237
moslamalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalardan olishi mumkin.
O‘qituvchi talaba uchun nafaqat tikuvchilik sohasi bo‘yicha barcha
zaruriy
bilim va tajribalarga, balki boshqa sohalar bo‘yicha ham
chuqur bilimlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida namoyon bo‘lishi
lozim.
O‘quv maqsadini va mazmunini belgilash
O‘qitish texnologiyasining boshlanishi – bu fanning o‘quv maq-
sadlarini belgilashdir. Mavzular bo‘yicha o‘quv maqsadlarini bel-
gilash uning davomidir. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar aniq maq-
sadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlaridir. Bu jarayonlar avvaldan
belgilangan muayyan maqsadlarga erishish uchun olib boriladi. Agar
o‘quv maqsadlari belgilanmay o‘tkazilsa,
u holda darsning mazmu-
niy va didaktik tuzilishi buziladi. Nazariy va amaliy mashg‘ulot-
larni shakllantirish uchun oldindan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Avval fanning umumiy o‘quv maqsadlari quyidagi tartibda
belgilanadi:
a) O‘quvchi ushbu fanni o‘zlashtirgandan keyin quyidagi nazariy
bilimlarga ega bo‘lishi kerak;
b) o‘quvchi quyidagi ko‘nikmalarni egallashi kerak;
d) o‘quvchi quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak.
So‘ngra mavzular bo‘yicha o‘quv maqsadlari ishlab chiqiladi.
Misol tariqasida «ZINGER» firmasining 1831 U 012-3
rusumli
yo‘rmab tikish mashinasi» mavzusi bo‘yicha o‘quv maqsadlarini
belgilashni keltiramiz.
Ushbu mavzu bo‘yicha o‘quvchi quyidagi nazariy bilimlarni
o‘zlashtirishi kerak:
– Yo‘rmab tikish mashinasi vazifasi va texnik ko‘rsatkichlarni;
– yo‘rmab tikish mashinasida ishlash texnika xavfsizlik qoidasi;
– yo‘rmab tikish mashinasiga mato turiga qarab ignani va
iðni
tanlashni;
– tikuv mashinasiga iðni taqish qoidalarini;
– boshqa yo‘rmab tikish mashinlaridan farqlay olishni;
– yo‘rmab tikish mashinasining tuzilishi va ishlash ðrinsiðini.
Ushbu mavzuni o‘zlashtirgandan keyin o‘quvchi quyidagi amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:
– Yo‘rmab tikish mashinasini ishga tayyorlash;
– yo‘rmab tikish mashinasiga ustki va ostki iðlarni taqish;
238
– mashina imkoniyatlaridan foydalanish
va uni namoyish etish;
– yo‘rmab tikish mashinasida tikuv jarayoni bajarish;
– yo‘rmab tikish mashinasiga mato turiga qarab ignani va
iðni tanlashi;
– ið tarangligini rostlash;
– yo‘rmab tikish mashinasi imkoniyatlaridan to‘la
foydalanish;
– yo‘rmab tikish mashinasida mahsulotni tikish jarayonini
amalga oshirish;
– mashina ishida sodir bo‘ladigan kichik nuqsonlarni bartaraf
etish;
– sozlash ishlarini bajarish.
O‘quv maqsadlarini belgilashda o‘quvchi o‘zini qanday tutishi
kerakligini harakatni ifodalovchi shunday so‘z (fe’l) bilan ta’riflashi
kerakki, maqsad birdan tushunarli bo‘lsin.
O‘quv maqsadi qanchalik aniq bo‘lsa,
unga erishilganlik dara-
jasini baholash shunchalik oson bo‘ladi. O‘quv maqsadlarini
aniqlashtira olsak, shunchalik ularga erishishga yaqinlashamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: