«Shoh Artinning davrida, – deb yozadi Diodor, – Ktesiyning so‗zlariga muvofiq, parfiyanlar
yer va shaharlarini saklarga topshirib, midiyaliklardan ajralib chiqdilar. Shunda saklar bilan
midiyaliklar o‗rtasida urush chiqdi. Sak podsholari midiyalik asirlarni Tanaisga ko‗chirdilar.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, saklarning bir necha davlatlari buyuk cho‗llarda mavjud bo‗lgan.
Sharq yozuvchilari shimoldan kelgan barcha kelgindilarni «gimirri» –
kimmeriylar deb
ataganlar. Skiflar va kimmeriylar etnik va madaniy jihatdan bir-birlariga yaqin edilar. Old Osiyoga
sak-skif va kimmeriylarning bosqini mil.avv. VIII asrdan bir necha marta yuz beradi. Shu davrdan
boshlab, ular Old Osiyodagi davlatlar o‗rtasidagi to‗qnashuvlarda faol ishtirok etadilar. Misol
uchun, skiflar (saklar) Osuriya bilan ittifoqda Midiyaga qarshi urushda qatnashib, uning hududida
mil.avv. 653–624-yillarda hukmronlik qildilar. Sak-skiflar, ayniqsa, Eron Ahmoniylari davrida bu
davlat bilan yaqin aloqada bo‗ladilar.
Ktesiy bizga Kir tomonidan asir olingan sak podshosi Amorg va uning xotini Sparetra
to‗g‗risida ma‘lumot beradi.
Ktesiyning yozishicha, Sparetra erkak va ayollardan askar to‗plab,
jangda Kirni tor-mor keltirgan va Amorgni ozod qilgan. Ktesiyning yozishicha, shundan so‗ng
saklar Kir bilan ittifoq tuzganlar va Amorg Kirning dahlar hamda Midiyaga qarshi kurashida unga
yordam bergan.
Ahmoniylar Eroni sak-skiflarni bo‗ysundirishga bir necha bor urinib, yurishlar
uyushtirganlar. Lekin yurishlarda forslar yengilgan. Tarixdan ma‘lumki, Kayxusrav qo‗shinlari
massagetlar tomonidan (mil.avv. VI asr) tor-mor qilinadi. Doro I ning Shimoliy Qora dengizbo‗yi
skiflari ustiga yurishi natijasiz tugaydi. Saklar fors qo‗shinlarini bir necha bor yengadilar (Polien,
Shiroq). Doro I ularni mil. avv. 519-yilda qiyinchilik bilan bo‗ysundiradi. Doroning saka-
tigraxaudalarga qarshi yurishi to‗g‗risida Behustun yozuvlarida ma‘lumot keltirildi. Anchagina
o‗chib ketgan yozuvda shunday deyilgan: «Men saka – tigraxaudalarga qarshi yurdim…
katta
daryo tomonga… O‗tdim... o‗ldirdim… boshqasini tutib olishdi va oyoq qo‗lini bog‘lab, mening
oldimga keltirishdi. Men uni hukm qildim… nomi Skunxu edi, uni tutishdi, u yerda men o‗z
xohishimga muvofiq boshqa odamni bosh qilib qo‗ydim. Shundan keyin mamlakat meniki
bo‗ldi». Bu yozuvlar mil.avv. VI asrda o‗lkamizda saklarning davlati bo‗lgani, saklarning
rivojlangan davlat va jamiyatda yashaganlaridan dalolat beradi. Doro I saklarga qarshi mil.avv.
519-yilda yurish qilib, ularning podshosi Skunxani asir olgan. Va uning o‗rniga boshqa podshoni
tayinlagani Behustun yozuvlarida keltirilgan. Saklar Ahmoniylar
davlati bilan alohida
munosabatda bo‗lganlar. Saklar forslarga o‗lpon to‗lagan qaram xalqlar orasida tilga olinmaydi.
Mil.avv. IV asrda saklar forslarning ittifoqchilariga aylanadi. Saklarning harbiy san‘ati yuqori
darajada bo‗lgan. Ular mohir chavandoz bo‗lib, fors qo‗shinlari tarkibida ilg‗or kamonchi otliq
qismlarni tashkil qilib, qo‗shinning zarbdor qanoti edilar. Biror-bir xalq yelib borayotgan yaydoq
ot ustida kamondan bexato nishonga urishga saklarga tenglasha olmas edi. Sak-skiflar erksevar
xalq bo‗lib, bosqinchilar tazyiqiga doimo munosib zarba berar, o‗z mustaqilliklarini e‘zozlar
edilar. Mil.avv. 339-yilda makedoniyalik Filipp II skif qo‗shinlari bilan to‗qnashadi. Skif
qo‗shinlariga ularning 90 yoshli podshosi Atey boshchilik qiladi.
Sak-skiflarning katta-katta davlat birlashmalari mil.avv. I asrlargacha
Osiyo va Yevropa
dasht-cho‗llarida jiddiy harbiy-siyosiy kuch bo‗lgan. Mil.avv. III asrdan milodiy IV asrgacha
O‗rta Osiyo Volga bo‗yi va Uralda yashagan ko‗chmanchi qabilalar (tarixiy adabiyotda sarmatlar)
kichli qabilalar ittifoqini tuzdilar. Ular Kavkaz oldi tekisligi, Don va Shimoliy Qora dengiz
cho‗llarini o‗zlashtirdilar. Sharqiy Yevropa cho‗llari egallanib, sarmatlar siyosat
maydonida kuchli
mavqeni egalladilar. Bosfor podsholigidagi o‗zaro urushlarga aralashdilar. Sarmat podshosi Gatal
mil.avv. 179-yil Kichik Osiyo shahar-davlatlar ittifoqiga qo‗shildi. Mil.avv. I asrda sarmatlar Pont
podshosining Rimga qarshi ittifoqchisi bo‗ldi. Sarmatlar bu davrda O‗rta Osiyodagi davlatlar,
ayniqsa, Xorazm bilan juda yaqin iqtisodiy-siyosiy hamkorlikda bo‗ldilar. Sak-skiflarning o‗z
qo‗shnilari bilan munosabatlari murakkab, shu bilan birga barqaror bo‗lgan. Ular qo‗shni o‗troq
qabila-xalqlar bilan muntazam ayirboshlash, oila-nikoh, madaniy-etnik aloqalarda bo‗lganlar.
O‗rta Osiyo, Qozog‗iston va boshqa atrof hududlarda
etnik birliklar yashagan, ko‗chmanchi va
o‗troq turmush tarzida kun kechirganlar. Sak-skiflarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti natijasida
so‗g‗diylar, xorazmiylar, farg‗onaliklar, parfiyaliklar, baqtriyaliklar deb nomlangan etnik yaxlitlik
vujudga kelgan. Boshqacha aytganda, hozirgi O‗rta Osiyo hududida xalqlarning etnik genezisida
ham sak-skif etnosi qatnashgan. Kelgusi turkiy xalqlarning shakllanishida ham sak-skiflar ustuvor
o‗rinni egallaydilar. Bu jarayon ularning turmush tarzi, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy rivojlanishida
o‗z ta‘sirini o‗tkazadi.
Sibir, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qora dengizbo‗yi sak-skiflari o‗troqlashuv jarayonini
boshdan kechirdilar. Lekin ularning bir qismi ko‗chmanchi chorvador, ovchi va baliqchi turmush
tarzini saqlab qoldilar. Mil.avv. II asrdan Sharqiy Yevropa tomon O‗rta Osiyo, Uraldan siljigan
sak-skiflarning bir qismi bo‗lgan sarmatlar yoki savromatlar Dnepr qirg‗oqlarini egalladilar. Ular
Dneprning o‗ng qirg‗oqini ham o‗zlashtirib, bu yerdagi skiflarning bir qismi qirib tashladilar.
Qolgan bir qismi o‗zini saqlab qoldi. Sarmatlar o‗zlariga qarindosh bo‗lgan skif madaniyatini
o‗zlashtirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: