Бошланғич таълим кафедраси



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Фойдаланилган адабиѐтлар 
1. Кларин М.В. Инновации в обучении: метафоры и модели: Анализ 
зарубежного опыта. - М. 
2. Олий таълим. луғат маълумотнома, Тошкент ―Молия‖-2003, 454 б. 
3. БеспалькоВ.П. Слагаемые педагогической технологии.-М. :Педагогика.
4. Толипова Ж.О. ва б. ―Педагогик квалиметрия‖ ўқув – услубий мажмуа, 
Тошкент – 2016, 163 б. 


181 
BOSHLANG‟ICH SINF O‟QUVCHILARIDA
EKOLOGIK XAVFSIZLIK MADANIYATINI FANLARARO
SHAKLLANTIRISH METODIKASI 
 
Muxtorova Lobar Abdimannobovna 
TerDU katta o‟qituvchisi 
 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lidan borib
ko‘plab sohalarda ijobiy natijalarga erishib bormoqda. Shu jumladan,
mamlakatimiz tomonidan ekologiya muammolariga ham katta e‘tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda ―Ekologiya ‖ tushunchasi mamlakatimizda har bir fuqaro uchun
muhim ahamiyatga ega. Barchamiz bilamiz ommaviy axborot vositalarida
hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib
borilayotgan say - harakatlar to‘g‘risida ma‘lumotlar berib borilmoqda. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar 
milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, 
davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va 
erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta‘minlash uchun 
muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning 
bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust 2019 yil kuni xalq 
ta‘limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini 
oshirish, yosh avlod ma‘naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan 
videoselektor yig‘ilishi bo‘lib, unda ―Ta‘lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona 
tizim yaratish, o‘qitish metodlari, ta‘lim standartlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini 
yangilash zarurligi, bilim berishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, tarbiyada 
esa milliy an‘ana va qadriyatlarga suyanish muhimligi qayd ham alohida qayd 
etildi‖.[2] 
Zero, ta‘lim borasida yutuqlarga erishilmasa, jamiyat o‘zining ilgarilama
harakatini davom ettira olmasligi barchaga ayon. Behbudiy ―Ilm va hunarsiz 
xalqning boyligi, yeri va asbobi kundan - kun qo‘lidan ketganidek, axloq va
obro‘yi ham qo‘ldan chiqar, hatto dini ham zaif bo‘lur‖ deb bayon qilgan.
Ma‘lumki, inson tabiatning bir bo‘lagi bo‘lib, uni tabiat yaratgan. Lekin inson 
jisman va aqlan rivojlanishi bilan tabiatga ozor bera boshlagan. Shuningdek, texnika
rivojlanishi o‘z navbatida foydali qazilmalardan keng ko‘lamda foydalanishga olib
keldi.
Yurtboshimiz tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi belgilab 
berildi. «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta‘minlash, chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish» deb nomlangan 
beshinchi yo‘nalish doirasida mamlakatimiz aholisini favqulodda vaziyatlardan 
xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini 
yumshatish, shuningdek atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon 
yetkazadigan ekologik muammolarni oldini olishga doir chora-tadbirlar belgilab 
berildi. 


182 
Darhaqiqat, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda 
bo‘lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, global ekologik inqirozga yo‘l 
qo‘ymaslik - insoniyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Birgina 
ichimlik suvi masalasiga e‘tibor qaratsak, ayni chog‘da sayyoramizda 1 milliard aholi 
sanitariya me‘yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan suvdan foydalanayapti, 2025 yilga borib 
suv tanqisligidan 2 milliard kishi aziyat chekishi kutilmoqda. Oxirgi 150 yil 
mobaynida aholi jon boshiga nisbatan ichimlik suvi 4 martaga kamayib ketgan. Ekin 
maydonlari esa, aksincha, yil sayin kengayib, chuchuk suvning 70 foizi qishloq 
xo‘jaligi ehtiyojlariga yo‘naltirilmoqda. Sanoatda suvga ehtiyoji katta tarmoqlar 
sirasiga po‘lat eritish, kimyo, neft-kimyo, qog‘oz hamda oziq-ovqat ishlab chiqarish 
korxonalari kiradi. Misol uchun, 1 tonna sun‘iy tola olishga 3,5 tonna suv talab 
etiladi. Har yili dunyoda 100 milliard litrdan ko‘p qadoqlanagan ichimlik suvi 
sotilayotgani va bu katta daromad keltiradigan tarmoqqa aylanib borayotgani ham 
ushbu ne‘matga ehtiyoj yuqori ekanini anglatadi. ―Daryo bo‘yida yashasang ham 
suvning bir tomchisini isrof qilma‖, degan hikmatli so‘zlarga xalqimiz azal-azaldan 
amal qilib kelayotgan bo‘lsa, dunyodagi ba‘zi elu elatlar buni kech tushunib 
yetmoqda. Yurtboshimiz ekologiya muammolari hozirgi kunda umumbashariy
mavzu ekanligini ta‘kidlab, jumladan, ―Ekologik xavfsizlik muammosi
allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib butun insoniyatning umumiy
muammosiga aylangan‖ degan edi. Darhaqiqat, ona tabiatni asrash - vatanni
asrash demakdir. 
Vatan ostonadan boshlanadi shunday ekan har birimiz atrofimizdagi
tabiatni asrab - avaylashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur. Shuningdek, ona
yurt ne‘matlarining qadrini bilaylik. Zero, ko‘p yillik tajribalardan shu narsa
ayonki, o‘quvchilarni yoshligidan ona vatanga, atrof - muhitga muhabbat ruhida
tarbiyalash har birimiz uchun muhim vazifa hisoblanadi. Shu bois ham
ekologik tarbiyada o‘zi yashayotgan muhiti - shahar va qishloq ko‘chalarini
ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni,
suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi
yetgancha qatnashishga jalb etish kata ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50 va 55-moddalarida ―Fuqarolar 
atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar‖, ―Yer, yer osti
boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir‖ ―Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir‖, deb ta‘kidlanadi [1]. 
SHuningdek, bu borada xalqaro me‘yorlarga javob beradigan yigirmadan ortiq qonun 
va 150 ga yaqin qonunosti huquqiy-normativ hujjatlari amaliyotga tatbiq etildi. Bu
bilimlarni o‘rganish orqali yoshlar tabiat va inson o‘rtasidagi munosabat, ularning 
o‘zaro aloqadorlik va birlik mohiyatini, atrof muhitga munosabatini, tabiat
muhofazasi yo‘lida amalga oshirilayotgan xatti - harakatlarni tahlil etib, ekologik
muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlashga harakat
qiladi. Mazkur holat esa yoshlarda ekologik bilim va tushunchalarning


183 
shakllanishiga zamin yaratadi. Shuningdak, yoshlarda ekologik madaniyatini
shakllantirish bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi.
Ekologik xavfsizlik madaniyatining asosini, shubhasiz, ekologik tarbiya
ta‘lim tizimining barcha bo‘g‘inlarini ya‘ni maktabgacha ta‘lim muassasalaridan
tortib oily ta‘lim bosqichlarini ham qamrab oladi. Chunki, muayyan aniq
maqsadlarga yo‘naltirilgan ekolgik tarbiya natijasida yoshlarning ekologik
bilimlarini oshirish, ularda tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish malakalarini 
tarkib toptirish, mehnatga ixlos bilan munosabatda bo‘lish sifatlarini tarbiyalash
mumkin. Ekologik tarbiya tizimli va izchillikda olib borilishini nazarda tutish
shart. 
Ekologik ta‘limning mohiyati - uning asosiy vazifalarini aniqlash va tadbiq
etish mazmunidan iborat. Jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro ta‘sirlari, ekologik
muammolar va ularni hal etish yo‘llari, o‘zimiz yashayotgan joyning o‘rab olgan
muhit ahvoli to‘g‘risida ilmiy va amaliy malakalarni shakllantirish, ekologik
tavsifdagi qadriyatlarni, ekologik xulq va faoliyatni, ekologik maqsadlarga
erishish iroda kuchi va muvaffaqiyatlarini, ilmiy qobiliyatlarini o‘rab olgan
muhitni, amaliy faoliyatda faol muhofaza muhofaza qilish intilishini tarbiyalash. 
Ekologik vaziyatlarni sababli va haqiqiy b tashkil qilish qobiliyatini, ekologik
muammolarni yechishda muqobil tafakkurni tanlashni, insonlarning tabiiy va 
ijtimoiy - madaniy muhitga munosabatlarini ularning harakterlari va xulqidan 
yaxshi qoniqarli va qoniqarsizlarni anglab olish, ekologik muammolarni yechish
uchun zarur imkoniyatlarga zarur tasdiqni, o‘z qarashlariga ishonchni
shakllantirish o‘rab olgan muhitni muhofaza qilish, amaliy ishlarida shaxsiy
ishtirokchi bo‘lishiga intilishni rivojlantirish. Ekologik ta‘lim dars bilan 
chegaralanmaydi. U sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini
davom ettiriladi. 
Ma‘lumki, boshlang‘ich sinflarda ekologiya haqida dastlabki tasavvurlarni 
berishda ―Tabiatshunoslik‖ darslari asosiy o‘quv fani bo‘lib, hisoblanadi. Bu 
o‘quv fanlari ekologik madaniyatni shakllantirishda juda muhim ahamiyatga ega. 
O‘quvchilarni tabiat bilan yaqindan tanishtirish, sodir bo‘layotgan turli xil
ekologik hodisalardan muntazam xabardor qilish maqsadida darslarni noan‘anaviy
metodlarda tashkillashtirib o‘tkazish nihoyatda muhim hisoblanadi. Mening
nazarimda, darslarda ―Tabiat va men‖, ―Yosh tabiatshunos‖, ―Onajonim tabiat‖ 
kabi kichik bellashuvlar va ―Tabiatni o‘rganaylik‖ mavzusida davra suhbatlarini 
tashkil qilish ham o‘zining ijobiy samarasini berishi aniq. Negaki, noan‘anaviy
tarzda tashkil qilingan bunday darslar o‘quvchilar dunyoqarashini kengayishi va
tabiatga bo‘lgan munosabatining shakllanishiga yordam beradi. Yuqoridagi kabi 
darslarni faqatgina sinfxonasiga o‘tkazmasdan, tabiat qo‘yniga sayohatlar
davomida shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Zero, tabiat haqida gapirayotgan 
o‘quvchi o‘zi ham tabiatning bir bo‘lagi ekanligini bevosita his qilishi juda 
muhim. Ayni shunday darslar jarayonida o‘quvchilarda tabiat va inson
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklari haqida dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi.
Darslarni ochiq osmon ostida o‘tkazish o‘quvchini tabiat haqida fiktlarini bir
qadar tinchlantiradi va boyitadi. Chunki, kitobda o‘qigan daraxtining tanasiga qo‘l
qo‘yishi, sur‘atini ko‘rgan gulning muattar hidini tuyishi yoki qayrilgan butaga


184 
tirgovich qo‘yishi, iliq nurlari bilan erkalayotgan orqali o‘quvchi tabiat bu ona
ekanligini to‘liq his qiladi. So‘zlarimni mashhur pedagoglarning quyidagi
fikrlari bilan dalillashim mumkin: ―Eng yaxshi mazmun ham o‘quvchilarning 
faoliyatiga qo‘shilgandagina ularning ongiga yetib boradi‖ yana ham oddiyroq
qilib aytganda o‘quvchi o‘qituvchi hikoya qilib berganidan ko‘ra o‘zi anglab
yetgan voqea - hodisalarni ko‘proq esda saqlab qoladi. Aslida ham
o‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchini atrofda bo‘layotgan o‘zgarishlarni tez va
to‘g‘ri idrok etish va vaziyatga muvofiq xulosa yasashga yo‘naltirishdir. Olib
borilgan darslar va mashg‘ulotlarni qay darajada samara berayotganini tekshirish
uchun o‘qituvchi tomonidan turli xil savol - javoblarni ham imkon qadar
ko‘rgazmali tarzda tashkillashtirish mumkin. Masalan, orqasiga savollar yozilgan 
daraxtlar bitta qog‘oz ustiga joylashtiriladi. Ikkinchi bir huddi shunday qog‘oz
bo‘sh qo‘yiladi. O‘qituvchi daraxtdagi savollarga to‘g‘ri javobni topsa, daraxt o‘z 
joyida qoladi va yonidagi bo‘sh qog‘ozga ham bitta daraxt o‘rnatiladi.
Aksincha, savolga javobni topa olmasa daraxt qog‘oz ustidan olib tashlanadi. 
Bundan ko‘rinadiki, tabiat haqidagi bilimlari qanchalik keng bo‘lsa o‘rmon
va bog‘larimiz yanada kengayadi. Keyingi yillarda ekologik madaniyatni
shakllantirish amaliyotida jahon tajribasi sinovidan o‘tgan interfaol usullar keng
qo‘llanila boshladi. Bunday usullarni qo‘llashdan maqsad muhokama
qilinayotgan muammoni o‘rganishda sinfdagi har bir o‘quvchining faol jalb
qilish orqali to‘g‘ri javobga erishish; 
- didaktik o‘yin yoki muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni yechishga
o‘quvchilarni faol jalb qilish orqali to‘g‘ri javobga erishish; 
- o‘rganiladigan mavzuga bag‘ishlangan qiziqarli yoki teskari savollar
tuzish, savollarning javoblarini ataylab almashtirib qo‘yish so‘ngra o‘quvchilar
sohadagi bilimlarini sinab ko‘rish; 
- aqliy hujum shaklida muayyan masalaning yechimini to‘g‘ri topa bilish; 
- toj o‘yinini tashkil qilish yo‘li bilan o‘quvchilarni masalaning tub
mohiyatiga yetib borishni ta‘minlash va hokozolar kiradi. 
Inson tabiatni faqat sezibgina qolmay, uni saqlaydi, boyliklaridan
bahramand bo‘ladi. O‘zi mehnat bilan o‘zgartiradi, yanada ko‘rkam va jozibali
qiladi. Shu sababli tabiatni ehtiyot qilmaydiganlarga befarq qarash mumkin 
emas. Chunki tabiatga ko‘ra muhabbat o‘z uyiga, o‘z vataniga muhabbat
demakdir. Tabiat go‘zalliga kishida nozik, yoqimli his - tuyg‘ular uyg‘otadi, uning
ruhini ko‘taradi, kayfiyatini yaxshilaydi, yashashga, mehnatga, o‘qishga bo‘lgan
havasini yanada orttiradi. Go‘zallik manbai tabiatga, sof havoga hushmanzara
ko‘kalamzorlarga bo‘lgan ehtiyojining toboro ortib borishi tabiatni har
tomonlama muhofaza qilish, uning go‘zalliklaridan oqilona foydalanishni taqozo
etadi. Xulosa qilib aytganda, ekologik ta‘lim ilk bolalikdan boshlanmog‘i lozim. 
Bolalar yaxshilikka juda hojirjavob, ular juda qiziquvchan va shuning uchun 
tabiat go‘zalligini ko‘ra olish malakasining axloqiy asoslarini bshu davrdan 
boshlab rivojlantirish zarur.  
Xulosa qilib aytganda, ekologik madaniyat bugungi kun kishisining ajralmas 
tartib-qoidalari qatoridan mustahkam joy olishi shart. CHunki busiz hayotni, ertangi 
kunni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kelajak avlodga yurt tabiatini musaffo, ona sayyorani 


185 
esa sog‘lom holda qoldirish shu zaminda yashayotgan har bir insonning muqaddas 
burchidir. Siz bilan biz esa atrofimizdagilarga, ayniqsa, yoshlarga ekologik qoidalarni 
takrorlash va ularga o‘zimiz qanchalik amal qilayotganmizni ko‘rsatishdan 
charchamaylik. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish