14-ma’ruza: Qadimgi Eron madaniyati va dini. Qadimgi sak-skif sivilizatsiyasi (2 soat) Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 379,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana15.06.2023
Hajmi379,08 Kb.
#951522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Hunarmandchilik va savdo-sotiq. 
Qadimgi Eronda dehqonchilik va chorvachilik bilan 
bir qatorda hunarmandchilik va savdo -sotiq rivoj topgan edi. Chunki dehqonchilik va 
chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Eroniylar 
yilqichilikka alohida e‘tibor berganlar. Makedoniyalik Aleksandr Erondan O'rta Osiyoga 
o'tayotganda yaylovlarda o'tlab yurgan minglab yilqi uyurlari va qulunlarini ko'rganligi tarixiy 
manbalarda yozib qoldirilgan. 
Eron hunarmandchiligining eng qadimgi tarmoqlaridan biri kulolchilikdir. Qadimgi 
kulollar loyni pishitib undan har xil spool buyumlar-ko'za, xum. xumcha, qozon, tovoq, 
xurmacha, piyola va tog'ora yasaganlar. Ularning ustini jimjimador naqshlar bilan bezaganlar. 
Ichi va sirtini har turli bo'yoqlarga bo'yashgan. Idishlarning sirtiga odam. hayvon, parranda va 
o'simlik 
barglarning 
tasvirlarini 
ishlaganlar. 
To'qimachilik 
ham 
Qadimgi 
Eron 
hunarmandchiligining muhim tarmoqlaridan biri bo'lgan. To'quvchilar zig'ir poyasi, jun va ipak 
qurti pillasidan ip yigirib maxsus dastgohlarda har xil matolar to'qigan. Bu matolardan esa 
yengil-bosh, uy jihozlari va ro'zg'or buyumlari tikkanlar. 


Eron tog'laridan mis, qalay, qo'rg'oshin, temir va oltin qazib olish ham uzoq o'tmishga 
borib taqaladi. Temirchi ustalar temirdan omoch tishi, o'roq, pichoq, xanjar, ketmon, qalqon, 
nayza, nayza uchlari, kamon o'qi paykonlari, qalqon kabi urush qurollari yasashgan. 
Qadimgi Eronda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlana borishi 
natijasida ortiqcha mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Ortiqcha mahsulotlar mamlakatning ichki 
bozorida va tashqi bozorlarida sotilgan yoki buyumlarga almashtirilgan. 
Mil.avv. VII-IV asrlarda Eronda tashqi savdo ham rivoj topib, savdogarlar Ikki daryo 
oralig'i, Kichik Osiyo, Misr, O'rta Osiyo, Arabiston, Kavkaz, Hindiston va O‗rtayer dengizi 
atrofidagi davlatlar bilan qizg‗in savdo olib borganlar. Ichki va tashqi savdo ishlarida eshak, 
xachir, ot va tuya karvonlaridan keng foydalanganlar. 
Tashqi savdo ham suv, ham quruqlik yo`li orqali olib borilgan. Eronning Suza 
shahridanLidiyaning Sard shahrigacha, ―Shoh yo'li‖ o‗tkazilgan edi. Undan Eron shaharlaridan 
atrof mamlakatlarga savdo-karvon yo`llari taralgan edi. Karvon yo'lining har yer, har yerida 
bekatlar, mehmonxonalar, sardoba - suv saqlagichlar, korizlar, karvonsaroylar va rabotlar 
bunyod etilgan. Yo'llar serqatnov bo'lib, uni shohning otliq navkarlari - posbonlari doimo nazorat 
qilib yurardilar. 
Hunarmandchilik va savdo-sotiq davlatga juda katta boylik olib kelar edi.

Download 379,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish