Tayanch iboralar:
Moddiy – texnika bazasi. qurilish moddiy – texnika ta‘minoti
tizimi. moddiy – texnika resurslar. Logistika.
~ 137 ~
Nazorat uchun savollar:
1. Bozor munosabatlari sharoitida qurilish tarmog‗ining moddiy-texnik
ta‘minoti tizimini tushuntirib bering.
2. Qurilish moddiy-texnik resurslari tarkibiga nimalar kiradi.
3. Qurilishni moddiy-texnik resurslar bilan ta‘minlashning shakllari va
usullarini aytib bering.
4. Qurilish moddiy-texnika ta‘minotida logistikani tashkil etishning maqsad
va vazifalarini gapirib bering.
5. Logistik tizimlar deganda nimani tushunasiz?
12-MAVZU.
QURILISHDA
ILMIY-TEXNIKA
TARAQQIYOTI
VA
UNING
IQTISODIY
SAMARADORLIGI
Reja:
12.1 Iqtisodiyot va jamiyatda ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanish dastagi
sifatida. Qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga ta‘siri.
12.2 Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati, ahamiyati va asosiy
yo‗nalishlari.
12.3. Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish.
12.4 Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi samaradorligini iqtisodiy
baholash va uning ko‗rsatkichlari.
12.1 Iqtisodiyot va jamiyatda ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanish dastagi
sifatida. Qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotiga ta‟siri
―Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir,
eng muhimi, yangi ish o‗rinlari yaratib, nafaqat o‗zini va oilasini boqadigan, balki
butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday
tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng
so‗nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib
kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi
vazifamiz bo‗lishi shart. Kerak bo‗lsa, xorijdagi etakchi kompaniya va tashkilotlarda
tajriba orttirishi, o‗zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama
imkoniyat tug‗dirib berishimiz lozim‖
4
- degan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng ustivor
vazifalari to‗g‗risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida.
4
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси.‖Халқ сўзи‖
газетаси, 2018 йил 29 декабрь.
~ 138 ~
Bu o‗z navbatida iqtisodiy rivojlanish masalalarini hal qilish kabi, ko‗p
jihatdan ilmiy texnika taraqqiyoti (I.T.T.) sohasida butun bir tizimni shakllantirish va
uning ahamiyatini kuchaytirib, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy yutuqlardan
foydalanishga bog‗liq. Tarixan isbotlanganki, fan va texnika yutuqlaridan
foydalanmaydigan eski texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish usullarini
qo‗llaydigan jamiyat, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga va insonlarning
moddiy farovon hayotini yuksaltirishga erishishga da‘vo qilolmaydi. SHuning uchun
ham ilmiy texnik taraqqiyot iqtisodiy rivojlanishning va aholi turmush darajasi
sifatini oshirishning o‗ziga xos bir ―dastak‖gi bo‗lib hisoblanadi.
Shuni ta‘kidlash joizki ilgarigi markazlashtirilgan ma‘muriy buyruqbozlik
boshqaruvi tizimi qaysidir ma‘noda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishini
sekinlashtiradi va ilmiy texnika taraqqiyoti ahamiyatini kamaytiradi, lekin bu ilmiy
texnik tashabbusning mavjud bo‗lmaganidan emas, balki xo‗jalik mexanizmining har
qanday yangiliklarga nisbatan moyilligining juda pastligidandir.
Bugungi kunda iqtisodiyot bozor munosabatlariga o‗tayotgan bir paytda ushbu
tendensiya asta sekinlik bilan rivojlanish bosqichiga o‗tmoqda, Tashabbus erkinligi
va ijodkorlik davlatning maqsadga yo‗naltirilgan ilmiy-texnik va investitsion
siyosatlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ilmiy muassasalarning keng
miqyosdagi mustaqilligi xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlaridagi ilmiy texnik
taraqqiyotning o‗sish sur‘atlari tezlashishiga asos bo‗ladi.
Uning umumiy iqtisodiyotdagi asosiy yo‗nalishlari quyidagilar:
ijtimoiy shuningdek ilmiy texnika taraqqiyoti rivojlanishining samarali
qonuniyatlariga asoslangan yagona ilmiy texnik siyosatni ishlab chiqish va uni
amalga oshirish;
davlatning ilmiy texnik potensialini iqtisodiyot, vaqt va turmush
talablariga mos ravishda tubdan isloh qilish;
ishlab
chiqarishning
texnik
salohiyati,
ishlab
chiqariladigan
mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, mutloq va nisbatan
arzonlashtirilgan yangi texnika bilan ta‘minlash;
yangi g‗oya, fikr va ilmiy texnik bog‗lanishlar shakllanishi asosida
yotuvchi inson omilini har tomonlama faollashtirishga qaratilgan ta‘lim dasturlarini
chuqur isloh qilish;
ilmiy texnik taraqqiyotning davlat tomonidan boshqarilishini tashkilotlar
va ilmiy muassasalar hamkorligida olib borish.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning boshlang‗ich ishlab chiqarish bosqichi bo‗lib, turli
ilmiy tadqiqot muassasalarida yuzaga keladigan ishlab chiqariladigan g‗oya, fikr va
loyihalar hisoblanadi. Yaratiladigan texnika-texnologiya va boshqa yangiliklarni
eksperiment va sinovdan o‗tkazish, ishlab chiqarish tarmoqlari zimmasiga tushadi.
Biroq o‗z mahsulotini ilmiy texnika yutuqlar asosida yaratayotgan va ishlab
chiqarayotgan har qanday tashkilot yuqori ishlab chiqarish texnikasiga ega bo‗lishi,
ya‘ni zamonaviy tashkilot bo‗lishi kerak. Aynan shu ma‘noda qurilish tarmog‗i ilmiy
texnik taraqqiyotning sur‘at va miqyoslariga texnik jihatdan yangi asosiy fondlar va
ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish yo‗li bilan katta ta‘sir o‗tkazadi. Boshqacha
qilib aytganda ilmiy texnika taraqqiyoti xalq xo‗jaligida bevosita kapital qurilish
~ 139 ~
natijalari bilan bog‗liq. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari asosida tashkilot va
boshqa ob‘yektlarni loyihalashtirishning asosiy omillaridan biri va kapital qurilish
samaradorligini oshirishning negizi bo‗lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |