~ 133 ~
11.4. Qurilish moddiy – texnika ta‟minotini
tashkil etish tizimida logistika
Qurilish kompleksini butun holatda va uni tashkil
etuvchi komponentlarni
ko‗rib chiqish shunday xulosa chiqarish imkonini beradiki, unga ko‗ra qurilishni
o‗zaro bog‗langan va o‗zaro shart-sharoitlangan oqimlar jamlamasini o‗z tarkibiga
kirituvchi tizimga kiritish mumkin. Bu oqimlarning asosiylariga quyidagi: axborotlar,
moddiy – texnika hamda moliya resurslari va boshqa oqimlar kiradi.
Ma‘lumki, bino va inshootlar qurilishi muddatlarini qisqartirish, maqbul
bo‗lgan sarf-xarajatlar bilan ularning sifatlarini yaxshilash bo‗yicha
zaruriy
natijalarga erishish uchun birinchi navbatda yuqorida ko‗rastilgan va boshqa iqtisodiy
oqimlarni maqbullashtirish va ratsionizatsiyalashtirish talab etiladi.
Qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalarida xususiy va o‗z
maqsadlariga erishish yo‗lida jalb etilgan resurslar harakatining o‗zaro bog‗langan
hamda o‗zaro shart-sharoitlangan jarayonlarini iqtisodiy oqimlar deb hisoblash
mumkin.
Qurilishni tizim sifatida birinchi navbatda qurilishni moddiy – texnika jihatdan
ta‘minlash deb qabul qilish joizdir. Har qanday bino va inshootni qurish uchun,
avvalom bor, etarli miqdorda qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari,
xom-ashyo hamda texnologik jihozlar zarur bo‗ladi, ularning aniq miqdori qurilish-
montaj ishlari loyihasida ko‗rsatiladi. Qurilish ishlab
chiqarishini tashkil etish
jarayoni bu resurslarning belgilangan hajmda, ko‗rsatilgan muddatda va tegishli
sifatda etkazilib berilishini ko‗zda tutadi. Vatanimiz va xorijdagi turli ishlab
chiqarishlar bo‗yicha to‗plangan tajriba shunga o‗xshash masalalarni echishda
logistikadan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi.
Terminologik lug‗atda logistikaning quyidagi ma‘nosi ifodalangan.
Logistika
–
xom-ashyo va materiallarni ishlab chiqarish korxonasiga ekazish jarayonida tashish,
joylashtirish va boshqa moddiy
hamda nomoddiy operatsiyalar, zavod ichida xom-
ashyo, materiallar, yarimfabrikatlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni
iste‘molchiga manfaatlar va talablarga muvofiq etkazib berish,
shuningdek, tegishli
axborotlarni uzatish, saqlash va qayta ishlashni rejalashtirish, nazorat qilish va
boshqarish haqidagi fandir.
Bunda asosiy izlanish ob‘yektlari quyidagilar bo‗ladi: logistik ushlab qolishlar,
axborot oqimi, logistik tizim, logistik funksiya, logistik zanjir, logistik operatsiyalar,
materiallar oqimi va boshqalar. Logistika qator o‗zaro bog‗langan bo‗limlarni qamrab
oladi, jumladan ta‘minot logistikasi, ishlab chiqarish logistikasi,
savdo-sotiq
logistikasi, transport logistikasi va boshqalar. Logistik tizimlar doirasida qurilish
materiallariga bo‗lgan ehtiyojni bashorat qilish va zahiralar holatini nazorat qilish,
buyurtmalarni yig‗ish va qayta ishlash, logistik zanjirda material oqimi ketma-ketligi
va bo‗g‗inlarini aniqlashni o‗z tarkibiga kiritgan qator masalalar va ularning
komplekslari echiladi.
Qurilish logistika tizimlarini logistik tizimlarning umumiy nazariyasi matnida
ko‗rib chiqish taqoza etiladi.
Oqimlarning turlariga ko‗ra logistik tizimlarni quyidagilarga ajratish mumkin:
~ 134 ~
materiallar, moliyaviy, axborot oqimlari va mehnat resurslari oqimlari.
Materiallar oqimlari logistik tizimlari yoki boshqacha qilib aytganda
materiallar logistik oqimlari qurilish tashkilotlari va korxonalar (firmalar)
moddiy
resurslarini sotib olishdan tortib to tayyor mahsulot (binolar va inshootlar)ni
sotishgacha bo‗lgan barcha harakatlarni birlashtiradi.
Moliyaviy oqimlar logistik tizimi (yoki logistik moliyaviy tizim) ishlab
chiqarish va qurilish mahsulotini sotish bilan bog‗liq bo‗lgan hamma moliyaviy
oqimlar harakatlarini birlashtiradi.
Axborotlar oqimlari logistik tizimlari (yoki axborotlar logistik tizimlari)
qurilish firmasi oddiy ishlab chiqarish jarayonlarini qanday birlashtirsa, ushbu firma
orqali amalga oshiriladigan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini ham xuddi
shunday birlashtiradi.
Mehnat resurslari oqimlarining logistik tizimlari (yoki mehnatning logistik
tizimlari) mehnat resurslarini qurilish firmasiga yo‗naltirishning barcha xilma-
xilligini birlashtiradi.
Logistikalarni
qurilish
ishlab
chiqarish
sikli
stadiyalari
bo‗yicha
differensiyalash bilan quyidagi logistik tizimlarni ko‗rib chiqish mumkin:
-
savdo - sotiq logistikasi tizimlari, ular moddiy-texnika resurslarini sotib
olish oqimlarini va qurilish ishlab chiqarish-texnologik komplektatsiyasini,
shuningdek, moliyaviy, axborotlar va mehnat resurslari bilan birga boradigan
oqimlarni tashkil qilish bilan shug‗ullanadi;
-
tadbirkorlik logistikasi (yoki ishlab chiqarish logistikasi) tizimlari, ular
qurilish industriyasi korxonalari va qurilish firmalarida qurilish konstrkutsiyalari,
buyumlari va boshqa materiallarni ishlab chiqarish jarayonidagi resurslar oqimini,
loyiha-konstruktorlik, qurilish-montaj va ishga tushirish ishlarini tashkil qilish bilan
shug‗ullanadi;
-
taqsimlash
logistikasi tizimlari, ular iste‘molchiga taqdim etiladigan
tayyor qurilish mahsuloti, ishlar va xizmatlarning oqimlarini, shuningdek, bu oqimlar
bilan birga boradigan moliyaviy, axborotlar va mehnat oqimlarini tashkil qilish bilan
shug‗ullandi;
-
transport–omborxona logistikasi tizimlari, ular qurilish firmasida yuklar
oqimini va omborxona ichki oqimlarini tashkil qilish bilan shug‗ullanadi.
Qurilish firmasi logistika tizimlari sinflanishini boshqa belgilar bilan ham
davom ettirish mumkin, masalan, investitsion jarayonlar bosqichi, qurilish mahsuloti
hayotiy sikli bosqichlari va shunga o‗xshash oqimlar bilan davom ettirish mumkin.
Agar iqtisodiy mustaqil sub‘ektlar qanchalik ko‗p sonda logistika zanjiriga
kiritilsa, logistika tizimlarini shakllantirish jarayonlari shunchalik murakkab kechadi.
Bu ma‘noda makrologistik tizimlar mikrologistik tizimlarga nisbatan ancha
murakkab ko‗rinishga ega bo‗ladi. Tashkiliy-iqtisodiy integratsiya xarakteri bo‗yicha
makrologistika tizimlari sub‘ektlari vertikal, gorizontal
va konglomerant tizimlarga
ajratiladi. Logistik faoliyat uchta asos ostida birlashadi: moddiy resurslar birga
boradigan hamma texnik vositalar va jihozlar jamlamasi bo‗lgan
texnika
, tizimlardagi
moddiy va nomoddiy oqimlar harakatlari haqidagi statistik va dinamik axborotlar
jamlamasi bo‗lgan
Do'stlaringiz bilan baham: