~ 142 ~
namunalari, texnik takomillashtirish, ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish institutlari,
ulardagi olimlar va ratsionalizatorlar tomonidan ishlab chiqilgan texnik
innovatsiyalar, ilg‗or qurilish tashkilotlarining tajribalari o‗z aksini topmog‗i lozim.
Qurilish soxasidagi tashkilot va korxonaarning texnik rivojlanish darajasining
asosiy ko‗rsatkichlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
1.Samarali qurilish konstruksiyaliridan va yangi
qurilish materiallaridan
foydalanish;
2.Qurilish-montaj
jarayonlarini
mexanizatsiyalash,
kompleks
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni rivojlantirishning keyingi bosqichiga o‗tish;
3.Qurilish ishlab chiqarishining etakchi texnologiyasini amaliyotga tadbiq
etish;
4.Ko‗rgazmali qurilishni tashkil etish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlar va korxonalarga barcha sohalarda
huquq va erkinliklar berilib, sobiq itifoq davrida bo‗lganidek yuqoridan ko‗rsatmalar
berilmay, balki texnik rivojlanish korxona va tashkilotlarning o‗z tashabbuskorligidan
kelib chiqadi. Bu masala qurilish tashkilotining bosh muxandisi raxbarligi ostida hal
qilinadi va kerak bo‗lganda bunga korxonaning iqtisodiy instrumentlari jalb qilinadi.
Dastavval reja va dasturning asosiy yo‗nalishlarini belgilovchi tadbirlar ro‗yxati
tuziladi, ushbu ro‗yxatda tadbirlarning qisqacha tasnifi va ularning qaysi ob‘yektlarda
amalga oshirilishi ko‗rsatiladi. Rejaga kiritiladigan har bir tadbir zarur texnik
iqtisodiy hisob kitoblar natijasida tasdiqlanadi, malakali ishchilardan tashkil topgan
tashabbuskor gurux tashkil etiladi. Bu ishlab chiqarish
rezervlvridan maksimal
darajada foydalanishni ta‘minlovchi rejalarni sistematik ravishda takomillashtirish va
ularga zarur tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.
Yangi texnika va tashkiliy xo‗jalik tadbirlari rejalarini bajarish jarayonida,
qurilish sohasidagi yangi kashfiyotlar, ratsionalizatorlik takliflari, shuningdek
zamonaviy fan va texnikadagi yutuqlar hisobga olinishi kerak.
Ilmiy texnik-taraqqiyotni rejalashtirishda shuni hisobga olish muhimki turli
g‗oya, fikr va yangiliklar paydo bo‗lishi mumkin, ularni amaliyotga qo‗llash esa
qurilish sanoatidagi korxona va tashkilotlarning o‗z kuchlari bilan amalga oshiriladi,
bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Institutlar — birlamchi tadqiqotlarga ixtisoslashgan va fanning ma‘lum bir
sohasidagi rivojlanish uchun javobgar tashkilot;
Ilmiy tadqiqot institutlari — ikkilamchi tadqiqiy
ishlarga ixtisoslashgan va
ma‘lum bir tarmoqni ishlab chiqarish yoki ilmiy texnik darajasiga javobgar bo‗lgan
tashkilot;
Loyihalash, konstruktorlik, texnologik tashkilotlar, texnologik iqtisodiy
tadqiqot institutlari — konstruktorlik texnologik loyihalash yoki tashkiliy ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan mahsulot samaradorligi, texnologiyasi
ishlab chiqarishini
tashkil etish va loyihalarga javobgar hisoblanuvchi tarmoqli tashkilotlar. Bu yerga u
yoki bu institutlarga xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlar kirmaydi.
Montaj, ishga tushirish va ta‘mirlash bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni
boshqarish bilan shug‗ullanuvchi tashkiliy texnik institutlar, asosiy ishlanmalarni
yaratishga qaratilgan maxsus labaratoriyalar, ularni sinash ishlari bilan
~ 143 ~
shug‗ullanuvchi tashkilotlarga quyidagilar kiradi: yangiliklarni
tarqatish bilan
shug‗ullanuvchi ilmiy-texnik va boshqa institutlar.
Ushbu tashkilotlarni shuningdek bo‗ysundirilganligi, faoliyat miqyoslari
(tarmoqli, tarmoqlararo, tarmoqlar osti, xududiy), ixtisoslik boshqalar bo‗yicha
turkumlash mumkin.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy muammo fanning muvafaqiyatli
faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish, uni bir me‘yoda saqlash,
ilmiy-texnik
tadqiqotlar samaradorligini oshirish va ilmiy texnik-taraqqiyotning asosiy
yo‗nalishlaridagi resurslar jamlanmasini ta‘minlash bo‗lib hisoblanadi. Aynan shu
maqsadda akademik va ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot muassasalarining erkinliklarini
oshirish, ilmiy tadqiqotlarni tanlov-shartnomali tamoyil bo‗yicha tashkil etilishiga,
shuningdek ularni ilmiy texnik dasturlar asosida moliyalashtirish tizimiga o‗tish
maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bunda faoliyat yuritish ob‘kti bo‗lib tanlov loyihasi
hisoblanadi, sub‘ekti bo‗lib esa uni ilgari surgan olimlar guruxi yoki ilmiy tadqiqot
institutlari hisoblanadi. Ayni chog‗da tashkilot yoki korxanalar
va ilmiy tadqiqot
institutlari o‗rtasida o‗zaro aloqalarni o‗rnatish lozim, bu birinchidan ixtiro qilingan
«velosiped»ni qayta ixtiro qilishning oldini oladi, ikkinchidan esa fan va texnika
rivojlanishiga qaratilgan ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligini oshirish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: