14-ma’ruza: Qadimgi Eron madaniyati va dini. Qadimgi sak-skif sivilizatsiyasi (2 soat) Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 379,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana15.06.2023
Hajmi379,08 Kb.
#951522
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ijtimoiy hayot. 
 
Sak-skiflarda jamiyat shakllanishi bilan boy chorvadorlar, urug‗-qabila oqsoqollari 
ko‗plab chorva mollariga egalik qilib, urug‗ zodagonlar qatlami va oddiy chorvador cho‗ponlar – 
jangchilar qatlami shakllanadi. Antik mualliflar asarlarida bir necha sak-skif yo‗lboshchilari 
nomlari tilga olinadi. Uchinchi qatlam diniy urf-odat, an‘analarni bajaradigan kohinlar, shomonlar 
(turkiy xalqlarda – toyinlar) har bir ovulda bo‗lgan. Cho‗l-dasht, tog‗oldi hududlarida yashagan 
sak-skiflar qisman dehqonchilik bilan shug‗ullanishga majbur bo‗lganlar. Chunki qurg‗oqchilik 
yillarida cho‗l va dasht hududlarida chorva mollari ko‗p qirilib ketgan va ochlik ko‗chmanchi 
chorvadorlarning doimiy hamrohi bo‗lgan. Shuning uchun ishonchli oziq-ovqat manbalarini 
izlashga majbur edilar. Ular tog‗oldi daryo vodiylarida o‗zlariga kerakli oziq-ovqat manbalari – 
g‗alla, sabzavot-poliz ekinlarini ekib olganlar. Qo‗shni xalqlar, davlatlar bilan faol ayirboshlash, 
madaniy va harbiy aloqalar o‗rnatilgan. Qo‗shnilar bilan munosabatlar ziddiyatli ham bo‗lgan.
Sak-skiflarda mulkiy tabaqalanish kuchli bo‗lgan. Topilgan sak-skif qabrlarida uning 
izlarini ko‗rish mumkin. Zodagonlarning qabrida buyumlar boy va xilma–xil. Aqinak (xanjar) va 
uning qini, o‗q-yoy sadoqlariga marosim mifologik tasvirlari tushirilgan hamda oltin plastinkalar 
bilan bezatilgan. Sag‗ananing o‗lik qo‗yilgan xonasi devorlari marhumning zarbof kiyimlari, 
so‗zanalar bilan bezatilgan. Zodagonlarning qabrlarida marosim buyumlari bo‗lgan ko‗zalar – 
sharsimon qadah-ritonlar, ikki gorizontal quloqli ochiq jomlar ko‗p uchraydi. Bunday jom-
qadahlar oltin, kumushdan yoki yog‗ochdan metall bilan mustahkamlab yasalgan. Gerodot 
hikoyasi bo‗yicha, yo‗lboshchilarning dafn marosimida uning barcha fuqarolari ishtirok etgan. 
Yo‗lboshchi qabri ustiga ulkan qo‗rg‗on – tepalik bunyod qilingan. Dafn marosimidan keyin 
marhumni xotirlash uchun shu yerning o‗zida jamoa umumiy ovqatlanish marosimini o‗tkazgan. 
Uning izlari arxeologik qazilmalarda topilgan. Ukrainadan arxeologlar «Tolstaya Mogila» 
qo‗rg‗on-qabrni tekshirganlarida, dafndan keyin iste‘mol qilingan xonaki va yovvoyi hayvon 
suyaklarining ulkan miqdoriga qarab, dafn marosimiga 2,5-3 ming kishi qatnashgan deb faraz 
qiladilar.
Ko‗chmanchi sak-skiflar chorvachilik bilan shug‗ullanib, o‗tovlarda, ba‘zi hududlarda 
aravalarda yashar edilar. Yilqi, qo‗y, tuya, echki boqilgan. Go‗sht, sut va ulardan tayyorlangan 
qazi, pishloq, suzma, qimiz, quritilgan go‗shti asosiy oziq-ovqat va ichimlik edi. Asosiy ovqat 
qo‗y-echki, ot-tuyadan olinadigan sut, go‗sht bo‗lgan. «Ular qaynatilgan go‗sht yeydilar, yilqi 
sutini ichadilar va ippaki yeydilar» deb yozgan edi antik mualliflar. Idish-tovoqlar juda oddiy 
bo‗lib, yog‗och, mis, jez va temirdan edi. Katta jez qozonlarda ovqat tayyorlanar edi. Hayvon 
terisiga ishlov berilib, ulardan kiyim-kechak, oyoq kiyim, uy-ro‗zg‗or buyumlari (teridan qilingan 
mesh, ovqat saqlanadigan, yeyiladigan, tayyorlanadigan, pishiriladigan idishlar) tayyorlangan. 
Shuningdek, hayvon terisidan qamchi, xurjun, arqon, egar-jabduq, bosh kiyim, ko‗rpa-to‗shak, 
gilam va boshqalar tayyorlangan.
Sero‗t yaylov-o‗tloqlar uchun doimiy to‗qnashuvlar yuz berib, hududlar qabila-urug‗lar 
o‗rtasida nisbatan barqaror taqsimlangan edi. Sak
-
skif yo‗lboshchilari o‗lganda ularning xotinlari, 
qurolbardorlari, xizmatkorlari, jangovar otlari va yo‗lboshchining qurol-yarog‗lari, shaxsiy 


buyumlari bilan birga ulkan qabr – qo‗rg‗onda dafn qilingan. Sak-skiflar qaynoq, keskin va yorqin 
hayot kechirdilar. Doimiy xavfli tahdidlar bilan kurash, doimo bepoyon kengliklarda o‗zini 
himoya qilish moddiy va ma‘naviy madaniyatga ham ta‘sir qildi. Sak-skiflar o‗troq dehqon 
qo‗shnilari bilan o‗zlariga zarur bo‗lgan don, meva, poliz mahsulotlari, gazlama, uy-ro‗zg‗or 
buyumlarini ayirboshlar edilar.
Qurol-yarog‗ har bir kishi uchun hayotiy zarurat edi. Sakning o‗ng biqiniga taqiladigan 
yog‗och qinda kalta qilich (aqinak) bo‗lib, uning qini tilla qoplamasi hayvonlarning o‗yib 
tushirilgan tasviri bilan bezatilgan edi. Qilichning sopiga ba‘zida tilla, kumush qoplangan. Uzun 
nayzalarning uchlari temirdan bo‗lib, uzoqqa otadigan qurol – o‗q-yoy edi. Kamon o‗qining uchi 
suyak, jez va temirdan yasalgan. Sak kamoni yengil bo‗lib, uncha katta bo‗lmagan. Bunday 
kamondan otdan turib nishonga olib otish qulay edi. Kamon belda, chap tomondagi kamarga 
taqiladigan sadoqda saqlangan. Kamon o‗qi ham shu sadoqda saqlanar edi. Sadoq jang manzarasi
hayvonlarning nafis tasvirlari tushirilgan tilla, kumush qoplama bilan bezatilgan. Uzunligi 2 metr 
bo‗lgan yaproqsimon yoki tor yaproqli temir uchli nayza keng tarqalgan. Kalta uchli, kalta 
nayzalar bo‗lgan. Kalta, temir dastali qilich sopi tilla, kumush bilan bezatilgan. Qilichning sopi 
trapetsiya, uchburchak shaklida bo‗lib, hayvon tasviri bo‗lgan. Qilichning qini ham sadoq kabi 
jang manzarasi, hayvon tasvirlari bilan bezalgan. Sak-skif temir pichog‗i bukri yelkali bo‗lib, 
odatda, sopi suyakdan yasalgan. Ot sak uchun minish, urushda jangovar yo‗ldosh, doimo yonidagi 
oziq-ovqat manbayi. Ot sakning doimiy hamrohi bo‗lgan. Sak oti uncha katta bo‗lmagan, qaynoq 
va o‗ynoqi, chidamli edi. Ot anjomlari temir yoki jez jilov, egardan iborat bo‗lgan. Otning 
ko‗kragi qo‗ng‗iroqchalar bilan bezatilgan. Yumshoq egarlarning asosi yog‗ochdan ishlanib, oltin 
yoki kumush, yapaloq boshli mixlar bilan bezatilgan.
Sak-skiflar daryo vodiylari havzasida chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‗ullanganlar. 
Arxeologik qazishmalar natijasida ko‗plab o‗troq manzilgohlar topilgan. Sak-skiflar chorvachilik 
va dehqonchilikdan tashqari, ovchilik bilan ham shug‗ullanganlar. Cho‗l-dashtlardagi parranda-
qushlar, hayvonlar asosiy ov o‗ljalari bo‗lgan.
Har bir sak bolasi ovchi, cho‗pon, jangchi qilib tarbiyalangan, xavf-xatarga to‗la hayot, 
urug‗-qabilalar o‗rtasida sero‗t yaylovlar uchun kurash, tabiat ofatlari bilan qurg‗oqchilik, 
qahraton qish, ov o‗ljalari bo‗lgan hayvonlarning qirilib ketishi urug‗-qabila turmush tarzini 
belgiladi. Har qanday vaziyatga tayyor turish, sabr-toqat va chidam, og‗ir holatlarda ham urug‗-
qabilani, o‗z hayotini saqlab qolish, tirik qolish zaruriy ehtiyoj bo‗ldi. Sak-skiflar harbiy san‘atni 
mukammal darajada shakllantiradilar. Ularning kamon, qilich, nayza, temir, jez, charm sovutlari 
nihoyatda pishiq va nozik did bilan yasalgan. Saklarning otliq qo‗shinlari jangda yengilmas, 
tutqich bermaydigan harakatchan edi. Sak otliqlari ulkan Ahmoniylar imperiyasining yaxshi 
qurollangan qo‗shinlarini yanchib tashlagan edi. Saklarning harbiy san‘atiga tan bergan 
Ahmoniylar ularni harbiy xizmatidan foydalanadilar. Sak-skiflar urug‗-qabilaning har bir a‘zosi 
bo‗lgan erkak-ayol jang san‘atini bilishi lozim deb hisoblaganlar. Har bir sak bolasi 5 yoshidan 
kamondan o‗q otishni o‗rganib, qushlarni ov qilib, o‗ziga ovqat topishi shart edi. Otda yurish, otda 
jang qilish san‘atiga bolalikdan o‗rgatilgan. Har bir sak bolaligidan chavandozlikni o‗rganar, 
balog‗at yoshiga yetguncha otda jang qilish san‘atini puxta egallar edi. Kuch sinash bellashuvlari 
muntazam o‗tkazilgan. Kamondan uzoq masofaga bexato nishonga urish, yugurib ketayotgan otda 
kamondan otish ko‗nikmasi bolaga yoshligidan singdirilgan.

Download 379,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish