O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
Tayanch iboralar: 
Salohiyat. Kard. Xodim. Personal. Xodimlar salohiyati. Kadrlar 
siyosati. Ish haqi. Real ish haqi. Nominal ish haqi. Tarifli va tarifsiz ish haqi. 
Mehnatga ishbay haq to‗lash. Mehnatga vaqtbay haq to‗lash. 
Nazorat uchun savollar: 
1.Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosatini qay tarzda 
tasavvur qilasiz? 
2.Kadrlar tuzilmasi deganda nima tushuniladi va uni belgilab beruvchi omillar 
qanday? 
3.Real ish haqi va nominal ish haqidan nimasi bilan farq qiladi? 
4.Mehnatga haq to‗lashning qanday tizim va shakllarini bilasiz? 
5.Qaysi hollarda vaqtbay va ishbay haq to‗lashdan foydalanish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi? 
6.Nima sababli korxonada mehnat unumdorligi sur‘atlari o‗rtacha ish haqi 
sur‘atlaridan ortiq bo‗lishi lozim? 
7.Mehnat unumdorligi va ish haqini rejalashtirish mohiyati nimada? 
8.Qaysi omillar korxonada ishlab chiqarishning o‗sishini belgilab beradi?
 
 
 
11-MAVZU:
 
QURILISH
 
MODDIY
 

 
TEXNIKAVIY
 
BAZASI
 
VA
 
UNI
 
TAKOMILLASHTIRISH
 
YO„NALISHLARI 
Reja: 
11.1. Bozor sharoitida qurilish moddiy–texnika ta‘minoti. 
11.2. Moddiy – texnika resurslari yetkazilishini tashkil etish. 
11.3. Moddiy – texnika resurslari ta‘minoti shakllari va metodlari hamda 
ularning samaradorligi. 
11.4. Qurilish moddiy – texnika ta‘minotini tashkil etish tizimida logistika. 
 
11.1. Bozor sharoitida qurilish moddiy–texnika ta‟minoti 
Bozor sharoitlarida qurilish moddiy – texnika ta‘minoti tizimi sanoat va 
qurilish industriyasi, transport va energetika tashkilotlari, ilmiy – tekshirish, loyiha, 


~ 129 ~ 
o‗quv va boshqa muassasalar, xo‗jaliklarning tarmoqlariga qaratilgan bo‗ladi. U 
qurilish kompleksini zarur bo‗lgan moddiy – texnika resurslari bilan ta‘minlashga 
yo‗naltirilgan. 
Qurilish materiallarining tovarlar bozoridagi vaziyatini umumiy holda baholash 
bilan shunday to‗xtamga kelish mumkinki, korxonalar va tashkilotlar qonunda 
ko‗rsatilgan etarli darajadagi erkin tadbirkorlik faoliyatini tavsiflaydigan sharoitlarda 
ishlaydilar: ular boshqarish va davlat hokimiyati tuzilmalariga nisbatan zarur bo‗lgan 
xo‗jalik mustaqilligiga egadirlar, amalda barcha resurslarga erkin holatda yondashish 
imkoniyatlariga ega bo‗lib, savdo-sotiq va xo‗jalik yuritishda amalga oshiriladigan 
operatsiyalarda kontragentlarni tanlashda mutlaqo erkindirlar, olinadigan daromadni 
mustaqil ravishda taqsimlashlari va ishlatishlari mumkin (o‗zining manfaatlaridan 
kelib chiqqan holda), maksimal foyda olish maqsadida o‗zining faoliyat 
yo‗nalishlarini erkin tarzda tanlaydilar. Mavjud bo‗lgan ishlab chiqarish quvvati va 
qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmi umuman olganda bu bozordagi talab –
ehtiyojlarni to‗liq qondiradi. Xo‗jalik yuritishning yangi tizimiga o‗tish tufayli 
qurilish tarmog‗i uchun materiallar tanqisligi o‗tmishda qolib ketdi. 
Qurilish moddiy – texnika resurslari ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va 
tabiiy resurslarga bo‗linadi: 
-
qurilish ishlab chiqarishini talab etilgan sifat va sonda zarur bo‗lgan 
resur turlari bilan o‗z vaqtida ta‘minlash; 
-
resurslardan foydalanish darajasini yaxshilash: mehnat unumdorligi va 
fond qaytarmasi oshirish, qurilish jarayoni ritmiyligini ta‘minlash, aylanma 
mablag‗lar aylanish vaqtini qisqartirish, ikkilamchi resurslardan to‗liq foydalanish, 
investitsiya va boshqa ko‗rsatkichlar samaradorligini oshirish; 
-
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulot 
hamda 
bino 
va 
inshootlar 
raqobatbardoshligini oshirish bo‗yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish uchun o‗z 
tashkilotida va raqobatchi tashkilotlardagi qurilish ishlab chiqarishining tashkiliy – 
texnik holatini va qurilish – montaj ishlari (xizmatlari)ning sifatini tahlil qilish. 
Qurilish tashkilotida yuqorida ko‗rsatilgan maqsadlarga erishish uchun quyida 
ko‗rsatilgan ishlarni doimiy ravishda bajarish talab etiladi: 
1. Bozorda qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, yarimfabrikatlar 
va boshqa mahsulotlarni etkazib beruvchilar (xizmatlar) bo‗yicha marketing 
izlanishlarini olib borish. Etkazib beruvchilarni tanlash quyidagi talablardan kelib 
chiqqan holda tavsiya etiladi: etkazib beruvchining litsenziya va ushbu sohada 
etarlicha tajribaga ega ekanligini aniqlash, ishlab chiqarishning yuqori tashkiliy – 
texnik holatdaligi, ishning ishonchliligi va foyda keltiruvchanligi, ishlab 
chiqarilayotgan qurilish materiallarining raqobatbardoshligini oshirish, ular 
narxlarining hammabopligi, ularni etkazib berish sxemasining soddaligi va 
turg‗unligi; 
2. 
Konkret 
moddiy-texnika 
resurslariga 
bo‗lgan 
ehtiyojlarni
me‘yorlashtirish; 
3. Moddiy – texnik resurslar sarfi me‘yorlari va me‘yoriy hujjatlarini 
kamaytirish bo‗yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqish. 
4. Qurilish ishlab chiqarishini moddiy-texnik jihatdan ta‘minlash kanallari va 


~ 130 ~ 
shakllarini izlab topish. 
5. Moddiy materiallar balansini (muvozanat, turg‗unlik holatini) ishlab 
chiqish. 
6. Qurilish ishlab chiqarishi moddiy – texnika ta‘minotini rejalashtirish. 
7. 
Ish 
joylarini 
qurilish 
materiallari, 
konstruksiyalari, 
buyumlari, 
yarimfabrikatlar va boshqa materiallar bilan ta‘minlashni tashkil etish. 
8. Moddiy – texnik resurslardan foydalanishni hisoblash va nazorat qilish. 
9. Qurilish ishlab chiqarishidagi chiqindilarni yig‗ish va ularni qayta ishlashni 
tashkil etish. 
10. Moddiy – texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish. 
11. Moddiy – texnika resurslaridan foydalanishni yaxshilash bo‗yicha olib 
boriladigan ishlarni rag‗batlantirish. 
Bu funksiyalarga bog‗liq ravishda qurilish ishlab chiqarishi moddiy – texnika 
ta‘minoti (MTT)ning tegishli xizmat ko‗rsatish bo‗limlari aniqlangan. 
Ularga quyidagilar tegishlidir: 
-
moddiy – texnika ta‘minoti xizmati, bu xizmat ishlab chiqarish jarayoni 
uchun xom-ashyo, yarimfabrikatlar, butlovchi detallarni o‗z vaqtida etkazishni 
ta‘minlash va tartibga solish bilan shug‗ullanadi. Bundan tashqari ta‘minot va sotish 
bo‗limlari xo‗jalik shartnomalari asosida o‗rnatilgan xizmatlarni nomenklatura va o‗z 
muddatida hamda belgilangan hajmda bajarilshini ham ta‘minlaydi; 
-
materiallar, yoqilg‗i, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni joylashtirish va 
saqlash xizmati, bu xizmat omborxona bilan ta‘minlangan bo‗lib, ta‘minot va sotish 
tizimi moddiy – texnika bazasi deb hisoblanadi; 
-
tayyor mahsulotlarni komplektlashtirish bo‗yicha ishlab chiqarish – 
texnologik xizmat ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bino va inshootlarni 
tiklash yig‗ma elementlarni kalendar grafik bo‗yicha qat‘iy ravishda etkazib berishni 
talab etadi. Shuning uchun ishlab chiqarish - texnologik komplektlashtirish xizmati 
qurilish tashkiloti bilan kelishilgan buyumlar va konstruksiyalarni qa‘tiy ravishda 
sutkali va soatli grafik bo‗yicha belgilangan muddatlarda ma‘lum miqdorda, 
nomenklatura bo‗yicha etkazishni ta‘minlaydi; 
-
asbob – uskuna xo‗jaligi va texnologik jihozlar ta‘minoti xizmati. Bu 
xizmat bo‗limi ishlab chiqarishni asbob –uskuna, moslamalar, texnologik jihozlar, 
yuqori sifatli qoliplar bilan ta‘minlaydi. Yuqorida ko‗rsatilganlar bilan 
ta‘minlanganlik ilg‗or texnologiyani, ko‗p mehnat talab qiladigan ishlarni 
mexanizatsiyalashni muvaffaqiyatli tadbiq etishni oldindan aniqlab beradi. 
-
ta‘mirlash – mexanik ishlab chiqarish xizmati, bu xizmat vazifasi katta 
va 
murakkab 
park 
jihozlari, 
mashinalar 
ishchi 
holatini 
ta‘mirlash va 
modernizatsiyalash orqali ta‘minlashdan iborat. Qurilish tashkiloti ishi natijalari bu 
xizmat bo‗limining puxta ishlashi bilan keng ma‘noda aniqlanadi; 
-
transport jarayonlari xizmati, bu bo‗lim qurilish maydoni ichida va 
uning atrofidagi tashqi maydonda ishlab chiqarish jarayonining bir ma‘romda olib 
borilishi uchun zarur bo‗lgan katta massali yuklarni ko‗chirishni ta‘minlaydi. 
Ayniqsa alohida jarayonlarni yagona ishlab chiqarish tizimiga bog‗lovchi texnologik 
transport aniq va ritmik ishni talab etadi. 


~ 131 ~ 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish