Mavzu: Suhbat turlari va uning mazmuni.
Reja:
Suhbat turlari.
Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o’tkazishi.
Suratlar bilan o’tkaziladigan suhbatlar.
Suratlar bilan suhbat o’tkazish usullari.
Xulosa
1. Suhbat turlari.
Suhbat - ta’limning dialogik metodi bo‘lib, savol-javob o‘tkazish, o‘z nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g‘risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalaming mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi.
Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va malakalami paydo ciladi: bir-birini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish, ulami takrorlanuslik, bildirilgan fikrlami samimiy baholash va boshqalar. Suhbat fikming aniq yo‘nalganligini, diqqatni va o‘z xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda his-tuyg‘ulami tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-
hodisaga munosabatni tarkib toptiradi. Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mav zudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbat-
lami esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar bolalarda axloqiy his-tuyg‘uni tarbiyalash, axloqiy tasawur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsadini ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy suhbatlami o‘tkazish mumkin: «Xushmuomalalik haqida», «Do‘stlik va o‘rtoqlik haqida», «Salomlashish odobi», «Ovqatlanish qoidalari» va boshqalar. Axloqiy mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o‘qish, ко‘rgazmali material lami ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg‘unlikda amal Bilishga doir suhbatlar mavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida aniqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas bog‘liqlikda o‘tkaziladi.
Didaktik maqsadiga ko‘ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi turlarga bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida kirish suhbatidan foydalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani
aniqlaydi, ulaming bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga doir vazifalami taqdim etadi. Umumlashtiruvchi suhbat bolalarning biror mavzuda tashkil etilgan-o‘quv ishi natijasida qo‘lga kiritilgan bilimlami jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadidao‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |