KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonni rivojlantitrishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida va boshqa qarorlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha va qishloq xo‘jaligini hamda sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, jahon talablari va standartlariga javob beradigan zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash darajasini tubdan oshirish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash vazifasi qo‘yilgan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun hozirgi davrdagi eng muhim vazifa energiya va resurslardan oqilona foydalanish, ularni tejaydigan texnologiya va texnika vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etishdan iboratligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish, ya’ni o‘z xalqimizni Respublikamizda yetishtirish mumkin bo‘lgan chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlash Respublika oziq-ovqat bazasini mustahkamlash asoslaridan biridir.
Topshiriq bo‘yicha berilgan “VOLGAR-5” mashinasiga qo‘yiladigan zootexnik talablar, mashinaning tuzilishi va ishlashi, mashinani rostlash va undan texnik foydalanish qoidalari, mashinaning detalini yoki ayrim qismining asosiy parametrlari hisobi keltirilgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi qismida chorvachilikda xavfsizlik choralari va “VOLGAR-5” mashinasini xavfsiz ishlashga tadbiq etish bo‘yicha chora tadbirlar bayon etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar va boshqa loyihalash uchun normativ materiallar ilovasi berilgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
CHORVACHILIK TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi.
Shu bilan birga, hududlardagi ishlarning hozirgi holati mazkur tarmoq korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ozuqa bazasini ko‘paytirish, naslchilikni yaxshilash, shu jumladan sun’iy urug‘lantirishni rivojlantirish va naslchilik xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida aniq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |