juda katta hududda yashab kelayotgan qavmlami birlashtirishdek tarixiy 
vazifani ham bajardi.
40


Oq xunlar hududi Eron bilan Ko‘k Turk xoqoniigining do'stona 
munosabatlari buzilishiga sabab bo‘ldi. Oxir-oqibat ikki do‘st mamlakat 
bir-biriga ashaddiy dushmanga aylandi. Oq xunlar tor-mor qilingandan 
keyin ulaming hududiga qarashi i boTgan Shimoliy Hindiston, Tarim 
vodiysi, 0 ‘rta Osiyo Ko‘k Turklaming qoTiga o‘tgan boTsa, Xuroson 
Eronga qoldi. Istami yabg‘u bunday taqsimotga rozi bo‘lmadi. Buning 
ustiga, Eron Sosoniylar sulolasi Xurosonni egallab olish bilan qanoat- 
lanmasdan, oq xunlaming hududidan yana ko‘proq joylami bosib olish­
ga intildi. Boshqa tarafdan esa turklar 0 ‘rta yer dengizi bo‘ylaridagi 
davlatlardan 0 ‘rta Osiyoga, Hindistonga va Xitoyga boradigan muhim 
xalqaro savdo yo‘lini, Sharqiy Rum bilan kelishgan holda egallab ol­
gan edi. Eron bu masalada ozgina bo‘lsa-da, yon berishni istamadi. Bu 
savdo yo‘lining eng muhim nuqtalari Eron hududida edi. Eron bu savdo 
yo‘lidan ko‘p foyda olardi. Shuning uchun Eron Turk xoqonligi barpo 
bo‘lishidan oldin G‘arb va Sharq orasidagi halqaro savdo yoTida hukm- 
ronlikni egallab, Sharqiy Rum bilan doimo urishib kelgan edi. Albatta, 
ko‘k turklaming savdo yo‘liga egalik qilishlariga Eron hech ham rozi 
bo‘la olmas edi. Eron harjj'Cheksiz daromaddan ayrilishni, ham xalqaro 
miqyosdagi obro‘yiga putur yetishni aslo istamasdi. Turk xoqonligi bilan 
Eron o‘rtasidagi kelishmovchilik bora-bora jiddiylashib, urush xavfini 
keltirib chiqardi.
Istami Turk xoqonligi bilan Eron o‘rtasidagi sovuq munosabatlarga 
barham berish, oldingiday hamkorlikni va yaxshi qo‘shnichilik muno- 
sabatlarini davom ettirish umidida Eronga Maniax boshchiligida yaqin 
a’yonlarini elchilar qilib jo ‘natdi. Elchilar Xusrav Anushirvon huzuriga 
ko‘p sovg‘a-salomlar - qimmatbaho ipak matolar olib kelishdi. Anus­
hirvon avval vazirlari bilan maslahatlashdi. Vazirlar esa Anushirvonni 
Turk xoqonligiga qarshi gijgij 1 adilar, Turk xoqoni bilan iliq munosabat 
o‘matish xavfli deb, aloqalami uzishga da’vat qildilar. Anushirvon va- 
zirlarining maslahatlariga quloq solib, Turk xoqonligi elchilari keltirgan 
sovg‘alami saroy ahli ko‘zi oidida o‘tga tashlab yondirib yubordi.
Eron hukmdorining qo‘pol muomalasidan ranjigan elchilar Istami 
xoqon huzuriga umidsizlanib qaytib keldilar. Istami yabg‘u baribir vaz- 
minlik bilan Eronga ikkinchi marta elchilar jo ‘natdi. Sharqiy Rum tarixc- 
hisi Menandming xabar berishicha, ikkinchi marta Eronga borgan xoqon- 
lik elchilari og‘ir baxtsizlikka uchradilar. Xusrav Anushirvon elchilarga 
ziyofat berdi, oldindan uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha ulaming ovqatla-

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish